Ishda yoki jamoada samaradorlikni qanday oshirish mumkin?

Bu savolga ko‘pchilik ilmiy va nazariy tomonlama yechim berilgan kitoblardan foydalanishadi.

Ammo, “Maqsad” asarida siz quruq nazariya yoki formulalarni emas, balki real hayotiy muammolar girdobiga tushib qolgan zavod boshlig‘i Aleks Rogoning taqdirini o‘qiysiz. Shuning uchun ham bu boshqaruv haqidagi odatiy kitoblardan biri emas, balki biznes roman hisoblanadi.

Asaxiy Pro loyihasida ilk premyera kitobini o‘qish uchun 5 sababni karuselda keltirdik. Tanishib chiqing va mutolaa qiling!

@asaxiybooks
13👍6🎉1
24 soatlik super taklif 🎁

“Savatcha”ngiz to‘lib qolganini payqadik, shu sabab sizga kichik sovg‘a tayyorladik. Yakshanba kuni qoldirilgan barcha buyurtmalar O‘zbekiston bo‘ylab UYGACHA BEPUL yetkazib beriladi!

Bir zumda buyurtma berish sizdan, bepul yetkazib berish bizdan)

📌 Taklif faqat 12-oktabr kuni amal qiladi

Imkonni qo‘ldan boy bermang 👉 www.asaxiy.uz

@asaxiybooks
19🔥5👍3🤩1🐳1
“Molxona” - haftaning TOP kitobi

⭐️ O‘tgan haftada eng ko‘p xarid qilingan 5 kitob bilan tanishamiz:
1. Jorj Oruell: Molxona
2. Jeyms Klir: Atom odatlar
3. Jorj Oruell: 1984
4. Jon Miller: SOS
5. James Robinson: Mamlakat tanazzuli sabablari

* Zamonni yaxshiroq tushunish uchun kuniga ikki mahal kitob o‘qish tavsiya etiladi.

@asaxiybooks
25👍8🔥6🆒21🐳1
Asaxiyda yangi — “Boshlang‘ich saboqlar” seriyasi sotuvda!

Endi murakkab fan va tushunchalarni oddiy, tushunarli tilda o‘rganish mumkin. Ushbu kitoblar ilmga qiziqishni oshiradi, dunyoqarashni kengaytiradi va o‘qishni zavqqa aylantiradi.

💡Kimlar uchun?
• O‘smirlar va ilmga chanqoq yoshlar uchun;
• Yangi g‘oyalarni sodda tilda anglashni istovchi kattalar uchun;
• Ota-onalar va ustozlar uchun — bolalar hamda shogirdlarni ilmga oshno etuvchi eng yaxshi sovg‘a sifatida.

📖 Seriyadagi kitoblar:
🔸Fizika: boshlang‘ich saboqlar
🔸Biologiya: boshlang‘ich saboqlar
🔸Pul: boshlang‘ich saboqlar

Sayt yoki do‘konlarimizdan xarid qiling.

@asaxiybooks
1👍26121❤‍🔥1😍1🐳1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hammani shunday do‘sti bormi? Yoki faqat mendami😅

Bo‘sh vaqtida hamma narsa qilib ko‘radi, faqat bitta narsadan tashqari. Kitob o‘qish mazzaligini esa bilgan biladi😉

Videoni shunaqa yaqinlaringizga yuborib qo‘ying)

@asaxiybooks
18😁7🔥4
#audio_premyera

"Graf Monte-Kristo" asarining 1-qismi audio shaklda Asaxiy Books ilovasiga joylandi.

Kitob sizni sabr, xiyonat, sadoqat, qasos va umid bilan to‘la hayajonli sarguzashtga chorlaydi. Voqealar rivojida sarguzashtdan tashqari do‘stlik va muhabbat, siyosat va tarix, falsafa va axloqiy masalalarga ham duch kelasiz.

Kitobni mutolaa qiling va so‘zimiz isbotiga guvoh bo‘ling. Qog‘oz kitobni shu havoladan, audio kitobni esa Asaxiy Books ilovasidan topasiz.

Ilovani yuklab olish:
🔗 Google Play
🔗
App Store

@asaxiybooks
9👍5🔥2
📢 Yunusobod va Panorama filiallarida 3 kunlik tanaffus!

15-16-17-oktyabr kunlari ikki filialimizda texnik tanaffus e’lon qilamiz. Shu sababli, bu kunlari do‘konlar ishlamaydi.

Ammo, siz xaridlarni onlayn amalga oshirishingiz yoki Toshkent shahridagi boshqa filiallarimizdan biriga tashrif buyurishingiz mumkin.

📍Asaxiy Farhod
📍Asaxiy Kitob Olami
📍Asaxiy Buyuk Ipak Yo’li
📍Asaxiy Beruniy
📍Asaxiy Chorsu
📍Asaxiy Sergeli
📍Asaxiy Novza

Do‘konlar tez kunda odatdagi rejimda qayta ochiladi💙

@asaxiybooks
9😭3🤝2
Birgina rasm va siz kitob haqida umumiy tushunchaga egasiz.

@asaxiybooks
❤‍🔥18😁129🤗6💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uni uzoqdan izlash shart emas

Bizni sirlar, xazinalar, oson yo‘llar o‘ziga tortadi. Baxt, omad va muvaffaqiyatning sirlisini izlab, umrimizdan yillarni sarflab yuboramiz.

Jarayonda muhim qismni - biz izlagan sir bilimsizlikni tan olish, o‘rganishdan qo‘rqmaslik va davomiylikda yashirin ekanini unutamiz. Superosontezvasamarali yo‘llar yo‘q, osonroq yashashga yordam beradigan kitoblar bor faqat. Va ular - haqiqiy xazina!

@asaxiybooks
1🔥2310👍4😁4❤‍🔥2💯2🆒1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Asaxiy orqali istalgan mahsulotni 20% gacha chegirmada olish usuli*

Video orqali batafsil ma‘lumot oling va Xalq banki kartasi bilan barcha mahsulotlarni kafolatlangan chegirmada xarid qiling.

* Bunday imkoniyat beruvchi kartalarni Xalq banki filiallari orqali rasmiylashtirishingiz mumkin.

🔗 Asaxiy Market ilovasini yuklab olish

@asaxiybooks
👍154🔥3❤‍🔥1🎉1
Erix Mariya Remark: Qaytish 🕊

Bu roman mashhur “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” asarining mantiqiy davomidir. Unda jang maydonlaridan omon qaytgan yigitlar tinch hayotda o‘z o‘rnini topishga urinadi. Ammo ularni kutgan dunyo ham, odamlar ham avvalgiday emas - kechagi qahramonlar bugun jamiyat uchun begonaga aylangan.

Remark bu asarda ruhiy yaralar, yo‘qotishlar og‘rig‘i va ma’nosiz hayot bo‘shlig‘ini samimiy tarzda ochib beradi. Qahramonlar endi tirik qolish uchun emas, inson bo‘lib yashash uchun kurashadilar. Sokin, ammo yurakni larzaga soluvchi bu roman sizni urushning asl oqibatlari bilan yuzlashtiradi.

Muqova: qattiq
Narx: 59 000 so‘m

Mutolaa qiling va urushning haqiqiy izlarini his eting: asaxiy.uz/u/qaytish

@asaxiybooks
21❤‍🔥8👍4🏆3🔥1🎉1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥹 Siz uchun yangi bir maskan tayyorlanmoqda...

Yaqinda Asaxiyning Tashkent City filiali kitobxonlarga o‘z eshiklarini ochadi. Bu do‘kon kattaligi, keng va shinamligi, kitoblari esa xilma-xilligi bilan boshqa filiallarimizdan ajralib turadi.

Tayyorgarlik jarayonidan lavhalarni videoda tomosha qiling va tayyor turing, ochilish marosimiga sizni ham taklif qilamiz

@asaxiybooks
136🔥12❤‍🔥6👍4🎉3🕊3🐳2😍1🏆1
Asaxiy Books loyihasida premyera - Go‘zalxon Xamidovaning “Kichik kashfiyotchi” kitobi sotuvda!

Montessori ta’lim usuli bolaning rivojlanish jarayoniga hurmat va erkinlik bilan yondashadi. Ushbu kitob shu tamoyillar asosida yaratilgan bo‘lib, unda bolalarning aqliy, hissiy va jismoniy o‘sishini rag‘batlantiruvchi samarali o‘yinlar va amaliy mashg‘ulotlar jamlangan.

Eng qulay tomoni - mashg‘ulotlarning aksarini uy sharoitida, oddiy buyumlar bilan o‘tkazish mumkin. Bu kitob ota-onalar, tarbiyachi va pedagoglar uchun amaliy qo‘llanma, farzand bilan birga o‘rganish jarayonida esa - mehr va yaqinlikni mustahkamlovchi hamroh bo‘lib xizmat qiladi.

Kitob “Xalq banki” bilan hamkorlikda chop etildi. Kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlagani uchun bank jamoasidan minnatdormiz.

Muqova: yumshoq (Turkiya)
Sahifalar yuzasi: yaltiroq
Sahifa: 216 bet
Narxi: 70 000 so‘m
Premyera chegirmasida: 50 000 so‘m

Buyurtma bering va farzandingiz bilan birga kashf eting: asaxiy.uz/u/montessori

@asaxiybooks
1👍136🔥6❤‍🔥2😁1🐳1
Haftalik rejaga festivalni kiritib qo‘ying 🎊

21-oktyabr kuni 14:00 da Toshkent Kitob Markazida katta festival bo‘lib o‘tadi! Bu kunda sizni sevimli ijodkorlar bilan suhbatlar, sovg‘ali o‘yinlar, aksiyalar, kofe-breyk va iliq muhit kutmoqda.

Festival doirasida Asaxiy Chorsu filialida 3+1 aksiyasi va yutuqli "Book Jenga" o‘yini o‘tkaziladi. Do‘stlaringiz bilan keling, birgalikda ajoyib bayram qilamiz!

Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40

@asaxiybooks
13👍7🎉4🤩3😍3🐳2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farqni anglay oldingizmi?

Bir so’z, turlicha ma’no - va buni faqat yozuvchi va kitobxon tushuna oladi…

Siz qanday farq sezdingiz? Izohlarda fikringiz bilan bo‘lishing👇

@asaxiybooks
9👍5💯3💘1
2025/10/19 03:17:13
Back to Top
HTML Embed Code: