📢 Kreativ kitobxonlar, shu yerdamisiz? Kitobni noodatiy reklama qilib, tanlovda pul yutib olishga nima deysiz?
Asaxiy Books “Yapon zobiti” kitobi bo‘yicha ijodiy tanlovni e’lon qiladi. Sharti oddiy: kitobdan ilhomlanib, istalgan turdagi kontent - video, rasm yoki matn yarating. Uni xohlagan ijtimoiy tarmoqqa joylang va havolasini @asaxiy_tanlov profiliga yuboring.
Sovrinlar:
🥇 1-o‘rin - 500$ pul mukofoti
🥈 2-o‘rin - 50 talik kitob to‘plami
🥉 3-o‘rin - Asaxiy bestsellerlari to‘plami
Ijodiy ishlar 25-sentyabrgacha qabul qilinadi. Eng kreativ g‘oliblar Asaxiydagi komissiya tomonidan ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. O‘zingizni sinab ko‘ring va ijodda ham, hayotda ham g‘olib bo‘ling!
Kitob havolasi: asaxiy.uz/u/yapon_zobiti
@asaxiybooks

🤩35❤20👍10🔥9🏆3😍2🐳1💯1🍓1
Asaxiy Pro loyihasidan ilk premyera - Eliyahu Goldrattning “Maqsad” biznes-romani o‘zbek tilida!
“Maqsad” - boshqaruv haqidagi oddiy qo‘llanma emas, biznes roman. Unda daromadi tushib, qarzlari ko‘paygan va yopilish arafasida qolgan zavod boshlig‘i Aleks Rogo taqdiri hikoya qilinadi. Unga zavodni qutqarish uchun 90 kun vaqt berildi, yuzlab ishchilar kelajagi esa xavf ostida qolmoqda.
Kitobni o‘qir ekansiz, Aleksning qarorlariga sherik bo‘lasiz, xatolardan saboq olib, kichik g‘alabalardan quvonasiz. Shu jarayonda sezdirmay boshqaruv sirlarini ham o‘rganasiz: jamoani uyg‘un ishlatish, samaradorlikni oshirish va foydani ko‘paytirish yo‘llarini bilib olasiz.
Kitob “Xalq banki” bilan hamkorlikda chop etildi. Kitobxonlikka qo‘shayotgan hissasi uchun bank rahbariyatidan minnatdormiz.
Tarjimon: Saodat Abdurahmonova
Muqova: qattiq
Sahifa: 552 bet
Narx:129 000 so‘m 99 000 so‘m
Kitobga oldindan buyurtma bering va birinchilardan bo‘lib o‘qing:
https://asaxiy.uz/u/maqsad
Oldindan buyurtmalar 20-sentyabrdan boshlab yetkaziladi.

Narx:

5👍32🔥9❤8👏3🏆2⚡1🤩1💯1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Karta uchun 2% dan 20% gacha chegirma 💳
Asaxiy orqali xarid qilayotganda Xalq banki kartasi bilan to‘lov qilsangiz sizga kafolatlangan chegirmalar taqdim qilinadi. Ushbu taklif bilan barcha mahsulotlarni 20% gacha arzonroq olishingiz mumkin.
Video orqali batafsil ma’lumot oling va bugunoq sinab ko‘ring: Asaxiy.uz | Asaxiy Market

❤20👍11🎉4🔥3🏆2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Maqsad" kitobining kirish qismidan #audio_parcha
Kitob o‘z olami yaxshiroq ishlashi uchun uni nima boshqarayotganini tushunishga intilayotgan odamlar haqida.
Batafsil ma’lumot uchun: asaxiy.uz/u/maqsad

❤17👍7🔥5🤩3🎉1🏆1
Bu kitob faqat urush haqida emas...
"Urush san’ati" shunchaki harbiy strategiyalar to‘plami emas - u biznes, siyosat va kundalik hayotda ham asqatadigan bilimlar manbaidir.

Narxi: 35 000 so‘m
@asaxiybooks
🔥16❤12🏆6❤🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizga yangi chellenj, qabul qilasizmi?
Ko‘zingizga birinchi ko‘ringan kitobni oling. 112-betni oching. Qahramon aytgan birinchi jumla hozirgi holatingizni ifodalaydi.
Qani, kimda nima chiqdi, izohlarda yozamiz 😁👇
Bizda chiqqan jumla ajoyib))
@asaxiybooks
Ko‘zingizga birinchi ko‘ringan kitobni oling. 112-betni oching. Qahramon aytgan birinchi jumla hozirgi holatingizni ifodalaydi.
Qani, kimda nima chiqdi, izohlarda yozamiz 😁👇
@asaxiybooks
😁35❤12👍11👏1🕊1🐳1👀1🆒1
Fyodor Dostoyevskiy: Kambag‘allar
Bu kitobda ikki kambag‘al insonning bir-biriga yozgan maktublari orqali ularning hayoti, orzusi va og‘riqlari hikoya qilinadi. Asarda puldan ham muhimroq narsalar - qalb pokligi, or-nomus va umid kabi insoniy fazilatlar haqida so‘z yuritiladi.
Dostoyevskiy bir millat hayotini tasvirlar ekan, aslida barcha xalqlarga xos bo‘lgan mehr, sadoqat va mehnatsevarlikni yuksak qadriyat sifatida ko‘rsatadi. "Kambag‘allar" romani ham ana shunday tuyg‘u va xislatlarni ulug‘lovchi asarlardan biri hisoblanadi.
Muqova: qattiq
Narx: 35 000 so‘m
Sahifa: 192 bet
Buyurtma uchun havola: asaxiy.uz/u/kambagallar
@asaxiybooks
🕯Muallifning ilk romani

🔥20❤17❤🔥5👍3🆒2🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobidan #audio_parcha
Mualliflar: Daron Ajemog‘li, Jeyms A. Robinson
Kitob haqida: havola
@asaxiybooks
Mualliflar: Daron Ajemog‘li, Jeyms A. Robinson
Kitob haqida: havola
@asaxiybooks
❤11🔥9👍3❤🔥2🎉1🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✨ U o‘zligini kitoblarda topgan edi…
Kitob - eng buyuk tarbiyachi. U ba’zan ilhomlantiruvchi fikrlar bilan ruhlantiradi, boshqa payt achchiq haqiqatlari bilan hushyor qiladi.
Har bir kitob hayotni boshqacha ko'rishga undaydigan kuch, har bir sahifa esa o'zni kashf etish tomon bir qadam bo'ladi.
Sizga eng kuchli ta’sir qilgan, hayotingizni o‘zgartirgan kitob qaysi? Izohlarda nomi bilan bo‘lishing 📖👇

❤25👍7❤🔥6🎉2😁1💯1
“Janob Rogo!” – kimdir chaqirganini eshitdim.
To‘xtaganimni bilaman, zavodning yon eshigidan to‘rt kishi yugurib chiqdi. Dempsi – smena nazoratchisi; Martines – kasaba uyushmasi boshqaruvchisi; soatbay ishlovchi yigitlardan biri va ishlov berish markazi ishboshisi Rey. To‘rtalasi ham bab-baravar gapirardi. Dempsi muammo borligini ta’kidlar, Martines ish tashlash bo‘lishini aytib qichqirardi. Soatbay ishlovchi yigit qandaydir tahdid haqida allanarsalar der, Rey esa qismlar to‘liq bo‘lmagani uchun la’nati bir buyurtmani bitkaza olmasligimizni aytib baqirardi. To‘satdan g‘ala-g‘ovurning qoq o‘rtasiga tushib qoldim. Ular menga, men ularga tikilaman. Vaholanki, hali bir finjon qahva ho‘plashga ulgurganim yo‘q.
Va nihoyat, hammani tinchlantirib, gap nimadaligini surishtirib bildimki, janob Pich, chamasi, bir soat oldin kelgan, zavodga kirib, 41427-raqamli buyurtma holatini ko‘rsatishlarini talab qilgan.
Buni qarangki, 41427-raqamli buyurtmadan hech kimning xabari yo‘q ekan. Pich hammani oyoqqa turg‘azib, vaziyatni aniqlashtirishga safarbar qilgan. Qarashsaki, bu ancha yirik buyurtma bo‘lib chiqqan. Ustiga-ustak, kechikayotgan ham bo‘lgan. Xo‘sh, buning nimasi yangilik? Bu zavodda hamma narsa kechikadi. Kuzatuvlarimga asoslanib aytishim mumkinki, bu zavodda buyurtmalarning to‘rtta darajasi bor: shoshilinch... juda shoshilinch... o‘ta shoshilinch... HAMMA ISHNI TASHLAB, HOZIROQ QILISH SHART! Shunday ekan, hech qachon hech narsaga ulgurmaymiz.
#fragment #kitobdan_parcha
© Eliyahu Goldratt: Maqsad. Uzluksiz takomillashuv jarayoni

⚡12❤8❤🔥6😎3🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu holat ko‘p marta sodir bo‘ladi...
Olmayman, o‘zimda borini o‘qiyman deymiz-u, lekin jarayon ikki xalta yangi kitob bilan yakunlanadi 🤭
Buning zavqini tushungan tushunadi. Axir biz pulni ilm yo‘lida sarflayapmiz - ba’zida Asaxiy do‘konlarida, boshqa payt asaxiy.uz saytida)

💯42😁18👍13❤10🔥4⚡1🥰1
24 soatlik super taklif 🎁
“Savatcha”ngiz to‘lib qolganini payqadik, shu sabab sizga kichik sovg‘a tayyorladik. Yakshanba kuni qoldirilgan barcha buyurtmalar O‘zbekiston bo‘ylab UYGACHA BEPUL yetkazib beriladi!
Bir zumda buyurtma berish sizdan, bepul yetkazib berish bizdan)
📌 Taklif faqat 14-sentyabr kuni amal qiladi
Imkonni qo‘ldan boy bermang 👉 www.asaxiy.uz

👍17🔥11❤8😁5❤🔥3😍3⚡1
“Molxona” - haftaning TOP kitobi
⭐️ O‘tgan haftada eng ko‘p xarid qilingan 5 kitob bilan tanishamiz:
1. Jorj Oruell: Molxona
2. Jeyms Klir: Atom odatlar
3. Aleksandr Dyuma: Graf Monte-Kristo
4. Jorj Oruell: 1984
5. Robert Grin: Hokimiyatning 48 qoidasi
* Zamonni yaxshiroq tushunish uchun kuniga ikki mahal kitob o‘qish tavsiya etiladi.

🔥26❤17👍2👏2🤩2🏆1
Yangi hamkorlik: eMaktab 🤝 Asaxiy
Bilim va kitobsevarlikni birlashtiradigan yangilikni e’lon qilamiz. Endi eMaktab foydalanuvchilari Asaxiy’da xarid uchun maxsus chegirmalarga ega bo‘lishlari mumkin:
🎨 Kanselyariya mahsulotlari uchun - 10% chegirma
📚 Asaxiy Books kitoblari uchun - 20% chegirma
eMaktab platformasidan maxsus promokod olib, kanstovarlar va kitoblar xaridida foydalaning. Promokodni www.asaxiy.uz sayti orqali onlayn va Asaxiy do‘konlari orqali oflayn ishlatishingiz mumkin.

🔥20❤9👍1
Ertangi rejalarga festivalni ham qo‘shib qo‘ying 🗓️
Ertaga Toshkent Kitob Markazida katta festival bo‘lib o‘tadi. Unda mehmon bo‘lib, turli chegirma va sovg‘alarga ega bo‘lishingiz mumkin.
🎊 Festival doirasida Asaxiyda:
- kitoblar uchun 3+1 aksiyasi
- yutuqli "Book Jenga" o‘yini
- "Nozik ohang" kitobi muallifi Diyora Murodxo‘jayeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Kitob bayramida sizni markazda va Asaxiy Chorsu filialida kutib qolamiz. Albatta mehmon bo‘ling, ajoyib bayram qilamiz!
Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40

👍23❤15👏6⚡3🥰2🎉2😍2🏆2❤🔥1🔥1😁1
Asaxiy Pro loyihasidan ilk premyera - Eliyahu Goldrattning "Maqsad" kitobi sotuvda!
"Maqsad" - 10 milliondan ortiq nusxada sotilgan va qiziqish bilan o‘qiladigan biznes roman. Unda daromadi tushib, qarzlari ko‘paygan zavod boshlig‘i Aleks Rogo taqdiri hikoya qilinadi. Aleksga zavodni qutqarish uchun 90 kun vaqt beriladi. Bu muddat ichida zavod foydaga chiqadi yoki yopiladi.
Kitob qiziqarli va hayajonli syujet orasida kitobxonga boshqaruv haqida bilim beradi. U foydani oshirish, jarayonlarni soddalashtirish, kechikishlarni qisqartirish va jamoani samarali boshqarish usullarini o‘rgatadi. Bu tamoyillar nafaqat zavod yoki ishlab chiqarish sohasiga, balki xizmat ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash, IT va hatto shaxsiy samaradorlikka ham tatbiq etilishi mumkin.
Kitob "Xalq banki" bilan hamkorlikda chop etildi. Kitobxonlikka qo‘shayotgan hissasi uchun bank jamoasidan minnatdormiz.
Tarjimon: Saodat Abdurahmonova
Muqova: qattiq
Sahifa: 552 bet
Narx:129 000 so‘m 99 000 so‘m
Kitobga buyurtma bering va boshqaruv haqida bilimingizni oshiring:

❤🔥14❤11👍7🔥5🤩2🏆2💯1
Asaxiy Pro - Professionallar uchun adabiyotlar
Asaxiy Pro - o‘zbek tilida professional adabiyotlar ko‘payishiga hissa qo‘shuvchi yangi loyiha. Unda biznes, moliya, IT, tibbiyot, sanoat, davlat boshqaruvi va yana o‘nlab sohalar bo‘yicha dunyoning eng yaxshi kitoblari tarjima qilinib, chop etiladi.
Loyihadan maqsad o‘zbek tilida kasbga oid sifatli, zamonaviy va professional bilim manbai yaratish. Bu mutaxassislarni keyingi bosqichga ko‘tarilishiga, talabalarni esa sohani yanada chuqur o‘rganishiga imkon beradi.
Asaxiy Pro doirasida davlat va xususiy tashkilotlar bilan hamkorliklar boshlangan. Eliyahu Goldrattning mashhur “Maqsad” biznes-romani loyihaning ilk mevasi sifatida kitobxonlarga taqdim etildi. Bu faqat boshlanishi, oldinda bizni sohaga doir ajoyib kitoblar kutmoqda.
Til endi rivojlanishga to‘siq bo‘lolmaydi - Asaxiy Pro bilan professional bilimni yangi darajaga olib chiqamiz!
@asaxiybooks
Asaxiyning yangi loyihasi haqida qisqacha

🔥33❤9👍5🎉4❤🔥2🏆1