Telegram Web Link
Forwarded from Asaxiy Market
🎓 Talabalar uchun yaxshi smartfon — HONOR X6c!

Sizlar uchun katta ekranli, yaxshi kamera va kuchli batareyaga ega bo‘lgan maxsus smartfon, endi qulay narxlarda!

5300 mA·s batareya;
50 MP asosiy kamera;
Maxsus “AI” tugmasi;

Narxi: 329 000 so‘mdan / 6 oy

Ekskluziv taklifdan foydalaning, hoziroq buyurtma bering: https://asaxiy.uz/u/honor-x6c

@asaxiyuz
🔥85❤‍🔥3👍2🎉1🕊1
#book_review #kitobxon_fikri

Devid Nikolls - “Bir kun” asari

Asar 2009-yilda chop etilganidan so‘ng nafaqat Buyuk Britaniyada, balki butun dunyoda bestsellerga aylangan va bir necha yil ichida turli tillarga tarjima qilingan.

Asar markazida ikki bosh qahramon — Emma Morli va Dekster Meyxyu turadi. Ularning tanishuvi 1988-yil 15-iyul sanasida — Edinburg universitetining bitiruv kechasida sodir bo‘ladi. Shu kundan boshlab muallif har yili aynan shu sanada, ya’ni 15-iyul kuni qahramonlarning hayotidan lavhalarni tasvirlab beradi. Bu uslub roman tuzilishini g‘oyat original qiladi: o‘quvchi yilma-yil qahramonlarning hayoti qanday o‘zgarayotganini, ularning orzulari, xatolari, baxtlari va iztiroblarini kuzatib boradi.

Emma — ziyrak, orzulari katta, lekin hayotda o‘z o‘rnini topishga qiynaladigan qiz. U jamiyatga foydali bo‘lishni, ijod qilishni, dunyoni o‘zgartirishni istaydi. Dekster esa tamoman boshqa xarakter — o‘ziga ishonchli, xushbichim, hayotdan lazzat olishni yaxshi ko‘radigan yigit. U televizion sohada mashhurlikka erishadi, ammo shu bilan birga ichkilikbozlik va mas’uliyatsizlik balosiga ham yo‘liqadi. Nikloss asarda ularning qarama-qarshi xarakterlarini juda nozik qilib tasvirlaydi: bir qarashda ular bir-biriga mutlaqo ziddek tuyuladi, ammo vaqt o‘tishi bilan ular bir-birini to‘ldiruvchi insonlarga aylanadi.

Roman o‘zining asosiy g‘oyasini — hayotda bir kunning o‘zi butun umrni belgilab qo‘yishi mumkinligini ochib beradi. Oddiy bir uchrashuv, kichik bir suhbat yoki tasodifiy qaror odam hayotining butun yo‘nalishini o‘zgartirishi mumkin. Emma va Dekster munosabatlari ham ana shunday “tasodifiy” uchrashuvdan boshlanib, keyinchalik ulkan hayotiy sinovlarga aylanadi. Ularning sevgisi tezda rivojlanmaydi; balki yillar davomida sinovlardan, ayriliqlardan, adashishlardan o‘tadi. Shu jihatdan asar hayotiy realizmga juda yaqin: unda “bir qarashda sevgi” emas, balki vaqt sinovidan o‘tgan, pishib yetilgan tuyg‘ular aks etadi.

Niklossning yozish uslubi yengil, hazil-mutoyibaga boy, ammo bir vaqtning o‘zida chuqur falsafiydir. U hayotning shirin tomonlarini kulgili lavhalar orqali ko‘rsatsa, iztirobli daqiqalarda o‘quvchining qalbini larzaga soladi. Ayniqsa, roman oxiridagi kutilmagan burilish kitobxonni chuqur o‘yga toldiradi: hayotning bebaholigi, vaqtning qadri va insoniy munosabatlarning naqadar muhimligi yana bir bor namoyon bo‘ladi.

“Bir kun” romani shunchaki sevgi hikoyasi emas, balki butun bir avlodning hayot tarzi, orzulari va qarama-qarshiliklarini ifodalovchi asardir. Unda yoshlarning o‘z yo‘lini topishdagi izlanishlari, jamiyatdagi o‘rni, shaxsiy muvaffaqiyat va xatolar muammolari ham o‘z aksini topgan. Shu bois, roman nafaqat romantik adabiyot ixlosmandlari, balki hayot ma’nosini izlayotgan har bir kitobxon uchun ham qimmatli.

© ulmasbekbooks
22🔥5❤‍🔥1👍1💯1🏆1😭1
Bayram chegirmasida eng ko‘p xarid qilingan Top 7 kitob 🇺🇿

Kitobxonlarimiz tanlovi doimgidek ajoyib:
1️⃣ Aleksandr Dyuma - Graf Monte-Kristo
2️⃣ Otabek Hasanov - Liderlar kitobi
3️⃣ Daron Ajemog‘li, Jeyms A. Robinson - Mamlakatlar tanazzuli sabablari
4️⃣ Jorj Oruell - 1984
5️⃣ Kel Nyuport - Diqqat
6️⃣ Oldos Haksli - Ajib yangi dunyo
7️⃣ Jorj Oruell - Molxona

Siz dam olish kunlarida qaysi kitobni mutolaa qildingiz?

@asaxiybooks
16👍6🔥5🎉3🏆1
“Diqqat” - 5 yoshda 🎉

Bugungi davrda eng katta boylik - diqqat. Ijtimoiy tarmoqlar va chalg‘ituvchi omillar orasida fokusni saqlab qolish esa haqiqiy super kuch.


Professor Kel Nyuportning ushbu super kuchni o‘rgatadigan kitobi chop etilganiga bugun 5 yil to‘ldi. Bu vaqt ichida minglab o‘quvchilar chalg‘imaslikni o‘rgandi, diqqatini samarali boshqardi va natijaga tezroq erishib kelmoqda.

📖 Muammo bilan birga yechimlarni ham ko‘rsatadigan bu kitob sizni samaraliroq va xotirjamroq hayot sari yetaklaydi. O‘qing, tahlil qiling va hayotingizni yaxshilang!

Kitob haqida: asaxiy.uz/u/68b7e349cf268

@asaxiybooks
🔥1810👍3💯21❤‍🔥1🏆1
Avgust oyi uchun Asaxiy Books bestsellerlari ma'lum bo‘ldi ⭐️

1. Jeyms Klir: Atom odatlar
2. Jorj Oruell: 1984
3. Aleksandr Dyuma: Graf Monte-Kristo
4. Robert Grin: Hokimiyatning 48 qoidasi
5. Jon G. Miller: SOS! Savol ortidagi savol
6. Diyora Murodxo'jayeva: Nozik ohang
7. Robert Chaldini: Ta’sir psixologiyasi
8. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar
9. Ato Hamdam, Leonid Chigrin: Yapon zobiti
10. Stiven R. Kovi: Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi
11. Abu Homid Gʻazzoliy: Ihyou Ulumiddin
12. Jorj Oruell: Molxona
13. Mey Mask: Rejali ayol
14. Nuriya Cheleyen: Qalb iffati
15. Yuy Xua: Yashamoq
16. Erve Le Tellye: Anomaliya
17. Ibn Xaldun: Muqaddima
18. Marg‘ulan Seysemboy: Uddalasa bo‘ladigan vazifa
19. Fyodor Dostoyevskiy: Jinoyat va jazo
20. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma

📌 Ro‘yxatdan oy davomida onlayn va oflayn sotilgan barcha nashriyot kitoblari joy olgan.

Jami: 1 519 000 so‘m
20% chegirma bilan: 1 219 000 so‘m
To‘plam haqida batafsil: https://asaxiy.uz/u/bestseller

@asaxiybooks
👍1512🔥4❤‍🔥11🎉1🏆1
🧬 Mark Uolin: Bu sendan boshlanmagan

Ko‘p hollarda bizni qiynayotgan holatlar yoki kayfiyatlarning ildizi o‘z hayotimizda emas, balki oilaviy tariximizda bo‘lishi mumkin. Muallif bu kitobda avlodlardan o‘tadigan odatlar, qo‘rquv va hissiyotlar qanday shakllanishini sodda tilda tushuntiradi hamda ulardan qanday xulosa chiqarish mumkinligini ko‘rsatadi.

Kitob sizga o‘zingizni yaxshiroq anglash, oilaviy tajribani to‘g‘ri qabul qilish va yanada xotirjam hayot kechirish uchun yo‘l ochib beradi.

Muqova: yumshoq
Sahifa: 320 bet
Narx: 59 000 so‘m
"El-yurt ishonchi" status egalari uchun: 53 100 so‘m

📖 O‘qib ko‘ring, ko‘p narsaga boshqacha nigoh bilan qaray boshlaysiz: asaxiy.uz/u/bu_sendan_boshlanmagan

@asaxiybooks
1🔥12👍9❤‍🔥55💯2🏆1🤗1
🔥145🌚4🎉2🏆2❤‍🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kitoblar “o‘zbek seriallari” talqinida))

Sizda qanday variantlar bor? Izohlarda yozing👇😁

@asaxiybooks
1😁165🔥8😭532💯2👍1🕊1🐳1👀1
Birgina rasm va siz kitob haqida umumiy tushunchaga egasiz.

@asaxiybooks
❤‍🔥21💯87👍5🔥31
🏰 “Raqamli qal’a” tomon yo‘l olamiz!

So‘rovnomada ishtirokchilarning deyarli yarmi Den Braun kitobiga ovoz berishdi. Demak, sentyabr oyidagi suhbatimizni aynan shu asarga bag‘ishlaymiz.

“Raqamli qal’a” - kodlar, sirlar va insoniy munosabatlar kesishgan olam. Unda vatanparvarlik, sevgi va global xavfsizlik uchun kurash sizni sahifadan sahifaga yetaklaydi. Tezkor voqealar va kutilmagan burilishlar esa oxirigacha hayajonda ushlab turadi.

Sana: 28-sentyabr
Vaqt: 20:00
Format: onlayn
Manzil: @asaxiybooks

Oy yakunigacha kitobni o‘qing yoki takrorlab oling, suhbatda birga muhokama qilamiz 📖
🔥168👍2🏆1
Avgust oyidagi "Anomaliya" muhokamasida faol bo‘lib, sentyabr oyi suhbat kitobini yutib olgan kitobxonlarimiz:

- Umrbek
- Fozilova Nafisaxon
- Dr_X

G‘oliblarni tabriklaymiz, ishtirok va fikrlar uchun rahmat. @asaxiy_marketing profiliga ma’lumot qoldirsangiz, sovg‘angizni yetkazib beramiz.
12🔥5👍3🤩2❤‍🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Inson kamdan-kam hollarda o‘zi izlamagan narsani topishi mumkin.


Ushbu #audio_parcha "Farovonlik paradoksi" kitobidan olindi 📖

@asaxiybooks
🔥86👍3🏆1
#book_review #kitobxon_fikri ​​

Kleyton M. Kristenson, Efosa Ojoma, Karen Dillon – "Farovonlik paradoksi"

Mualliflar avvalo innovatsiyaning uch turini tushuntirishadi. Birinchisi, barqarorlik innovatsiyasi. Bunga har yili kichik o'zgarishlar bilan yangilanadigan iPhoneni misol qilish mumkin. Yangi narsa yaratilmaydi, mavjud mahsulot takomillashtiriladi. Ikkinchisi, samaradorlik innovatsiyasi. Bunda ishlab chiqaruvchi imkon qadar xarajatlarni qisqartirish orqali narxni tushirishga harakat qiladi, masalan, xomashyodan tejaydi, ishchi kuchini kamaytiradi. Bu ikkalasida amalda mavjud ist'emolchiga tovar sotish ko'zda tutiladi, ularga yaxshiroq xizmat yoki mahsulot taklif qilishga harakat qilinadi. Uchinchi – bozor yaratuvchi innovatsiyada esa iste'mol qobiliyatidan mahrum qatlam nishonga olinadi. Aynan mana shunday innovatsiya butun boshli davlatlarning rivojlanishiga sabab bo'ladi. iPhonening eng birinchisi yoki Henri Ford ishlab chiqargan ilk avtomobil bozor yaratuvchi innovatsiyaga misol bo'la oladi.

Bizda korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bor. Ammo korrupsiya yuqoriligi bo'yicha dunyoda yetakchi reytinglarda turamiz. Kambag'allikni qisqartirish vazirligi bor, ammo kambag'allar ko'p. Bandlikka ko'maklashish markazi bor, ammo ishsizlar, xorijda sarson yurganlar bisyor. Mualliflar rivojlangan davlatlardan institutlarni yoki qonunlarni ko'chirish hech qanday samara bermasligini aniq misollar bilan ko'rsatib berishadi. Kambag'al yoki korrupsiyalashgan mamlakatlarni qonunlar yoki vazirliklar isloh qilolmaydi. Bozor yaratuvchi innovatsiya esa hammasini izga sola oladi va bu o'z-o'zidan, tabiiy ravishda sodir bo'ladi.

Ochga yordam bermoqchi bo'lsang, unga baliq berma, qarmoq berib, baliq tutishni o'rgat, deyishadi. Kitob mazmunini soddaroq qilib shunday ta'riflasak bo'ladi. Xayriya tashkilotlari, qudratli davlatlar qoloq mamlakatlarga millionlab dollar yordam berishadi, infratuzilma bilan ta'minlashadi, ammo bu vaqtinchalik ko'mak bo'ladi xolos. Hech qancha o'tmay infratuzilmalar ishdan chiqadi, xalq yana och qoladi.

Mualliflar yordam emas, imkoniyat berish kerakligini ta'kidlashadi. Qashshoqqa pul emas, pul topa olishi uchun yaxshi ish taklif qilish kerak. Va bu ishni davlat emas, shu jarayondan foyda olishga ko'zi yetadigan innovator amalga oshirishi kerak. Taraqqiyot yuqoridan emas, quyidan boshlanadi, Avvalo oddiy odamning hayoti yaxshilanadi, u arzonroq tovar oladi, xizmatlardan foydalanadi, faravonroq yashay boshlaydi, ana undan so'ng davlat rivojlanadi, qonunlar ishlaydi, korrupsiyaga ehtiyoj qolmaydi.

Kitob qashshoqlikni yo'qotish uchun an'anaviy yordamlar emas, innovatsiyalar kerakligini tahliliy ravishda isbotlab beradi. Butun dunyo bo'ylab qashshoqlikka qarshi kurashishning muvaffaqiyatsizlikka uchraganiga misollar keltiriladi, o'z navbatida, oddiygina makaron zavodi, uyali aloqa operatori yoki sug'urta polisi davlatlarni qanday rivojlantirganini tushuntirib beradi.

"Farovonlik paradoksi" shunchaki iqtisodiy nazariya emas, umid haqidagi kitobdir. U mamlakat rivojlanishi uchun ideal qonunlar, mukammal infratuzilma, shaffof institutlar, korrupsiyadan xoli hukumat shart emasligini isbotlab beradi. Iste'mol qobiliyatiga ega bo'lmagan qatlamni ko'tarish uchun bozor yaratuvchi innovatsiya kerak. Odamlar farovon yashay boshlagach boshqa hammasi o'z-o'zidan hal bo'ladi. Har qanday rivojlangan mamlakat aynan shu yo'lni bosib o'tgan.

© The Stranger
👍146🔥4❤‍🔥1🏆1🆒1
Haruki Murakami: Norveg o‘rmoni 🌲

Ushbu roman yoshlardagi ulg‘ayish jarayoni, sevgi va yo‘qotishlar haqida hikoya qiladi. Muallif yoshlarning bolalikdan voz kechib, jismoniy yoki psixologik tayyorgarliksiz kattalarning murakkab dunyosiga qadam qo‘yishini samimiy tasvirlaydi.

Murakami uslubida yozilgan bu asar yolg‘izlik, melanxoliya va umidni o‘zida mujassam etgan. U nafaqat sevgi hikoyasi, balki kitobxonni hayotiy savollar ustida mulohaza qilishga undaydigan roman hamdir.

Muqova: qattiq
Sahifa: 400 bet
Narx: 69 000 so‘m
"El-yurt ishonchi" status egalariga: 62 100 so‘m

Buyurtma bering va Murakami dunyosiga sho‘ng‘ing: asaxiy.uz/u/norveg_ormoni

@asaxiybooks
1👍1912🔥7❤‍🔥4🆒2🤩1👌1🏆1😇1
2025/10/26 07:45:08
Back to Top
HTML Embed Code: