Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sizda "hech nima"lar ro‘yxati qancha bo‘ldi?)

Mayli, sovg‘a muhim emas, muhimi e’tibor 😌

@asaxiybooks
😁66🆒96👍5🔥2💯2🐳1
Barcha kitoblarga 20% chegirma 🔥

Katta va assortimenti keng filialimiz - Asaxiy Buyuk Ipak Yo‘li do‘konida barcha kitoblarga 20% chegirma e’lon qilamiz. Taklif faqat ushbu filialda 5-avgustgacha amal qiladi.

Ish vaqti: 09:00 - 23:00
Telefon raqam: 77 305 06 45
Manzil: Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 51

Tashrif buyuring va chegirmadan foydalaning!

@asaxiybooks
18🔥11👍4🌚1💯1😇1
Onam yonimda o‘tiribdi. Jilmaymasdan, nimanidir kutayotgandek menga g‘alati qarayapti. U meni hech narsa qilmayapti deb o‘ylamasligi uchun mashinani nimadir qilishga urinaman. Uni qo‘limda tezroq aylantiraman. Balki, shunda hammaga o‘xshab ko‘rinarman. Lekin menga qiyin. Hammasi murakkab. Nima uchun men boshqalar kabi o‘ynashim kerakligini tushunmayapman. Nima uchun hamma gapirayotganimda ularga qarashimni xohlaydi yoki nima deyishni bilmasam-da, javob berishimni so‘rashadi. Nega hammasi buncha... g‘alati?

Doktor ro‘paramda o‘tiribdi. U ham menga qarab turibdi. Mendan nima istayotganini bilmayman. Mendan nimadir kutyapti, men esa unga nima kerakligini tushuna olmayapman. Oyim ham indamaydi. U avvalgidek emas. Ilgari shunchaki qo‘limdan ushlab olar va men xotirjam tortardim. Hozir u menga boshqacha qarayapti.

- Senga nima bo‘lganini tushunmayapsanmi? - so‘raydi oyim. Javob berishga harakat qilyapman, lekin nima deyishni bilmayman. Nega bunchalik qiynalayotganimni, nega hech narsani tushuna olmayotganimni bilmayman. Nega boshqa bolalar men qila olmaydigan ishlarni osongina bajarishadi-yu, men bunchalik qiynalaman? Doktor yana nimadir deyapti. Men esa tushunmayapman. U men haqimda gapiryapti-yu, so‘zlari orasida men biladigani yo‘q. Bu yangi so‘z bo‘lib eshitilishi menga yoqmayapti. Uning ham, onamning ham ovozida o‘zimni g‘alati his etishga majbur qiladigan nimadir bor. Buni qanday tushuntirishni bilmayman. Lekin juda qo‘rqyapman.

U autizm so‘zini tilga oldi. Qandaydir ulkan va zalvarli narsaga o‘xshaydi. Bu nimani anglatishini bilmayman, lekin ichimda allanarsa uzilgandek bo‘ldi. Oyim yana menga qaraydi. Tabassum qilmaydi. Qandaydir g‘alati ko‘rinadi, go‘yo mendagi muammo unga yoqmayotgandek.

Nega bunday qaraydi? Bilmadim. Bizga nima bo‘layotganini bilmayman. Nega u qo‘limdan ushlab, hammasi avvalgidek yaxshi bo‘ladi, demaydi? Nega hammasi tushunarsiz bo‘lib qoldi?

Shunchaki hammasi avvalgidek bo‘lishini istayman. Hammasi oddiy bo‘lishini. Ammo endi u mendan uzoqlashayotganini his qilaman. Negaligini bilmayman-u, lekin juda qo‘rqib ketyapman. Nega hammasi buncha murakkab?

Nega u meni anglolmayapti, nega boshqacha bo‘lishni istamayotganimni tushunolmayapti, hayronman. Boshqacha bo‘lishni istamayman. Men shunchaki... men shunchaki u xohlagan narsani qila olmayman. Nima bo‘layotganini, bularning barchasi to‘xtashi uchun nima qilishim kerakligini nega hech kim menga tushuntirmaydi?

Uyga qaytishni, hammasi yana avvalgiday bo‘lishini istayman. Lekin endi hech narsa avvalgi holiga qaytmasdi.

#fragment #kitobdan_parcha

© Diyora Murodxo‘jayevaning "Nozik ohang" kitobidan

@asaxiybooks
1❤‍🔥26😭129👍5💘4🌚2😇1
Forwarded from Allaev Uz
"Asaxiy Pro" доирасида яна бир ажойиб янгилик!

Биз Силикон водийсининг афсонавий мураббийи, Apple, Google, Amazon каби гигантлар лидерларининг устози Билл Кемпбелл ҳақидаги “Trillion Dollar Coach” китобини ўзбек тилида нашр этиш ҳуқуқини расман қўлга киритдик!

Бу китоб – Стив Жобс, Ларри Пейж, Эрик Шмидт ва Жефф Безос каби даҳо лидерлар таянган бошқарув сирлари, кучли жамоа қуриш ва одамларда ишонч уйғотиш ҳақидаги ҳақиқий дарсликдир.

Китоб Ўзбекистонда прогрессив тадбиркорлар, стартапчилар ўртасида анча машҳур. Бу китоб ҳақида илк марта Акмал ака Паизиев айтиб беришган эди. Ундан кейин Лазиз ака Адҳамов ҳам тавсия қилди. Бир нечта бизнес лидерларимиз бу китобни ўқиб чиқишган.

Энди бу бебаҳо билимлар билан ўзбек тилида танишиш имконияти пайдо бўлади.

Тез кунда таржима ишларини бошлаймиз ва сизларни жараёнлардан хабардор қилиб борамиз.

Ўзбек тилидаги профессионал бизнес адабиётлари жавони яна бир бебаҳо асар билан бойийдиган бўлди!

Эслатиб ўтаман, "Asaxiy Pro" лойихаси доирасида бизнес, банк, молия, IT, педагогика, тиббиёт, саноат, машинасозлик, давлат бошқаруви, қишлоқ хўжалиги, мудофаа, қурилиш, авиация ва бошқа муҳим соҳалар учун профессионал адабиётларни таржима қилишни кўзлаганмиз. Бироз олдин "Asaxiy Pro" доирасида ҳамма учун муҳим кўникма, музокара ўтказиш ҳақида китобга муаллифлик ҳуқуқини қўлга киритган эдик.
"Asaxiy Pro" борасида ўз соҳаларида муҳим адабиётлар таржимаси учун вазирликлар, ташкилотлар, йирик компаниялар ва тадбиркорларни ҳамкорликка чақириб қоламиз.

#kitob #biznes
5👍43🎉1210🔥5🤓3🏆1🍓1
Jorj Oruell muxlislariga bunisi ham yoqadi 💯

Yoqqanmidi - Molxona
Bu ham yoqadi - 1945 Vayronalar

Bu muallif o‘z asarlari orqali inson ongini uyg‘otishga, haqiqatni tan olish va dunyoni teran nigoh bilan ko‘rishga undaydi. Agar hayotga antiutopik nuqtayi nazardan qarashni istasangiz, Oruell kitoblari sizga mos keladi.

Siz Jorj Oruellning qaysi kitoblarini o‘qigansiz? Izohlarda yozib qoldiring👇

@asaxiybooks
42👍12🔥7❤‍🔥3🎉2😁1💯1🏆1
Faraz qiling, sizda tanlov imkoniyati bor. Qaysi birini tanlaysiz?
Anonymous Poll
38%
Kitobning qog‘oz shakli - 50 000 so‘m
62%
Kitobning qog‘oz, elektron va audio shakli - 50 000 so‘m
😁107👍1512❤‍🔥5🔥2🕊2👏1
3 format - 1 narxda!

Kitobni qog‘oz shaklda o‘qishni yoqtirasizmi, audio tinglash qulaymi yoki elektron shakli afzalmi? Endi tanlash shart emas.

Chunki Asaxiydan qog‘oz kitob xarid qilganda, uning mavjud elektron va audio shakli bepul beriladi!

📖 Qog‘oz shakl - sahifalarni his qilishingiz uchun
📱 Elektron shakl - istalgan joyda o‘qishingiz uchun
🎧 Audio shakl - jismoniy band holatda tinglashingiz uchun

Bu bir kunlik emas, kitobxonlar qulayligi uchun doimiy taklif. Foydalaning va kitob zavqini to‘liq his eting)

@asaxiybooks
🎉47👍19❤‍🔥106🔥53😍2🤗1
Qanday qilib kitoblarning elektron va audio shaklini bepul olish mumkin?

Asaxiy orqali qog‘oz kitob xarid qilganda uning Asaxiy Books ilovasida mavjud elektron va audio shakli bepul beriladi.

Bu qanday ishlashini sodda tilda tushuntiramiz:
1. Asaxiy orqali qog‘oz kitob xarid qilasiz;
2. Xarid vaqtida foydalangan raqam bilan Asaxiy Books ilovasida ro‘yxatdan o‘tasiz;
3. Siz olgan kitobning elektron/audio shakli ilovada mavjud bo‘lsa, sizga bepul ochib beriladi.

Taklif avval xarid qilgan kitoblaringiz uchun ham amal qiladi, ilovada ro‘yxatdan o‘tib tekshirib ko‘ring: https://asaxiy.uz/apps/books

@asaxiybooks
🔥35👍129🏆43❤‍🔥2
365 kun birga vaqt o'tkazish uchun sabab

Asaxiyda bolajonlar uchun ajoyib kitoblar sotuvda. Undagi hikoyalar bolalar bilan vaqt o‘tkazishingiz va tarixiy voqealarni birga o‘rganishingizga yordam beradi.

Kitoblar haqida:
🔹 Suyukli Payg‘ambarim bilan 365 kun
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlaridan hikoyalar orqali farzandingiz mehr, halollik va odobni o‘rganadi.

🔹 Suyukli Payg‘ambarimning do‘stlari bilan 365 kun
Sahobalarning jasoratli va sadoqatli hayoti haqida hikoyalar bolalarni ezgulik va fidoyilikka ilhomlantiradi.

🔹 Suyukli Qur’on kitobi bilan 365 kun
Anbiyolar qissalari, Qur’on ibratlari va saodat asridan voqealar bolalar uchun tushunarli tarzda bayon etiladi.

🔹 Payg‘ambarlar tarixi bilan 365 kun
Payg‘ambarimiz va sahobalarning hayoti oddiy va qiziqarli hikoyalar orqali kichik kitobxonlarga yetkaziladi.


Farzandingiz uchun buyurtma bering va foydali sovg‘a ulashing:
asaxiy.uz/u/365_kun

@asaxiybooks
29🎉18👍7🔥2💯1😇1
"Chernobil tavallosi" kitobi bo‘yicha suhbatni qachon o‘tkazamiz?
Anonymous Poll
34%
Bugun 20:00 (shanba)
66%
Ertaga 20:00 (yakshanba)
19🔥6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulardagi holat “nuqson” emas

Autizm jamiyatda ko‘pincha noto‘g‘ri talqin qilinadi. Ammo autist bolalarning ichki olami, ularning his-tuyg‘ulari va fikrlashi “Nozik ohang” kitobida samimiy tarzda ochib beriladi.

15 yoshli muallif Diyora Murodxo‘jayevaning bu kitobi bizni fikrlashga va o‘zimizga savol berishga undaydi.

Havola orqali buyurtma bering va siz ham mutolaa qiling: asaxiy.uz/u/nozik_ohang

@asaxiybooks
2🔥2412👏4👍2😁2😇2❤‍🔥1😍1🤓1
Live stream scheduled for
Asaxiy Books | Kitoblar
"Chernobil tavallosi" kitobi bo‘yicha suhbatni qachon o‘tkazamiz?
So‘rovnoma javoblariga ko‘ra suhbat bugun 20:00 ga belgilandi🤝

Qatnashish: https://www.tg-me.com/asaxiybooks?livestream
👍23🔥86👏2🤝2😎2❤‍🔥1😁1
Live stream started
Live stream finished (57 minutes)
O‘tgan haftada eng ko‘p xarid qilingan 5 kitob 🔥

1-o‘rin: Graf Monte-Kristo - 199 000 so‘m 159 000 so‘m
2-o‘rin: Nozik ohang - 80 000 so‘m 60 000 so‘m
3-o‘rin: Uddalasa bo‘ladigan vazifa - 99 000 so‘m
4-o‘rin: Hokimiyatning 48 qoidasi - 99 000 so‘m 89 000 so‘m
5-o‘rin: Mamlakatlar tanazzuli sabablari - 89 000 so‘m

Siz o‘tgan haftada qaysi kitobni xarid qildingiz? Izohlarda nomini yozing👇

@asaxiybooks
❤‍🔥148🔥4👍1🆒1
Iyul oyi uchun Asaxiy Books bestsellerlari ma'lum bo‘ldi ⭐️

1. Aleksandr Dyuma: Graf Monte-Kristo
2. Jeyms Klir: Atom odatlar
3. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari
4. Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili
5. Sun Zi: Urush san’ati
6. Dunyo daholari: Stiv Jobs
7. Jorj Oruell: 1984
8. Dunyo daholari: Muhammad Ali
9. Yuy Xua: Yashamoq
10. Dunyo daholari: Albert Eynshteyn
11. Dunyo daholari: Leonardo da Vinchi
12. Jorj Oruell: Molxona
13. Imom Abu Homid G‘azzoliy: Mukoshafatul qulub
14. Robert Chaldini: Ta’sir psixologiyasi
15. Firuz Allayev: Tadbirkor
16. Dunyo daholari: Motsart
17. Hayvonot olami: ALIFBO
18. Charlz Uilan: Yalang‘och iqtisodiyot
19. Robert Grin: Hokimiyatning 48 qoidasi
20. Otabek Mahkamov: Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv

Jami: 1 519 000 so‘m
20% chegirma bilan: 1 219 000 so‘m
To‘plam haqida batafsil: https://asaxiy.uz/u/iyul_bestseller

@asaxiybooks
17🔥5🎉2🏆2👍1😇1
2025/10/26 09:31:14
Back to Top
HTML Embed Code: