Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 Tarjimonlar tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi!

Asaxiy Books tomonidan e’lon qilingan tarjimonlar tanlovi yodingizdami? Kecha ushbu tanlovning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

200 ga yaqin nomzod ichidan saralangan ishtirokchilar tarjima borasidagi mahoratlarini namoyish etdilar. Endi ularning tarjima matnlari baholanadi va eng kuchlilar Asaxiy jamoasi a’zosiga aylanadi.

🧡 Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiramiz. Keyingi tanlovlarda ham kutib qolamiz va faoliyatingizda omad tilaymiz!

@asaxiybooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Baxt yetkazish" kitobi 5 yoshga to‘ldi!

Bu kitobda Toni Shey chuvalchang fermasidan tortib eng muvaffaqiyatli kompaniyalardan birida bosh direktor bo‘lishgacha olgan saboqlari bilan o‘rtoqlashadi. Kitob korporativ madaniyat muvaffaqiyat kaliti ekanligi, atrofingizdagi insonlarga baxt ulashish orqali yanada baxtliroq bo‘lishingiz mumkinligini amalda ko‘rsatib beradi.

Milliard dollarlik internet do‘kon tarixi va muallif tajribasi jamlangan "Baxt yetkazish" kitobi bugun 5 yoshga to‘ldi. Kun munosabati bilan uni 20% chegirmada xarid qilishingiz mumkin.

Kitob haqida batafsil: asaxiy.uz/u/baxt_yetkazish

Siz bu kitobdan qanday xulosalar olgansiz? Izohlarda bo‘lishing👇

@asaxiybooks
Sizni ta’limga ilhomlantirgan Tara Vestover haqida✏️

#muallif

Tara Vestover - amerikalik yozuvchi va tarixchi hisoblanadi. U 1986-yilda AQShning Aydaho shtatida mormon oilasida tug‘ilgan. Bu oilada rasmiy ta’lim, tibbiy xizmat yoki davlat yordami hech qachon tan olinmagan.

Tara bog‘cha yoki maktabga bormagan, shu sabab bilimini mustaqil tarzda rivojlantirgan. U birinchi rasmiy ta’limni kollejda olishni boshlagan. Qat’iyati, sabri va bilimga chanqoqligi sabab Kembrij universitetida doktorlik darajasini olgan.

Tara Vestover "Educated" kitobi bilan butun dunyo kitobxonlari e’tiborini qozongan. Ushbu kitob "Talaba" nomi bilan 2024-yilda Asaxiy Books doirasida nashr qilingan. Kitobda Tara o‘z hikoyasi orqali chidamlilik va ta’lim kuchini ko‘rsatadi, shu bilan birga, o‘tmish qoliplaridan chiqib o‘zni qayta kashf qilishga undaydi.

@asaxiybooks
"TALABA". TARA VESTOVER

#book_review #kitobxon_fikri

Men bu kitobni o‘qib bo‘lgach, uzoq vaqt sukunat ichida qoldim. Ko‘z oldimda bir qizning ichki kurashi, qalbining to‘zg‘igan sahifalari, ruhiy qanchalar abgor holatda bo‘lishi mumkinligini yana bir bor his qildim. Tara Vestover bu ismni birinchi bor eshitganimda, u haqida tasavvurim yo‘q edi. Lekin endi, bu ism  menda ilhom, jasorat va o‘z yo‘lini topgan inson timsoli sifatida muhrlanib qoldi.

Tara Vestover amerikalik yozuvchi, tarixshunos va ma'naviy uyg'onish ramzi bo‘lgan zamonaviy shaxsdir. U 1986-yilda Aydaho shtatining qishloq hududida, rasmiy ta’limga qarshi bo‘lgan diniy oilada dunyoga kelgan. Tara hech qachon maktabga bormagan, tug‘ruq paytida vrachga murojaat qilmagan, davlatga ishonmagan oilada ulg‘aygan. Biroq u ichki ishonchi, bilishga bo‘lgan chanqoqligi va o‘zligini topishga intilishi orqali hayotini tubdan o‘zgartira oldi. Uning “Educated” (o‘zbek tiliga “Talaba” deb tarjima qilinadi) nomli xotira kitobi 2018-yilda chop etilib, darhol xalqaro miqyosda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Asarni o‘qir ekanman, har bir sahifa menga boshqacha og‘riq berdi. Chunki Tara oilasining sevgisiz emas, aksincha haddan tashqari talabchan sevgisi qurboni edi. Ularning muhabbati Tara uchun ozodlik emas, zanjir bo‘ldi. Ayniqsa, akasining unga nisbatan ruhiy va jismoniy zo‘ravonligi, otasining har qanday fikrga toqatsizligi, onasining esa bunga jim qarab turishi  yuragingizni ezadi.

Ammo... Tara ichidan bir ovoz eshitadi. U ovoz unga shunday deydi: “Sen bundan ortig‘iga loyiqsan. Bu dunyo bitta tog‘ orasidan iborat emas.” Shu ovoz Tara hayotidagi eng katta inqilobni boshlab beradi. U mustaqil o‘qiydi, testlarga tayyorlanadi, birinchi marta kompyuter ko‘radi, universitetga kiradi. Brigham Young Universitetiga ilk bor qadam qo‘yganda u oddiy sanalarda yil, asr, yurt tarixini ajratolmaydigan qiz edi. Tara keyinchalik Kembrij va Garvardda o‘qiydi. Akademik darajalar orttiradi. Lekin eng qiyini  bu diplomlar emas, balki o‘zini anglash edi. U anglaydi, haqiqat har doim ham oila bilan bir yoqda turmaydi. Ba'zida o‘z haqiqating uchun, o‘z ruhiy salomatliging uchun, eng sevimli insonlaringdan voz kechishga to‘g‘ri keladi.

Men bu kitobni o‘qib, ta’lim so‘zi faqat diplom yoki universitet bilan bog‘liq emasligini tushundim. Haqiqiy ta’lim  bu o‘zini anglash, mustaqil fikrlash, ichki ozodlikka erishishdir. Tara menga shuni o‘rgatdi, agar yuragingda nur bo‘lsa, sen qanchalik zulmatda bo‘lma, u seni yo‘ldan adashtirmaydi.

Talaba” bu ruhiy uyg‘onish kitobi. Tara Vestoverning hayoti menga shuni isbotladi,inson qanday sharoitda tug‘ilmasin, o‘zgarish, o‘sish va ozodlik sari intilish har doim mumkin. Har bir yoshga, ayniqsa, imkoniyat yo‘qligidan shikoyat qilayotganlarga bu kitobni tavsiya qilgan bo‘lardim. Chunki bu asar menga nafaqat bilim, balki jasorat, qat’iyat va ichki kuch haqida saboq berdi.

©️ kitobxonadan
Bu o‘yinni har kuni o‘ynaysiz - kitob 🆚 telefon

Kun boshida niyatni to‘g‘ri qiling va samarali kunlardan birini yashab o‘ting. Chunki foydali yashalgan kunlar birlashib mazmunli umrga aylanadi.

Bugun bizning o‘yinda kitob g‘olib bo‘ldi, sizda natija qanday?

@asaxiybooks
"Uddalasa bo‘ladigan vazifa" nima haqida?

Avval kitob mundarijasi bilan tanishib, so‘ng xarid qaroriga keladigan kitobxonlarimiz bor. Ularga foydali bo‘lishi uchun Marg‘ulan Seysemboy kitobining mundarijasini keltiramiz.

Bu kitob inson baxtli yashashi va samarali karyera qurishi uchun muhim instrumentlarni o‘zida jamlagan. Barcha tavsiyalar muallifning hayoti davomida sinalgan va cho‘ponlikdan milliarderlikkacha bo‘lgan yo‘lida o‘z samarasini bergan.

Kitob mundarijasini ko‘zdan kechiring va mavzular sizga qiziq bo‘lsa, unga buyurtma bering: asaxiy.uz/u/margulan_seysemboy

@asaxiybooks
2025/06/29 21:10:20
Back to Top
HTML Embed Code: