Telegram Web Link
“Axborot olish, qayta ishlash va tarqatishning huquqiy asoslari”

📚Markaziy bank Xorazm viloyati bosh boshqarmasi, Tijorat banklari boshqaruvchisi o‘rinbosarlari va komplayens-nazorat xodimlari uchun viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, viloyat Adliya boshqarmasi, Xorazm viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi (DJTQM) Xorazm viloyat hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda yuqoridagi mavzu doirasida o'quv-seminari bo'lib o'tdi.

Viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi Q.Qilichov so'zga chiqib, bu kabi seminarlarning o'tkazilishi Markaziy bank Xorazm viloyati bosh boshqarmasi, Tijorat banklari xodimlarini ogohlikka chaqirilishi bilan ahamiyatli ekanligi, shuningdek, axborot erkinligi ta'minlab qo'yilgani fuqarolarga davlat organlari, jamoatchilik tashkilotlari va boshqa subyektlardan axborot olish imkoniyatini berayotganiga to'xtaldi va tizim xodimlarini axborotni qayta ishlash va tarqatish jarayonida noto'g'ri yoki yolg'on ma'lumotlarning tarqalishining oldini olishga chaqirdi.

⚔️Xorazm viloyat Adliya boshqarmasi sho'basi boshlig'i R.Ibragimov korrupsiya tushunchasi, uning turlari, huquqiy oqibatlari va javobgarlik masalalari bo‘yicha ma’ruza qildi.

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi (DJTQM) Xorazm viloyat hududiy bo‘linmasi mas'ul xodimi S.Aitbayev OAV, jurnalist va blogerlarning jamoatchilik nazoratini taʼminlashdagi oʻrni, axborot tarqatishning huquqiy asoslari, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborotlarga munosabat bildirish va murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi, jurnalistlarning kasb etikasi prinsiplari va normalari, shuningdek, qonunchilikda axborot sohasidagi huquq hamda masʼuliyat aniq belgilanganligi boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtdi.

Kengash kotibi U.Quryazov esa Xorazm viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Tadbir fikr almashish maydoni bo'ldi. Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ullardan javob olishdi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏛 #Xizmat_madaniyati

💼Davlat xizmatchisi etiketi: har bir qadamda – hurmat va masʼuliyat!

Davlat xizmatchisi – bu shunchaki lavozim emas. Bu – jamoat oldidagi yuksak ishonch va masʼuliyatdir. Siz nafaqat ishda, balki koʻchada, telefonda, ijtimoiy tarmoqlarda ham davlatning yuzi hisoblanasiz.

🟩Quyida eng asosiy etiket qoidalari bilan tanishing:

🗣 Nutq madaniyati – qoʻpol soʻz, bahsbozlik va kamsitishlar yoʻq! Gapingizda xotirjamlik va odob boʻlishi shart.
👔 Tashqi koʻrinish – toza, saranjom va lavozimga mos kiyinish – ishonch uygʻotadi.
📞 Telefonda gaplashish odobi “Alo” emas, balki: “Salom, falonchi idoradan falonchi” deb boshlanadi.
📩 Yozishmada rasmiy uslub – stikerlar, qisqartmalar emas, odobli va ravon til!
Vaqtga hurmat – yigʻilish, qabul, javoblar – doim oʻz vaqtida!
💬 Ijtimoiy tarmoqdagi izohlar ham – shaxsingizni ifodalaydi.

❗️Unutmang, sizning odobingiz – butun tashkilot shaʼniga taʼsir qiladi.

Oʻzingiz bugun qaysi qoidani hayotingizda qoʻlladingiz?


(Javob bermasangiz ham, oʻylab koʻrishga arziydi)
.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟Turizm qoʻmitasi 19-21-iyun kunlari Toshkentda oʻtkazilayotgan "Eco Expo Central Asia" xalqaro koʻrgazmasida ekoturizmga bagʻishlangan stendni namoyish etmoqda.

🌟Koʻrgazmaning barcha kunlari davomida stendda ekoturizm sohasidagi mutaxassislar ishtirokida maʼruzalar, taqdimotlar va muhokamalar oʻtkaziladi.

🌟Barqaror turizmning eng yaxshi amaliyotlari, yashil sarmoyalarning sayyohlik tarmogʻiga taʼsiri, shuningdek, yangi yoʻnalishlarni shakllantirishda tabiiy va madaniy merosning oʻrni muhokama qilinadi.

🌟Bundan tashqari, mehmonxonalar, dam olish maskanlari va sayyohlik obyektlari uchun startaplar hamda energiya tejamkor yechimlar namoyish etiladi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
👨‍⚖️ Малайзия суди Telegram каналларига қарши чора кўрди

Малайзиянинг MCMC (Коммуникациялар ва Мультимедиа Комиссияси) Telegram ва ундаги “Edisi Siasat” ҳамда “Edisi Khas” каналларига нисбатан Малайзия Олий Судига мурожаат юборди.

Ижтимоий платформа ва ундаги каналларда тарқатилаётган контентлар мамлакат қонунлари талабларига зид, жамоат институтларига ишончни сустлаштириши ва ижтимоий барқарорликка салбий таъсир кўрсатиши мумкинлиги таъкидланган.

Кўрсатилишича, MCMC мазкур каналларга нисбатан доимий равишда сўровлар юборган, лекин Telegram томони мулоқотда ҳамкорлик қилмаган.

Суд қарорига кўра ижтимоий тармоқ каналлари фаолиятига тақиқ белгиланди.

MCMC қайд этишича, Ижтимоий тармоқлар уларда эълон қилинган контент учун жавобгардир.

Telegram |WhatsApp| Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤍“Axborot olish, qayta ishlash va tarqatishning huquqiy asoslari”

📚O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlari uchun viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, viloyat Adliya boshqarmasi hamda Xorazm viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi bilan hamkorlikda yuqoridagi mavzu doirasida o'quv - seminari bo'lib o'tdi.

Viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi Q.Qilichov so'zga chiqib, bu kabi seminarlarning o'tkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlarini ogohlikka chaqirilishi bilan ahamiyatli ekanligini bildirib tezkor axborot tarqatish va raqamli texnologiyalar taraqqiyoti davrida Internet faqatgina yangiliklar manbasi boʻlib qolmay, balki istalgan foydalanuvchi har qanday tasvir yoki videolarni ulashishi mumkin boʻlgan makonga aylangani, shuningdek, axborot erkinligi ta'minlab qo'yilgani fuqarolarga davlat organlari, jamoatchilik tashkilotlari va boshqa subyektlardan axborot olish imkoniyatini berayotganiga to'xtaldi va tizim xodimlarini axborotni qayta ishlash va tarqatish jarayonida noto'g'ri yoki yolg'on ma'lumotlarning tarqalishining oldini olishga chaqirdi.

⚔️Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi Sho'ba boshlig'i R.Ibragimov korrupsiya tushunchasi, uning turlari, huquqiy oqibatlari va javobgarlik masalalari, korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaviy jinoyatlar, ularning belgilari hamda javobgarlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tdi.

Kengash kotibi U.Quryazov esa Xorazm viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar hamda davlat rahbarining tashabbusi bilan korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganligi, hukumatning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faol siyosiy irodasini qabul qilingan siyosiy-huquqiy islohatlar, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar misolida ham ko‘rish mumkunligi yuzasidan ma’lumot berdi.


Tadbir fikr almashish maydoni bo'ldi. Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ullardan javob olishdi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasi uchun Imom Buxoriy haqida 8 ta film yaratilmoqda

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasi uchun mashhur muhaddis — Imom Buxoriy hayoti va ijodiga bagʻishlangan 8 ta hujjatli filmning tasvirga olish ishlari yakuniga yetdi.

Tasvirga olish jarayonlari Turkiya hamda Oʻzbekiston hududida boʻlib oʻtdi. Ayni paytda montaj hamda dublyaj ishlari davom etmoqda.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👗Qashqadaryo – investitsiyalar va oltin imkoniyatlar vodiysi!

Joriy yilda Qashqadaryo viloyatiga 3,5 milliard dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda alohida toʻxtalib oʻtildi. Shu bilan birga, davlat rahbari hali ishga jalb etilmagan imkoniyatlarga ham eʼtibor qaratdi hamda ularni iqtisodiyotga faol qoʻshish boʻyicha tegishli koʻrsatmalarni berdi.
Jumladan:
🔘 Viloyatdagi 12 ta kon hali sanoat tomonidan oʻzlashtirilmagan.
🔘 Kitob tumanidagi 100 gektarlik maydonda 20 tonna oltin zaxirasi aniqlangan. Bu konlar tez orada auksion orqali investorlarga taklif etilishi belgilandi.
Bundan tashqari:
🔘 Kitobdagi yana 5 ta istiqbolli maydonda 39 tonna oltin,
🔘 Chiroqchida esa 10 ming tonna noyob metall resurslari borligi aniqlangan. Bu maydonlarda geologiya-qazish ishlarini jadal boshlash yuzasidan ham topshiriqlar berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Qashqadaryoni rivojlantirishga bagʻishlangan yigʻilishda viloyatning eng katta zaxirasi va boyligi — uning yerlari ekanligi qayd etildi. Bugungi kunda viloyatda 1,3 million gektar yaylov va oʻrmonlar, 515 ming gektar sugʻoriladigan va 45 ming gektar bogʻdorchilik yerlari bor.
Biroq, yigʻilishda aytilishicha, bularning hammasi hali toʻliq ishlatilmayapti. Shunday katta resurs bilan faqat Qashqadaryoni emas, butun Oʻzbekistonni goʻsht, meva va ozuqa bilan taʼminlasa boʻladi.

Davlatimiz rahbari: “Agar ilm, texnologiya va tejamkorlikni joriy qilsak, 43 trillionlik mahsulotni 5-yilda 100 trillionga yetkazish mumkin!” deb aytdi.
Shu maqsadda maxsus kompaniya tashkil etiladi. Unga 600 mln dollar sarmoya kiritiladi. 200 ming gektar yer suv bilan taʼminlanib, zamonaviy usulda ishlab chiqarishga yoʻnaltiriladi. Mirakidagi yangi bogʻlar tajriba asosi boʻladi. Qashqadaryo endi toʻliq “uygʻonish” arafasida.


Kerakli ish – ilm, mehnat va texnologiya. Hammasi tayyor turibdi, faqat amalga oshirish qoldi!


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💐BUGUN TUG‘ILGAN KUN

🌺"Ichan qal'a" davlat muzey qo'riqxonasi Axborot xizmati rahbari – axborot siyosati masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi Otabek Ismailov 1953-yilning 21-iyunida Xiva tumanida tug‘ilgan. U 2020-yildan buyon ushbu lavozimda ishlaydi.

Jurnalistik faoliyatini 1975-yilda “Xiva tongi” gazetasi tahririyatida muxbirlikdan boshlagan. Uzoq yillar davomida matbuot sohasida ishlagan. "Eng faol jurnalist- 2015" Respublika tanlovi gʻolibi.

🎉🎁Bugungi sana munosabati bilan Otabek Ismailovni samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatida rivoj, uzoq umr, mustahkam sogʻlik va oilaviy baxt tilaymiz. "Ichan qal'a" davlat muzey qo'riqxonasi imijini shakllantirish, ochiqlik va axborot erkinligini ta’minlashdagi ishlaringizga rivoj tilaymiz.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident tashrifi: Hududlarda kuchli iqtisodiyot va zamonaviy infratuzilma barpo etish, tuman va qishloqlarni bugungi talablar asosida obod qilishga qaratilgan islohotlar Qashqadaryo hayotiga ham shiddat bilan kirib bormoqda.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌆Buyuk Britaniya poytaxti Londonda oʻzbek madaniyati va milliy taomlari festivali boshlandi.

Uch yildan buyon anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan mazkur festival Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasida oʻziga xos madaniy koʻprik vazifasini bajarmoqda.

Festivalda Xorazm viloyati tomonidan tashkil qilingan koʻrgazma tashrif buyuruvchilarning alohida eʼtirofiga sazovor boʻldi. Ayniqsa,  Xorazmning tuxum barak, shivit oshi, qopshirma goʻmma kabi tansiq taomlari  qadim vohaning gastronomik turizmi targʻibotida asosiy oʻrin egalladi. Festivalda shuningdek, milliy sanʼatimiz, xalq hunarmandchiligi namunalari ham keng namoyish etilmoqda.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23-iyun — Davlat xizmati kuni

Har yili ushbu kun dunyo miqyosida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Davlat xizmati kuni sifatida keng nishonlanadi.

2003-yilda BMT Bosh Assambleyasining 57-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiya asosida joriy etilgan ushbu sana davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, shaffoflik va fidoyilikni targʻib qilish, shuningdek, davlat xizmatchilari faoliyatini eʼtirof etishga, fuqarolarga xizmat koʻrsatishdagi yuqori standartlarni taklif qilishga qaratilgan.


Sana munosabati bilan, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat xizmatchilariga fidokorona mehnati, yuksak masʼuliyat hissi va Vatanga sadoqati uchun minnatdorlik bildirgan.

“Har bir davlat xizmatchisining saʼy-harakatlari ortida yurtimizda samarali boshqaruvni rivojlantirish, fuqarolarga sifatli, adolatli, tezkor xizmat koʻrsatish, shuningdek, barqaror taraqqiyotga hissa qoʻshish maqsadi mujassam ekanligini qadrlaymiz”, deyiladi tabrikda.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"E-auksion" platformasida 4100 dan ortiq tadbirkorlik va shaharsozlikga mo'ljanlangan yer uchastkalarini sotib oling!

📍Urganch shahrida 3 ta - (ko'rish)
📍Xiva shahrida 1 ta - (ko'rish)
📍Bog'ot tumanida 3 ta - (ko'rish)
📍Gurlan tumanida 523 ta - (ko'rish)
📍Qo'shko'pir tumanida 9 ta - (ko'rish)
📍Urganch tumanida 793 ta - (ko'rish)
📍Hazorasp tumanida 528 ta - (ko'rish)
📍Tuproqqal'a tumanida 551 ta - (ko'rish)
📍Xonqa tumanida 238 ta - (ko'rish)
📍Xiva tumanida 241 ta - (ko'rish)
📍Shovot tumanida 386 ta - (ko'rish)
📍Yangiariq tumanida 580 ta - (ko'rish)
📍Yangibozor tumanida 291 ta - (ko'rish)

Savollarga javob olish

📞: 71 202 21 11
📞: 99 207 26 03

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇳🇱 Niderlandiyada 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga taqiq tavsiya qilindi

Niderlandiya rasmiylari bolalarni raqamli dunyo taʼsiridan himoya qilish maqsadida, 15 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlarga TikTok, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlashni tavsiya qilmoqda.

👀 Yangilangan tavsiyalarga koʻra:

💬Bolalarga mobil qurilmalarda oʻtkazadigan vaqtni keskin cheklash;

💬Bolalar yotoqxonalarida ekranli qurilmalarni taqiqlash;

💬13 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga umuman ruxsat berilmasligi lozimligi taʼkidlanmoqda.

⚠️ Niderlandiya Sogʻliqni saqlash vazirligi va parlament ekspertlari taʼkidlashicha, ijtimoiy tarmoqlarda uzoq vaqt oʻtkazish:

🟢uyqu buzilishi;
🟢depressiya;
🟢xavotir, hatto panik hujumlar kabi salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.

Ayni paytda Niderlandiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlangan. Biroq yangi tavsiyalar hozircha qonunan kuchga ega emas.

🎖 Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlarida ham oʻxshash tashabbuslar muhokama qilinmoqda. Avstraliya esa hozircha yagona mamlakat boʻlib, u yerda 2024-yil noyabridan boshlab oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish qonuniy ravishda taqiqlanadi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
В Академии СГБ имени Амира Темура состоялся очередной выпуск с торжественным вручением дипломов и нагрудных знаков

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bolalikni asraydigan huquqiy qalqondir!

Bolaning hayotiga, sog‘lig‘iga, jinsiy daxlsizligiga, sha’niga, qadr-qimmatiga hamda qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari va erkinliklariga tajovuz qiladigan, jismoniy yoki ruhiy azob yetkazayotgan yoki yetkazishi mumkin bo‘lgan hamda asosiy ehtiyojlariga zid bo‘lgan, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlaridan va Internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda amalga oshiriladigan, qasddan sodir etiladigan harakat (harakatsizlik) bolalarga nisbatan zo‘ravonlik deb e’tirof etiladi.


Zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega:

-zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilinish;
-o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilganligi yoki sodir etilishi tahdidi to‘g‘risidagi ariza bilan bevosita yoki o‘zining qonuniy vakili orqali tegishli davlat organlariga va tashkilotlarga yoxud qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat etish;
-tekin huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam, shu jumladan bepul telefon liniyasi tarmog‘i (ishonch telefoni) orqali taqdim etiladigan yordam olish;
-himoya orderi berish to‘g‘risidagi talab bilan bevosita yoki o‘zining qonuniy vakili orqali tegishli davlat organlariga murojaat etish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa bu haqda xabardor qilish;
-o‘ziga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik natijasida yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanishi va ma’naviy ziyonning kompensatsiya qilinishi.


Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror, sud tomonidan amalga oshiriladi. Zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi va uning qonuniy vakili moddiy zararning o‘rni qoplanishi hamda ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/08 23:23:08
Back to Top
HTML Embed Code: