Telegram Web Link
Dai Go: Diqqat kuchi. Hayotni toʻliq nazorat qilish san'ati

Ushbu kitob diqqatni boshqarish sirlarini oddiy, amaliy va bosqichma-bosqich usullar orqali ochib beradi. Yapon mentalisti Dai Go ilmiy tadqiqotlar, psixologik yondashuv va real hayot tajribasiga tayangan holda ishda va oʻqishda maksimal fokusga erishish hamda fikrni tez va barqaror jamlash usullarini oʻrgatadi.

Mutolaa davomida siz:
• Chalgʻituvchi omillarni aniqlash va yoʻq qilish;
• Ish unumdorligini oshirish va vaqtingizni samarali boshqarish;
• Kundalik, darhol qoʻllaniladigan mashqlar bilan konsentratsiyani mustahkamlash sirlarini o‘rganasiz.

Muqova: yumshoq
Narx: 35 000 soʻm

Buyurtma uchun havola: https://asaxiy.uz/u/diqqat_kuchi

@asaxiybooks
1🔥198👍5🏆4👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu va rejalarsiz dam olish kuni 🧡

Bir finjon qahva, sevimli kitob va tinchlik… mana, baxtning eng sodda ko‘rinishi


Kitob varaqlari orasida topilgan osoyishtalik sizni butun haftaga kuchga to‘ldiradi. O‘zingizga shunday dam berishni unutmang

@asaxiybooks
1❤‍🔥289👍4🥰2🔥1😍1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi #audio_parcha Jyul Vern kitobidan

📖 “Kapitan Grant bolalari”

@asaxiybooks
124🔥11👍4🥰2🏆1
Forwarded from Birburchak
#finished

Aleksandr Dyuma – “Graf Monte-Kristo”
(birinchi kitob)

"Graf Monte-Kristo"ning birinchi kitobi "If qal’asining mahbusi", "Sinbod – dengiz sayyohi", "Toksikologiya" deb nomlangan 3 qismga bo‘linadi. Hamda shu 3 qism ichida 57 ta bob joy olgan.

📌Yozuvchi Aleksandr Dyuma politsiya qaydnomalarida g‘ayrioddiy jinoyat tarixiga duch keladi. Va buni o‘zining istedodi va mohorati bilan birlashitirb ajoyib roman holiga keltiradi. Shunga asoslanib asarni qisman hayotiy voqelikdan iborat deyish mumkin. Bu roman qashshoq xalq vakili bo‘lgan Edmon Dantes hayotini hikoya qiladi.


Birinchi kitobning birinchi qismi "If qal’asining mahbusi"da Dantesga qilingan tuxmatning katta siyosiy alangaga qo‘shilib yonishi, shu sababli ashaddiy siyosiy jinoyatchilar saqlanadigan atrofi degiz bilan o‘ralgan If qal’asiga qamalishu birinchi qismning asosiy voqealar rivoji hisoblanadi. Muallif shunchaki qizg‘in voqealar bilan cheklanib qolmaydi. Sevgi, do‘stlik, ota va o‘g‘il tuyg‘ulari, bundan tashaqari inson ongidagi xasad, ko‘rolmaslik inson taqdiriga qanday ta’sir etishi mumkinligini ham ochib beradi.

Birinchi kitobning ikkinchi qismi "Sinbod – dengiz sayyohi" deb nomlanadi. 19 yoshida qamalgan Edmon Dantes 33 yoshga kirganida qamoqdan qochishga erishadi. 14 yillik azob-uqubat, og‘ir sharoit uning ko‘rinishini eng yaqinlari ham taniy olmaydigan shaklga kiritib qo‘yadi. Shu va xavfsizlik sababidan o‘zini hammaga Sinbod – dengiz sayyohi deb tanishtiradi. Muallif bu qism orqali inson o‘z hayotini, qiyofasini, niyatini yashirib, o‘tmishini ortda qoldirib, yangi sahifadan boshlay olishi mumkinligini ko‘rsatib beradi.

Birinchi kitobning 3-qismiga “Toksikologiya” nomi berilgan. Mohiyatni chuqurroq anglashingiz uchun bu so‘z nimani anglatishini bilib olishingiz kerak. Toksikologiya zaharlash san’ati demakdir. Toksiologiya bu yerda faqat jismoniy zaharlash emas, balki ruhiy, ma’naviy zaharlanish ramzi sifatida ishlatiladi.

Mana shu qismga kelib asar o‘zining qizg‘inlik cho‘qqisiga chiqadi. Edmon Dantes "Graf Monte-Kristo" nomini oladi. Endi u nafaqat boy va qudratli balki jamiyatda obro‘-e’tiborga ega insonga aylanadi. O‘zining 14 yillik azob-uqubatlari uchun kim aybdorligini, hazon bo‘lgan yoshlik uchun kimlar tovon to‘lashi kerakligini aniqlagan Graf Monte-Kristo ularni har tomonlama zaharlashga, asta-sekun ularni halohat tomon yetaklab boraveradi. Ana shu jarayondan qasos lazzatini tuyadi.

Bu qismda yana bir muhim jihat ro‘y beradi. Asarning bungacha bo‘lgan ko‘plab boblaridagi qaysidir mavhum voqealar, mahvum kishilarning asliyati boshqa rakursdan ko‘rsatiladi. Biririnchi qismdagi chalkashliklar yechila boshlaydi. Shu joyida badiiy adabiyotning ahamiyatini, inson ongidagi tasavvur chegaralarini qanchalik kengaytirib yuborishini, boshqa aniq fanlar bu xususiyatga ega emasligini aniq-tiniq his qilasiz. Yozuvchining, Aleksandr Dyumaning ijodiy darajasini bor bo‘y-basti bilan ko‘rgandek bo‘lasiz.

Asarnig hamma joyida, ayniqsa uchunchi qismida muallif voqea va jarayonlarni, kimsalarni oq va qora rangda ko‘rsatmaydi. Hayot ko‘proq rangdan iborat ekanini, bir inson bir vaqtda yomon, saxiy, chin oshiq, kimgadir mehribon ota yoki qattiqqo‘l boshliq kabi xususiyatlarni o‘zida tashiy bilishini ko‘rsatib beradi.

🖥
"Graf Monte-Kristo"
romanining ikkinchi kitobi ham 3 qismdan iborat. Bular
"Sharpalar", "Aybnoma", "Gunohni yuvish
"
deb nomlanadi. Ikkinchi kitob haqida ham yaqin kunlarda o‘z xulosalarimni sizlar bilan bo‘lishaman.


➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👍7🔥6🏆3🤩2
Haftalik Top 5 kitoblar ⚡️

O‘tgan hafta eng ko‘p xarid qilingan kitoblar bilan tanishing:

1️⃣ Graf Monte-Kristo - 199 000 so‘m 159 000 so‘m
2️⃣ Hayot uchun 12 qoida - 99 000 so‘m
3️⃣ Ta’sir psixologiyasi - 99 000 so‘m 69 000 so‘m
4️⃣ Yapon zobiti - 70 000 so‘m
5️⃣ Mamlakatlar tanazzuli sabablari - 89 000 so‘m

Bu ro‘yxatdan qaysi birini mutolaa qilgansiz? Izohlarda yozib qoldiring 👇

@asaxiybooks
👍158🔥6😇5❤‍🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erkaklar uchun 5 badiiy kitob tavsiyasi 🛋

Bu kitoblar erkaklar uchun hayot, erkinlik, kurash va qadriyatlarni chuqurroq anglash imkonini beradi. Ular nafaqat o‘ylantiradi, balki dam olish va ajoyib hikoyalardan zavqlanish uchun ham eng yaxshi tanlov bo‘ladi.

• Jorj Oruell: 1984
• Ernest Xeminguey: To‘qchilik va yo‘qchilik
• Ato Hamdam, Leonid Chigrin: Yapon zobiti
• Den Braun: Raqamli qal’a
• Teodor Drayzer: Sarmoyador

* Ish kunidan so‘ng dam olish uchun kuniga ikki mahal kitob o‘qish tavsiya etiladi.

@asaxiybooks
35🔥10👍6💯32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Farovonlik paradoksi" kitobi kimlar uchun yozildi?

Navbatdagi #audio_parcha ushbu savolga javob beradi.

Kitobdan iqtibos:
Imkoniyatni ko‘ra olmaslik uning yo‘qligini anglatmaydi.


@asaxiybooks
921🔥6❤‍🔥2👍2🥰1🆒1
Tursunboy Adashboyev: Tanlangan asarlar

#yangilik

Ushbu to‘plam atoqli bolalar shoiri, mohir tarjimon, mashhur parodiyachi va publitsist Tursunboy Adashboyev tavalludining 86 yilligi munosabati bilan nashr etilgan.

Kitobga adibning turli janrdagi asarlari, tarjimalari, shoir haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, u haqidagi e’tirof va yodnomalar jamlangan.

Muqova: qattiq
Nashriyot: Adabiyot
Narx: 95 000 so‘m
Sahifa: 624 bet

Buyurtma bering va bolaligimizdagi adib bilan yaqinroq tanishing: asaxiy.uz/u/68a41cf71b53d

@asaxiybooks
👍15🔥64😍2🕊1🙈1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitoblar haqida suhbat uchun soatlar kamlik qiladi🫠

Ba’zida o‘zimiz haqimizda gapirish noqulay bo‘ladi. Ammo kitoblar to‘g‘risida so‘zlab berish - alohida masala. Bunda ichki quvvat yuqori, fikrlar xilma-xil, suhbat esa ma’noli bo‘ladi.

U kamgap inson ✖️
Nima haqida so‘rashni bilmaysiz ✔️


Siz qaysi kitob haqida shunday hayajon bilan gapirasiz? Izohlarda yozib qoldiring👇

@asaxiybooks
❤‍🔥2414🔥7😁5💯3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Birdan kimsasiz bo‘m-bo‘sh orolga tushib qolsangiz, qo‘rqib ketarmidingiz?

Bugungi #audio_parcha “Kapitan Grant bolalari” kitobidan

@asaxiybooks
🔥1410👍4🤩3🥰1😁1
Buyuk insonlarning buyukligi nimada?

Oddiy insonlarning yuqori cho‘qqilarni zabt etish siri ko‘pchilikka qiziq mavzu. Ba’zilar buni omad desa, boshqalar mo‘jiza yoki tug‘ma iste’dod bilan izohlaydi.

📈 Aslida esa katta natijalar ortida sabr, muntazam intilish va tinimsiz harakat yotadi. Robert Grinning "Mahorat" kitobi bu jarayonni chuqur tahlil qiladi va har bir inson mohirlik darajasiga chiqishi uchun yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.

"Xalq banki" bilan hamkorlikda chop etilgan ushbu kitobni o‘qish uchun 5 sababni karuselda keltirdik. Tanishib chiqing va mutolaa qiling!

@asaxiybooks
🔥145❤‍🔥4🤝3🆒2😇1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz uchun ikki kitob tavsiyasi

“Yashamoq” kitobi sizga hayot zarbalariga dosh berish va insoniylikni saqlashni o‘rgatsa, “Yapon zobiti” tarixiy voqealar fonida iroda, burch va kuchli shaxsiyatni ochib beradi.

Yuy Xua: Yashamoq - 79 000 so‘m 59 000 so‘m
Ato Hamdam, Leonid Chigrin: Yapon zobiti - 70 000 so‘m
Ikkisi birgalikda - 129 000 so‘m 99 000 so‘m


O‘zingizga qulay shaklda buyurtma bering, uy manzilingizgacha yetkazib beramiz)

@asaxiybooks
❤‍🔥77👍2🎉2💯2🔥1💘1
Forwarded from Birburchak
#finished

Aleksandr Dyuma – “Graf Monte-Kristo”
(ikkinchi kitob)

“Graf Monte-Kristo”ning ikkinchi kitobi “Sharpalar”, “Aybnoma” va “Gunohni yuvish” kabi 3 qisimdan iborat.

“Sharpalar” qismida muallif asta-sekin qasosning asl narxini ko‘rsatib boradi. Monte-Kristoning har bir zarbasi adolatlidek ko‘rinsa ham u olayotgan qasos begunohlar (masalan, Valentina, Mersedes) ruhiyatiga ham tegib oʻtganini koʻrgach, o‘ziga-oʻzi “Xudo o‘rnini egallashga urinmayapmanmi?” degan savolni bera boshlaydi.

“Sharpalar” qismidagi eng muhim voqelik Morserlar oilasining yakson qilinishidir. Bu Morser deganimiz Edmond Dantesning qamalishida bosh sababchilardan boʻlgan, Mersedesning oshigʻi Fernan edi. Monte-Kristo bilan birga qasos lazzatini his qilishingiz uchun Fernanning qanday yakson qilinganini aytib oʻtirmayman. Bu lazzat oʻzingizga qolgani yaxshi.

“Aybnoma” qismning bunday nomlanishi esa Edmond Dantes ya’ni Graf Monte-Kristoning uch dushmani Danglar, Vilfor va Morserlarning ustidan axloqiy aybnoma tuzilishi bilan bogʻliq.

Bu qismda Monte-Kristo qaysidir ma’noda prokurorga aylanadi. Endi u faqatgina fitna muallifi emas aybnomaga asos boʻladigan dalillarni yigʻuvchi, guvohlarni gunohkorlar bilan yuzma-yuz sahnaga olib chiquvchi rejissorga aylanadi. Bu qismdagi boblar tez-tez sahnasini almashtirib, triller ritmini beradi. Voqealar rivoji, jarayon va natijalar oʻpqoni oʻquvchini kitob ichiga tortib ketadi.

Aybdorlarni jazolash jarayoni begunohlarni ham azoblagach, Monte-Kristoning ichki tarozisi bir tomonda qasos, bir tomonda esa insoniy rahm va mas’uliyat oʻrtasida chayqala boshlaydi. Bu esa keyingi qism ya’ni “Gunohni yuvish”dagi hal qiluvchi sahnalarga oʻzak boʻlib xizmat qiladi.

Monte-Kristo o‘z yo‘lini “adolatni tiklash” deb bilsa-da, yakunda haddan oshib ketganini his etadi va kechirim orqali haqiqiy insoniylik oʻzaniga qaytadi. Aybdorlar yoki qonun yoki o‘z vijdoni hukmiga duchor etiladi.

Aleksandr Dyumaning shunday ulkan va muhtasham dunyo qurgan “Graf Monte-Kristo” asarining yakunida kelgan xulosam shuki adolat kechirim bilan to‘latilgandagina to‘liq va mukammal adolat bo‘ladi. Sizga ham Aleksandr Dyuma qurgan olamga sayohat qilishni tavsiya qilaman.

➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥155❤‍🔥4😇2🆒2🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yana bir hashamatli nashr

J.R.R. Tolkien - The Lord of the Rings

Dunyo bo‘ylab 100 milliondan ortiq nusxada sotilgan ushbu epik asar endi hashamatli bir jildlik nashrda taqdim etilmoqda.

Bu nashr:
Kristofer Tolkin yaratgan ikki buklama xaritani o‘zida jamlagan;
Muallifning o‘zi chizgan 30 ta rangli illyustratsiya, xarita va eskizlar bilan to‘liq bezatilgan;
Qisman charm muqova, oltin qirrali sahifalar va maxsus dizayn bu nashrni haqiqiy xazinaga aylantiradi.

Tolkien dunyosini yangicha joziba bilan kashf eting: asaxiy.uz/u/tolkien

Buyurtma bermaganlarda bugun uxlolmay chiqish ehtimoli bor)

@asaxiybooks
1😍34❤‍🔥109🤩5👍3🔥2😁1🍓1
Forwarded from Allaev Uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Retail biznes klubi bilan uchrashuvda Google Veo 3 ishlashini koʻrsatib berish uchun generatsiya qilingan video.

#ai #veo3
😁12👍43🔥2
2025/10/25 19:30:10
Back to Top
HTML Embed Code: