Innovatsiya mo‘jizasiga guvoh bo‘ling 💡
“Farovonlik paradoksi” kitobi kambag‘allikdan chiqish yo‘li yordam, kredit yoki tashqi grantda emas, innovatsiyada ekanini ochib beradi. Mualliflar Meksika, Nigeriya va Yaponiyadagi oddiy, ammo innovatsion g‘oyalar qanday qilib jamiyat taqdirini o‘zgartirganini hayotiy misollar orqali ko‘rsatadi.
Kitob sizni yangicha dunyoqarash bilan tanishtiradi: farovonlikka eltuvchi yo‘l - bozor yaratuvchi innovatsiyadir. U ichkaridan boshlanadi va butun tizimni o‘zgartiradi.
“Xalq banki” bilan hamkorlikda chop etilgan bu kitobni o‘qish uchun 5 sababni karuselda keltirdik. Tanishib chiqing va kitob mutolaasini boshlang!
@asaxiybooks

👍18❤5💯2❤🔥1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu kitobni o‘qishdan oldin pishirish kerak🧑🍳
Videoni tomosha qiling va gap nima haqida ketayotganini bilib oling.
Shunday kitob sotuvga chiqarilsa, sinab ko‘rasizmi? Javobingizni izohlarda yozib qoldiring👇
@asaxiybooks
Pechda, 100 darajada, 25 daqiqa - va bu haqiqat)
Videoni tomosha qiling va gap nima haqida ketayotganini bilib oling.
Shunday kitob sotuvga chiqarilsa, sinab ko‘rasizmi? Javobingizni izohlarda yozib qoldiring👇
@asaxiybooks
😁28🔥18❤5👍4⚡2🕊1😇1
Tez orada bu joy kitobxonlar bilan gavjum bo‘ladi 📚
Tashkent City filialimizda tayyorgarlik avjida - kitoblarni chiroyli taxlash, to‘g‘ri joylashtirish va estetik muhit yaratish ustida jamoamiz tun-u kun mehnat qilmoqda.
Yangi, zamonaviy va ilhombaxsh kitob maskani tez orada o‘z eshiklarini siz uchun ochadi. Tayyor turing, eng yaxshi sahifalar hali oldinda! ✨
@asaxiybooks
Oz qoldi...

1👍70❤37🤩12😍8🎉5👌4🥰3🐳3🔥2⚡1🍓1
#book_review #kitobxon_fikri
Go'zalxon Xamidova: Kichik kashfiyotchi
Farzandingizni kashf eting
Bugun o‘zbek kitob sferasi salmoqli ko‘lamga ega. Nashriyotlar tomonidan chop etilayotgan turfa mavzu va janrdagi asarlar kitob javonlarini bezab turibdi. Binobarin, farzand tarbiyasi xususidagi kitoblarning kengayib borayotgani, tabiiyki, quvonarli holat. Zero har bir bola kashf etilmagan olam kabi va uni yaratish, munosib voyaga yetkazishda maxsus kitob va qo‘llanmalar ota-onalar uchun beminnat dastyor. Binobarin, “Uchdan keyin kech”, “Uygacha ayni vaqti”, “Jazosiz tarbiya” kabi asarlar bu boradagi muhim qadamlardandir.
Yaqinda “Asaxiy Books” nashr etgan “Kichik kashfiyotchi” kitobi ham ana shunday muhim qo‘llanmalardan biri hisoblanadi. Kitob 3 yoshgacha bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda muallif Go‘zalxon Hamidova tomonidan italiyalik mashhur pedagog va shifokor Mariya Montessori metodi asosida yaratilgan mashg‘ulotlar yig‘ilib, to‘plam holatiga keltirilgan. Asarning o‘ziga xosligi shundaki, undagi topshiriqlar muayyan falsafa asosida tuzilgan, ya’ni Montessori falsafasi. Ushbu falsafaning negizida har bir bola o‘sish va o‘rganishda alohida potensialga ega noyob shaxs ekaniga ishonish g‘oyasi yotadi. Bu g‘oya asosida Mariya Montessori erkin ta’lim jarayonini yo‘lga qo‘ygan. Montessori ta’lim tizimi bolaga tayyor “qolip”ni majburan singdirmaydi, balki uning tabiiy rivojlanish sur’atlariga mos muhit yaratishni taklif etadi.
Davomi 👉 https://telegra.ph/Farzandingizni-kashf-eting-10-23
@asaxiybooks
Go'zalxon Xamidova: Kichik kashfiyotchi
Farzandingizni kashf eting
Bola o‘zini o‘qita oladi, uning yo‘lini faqat siz va cheklovlaringiz to‘sadi.
Mariya Montessori

Telegraph
Farzandingizni kashf eting
Bugun o‘zbek kitob sferasi salmoqli ko‘lamga ega. Nashriyotlar tomonidan chop etilayotgan turfa mavzu va janrdagi asarlar kitob javonlarini bezab turibdi. Binobarin, farzand tarbiyasi xususidagi kitoblarning kengayib borayotgani, tabiiyki, quvonarli holat.…
👍7❤5👏2🆒2🔥1🎉1🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bunday do‘st kitobxonlar orasida ko‘p uchraydi 😅
“Kitobingni berib tur, o‘qiyman-u qaytaraman” deydi va shu bilan mavzu yopiladi.
Keyin esa na kitob, na javob... 📖💨
Sizda ham shunaqa holat bo‘lganmi?

😁44👍7❤5💯4🔥1🆒1
Mark Avreliy - Mulohazalar
#yangilik
Rim imperatori Mark Avreliy bu kitobni nashr uchun emas, o‘zini tarbiyalash va hayot tamoyillarini mustahkamlash uchun yozgan. Shu bois unda bezak yo‘q, faqat samimiyat, donolik va hayotiy tajriba mujassam.
Asarda vaqtning o‘tishi, taqdirni qabul qilish, adolat, insoniylik va ichki erkinlik haqida mulohazalar bayon etilgan. Mutolaa jarayonida kitob sizga befoyda iztiroblardan xalos bo‘lish, hayotning har bir lahzasini qadrlash va ruhiy tinchlikni topish yo‘lini ko‘rsatadi.
Muqova: qattiq
Nashriyot: Yangi Asr Avlodi
Narx: 45 000 so‘m
Sahifa: 192 bet
Buyurtma uchun havola: asaxiy.uz/u/mulohazalar
@asaxiybooks
#yangilik
Inson ruhiyati, sabr, va hayot ma’nosi haqida

🔥20❤6👍5❤🔥1🍓1🤝1
АВВАЛО ЎЗИНГИЗГА ТЎЛАНГ!
Китоб: Дэвид Бах, Жон Дэвид Манн - "Латте омили"
@asaxiybooks
- Ишга борганингизда вақтингизни пулга айирбошлайсиз. Ҳеч бўлмаганда бир соатлик даромадингизни ўзингиз учун сақламасангиз, нима учун ҳар куни кун бўйи ишлашингиз керак? - деди Ҳенри чизишда давом этаркан.
- Шунга қарамай, кўпчилик иш ҳақини олганидан сўнг нима қилади: давлат ўз улушини олиб бўлгач, пулларини қарз тўлаш ва турли буюмлар сотиб олишга сарфлайди. Шундан сўнг нимадир ортиб қолса, ўзларига сақлаб қўяди. Лекин пулнинг ортиб қолиш эҳтимоли жуда кам. Балки, ортиб қолар, балки, йўқ. Одамлар биринчи навбатда бошқаларга, ўзларига эса охирида тўлайдилар. Мабодо ортса.

💯20🔥6👍3😁2🕊1🐳1