Telegram Web Link
Forwarded from Allaev Uz
Биз учун яхши янгиликлардан, Кэл Ньюпортнинг "Диққат: Чалғитувчи дунёда муваффақият сирлари" китобига муаллифлик ҳуқуқини яна 5 йилга янгиладик. Шунақа қилиб, китобнинг ўзбек тилида нашр ҳуқуқи 2030 йилгача Asaxiy Books га тегишли бўлади.

Ҳозирда китобнинг қайта таҳрир қилинган лотин алифбосидаги янги нашри тайёрланмоқда.

#kitob
@allaevuzb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🙅‍♀️ Bu vaqtlarda kitob o‘qimang:

• Ertaga
• Dushanbada
• Keyingi haftada
• Keyingi oyda
• Qachondir

Mutolaa uchun eng yaxshi vaqt - HOZIR

@asaxiybooks
Bayram kunlarida ish vaqtimiz 🗓️

Hayit munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlarida Asaxiy odatiy tartibda faoliyat yuritadi. Doimgidek buyurtmalar qoldirishingiz va do‘konlarimizga tashrif buyurishingiz mumkin.

Onlayn buyurtma: www.asaxiy.uz
Do‘konlar manzili, ish vaqti va raqami: havola

@asaxiybooks
May oyi suhbatida faol bo‘lib, iyun oyi suhbat kitobini yutib olgan kitobxonlarimiz:

- Madina
- Oxunjon Madaminjonov
- Sherbekjon Shomurodov

G‘oliblarni tabriklaymiz, ishtirok va fikrlar uchun rahmat. @asaxiy_marketing profiliga ma’lumot qoldirsangiz, sovg‘angizni yetkazib beramiz.
"Kichkina shahzoda" haqida suhbatlashamiz 🌹

Iyun oyi uchun so‘rovnomada "Kichkina shahzoda" kitobi eng ko‘p ovoz to‘pladi. Endi oy yakunida shu kitob haqida suhbat o‘tkazamiz.

Kitobni o‘qimagan bo‘lsangiz iyun oyida mutolaa qiling, o‘qigan bo‘lsangiz yana bir yodga solib oling. U haqidagi fikrlaringiz, xulosalaringiz va olgan saboqlaringizni suhbat payti tinglashga tayyormiz.

Format: onlayn
Sana: 29-iyun
Vaqt: 20:00

Siz ham suhbatda qatnashing va kitobxonlar davrasida fikr almashing

@asaxiybooks
Barcha mo‘min-musulmonlarga Qurbon hayiti muborak!

Bugungi hayit ayyomi bilan sizni va barcha yaqinlaringizni tabriklaymiz. Oilaviy baxt, to‘kin-sochinlik va xotirjamlik siz bilan bo‘lishini tilaymiz.

Hurmat bilan,
Asaxiy oilasi

@asaxiybooks
🎁 Har 3 kitob - 1 xayrli sovg‘a!

Bugungi yaxshilik va xayr-ehson bayramida kitoblar sovg‘a qilishni niyat qildik va buni siz bilan birga amalga oshiramiz.

Bayram kunlarida xarid qilingan har 3 kitob uchun biz 1 kitobni maktab kutubxonalariga sovg‘a qilamiz. Siz o‘zingiz va yaqinlarga kitoblar xarid qiling, biz ularning soniga moslab maktablarga hadyalar tayyorlaymiz. Shu tariqa siz ham xayriya savobiga sherik bo‘lasiz.

Keling, bayramni birga o‘tkazamiz va bolalarni ham xursand qilamiz🥰

@asaxiybooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samimiy, qiziqarli va ilhomlantiruvchi kitoblar to‘plami📚

"Dunyo daholari" ruknida chop etilgan kitoblar dunyoni chinakamiga o‘zgartirgan insonlar hayoti haqida hikoya qiladi. Bu kitoblar daholarning bolalik davri, qanday katta bo‘lgani va muhim o‘zgarishlarni qanday qilganini ko‘rsatib beradi.

Kitoblar 7-13 yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan, ammo kattalar o‘qishi uchun ham mos keladi. Ular kitobxonga yengilmaslikni, noodatiy fikrlashni va orzular tomon qo‘rqmay qadam tashlashni o‘rgatadi.

Bolalar uchun buyurtma bering va birga mutolaa qiling: https://asaxiy.uz/u/dunyo_daholari

@asaxiybooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi to‘plamlar hozir chegirmada? Keling ko‘rib chiqamiz:

1️⃣ Birgalikda arzon! Yashamoq + Yapon zobiti - 129 000 so‘m 99 000 so‘m

2️⃣ Birgalikda arzon! “Har oy oxiri minusdamiz…” to‘plami - 129 000 so‘m 99 000 so‘m

3️⃣ Birgalikda arzon! Siyosiy iqtisodiy mavzudagi 3 jiddiy kitob! - 289 000 so‘m 199 000 so‘m

4️⃣ Aqlli boshqotirmalar to'plami (10 ta kitob) - 249 000 so‘m 225 000 so‘m

5️⃣ O‘ntasi birda va chegirma narxda (2-6 yosh uchun) - 359 000 so‘m 269 000 so‘m

6️⃣ O‘ntasi birda va chegirma narxda (6-9 yosh uchun) - 399 000 so‘m 319 000 so‘m

7️⃣ O‘ntasi birda va chegirma narxda (8-13 yosh uchun) - 445 000 so‘m 349 000 so‘m

8️⃣ O‘ntasi birda va chegirma narxda (13-18 yosh uchun) - 409 000 so‘m 329 000 so‘m

9️⃣ Super chegirma. Ellikta mashhur kitob - 2 319 000 so‘m 1 199 000 so‘m

🔟 Uchtasi birda va chegirma narxda - 145 000 so‘m 99 000 so‘m

To‘plam nomi ustiga bosib batafsil ma’lumot olishingiz va buyurtma qoldirishingiz mumkin. Buyurtmalar O‘zbekistonning istalgan hududiga yetkazib beriladi. Chegirmadagi barcha kitoblar ushbu havolada)

@asaxiybooks
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dolzarb muammoga yechim - Asaxiy Pro loyihasi

Professionallar uchun adabiyotlar

Loyiha nima uchun boshlandi, qanday faoliyat yuritadi, rejalar qanday - barcha savollarga javobni video orqali topishingiz mumkin.

Bu loyihada qaysi kitoblar tarjima qilinishini xohlaysiz? Takliflarni izohlarda yozib qoldiring💬

@asaxiybooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Birburchak
#finished

Devid Bax – "Latte omili"


Insoniyatning deyarli hammasida bir orzu bor. Hayotining ma’lum bir nuqtasidan keyin qilgan niyatlari, orzularini ro‘yobga chiqarish uchun yetarli pulim bo‘lsa deydi. Ko‘ngli tusaganlarni qilish uchun moliyaviy imkoniyatlarida to‘sqinlik bo‘lmasligini istaydi. Shunday emasmi?

Devid Baxning "Latte omili" ana shu natijaga erishishning oddiy, biroz sabr talab etadigan yo‘li haqida fikr yuritadi. Muallifning aytishicha, hammamizda juda maydadek ko‘ringan, ammo keraksiz xarajatlar bisyor. Ularni tejash cho‘ntagimizga katta foyda keltirishiga ishonmaymiz.

Ularni unchalik mensimasligimizning sababi kichik xarajatlar cho‘ntagimizdagi yoki kartamizdagi raqamlarga o‘sha onda katta ta’sir o‘tkazmaydi. Ammo ular haftada yoki oyda yig‘ilib katta raqamlarga aylanishini odatda ko‘p ham o‘ylab ko‘rmaymiz.

Devid Bax ana o‘sha mayda, keraksiz xarajatlardan tejash orqali 5-10 yilda juda katta pul jamg‘arib qo‘yish mumkinligini birgina kofe(latte) orqali ko‘rsatib berishga urinadi. Unga sarflanmagan pullar qanchalik katta raqamlarga aylanib ketishini ko‘rsatadi.

U pul yig‘ish uchun inson o‘zi yoqtirgan yumushlardan, yeb-ichishlardan butkul tiyilishni nazarda tutmaydi. Haftalik yoki oylik pul sarfini o‘rganib chiqishni, ichida ortiqchadek ko‘ringan, sog‘lik uchun zararli narsalardan voz kechish va ularning pulini jamg‘arish haqida gapiradi.

Aytaylik chips, gazli yoki energetik ichimliklarni ikki-uch barobar kamaytirish sog‘lig‘ingiz uchun juda foydali. Ularga sarflanishi kerak bo‘lgan pulning miqdorini aniqlab olib alohida kartaga yig‘ib ko‘ring. 2-3 oyda yig‘ilgan pullar sizni hayron qoldirishiga ishonaman.

Muallif ham aynan shu g‘oyani ilgari suradi. "Avval o‘zingizga to‘lang!" Ya’ni bir oyda yuqoridagi narsalardan aytaylik 300 ming so‘m tejash mumkin. Bu 3 oyda 1 mln, bir yilda taxminan 4-5 mlnga aylanadi. Bu pulga o‘rtacha sharoitli tur bilan 7 kun Misr yoki Qatarga sayohat qilib kelish mumkin. O‘ylab ko‘ring a?

Devid Bax ana shunday mayda va keraksiz xarajatlarni nazoratga olib orzularni ushaltirish, yoqimli xobbilarga imkon topish mumkin ekanini ta’kidlaydi. Umuman olganda "Latte omili" pulga bo‘lgan munosabatingizni qayta o‘ylab ko‘rishga undaydi. Moliyaviy hayotingizni tartiblashga yordam beradi. Hammasi kitobdagi g‘oyalarni hayotingizga qanchalik realizatsiya qilishingizga bog‘liq menimcha…

➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/29 10:42:20
Back to Top
HTML Embed Code: