Telegram Web Link
𝒞𝓇ℯ𝒶𝓉𝒾𝓋ℯ ℬ𝓁ℴℊ pinned «Eslatib o'tamiz⚠️ 🔉Ushbu kanalga tashlanayotgan har bir meterial(video,rasm,ovozli habar vahokazo) Oylab topilgan. Postlardagi qahramonlar badiiy toqima maxsuli bolib,voqea va xodisalar parallel koinotda sodir boladi!🔊 Bu textni oqib, tepada keltirib o'tilganlarni…»
O‘zbeklar nima deydi?

Din haqida: - Odamning manetida bo‘lsin (ko‘kragiga urib), vey!

Boylar haqida: - Mard kishi. Ehsoni katta saxovatli odam. Hoji. Bir to‘y qildi o‘tgan yili, to‘kib tashladi, kelganam keldi, kelmaganam keldi.

Uchchiga chiqqan tanish-bilishchi va poraxo‘r haqida: - Hojatbaror odam. Hozirgi zamonda tanishsiz ish bitirolmaysan. Bir suhbatini ol, kerak bo‘lib qoladi.

Yog‘li ovqat haqida: - Do‘xtirlar vahimachi xalq bo‘ladi. Katta-katta olaver.

Ichkilik haqida: - O‘zimas, kayfi harom. Ikki aka-uka bo‘lgan ekan (davomini bilasiz).

SSSR haqida: - (orzumandlik bilan) Boshqacha davrlar edi. Gugurt ikki tiyin. Bir so‘mga, ehhe..

Mustaqillik haqida: - Hozir ham kam bo‘lganimiz yo‘q. Ishlagan qandini urib yashayapti.

Amerika haqida: - Iplos davlat. Hamma urush o‘shag‘dan chiqadi.

Toshkent haqida: - Svet o‘chmaydi, gaz bir metr.

To‘ylar haqida: - Yarashig‘i shunaqa. Mahalla-ko‘ydan kam yo ortiq joyimiz yo‘q.

Gazetalar haqida: - Afandisi, skanvordi boridan olib turaman.

Kitob haqida: - O‘qib shahar oberarmidi. Ko‘ryapmiz o‘qiganlarni.

Qiz farzand haqida: - O‘qib shahar oberarmidi. Ko‘ryapmiz o‘qiganlarni.

Internet haqida: - Hozirgi bolalarning hammasining internetda sayti bor.

Masjid haqida: - Pensiyaga chiqib olay, Xudo xohlasa, namozni kanda qilmayman.

Siyosat haqida: - Ketni qisgan boy bo‘ladi. Siyosatga aralashma. Undan ko‘ra uyat-uyat gaplardan gaplashaylik.

Prezident haqida: - O‘zi yaxshi odam, atrofidagilar yaramas.


Creative blog - Asl va asliylikka intiluvchilar sahifasi
Чиройли каблук👠
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rustam akadan shedevr rolik
nostalgia desaham bolaveradi
osha davrlarni sog'inaman
Instagram va borliq... (Qizlar)


1. U doim boshqalarda ko‘proq bo‘lgan giperreallikni ko‘radi. Har kuni ertalab u lentani varaqlaydi, u yerda erkaklar qizlarga minglab piyonlar beradi, yaxtalarda uchrashuvlar tashkil qiladi, ularni sport mashinalarida sayr qildiradi. Uning miyasi shu darajaga o‘rganib qoladi. Endi oddiy gullar unda hissiyot uyg‘otmaydi, restorandagi kechki ovqat «shunchaki» bo‘lib tuyuladi, siz bilan parkda aylanish taassurot qoldirmaydi, chunki kimdir Yigiti bilan Maldivlarda dam olayapti.

2. U sening harakatlaringni mehrli ishora sifatida emas, balki minimal standart sifatida qabul qila boshlaydi. Agar san unga sovg‘a bersang, u bu yerda sening harakatingni emas, balki “yaxshiroq” narsalar bilan solishtirib ko‘radi. Kimdadir millionlik uzuk bor, kimdadir yarim xonani egallagan gul, kimdadir yigiti G-klass sovg‘a qilgan. Shu fon oldida sening sovg‘ang shunchaki yo‘qolib ketadi, hatto san chin dildan harakat qilgan bo‘lsang ham. U xursand bo‘lish o‘rniga o‘ylay boshlaydi: “Nega manda bunday emas?” Axir Instagramdagi trenerlar unga kurs sotish uchun “San har narsaga loyiqsan” deb aytishadi.

3. U sani haqiqiy erkaklar bilan emas, balki idealizatsiya qilingan tasvirlar bilan solishtiradi. San mehribon, halol, kuchli bo‘lishing mumkin, lekin uning lentasida go‘yoki «yaxshiroq» yuzlab erkaklar bor. Ular hech qachon zaiflik ko‘rsatmaydi, xatoga yo‘l qo‘ymaydi, charchamaydi. Ular doimo cho‘qqida.

4. U shu yerda va hozir baxtni his qilish qobiliyatini yo‘qota boshlaydi. Uning miyasi doimiy ravishda yorqin tasvirlar oqimi tufayli dofamin portlashiga o‘rganib qoladi. Uning psixikasi doimiy ravishda keskin hissiy sakrashlarga moslashib ketadi, natijada oddiy hayot unga zerikarli tuyuladi.


cp (Instagram)

Katta ma'noga ega kichik bir matncha!
Boriga shukur qiling: sizda bor narsa bazilar uchun orzu!
Икки дӯст узоқ вақтдан бери телефонда гаплашмаган бӯлса, ким биринчи телефон қилса ӯша “ҳа оқибатинга от тепгур” дейди.
Бу ҳолатда биринчи телефон қилган шахс автоматик равишда оқибатли бӯлиб қолади.
Бунга фанда “оқибатлилик парадокси” деб ном қӯйилсин!;)
Oʻqilmagan kitoblar koʻp edi. Yangisi qiziq tuyulsa-da sotib olmaydigan boʻldim.

Uydagi kitoblarni oʻqish yoki umuman oʻqimaslikni hal qilib oldim.

Uzoq vaqt oʻylab yurgan ishlarimni bajarish yoki unutishni belgilab qoʻydim.

Telegram kanallarni 80 foizini oʻchirdim. "Yangiliklar"dan chiqdim.

You tube dagi "watch later"ni tozaladim. Koʻrib tugatdim yoki voz kechdim.

"Google"dagi 50 ga yaqin yangi ochilgan sahifalarni oʻchirdim.

Oʻzimga va boshqalarga berilgan vaʼdalarni tahlil qildim. Reja qildim.

Miyam maza qildi.

Ancha yengil tortdim. Energiya oʻgʻrilaridan xalos boʻldim.
Insoniyat haqida:
6 oy oldingi sen, o'zingga ahmoq bo'lib ko'rinsang demak sen to'g'ri tezlikda rivojlanyapsan.
Charchoqdan chiqing – o‘rningizdan turing

“Hech narsa qilgim kelmayapti, chunki energiyam yo‘q. Aslida, energiyam yo‘q, chunki hech narsa qilmayapman.”

Energiya osmondan tushadigan sovg‘a emas – siz uni o‘zingiz yaratasiz. Harakat qilmasangiz, mitoxondriyalar – tanangizdagi kichik zavodlar – sekinlashadi, quvvatingiz so‘nadi. Ular oziq-ovqat va kisloroddan tanangizning asosiy energiya manbasini – yaratadi. Lekin harakat qilmasangiz, bu zavodlar “uyquga ketadi”.

Yugurishni xohlamaysizmi? 50 metr yugurib ko‘ring, energiyani his qilishni boshlaysiz. Jismoniy mashqni hohlamay qilganingizdan keyin o‘zingizni tirikroq his qilasiz – chunki mitoxondriyalar harakat bilan tiriladi va energiyangiz oshadi. Harakat energiyani uyg‘otadi. Harakat qiling!
iqtibos:

Mansab - bu mustahkam fe’lli va shaxsiyati kamol topgan inson uchun xazina. Pastkash odamlar uchun falokat vositasidir.

©

✈️ @argus_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Boshqalarga yordam berish uchun, avval oʻzingga yordam ber.

Avval moliyaviy erkin bo’lib ol, boy bo’lmasang - tarqatish imkoni bo’lmaydi.

Avval oʻzing ilmli bo’lib ol. Egallab bo’lingandan keyin boshqalarga ta’lim berishni o’zing xohlab qolasan.

Elim, yurtim deb yashamoqchimisan? - Yaxshi daromadli kasb, ilm, sog’lig’ing haqida o’yla. Sen jamiyatga aqlli, sog’lom va boy holatda ko’proq keraksan.

Boshqalarni o’ylash uchun oldin o’zing haqingda o’yla.
iqtibos:

"Zolimdan odil bo‘lishni talab qilish xuddi jinnidan aqlli bo‘lishni talab qilishdek bir gap. Holbuki, jinni o‘zini odamlar ichidagi yagona aqlli inson deb biladi!"

©️ Doktor Ali Vardiy

🧠 @argus_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu kinoni korib, ozgina bolsa ham, oz hayotingnizni ssenariysi yozilgan va siz osha kinodagi shunchaki bir aktyordek his qilasiz

🎬 Truman shousi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hali qoʻlidan bir tayinli ish kelmaydigan, yetarli taʼsir doiraga ega boʻlmagan va har ikki gapini birida surish kerak deydigan ayrim yoshlar uchun juda katta motivatsiya.

©Fikrat tahlil jamoasi

O'zbekistonni jannatmakon deyishadi,
Qiziq Gren card
🇺🇸 chiqgan payti esa...
@argus_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
- Insondagi eng dahshatli narsa nima?
- Inson bolalikdan zerikadi. Tezroq katta bo‘lishni orzu qiladi. Katta bo‘lganidan so‘ngra yana yosh bola bo‘lib qolishni orzu qiladi. Mol yig‘ish uchun salomatligidan judo bo‘ladi. So‘ngra topgan molini o‘zini davolatish uchun ishlatadi. Kelajagi uchun qayg‘urib bugunini ham boy beradi. Hech o‘lmaydigandek yashaydi. Xuddi hech yashamagandek o‘ladi!

Cheksiz yoʻqotishlarimizning eng katta va asl sababi, yozilgan satrlar satrligicha, aytilgan gaplar gapligicha, qilingan nasihatlar nasihatligicha qolib ketishidir...

Jubron Xalilning "Keskin qanotlar" kitobidan
2025/06/29 16:35:35
Back to Top
HTML Embed Code: