Telegram Web Link
Erix Mariya Remark: Qaytish 🕊

Bu roman mashhur “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” asarining mantiqiy davomidir. Unda jang maydonlaridan omon qaytgan yigitlar tinch hayotda o‘z o‘rnini topishga urinadi. Ammo ularni kutgan dunyo ham, odamlar ham avvalgiday emas - kechagi qahramonlar bugun jamiyat uchun begonaga aylangan.

Remark bu asarda ruhiy yaralar, yo‘qotishlar og‘rig‘i va ma’nosiz hayot bo‘shlig‘ini samimiy tarzda ochib beradi. Qahramonlar endi tirik qolish uchun emas, inson bo‘lib yashash uchun kurashadilar. Sokin, ammo yurakni larzaga soluvchi bu roman sizni urushning asl oqibatlari bilan yuzlashtiradi.

Muqova: qattiq
Narx: 59 000 so‘m

Mutolaa qiling va urushning haqiqiy izlarini his eting: asaxiy.uz/u/qaytish

@asaxiybooks
21❤‍🔥9👍5🏆3🔥1🎉1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥹 Siz uchun yangi bir maskan tayyorlanmoqda...

Yaqinda Asaxiyning Tashkent City filiali kitobxonlarga o‘z eshiklarini ochadi. Bu do‘kon kattaligi, keng va shinamligi, kitoblari esa xilma-xilligi bilan boshqa filiallarimizdan ajralib turadi.

Tayyorgarlik jarayonidan lavhalarni videoda tomosha qiling va tayyor turing, ochilish marosimiga sizni ham taklif qilamiz

@asaxiybooks
142🔥13❤‍🔥6👍5🎉3🕊3🐳2😍1🏆1
Asaxiy Books loyihasida premyera - Go‘zalxon Xamidovaning “Kichik kashfiyotchi” kitobi sotuvda!

Montessori ta’lim usuli bolaning rivojlanish jarayoniga hurmat va erkinlik bilan yondashadi. Ushbu kitob shu tamoyillar asosida yaratilgan bo‘lib, unda bolalarning aqliy, hissiy va jismoniy o‘sishini rag‘batlantiruvchi samarali o‘yinlar va amaliy mashg‘ulotlar jamlangan.

Eng qulay tomoni - mashg‘ulotlarning aksarini uy sharoitida, oddiy buyumlar bilan o‘tkazish mumkin. Bu kitob ota-onalar, tarbiyachi va pedagoglar uchun amaliy qo‘llanma, farzand bilan birga o‘rganish jarayonida esa - mehr va yaqinlikni mustahkamlovchi hamroh bo‘lib xizmat qiladi.

Kitob “Xalq banki” bilan hamkorlikda chop etildi. Kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlagani uchun bank jamoasidan minnatdormiz.

Muqova: yumshoq (Turkiya)
Sahifalar yuzasi: yaltiroq
Sahifa: 216 bet
Narxi: 70 000 so‘m
Premyera chegirmasida: 50 000 so‘m

Buyurtma bering va farzandingiz bilan birga kashf eting: asaxiy.uz/u/montessori

@asaxiybooks
1👍1811🔥7❤‍🔥2😁1🐳1
Haftalik rejaga festivalni kiritib qo‘ying 🎊

21-oktyabr kuni 14:00 da Toshkent Kitob Markazida katta festival bo‘lib o‘tadi! Bu kunda sizni sevimli ijodkorlar bilan suhbatlar, sovg‘ali o‘yinlar, aksiyalar, kofe-breyk va iliq muhit kutmoqda.

Festival doirasida Asaxiy Chorsu filialida 3+1 aksiyasi va yutuqli "Book Jenga" o‘yini o‘tkaziladi. Do‘stlaringiz bilan keling, birgalikda ajoyib bayram qilamiz!

Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40

@asaxiybooks
18👍8🎉4🤩4😍4🐳2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farqni anglay oldingizmi?

Bir so’z, turlicha ma’no - va buni faqat yozuvchi va kitobxon tushuna oladi…

Siz qanday farq sezdingiz? Izohlarda fikringiz bilan bo‘lishing👇

@asaxiybooks
15👍7❤‍🔥3💯3💘1
Forwarded from Allaev Uz
Asaxiy учун ажойиб янгиликлардан бири, Лондондаги катта китоб дистрибьютори билан келишувга эришдик. Бу бизга инглиз тилида китобларни тўғридан-тўғри импорт қилиш имконини беради.

Яқин ойларда божхона орқали илк босқич китоблар кириб келади. Биринчи босқични ўзида сайтда инглиз тилидаги китоблар каталоги 32 фоизга ошишини кўзлаганмиз.

Олдинроқ, Россиянинг 5та йирик дистрибьютори (40дан ортиқ нашриёт) тўғридан - тўғри шартнома қилиб, русча китобларни олиб кириб бошлаган эдик. Ноябрнинг дастлабки 10 кунида рус тилида китоблар каталоги ҳам 10 фоизга яна ошади.

#kitob #asaxiy
167👏34👍15🔥7🎉2😭2
Haftalik reytingda yangi kitoblar⚡️

Top 5 ro‘yxatidan Asaxiy orqali sotilgan barcha nashriyot kitoblari joy olishi mumkin


O‘tgan haftada eng ko‘p sotilgan 5 kitob bilan tanishing va qaysi kitoblar ko‘p xarid qilinganini bilib oling.

1-o‘rin: Samaradorlikning 21 yo‘li
2-o‘rin: Maqsad. Uzluksiz takomillashuv jarayoni
3-o‘rin: 1984
4-o‘rin: Mening hikoyam
5-o‘rin: Pul: boshlang‘ich saboqlar

Siz bu ro‘yxatdan qaysi kitoblarni o‘qigansiz? Izohlarda yozib qoldiring👇

@asaxiybooks
👍1510🎉3🆒1
ИСТЕЪДОДИНГИЗНИ КАШФ ЭТИШ: ҲАЁТИЙ ВАЗИФА

Ичингизда шундай бир куч борки, у сизни ҳаётий вазифангиз – умрингиз давомида бажаришингиз керак бўлган иш томон йўналтиради. Болалигингизда бу кучни аниқ-равшан ҳис этгансиз. У сизни табиий мойилликларингизга мос келадиган машғулотлар ва фанларга йўналтирган, чуқур ва энг дастлабки қизиқишингизни уйғотган. Йиллар давомида ота-онангиз ва тенгдошларингиз сўзларига қулоқ солиш, кундалик ташвишлар чарчоғи туфайли бу куч аста-секин сўниб боради. Бу бахтсизлигингиз манбаи бўлиши мумкин - ўзлигингиз ва ноёб фазилатларингиздан узилиб қоласиз.

Маҳорат сари илк қадам доим ичингизга йўналган - аслида ким эканингизни билишингиз ва ўша ички кучингиз билан қайта боғланишингиз керак.

Буни аниқ билгач, келажакда шуғулланадиган касбингизга тўғри йўл топасиз ва қолган ҳамма нарса ўз жойига тушади. Жараённи бошлашнинг эрта-кечи йўқ.


Китоб: Роберт Грин - “Маҳорат”

@asaxiybooks
🔥216❤‍🔥2🕊2👍1💯1🏆1
Savatchani to‘ldirib qo‘ydingizmi 👀

Siz uchun yangilik tayyor bo‘lmoqdaaa…
1😇22👍12🔥10🥰43🎉2🏆2😁1
🎁 Sovg‘ani tanlash sizdan, tekinga berish bizdan!

21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan 2+1 aksiyasini e’lon qilamiz!
Istalgan 3 kitobni xarid qilasiz - ular ichidan eng arzoni sizga sovg‘a bo‘ladi.

Taklif har 3 kitob uchun amal qiladi:
6 ta olsangiz - 2 tasi, 30 ta olsangiz - 10 tasi bizdan sovg‘a! 😍

Aksiya faqat 1 KUN amal qiladi, bugunoq foydalaning:
Do‘konlarimiz manzili: havola
Onlayn xarid: asaxiy.uz/u/til_bayrami

Bayram muborak!

@asaxiybooks
1🔥4916👍9🤩7❤‍🔥32🏆2👏1🎉1
Oʻzbek tilining izohli lugʻati uchun bayram chegirmasi!

Toliq toʻplam, 6 jild


Lugʻat hozirgi oʻzbek adabiy tilida keng isteʼmolda boʻlgan 80 mingdan ortiq soʻz va soʻz birikmalarini, fan, texnika, sanʼat va madaniyat sohalariga oid terminlarni, baʼzi tarixiy va eskirgan atamalarni oʻz ichiga oladi.

Lugʻat oʻzbek tilshunosligi va turkiyshunoslik boʻyicha mutaxassislar, tarjimonlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, oliy taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari va talabalari, shuningdek, keng oʻquvchilar ommasi uchun moʻljallangan.

Muqova: qattiq
Nashriyot: Gʻafur Gʻulom
Narx: 999 000 soʻm 699 000 soʻm

Buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/izohli_lugat

@asaxiybooks
👍306🔥5❤‍🔥2🥰1😭1
Asaxiy Books | Kitoblar
🎁 Sovg‘ani tanlash sizdan, tekinga berish bizdan! 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan 2+1 aksiyasini e’lon qilamiz! Istalgan 3 kitobni xarid qilasiz - ular ichidan eng arzoni sizga sovg‘a bo‘ladi. Taklif har 3 kitob uchun amal qiladi: 6 ta…
2 soatdan kam vaqt qoldi🥲

23:00 gacha Kitob olami va Buyuk Ipak Yo’li filialimizda, 23:59 gacha www.asaxiy.uz saytida bayram aksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Istalgan 3 kitobni xarid qiling - ular ichidan eng arzon kitob bepul beriladi!

Foydalaning: asaxiy.uz/u/til_bayrami
1😭2143🔥2👍1🎉1🐳1🍓1
Kitob bayramidan lavhalar 📚

O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Toshkent Kitob Markazida o‘tkazilgan festival iliq kayfiyat va fayzli uchrashuvlarga boy bo‘ldi. Mehmonlar tashrifi, sovg‘ali o‘yinlar va maxsus aksiyalar tadbirni yanada qiziqarli qildi.

Kecha ishtirok etgan va quvonch ulashgan barcha kitobsevarlarga minnatdorlik bildiramiz! Sizni har kuni Markazda va Asaxiy Chorsu filialida kutib qolamiz.

🕘 Ish vaqti: 09:00 - 22:00
📍 Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40

@asaxiybooks
22🔥9❤‍🔥3🎉3👍1🐳1
2025/10/26 14:13:12
Back to Top
HTML Embed Code: