Telegram Web Link
Lekin buni ko'rmasangiz bo'lmaydi 😍
Mayli darslarga qaytamiz!

Biror bir yozma ishingizni (misol uchun insholaringizni) QuillBot ga yuborsangiz qandaydir miqdorda grammatika xatolaringizni aniqlab beradi.
Reading muammomi?
Unda bu post siz uchun πŸ˜‰

Ko'pchilik menga yo o'zining o'qish ko'nikmalarini (reading skills) o'stirish uchun maslahat so'rab yo o'quvchilarining IELTSning o'qish qismidagi natijalaridan qoniqmay hamkasb sifatida ularga pedogagik maslahat, yo'l yo'riqlar berishimni so'rab murojaat qilishadi.

Shaxsan men o'quvchilarimni IELTS yoki CEFRni o'qish qismidan natijalarini yaxshilashlari yo'lida bir nechta usullardan foydalanaman. Bugun sizlarga shu usullardan birini tanishtirmoqchiman.

Quyidagi fayl darsimda reading qismini o'stirish ishlatadigan handoutlarimning biridan parcha. Shu orqali sizga bir usulni o'rgatmoqchiman, do'stlar. Undan avval faylni yuklab olib u bilan tanishib chiqing...

Channel: @Aslanovs_Lessons
Demak, berilgan matnlarni shunchaki pala-partish, shosha-pisha ishlamay (tan oling reading testlarini asosan shunday ishlaysiz) ularga alohida mexr beramiz 😊

Birinchi o'rinda matnni erinmasdan tarjima qilib chiqamiz. Yangi so'zlar chiqib qolsa alohida lug'at daftar tutib o'sha daftarga ularning tarjimasi bilan ko'chirib chiqing.

Undan keyin matnni yana bir bora ingliz tilida o'qib chiqib True False mashqlarini bajaring. Bu manimcha true, bunisi false bo'lsa kerak deb fol ochib emas (darsda buni 'baxtingdan ochaymi taxtingdan ochaymi?' style deyman) maksimal tushunib ishlang. Javoblarni tanlashda bir qarorga kelganingizda nega bunday fikrga kelganingizni bir ikki gap bilan yozma tushuntirib bering. Ham writingga foyda bo'ladi.

Shu usuldan foydalanib ko'ring. Boshqa practice materiallar olib ular bilan ham shu ishni qilsangiz bo'ladi. Umid qilaman tez orada o'zgarish bo'ladi πŸ˜‰

Channel: @Aslanovs_Lessons
Hamma ham imtihondan yetarlicha tayyorlanmaganidan past bal oladi degan narsa doim ham to'g'ri emas.

Ko'plar hali ham noto'g'ri usulda imtihonga tayyorlanishga yondashyapti. To'g'ri tayyorlanishni xohlasangiz kanalimda berib borayotgan maslahatlarga amal qiling.
Reading Comprehension Chart

Reading bilan ishlayotganingizda har bir paragrafni o'qib bo'lganingizda o'zingizni shu jadvalga ko'ra test qilib chiqishga odatlaning. Necha foiz tushunganingizga qarab yo keyingi paragrafga o'ting yo o'sha paragrafni yana bir bor qayta o'qib chiqing. Shunda reading tushunchangiz yana ham yaxshilanadi nasib.

Channel: @Aslanovs_Lessons
Listening & Reading Band 9.0 Secret Revealed!
Keyin manga rahmat deb shunga o'xshash xabarlar yuborasiz 😊
Reading da TFNG savollarida shuncha harakat qilsa ham baxti ochilmayotganlar bormi? Reaksiya qoldiring!

Ha = πŸ’―

Agar ko'pchilikda shu maummo bo'lsa bir usulni o'rgataman.
Bugun 21:00 da voice chatga kirsangiz sizga o'zimga yordam bergan bir usulni o'rgataman!

Qatnashasizmi?

Yes! = πŸ’―
Harakat qilaman = πŸ”₯
2025/07/05 19:26:44
Back to Top
HTML Embed Code: