Telegram Web Link
🌆Buyuk Britaniya poytaxti Londonda oʻzbek madaniyati va milliy taomlari festivali boshlandi.

Uch yildan buyon anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan mazkur festival Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasida oʻziga xos madaniy koʻprik vazifasini bajarmoqda.

Festivalda Xorazm viloyati tomonidan tashkil qilingan koʻrgazma tashrif buyuruvchilarning alohida eʼtirofiga sazovor boʻldi. Ayniqsa,  Xorazmning tuxum barak, shivit oshi, qopshirma goʻmma kabi tansiq taomlari  qadim vohaning gastronomik turizmi targʻibotida asosiy oʻrin egalladi. Festivalda shuningdek, milliy sanʼatimiz, xalq hunarmandchiligi namunalari ham keng namoyish etilmoqda.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23-iyun — Davlat xizmati kuni

Har yili ushbu kun dunyo miqyosida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Davlat xizmati kuni sifatida keng nishonlanadi.

2003-yilda BMT Bosh Assambleyasining 57-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiya asosida joriy etilgan ushbu sana davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, shaffoflik va fidoyilikni targʻib qilish, shuningdek, davlat xizmatchilari faoliyatini eʼtirof etishga, fuqarolarga xizmat koʻrsatishdagi yuqori standartlarni taklif qilishga qaratilgan.


Sana munosabati bilan, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat xizmatchilariga fidokorona mehnati, yuksak masʼuliyat hissi va Vatanga sadoqati uchun minnatdorlik bildirgan.

“Har bir davlat xizmatchisining saʼy-harakatlari ortida yurtimizda samarali boshqaruvni rivojlantirish, fuqarolarga sifatli, adolatli, tezkor xizmat koʻrsatish, shuningdek, barqaror taraqqiyotga hissa qoʻshish maqsadi mujassam ekanligini qadrlaymiz”, deyiladi tabrikda.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"E-auksion" platformasida 4100 dan ortiq tadbirkorlik va shaharsozlikga mo'ljanlangan yer uchastkalarini sotib oling!

📍Urganch shahrida 3 ta - (ko'rish)
📍Xiva shahrida 1 ta - (ko'rish)
📍Bog'ot tumanida 3 ta - (ko'rish)
📍Gurlan tumanida 523 ta - (ko'rish)
📍Qo'shko'pir tumanida 9 ta - (ko'rish)
📍Urganch tumanida 793 ta - (ko'rish)
📍Hazorasp tumanida 528 ta - (ko'rish)
📍Tuproqqal'a tumanida 551 ta - (ko'rish)
📍Xonqa tumanida 238 ta - (ko'rish)
📍Xiva tumanida 241 ta - (ko'rish)
📍Shovot tumanida 386 ta - (ko'rish)
📍Yangiariq tumanida 580 ta - (ko'rish)
📍Yangibozor tumanida 291 ta - (ko'rish)

Savollarga javob olish

📞: 71 202 21 11
📞: 99 207 26 03

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇳🇱 Niderlandiyada 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga taqiq tavsiya qilindi

Niderlandiya rasmiylari bolalarni raqamli dunyo taʼsiridan himoya qilish maqsadida, 15 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlarga TikTok, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlashni tavsiya qilmoqda.

👀 Yangilangan tavsiyalarga koʻra:

💬Bolalarga mobil qurilmalarda oʻtkazadigan vaqtni keskin cheklash;

💬Bolalar yotoqxonalarida ekranli qurilmalarni taqiqlash;

💬13 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga umuman ruxsat berilmasligi lozimligi taʼkidlanmoqda.

⚠️ Niderlandiya Sogʻliqni saqlash vazirligi va parlament ekspertlari taʼkidlashicha, ijtimoiy tarmoqlarda uzoq vaqt oʻtkazish:

🟢uyqu buzilishi;
🟢depressiya;
🟢xavotir, hatto panik hujumlar kabi salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.

Ayni paytda Niderlandiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlangan. Biroq yangi tavsiyalar hozircha qonunan kuchga ega emas.

🎖 Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlarida ham oʻxshash tashabbuslar muhokama qilinmoqda. Avstraliya esa hozircha yagona mamlakat boʻlib, u yerda 2024-yil noyabridan boshlab oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish qonuniy ravishda taqiqlanadi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
В Академии СГБ имени Амира Темура состоялся очередной выпуск с торжественным вручением дипломов и нагрудных знаков

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bolalikni asraydigan huquqiy qalqondir!

Bolaning hayotiga, sog‘lig‘iga, jinsiy daxlsizligiga, sha’niga, qadr-qimmatiga hamda qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari va erkinliklariga tajovuz qiladigan, jismoniy yoki ruhiy azob yetkazayotgan yoki yetkazishi mumkin bo‘lgan hamda asosiy ehtiyojlariga zid bo‘lgan, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlaridan va Internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda amalga oshiriladigan, qasddan sodir etiladigan harakat (harakatsizlik) bolalarga nisbatan zo‘ravonlik deb e’tirof etiladi.


Zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega:

-zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilinish;
-o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilganligi yoki sodir etilishi tahdidi to‘g‘risidagi ariza bilan bevosita yoki o‘zining qonuniy vakili orqali tegishli davlat organlariga va tashkilotlarga yoxud qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat etish;
-tekin huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam, shu jumladan bepul telefon liniyasi tarmog‘i (ishonch telefoni) orqali taqdim etiladigan yordam olish;
-himoya orderi berish to‘g‘risidagi talab bilan bevosita yoki o‘zining qonuniy vakili orqali tegishli davlat organlariga murojaat etish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa bu haqda xabardor qilish;
-o‘ziga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik natijasida yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanishi va ma’naviy ziyonning kompensatsiya qilinishi.


Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror, sud tomonidan amalga oshiriladi. Zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi va uning qonuniy vakili moddiy zararning o‘rni qoplanishi hamda ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣Oʻzbekistonda ilk marotaba madaniy va tarixiy merosga oid auksion oʻtkaziladi

Markaziy Osiyoda birinchi marotaba jahon tajribasi asosida xayriya auksioni oʻtkazilishi kutilmoqda. Yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha mahalliy va xorijiy tadbirkorlar ishtirok etib, oʻz nomi hamda brendini tarixga muhrlashi mumkin boʻladi.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida boʻlib oʻtgan navbatdagi qoʻshma yigʻilishda xayriya auksioni haqida maʼlumot berildi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ehtiyojmand oilalarga Gaz va elektr energiyasi uchun yil boʻyi kompensatsiya beriladi – arizalar topshirish jarayoni boshlandi

🤝 2025-yil 1-maydan Oʻzbekiston boʻylab ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil davomida kompensatsiya toʻlash amaliyoti yoʻlga qoʻyildi. Endilikda kompensatsiya faqat qish mavsumida emas, har oyda toʻlab beriladi.

Ehtiyojmand oilalarga kompensatsiya ajratish uchun joriy yilning 1-iyundan boshlab arizalar topshirish jarayoni boshlandi.

↗️ Kompensatsiyalar quyidagi toifalarga mansub oilalarga beriladi:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi oilalar hamda “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan hamda mol mulki boʻyicha kam taʼminlangan oilalar mezonlariga toʻgʻri keluvchi, biroq oiladagi jon boshiga daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga ajratiladi.


❗️ Eslatma: Ariza topshirgan ehtiyojmand oilalarning kompensatsiyasi oy yakuni boʻyicha hisoblanadi va toʻlab beriladi.

💿 Mahalladagi ijtimoiy xodim, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga, yoki 1140 raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ TEZKOR SHTAB ISH BOSHLADI

🔝 Xalqaro maydonda vaziyatning jadal oʻzgarishi va ortib borayotgan geosiyosiy keskinlik sharoitida eksport va import yuklari tashuvlari uzluksizligini taʼminlash, ushbu jarayonda milliy tashuvchilar hamda tadbirkorlarga har tomonlama koʻmak koʻrsatish maqsadida Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ) hamda boshqa daxldor idoralar vakillaridan iborat “tezkor shtab” ish boshladi.

🔝Xalqaro tashuvlar masalalari boʻyicha murojaat va takliflarini qabul qilish uchun Transport vazirligining 1167 qisqa raqamli ishonch telefoni 24 soatlik ish rejimiga oʻtkazildi.

📱 Shuningdek, Telegram messenjerida @TashuvchigaKo'mak boti ishga tushirildi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiyaviy_burch

Har bir to‘langan soliq – bu barqaror kelajak sari qo‘yilgan muhim qadam.

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ogoh boʻling! Taniqli shaxslar obrazi asosida Rossiya armiyasiga yollanishga chorlovchi dipfeyk videolar tarqalmoqda

💻Soʻnggi vaqtlarda Internet tarmogʻida Oʻzbekistondagi jamoat arboblari, mashhur bloger va sportchilarning mahalliy OAV larga bergan intervyularini sunʼiy intellekt yordamida ishlovchi dasturlar orqali oʻzgartirgan holda, goʻyoki Oʻzbekistonliklarning Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashi mamlakat qonunchiligiga zid emasligini taʼkidlovchi soxta skrinshot va videomateriallar tarqatilishi davom etmoqda.

📌Yana bir bor mazkur xabarlar haqiqatga mos kelmasligini taʼkidlagan holda, fuqarolardan bunday turdagi yolgʻon maʼlumotlarga ishonmaslikni soʻrab qolamiz.

⚠️Eslatib oʻtamiz, aholi oʻrtasida yolgʻon axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Saida Mirziyoyeva “Teach For All” noyob harakati asoschisi Vendi Kopp bilan uchrashdi

“Kopp xonim bilan Markaziy Osiyo mintaqamizni muhokama qildik. Ta‘lim va xotin-qizlar huquqlari sohasida erishilgan salmoqli yutuqlarimiz borki, ushbu ijobiy tajriba yurtimizdan tashqarida ham keng yoyilishini istaymiz.

“Teach For Uzbekistan” loyihasi — ta‘lim yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning muhim qismi bo‘lib, mamlakatimizning olis hududlaridagi minglab bolalar hayotini yaxshilashga hissa qo‘shishiga ishonaman”, deb yozadi Prezident administratsiyasi rahbari.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26-iyun – Xalqaro narkotik moddalarni suiisteʼmol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Davlat komissiyasi aʼzolari, mutasaddi davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Internet narkoguruh tashkilotchilari xorijda yollangan kuryerlarni Oʻzbekistonga yuborish va ularni narkojinoyatga jalb qilish holatlari kuzatilmoqda. DXX tomonidan oʻtkazilgan faol tadbirlar natijasida 2024-yilda 6 nafar xorijdan kelgan Internet-narkoguruh aʼzolari qoʻlga olingan.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/10 14:42:35
Back to Top
HTML Embed Code: