Telegram Web Link
24 soatlik super taklif 🎁

“Savatcha”ngiz to‘lib qolganini payqadik, shu sabab sizga kichik sovg‘a tayyorladik. Yakshanba kuni qoldirilgan barcha buyurtmalar O‘zbekiston bo‘ylab UYGACHA BEPUL yetkazib beriladi!

Bir zumda buyurtma berish sizdan, bepul yetkazib berish bizdan)

📌 Taklif faqat 14-sentyabr kuni amal qiladi

Imkonni qo‘ldan boy bermang 👉 www.asaxiy.uz

@asaxiybooks
👍17🔥118😁5❤‍🔥3😍31
“Molxona” - haftaning TOP kitobi

⭐️ O‘tgan haftada eng ko‘p xarid qilingan 5 kitob bilan tanishamiz:
1. Jorj Oruell: Molxona
2. Jeyms Klir: Atom odatlar
3. Aleksandr Dyuma: Graf Monte-Kristo
4. Jorj Oruell: 1984
5. Robert Grin: Hokimiyatning 48 qoidasi

* Zamonni yaxshiroq tushunish uchun kuniga ikki mahal kitob o‘qish tavsiya etiladi.

@asaxiybooks
🔥2617👍2👏2🤩2🏆1
Yangi hamkorlik: eMaktab 🤝 Asaxiy

Bilim va kitobsevarlikni birlashtiradigan yangilikni e’lon qilamiz. Endi eMaktab foydalanuvchilari Asaxiy’da xarid uchun maxsus chegirmalarga ega bo‘lishlari mumkin:

🎨 Kanselyariya mahsulotlari uchun - 10% chegirma
📚 Asaxiy Books kitoblari uchun - 20% chegirma

eMaktab platformasidan maxsus promokod olib, kanstovarlar va kitoblar xaridida foydalaning. Promokodni www.asaxiy.uz sayti orqali onlayn va Asaxiy do‘konlari orqali oflayn ishlatishingiz mumkin.

@asaxiybooks
🔥209👍1
Ertangi rejalarga festivalni ham qo‘shib qo‘ying 🗓️

Ertaga Toshkent Kitob Markazida katta festival bo‘lib o‘tadi. Unda mehmon bo‘lib, turli chegirma va sovg‘alarga ega bo‘lishingiz mumkin.

🎊 Festival doirasida Asaxiyda:
- kitoblar uchun 3+1 aksiyasi
- yutuqli "Book Jenga" o‘yini
- "Nozik ohang" kitobi muallifi Diyora Murodxo‘jayeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Kitob bayramida sizni markazda va Asaxiy Chorsu filialida kutib qolamiz. Albatta mehmon bo‘ling, ajoyib bayram qilamiz!

Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40

@asaxiybooks
👍2315👏63🥰2🎉2😍2🏆2❤‍🔥1🔥1😁1
Asaxiy Pro loyihasidan ilk premyera - Eliyahu Goldrattning "Maqsad" kitobi sotuvda!

"Maqsad" - 10 milliondan ortiq nusxada sotilgan va qiziqish bilan o‘qiladigan biznes roman. Unda daromadi tushib, qarzlari ko‘paygan zavod boshlig‘i Aleks Rogo taqdiri hikoya qilinadi. Aleksga zavodni qutqarish uchun 90 kun vaqt beriladi. Bu muddat ichida zavod foydaga chiqadi yoki yopiladi.

Kitob qiziqarli va hayajonli syujet orasida kitobxonga boshqaruv haqida bilim beradi. U foydani oshirish, jarayonlarni soddalashtirish, kechikishlarni qisqartirish va jamoani samarali boshqarish usullarini o‘rgatadi. Bu tamoyillar nafaqat zavod yoki ishlab chiqarish sohasiga, balki xizmat ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash, IT va hatto shaxsiy samaradorlikka ham tatbiq etilishi mumkin.

Kitob "Xalq banki" bilan hamkorlikda chop etildi. Kitobxonlikka qo‘shayotgan hissasi uchun bank jamoasidan minnatdormiz.

Tarjimon: Saodat Abdurahmonova
Muqova: qattiq
Sahifa: 552 bet
Narx: 129 000 so‘m 99 000 so‘m

Kitobga buyurtma bering va boshqaruv haqida bilimingizni oshiring:
https://asaxiy.uz/u/maqsad

@asaxiybooks
❤‍🔥1411👍7🔥5🤩2🏆2💯1
😁82🔥3318👍144💯4🏆3🍾3🤝3🆒2🕊1
Asaxiy Pro - Professionallar uchun adabiyotlar

Asaxiyning yangi loyihasi haqida qisqacha


Asaxiy Pro - o‘zbek tilida professional adabiyotlar ko‘payishiga hissa qo‘shuvchi yangi loyiha. Unda biznes, moliya, IT, tibbiyot, sanoat, davlat boshqaruvi va yana o‘nlab sohalar bo‘yicha dunyoning eng yaxshi kitoblari tarjima qilinib, chop etiladi.

Loyihadan maqsad o‘zbek tilida kasbga oid sifatli, zamonaviy va professional bilim manbai yaratish. Bu mutaxassislarni keyingi bosqichga ko‘tarilishiga, talabalarni esa sohani yanada chuqur o‘rganishiga imkon beradi.

Asaxiy Pro doirasida davlat va xususiy tashkilotlar bilan hamkorliklar boshlangan. Eliyahu Goldrattning mashhur Maqsad biznes-romani loyihaning ilk mevasi sifatida kitobxonlarga taqdim etildi. Bu faqat boshlanishi, oldinda bizni sohaga doir ajoyib kitoblar kutmoqda.

Til endi rivojlanishga to‘siq bo‘lolmaydi - Asaxiy Pro bilan professional bilimni yangi darajaga olib chiqamiz!

@asaxiybooks
🔥339👍5🎉4❤‍🔥2🏆1
Kitob festivalidan kitobli rasmlar 📸

Toshkent Kitob Markazida o‘tgan festival chinakam bayramga aylandi: qiziqarli, gavjum va iliq muhit uchun barcha kitobsevarlarga rahmat! Sizning tashrifingiz ushbu kunni yanada fayzli qildi.

Festivalda Chorsu filialimiz 3+1 aksiyasi va yutuqli o‘yin bilan mehmonlarni quvontirdi. Hali bu do‘konga tashrif buyurmagan bo‘lsangiz, sizni ham ko‘rishdan xursand bo‘lamiz.

📍Asaxiy Chorsu filiali

@asaxiybooks
❤‍🔥1810🔥7👍2😍2🥰1🎉1🐳1🏆1
Jasorat to‘plami (7 ta kitob)

Bu to‘plamda xalqimizning buyuk sarkardalari haqida hikoya qiluvchi kitoblar jamlangan. Ularning Vatan yo‘lidagi kurashi va mardona hayoti tariximizni yaxshiroq anglashga, ajdodlarimizning kuchi va irodasidan ilhom olishga yordam beradi.

To‘plam yoshlar uchun ibrat, kattalar uchun milliy g‘urur manbai bo‘la oladi.

Format: A6
Muqova: yumshoq
Umumiy sahifa: 1120 bet
Narx: 139 000 so‘m (7 ta kitob)
"El-yurt ishonchi" egalari uchun: 129 000 so‘m

Buyurtma uchun havola: asaxiy.uz/u/jasorat

@asaxiybooks
24🔥8😁4❤‍🔥22👍2💯2🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Katta o‘yin" kitobidan #audio_parcha

Ushbu kitob Chor Rossiyasi va Britaniya o‘rtasida kechgan kurash, siyosiy o‘yinlar, gilam osti diplomatiyasi, qonli janglar va katta hududni o‘z ta’siri doirasiga tushirish uchun xalqaro bosim haqida qiziqarli tilda hikoya qiladi.

Jiddiy kitob, o‘qib ko‘rishga arziydi: havola

@asaxiybooks
21🔥6🏆3👍2🤝2💯1
2025/10/27 08:56:43
Back to Top
HTML Embed Code: