Telegram Web Link
Nima uchun kitob eng yaxshi bayram sovg‘asi? 🎁

Sovg‘a tanlash ikkilanish va ko‘p o‘ylashga majbur qiladi. Lekin bir haqiqat bor: kitob - eng universal va foydali sovg‘a.

Kitob sovg‘a qilish orqali insonlarga tajriba, hissiyot va o‘zingizdan xotira ulashasiz. Karusel orqali ushbu hadyaning ustun tomonlarini batafsil bilib olishingiz mumkin.

Siz oxirgi marta kimga kitob sovg‘a qildingiz? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring👇

@asaxiybooks
❤‍🔥178👏3🎉3💯2🆒2🔥1🐳1🤗1
Kitobxonlar, suhbat yodingizdami?

Yoz faslini siz tanlagan "Anomaliya" kitobi bilan yakunlaymiz. Ertaga ushbu kitob yuzasidan qiziqarli suhbat o‘tkaziladi - fikrlaringiz, xulosa va taassurotlaringizni kutib qolamiz!

🎁 Eng faol qatnashgan 3 kitobxonimizga esa keyingi suhbat kitobi sovg‘a qilinadi.

Sana: 31-avgust
Vaqt: 20:00
Format: onlayn
Manzil: @asaxiybooks
13👍6🕊4🔥3🤝1
🧩 Pazl bo‘laklari birlashadigan vaqt yaqin!

Onlayn xarid qiluvchilar - kitoblarni tanlab, "savatcha"ni to‘ldirib qo‘ying

Do‘konga keluvchilar - qaysi filialda mehmon bo'lishni tanlab turing

Kutilgan lahza yaqinlashmoqda… tez orada e’lon qilamiz!

Qanday xarid qilasiz?
Onlayn - 🤩
Oflayn - 🕊️

@asaxiybooks
🤩149🕊647🔥51🥰1🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤩13🔥31❤‍🔥1🎉1
Siz kutgan chegirma BOSHLANDI 🎉

Bu safar biroz ko‘proq kutdingiz, lekin bu shunga arziydi!


Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan Asaxiy Books kitoblariga -34%, boshqa barcha kitoblarga -15% chegirma e’lon qilamiz. Barchaga qulay bo‘lishi uchun taklifdan onlayn va oflayn xaridda birdek foydalanish mumkin!

📌 Aksiya 31-avgust va 1-sentyabr kunlari amal qiladi.

Yaqin orada yana bunday aksiya rejalanmagan, shu sabab bugunoq foydalaning:
👉 Katalog | Do‘konlarimiz manzili

@asaxiybooks
❤‍🔥46😁1716👍7🎉3😍3🥰2🐳2🍓2🕊1😎1
Bayram kunlari ham Asaxiy do‘konlari odatiy ish tartibida bo‘ladi

Faqat:
🔸Asaxiy Nurafshon filiali 31-avgust kuni ishlamaydi;
🔸 Asaxiy Panorama filiali 31-avgust va 1-sentyabr kunlari ishlamaydi.

Qolgan barcha do‘konlarga bemalol tashrif buyurib, bayram chegirmasidan foydalanishingiz mumkin.

Manzillar: xaritada

@asaxiybooks
19❤‍🔥5🔥5👏3👍2
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
34 yil - bu butun bir roman. Unda bosh qahramon esa biz - o‘zbek xalqi!

🇺🇿 Sizni bugungi katta bayram - O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi bilan tabriklaymiz.

Asaxiy bilan ekanligingiz uchun rahmat.
Har biringizni qadrlaymiz 💙

@asaxiybooks
30👍6🔥5🎉3🥰21💯1
Asaxiy Books | Kitoblar
Siz kutgan chegirma BOSHLANDI 🎉 Bu safar biroz ko‘proq kutdingiz, lekin bu shunga arziydi! Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan Asaxiy Books kitoblariga -34%, boshqa barcha kitoblarga -15% chegirma e’lon qilamiz. Barchaga qulay bo‘lishi uchun…
Chegirmalar davom etmoqda!

Bayram uchun e’lon qilingan -34% va -15% chegirmalar bugun ham amal qiladi. Onlayn xarid qiling yoki do‘konlarimizda mehmon bo’ling 😇

Onlayn xarid: https://asaxiy.uz/u/chegirma_34

Do‘konlarimiz manzili: xaritada

P.S. Panorama filialidan tashqari barcha do‘konlar odatiy ish faoliyatida

@asaxiybooks
🔥93👍3🤩2😎2😍1🏆1
🚪 6 soatdan keyin eshik yopiladi!

Bugun bayram chegirmalari tugaydi va kitoblarni arzon narxda olish imkoniyati qo‘ldan chiqadi.

Bayram taklifi:
- Asaxiy Books kitoblariga 34% chegirma
- Boshqa barcha kitoblarga 15% chegirma

Savatchani to‘ldiring va eng yaxshi bayram sovg‘asini o‘zingizga taqdim eting. 6 soat vaqt bor, keyin narxlar o‘z o‘rniga qaytadi)

👉 Kitoblar katalogi va buyurtma

@asaxiybooks
😭24🎉74👍3🤝2🕊1
Forwarded from Asaxiy Market
🎓 Talabalar uchun yaxshi smartfon — HONOR X6c!

Sizlar uchun katta ekranli, yaxshi kamera va kuchli batareyaga ega bo‘lgan maxsus smartfon, endi qulay narxlarda!

5300 mA·s batareya;
50 MP asosiy kamera;
Maxsus “AI” tugmasi;

Narxi: 329 000 so‘mdan / 6 oy

Ekskluziv taklifdan foydalaning, hoziroq buyurtma bering: https://asaxiy.uz/u/honor-x6c

@asaxiyuz
🔥85❤‍🔥3👍2🎉1🕊1
#book_review #kitobxon_fikri

Devid Nikolls - “Bir kun” asari

Asar 2009-yilda chop etilganidan so‘ng nafaqat Buyuk Britaniyada, balki butun dunyoda bestsellerga aylangan va bir necha yil ichida turli tillarga tarjima qilingan.

Asar markazida ikki bosh qahramon — Emma Morli va Dekster Meyxyu turadi. Ularning tanishuvi 1988-yil 15-iyul sanasida — Edinburg universitetining bitiruv kechasida sodir bo‘ladi. Shu kundan boshlab muallif har yili aynan shu sanada, ya’ni 15-iyul kuni qahramonlarning hayotidan lavhalarni tasvirlab beradi. Bu uslub roman tuzilishini g‘oyat original qiladi: o‘quvchi yilma-yil qahramonlarning hayoti qanday o‘zgarayotganini, ularning orzulari, xatolari, baxtlari va iztiroblarini kuzatib boradi.

Emma — ziyrak, orzulari katta, lekin hayotda o‘z o‘rnini topishga qiynaladigan qiz. U jamiyatga foydali bo‘lishni, ijod qilishni, dunyoni o‘zgartirishni istaydi. Dekster esa tamoman boshqa xarakter — o‘ziga ishonchli, xushbichim, hayotdan lazzat olishni yaxshi ko‘radigan yigit. U televizion sohada mashhurlikka erishadi, ammo shu bilan birga ichkilikbozlik va mas’uliyatsizlik balosiga ham yo‘liqadi. Nikloss asarda ularning qarama-qarshi xarakterlarini juda nozik qilib tasvirlaydi: bir qarashda ular bir-biriga mutlaqo ziddek tuyuladi, ammo vaqt o‘tishi bilan ular bir-birini to‘ldiruvchi insonlarga aylanadi.

Roman o‘zining asosiy g‘oyasini — hayotda bir kunning o‘zi butun umrni belgilab qo‘yishi mumkinligini ochib beradi. Oddiy bir uchrashuv, kichik bir suhbat yoki tasodifiy qaror odam hayotining butun yo‘nalishini o‘zgartirishi mumkin. Emma va Dekster munosabatlari ham ana shunday “tasodifiy” uchrashuvdan boshlanib, keyinchalik ulkan hayotiy sinovlarga aylanadi. Ularning sevgisi tezda rivojlanmaydi; balki yillar davomida sinovlardan, ayriliqlardan, adashishlardan o‘tadi. Shu jihatdan asar hayotiy realizmga juda yaqin: unda “bir qarashda sevgi” emas, balki vaqt sinovidan o‘tgan, pishib yetilgan tuyg‘ular aks etadi.

Niklossning yozish uslubi yengil, hazil-mutoyibaga boy, ammo bir vaqtning o‘zida chuqur falsafiydir. U hayotning shirin tomonlarini kulgili lavhalar orqali ko‘rsatsa, iztirobli daqiqalarda o‘quvchining qalbini larzaga soladi. Ayniqsa, roman oxiridagi kutilmagan burilish kitobxonni chuqur o‘yga toldiradi: hayotning bebaholigi, vaqtning qadri va insoniy munosabatlarning naqadar muhimligi yana bir bor namoyon bo‘ladi.

“Bir kun” romani shunchaki sevgi hikoyasi emas, balki butun bir avlodning hayot tarzi, orzulari va qarama-qarshiliklarini ifodalovchi asardir. Unda yoshlarning o‘z yo‘lini topishdagi izlanishlari, jamiyatdagi o‘rni, shaxsiy muvaffaqiyat va xatolar muammolari ham o‘z aksini topgan. Shu bois, roman nafaqat romantik adabiyot ixlosmandlari, balki hayot ma’nosini izlayotgan har bir kitobxon uchun ham qimmatli.

© ulmasbekbooks
22🔥5❤‍🔥1👍1💯1🏆1😭1
2025/10/23 02:33:06
Back to Top
HTML Embed Code: