Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rivojlanish o‘zingizdan boshlansin!

✈️ O‘zingizni cheklamang, bilim olish yo‘lidagi to‘siqlar sizni kuchli va tajribali qiladi.

🔭 Doimo o‘z maqsadlaringizga to‘g‘ri fokusda qaray oling.

📊 O'zbekistonning ilg'or IT kompaniyalaridan biri bo‘lgan “Data Site” ijrochi direktori hamda ko‘plab rivojlangan tashkilotlarning moliya boʻlimi rahbari sifatida ish yuritgan suhbatdoshimiz Anvar Turdiboyev “Avlo Podcast”da “tesha tegmagan” mavzular haqida soʻz yuritdi.
“Uchburchak” formulasi,
ishonish va to‘g‘ri fikr yuritishning muhim qoidalari, qat’iy reja ortidagi muvaffaqiyatlar haqidagi pozitiv suhbatga yaqin soatlarda guvoh bo‘ling!

🔊 Premyera bugun soat 21:00 da YouTube sahifamizda boʻlib oʻtadi.
Xalqaro mavzudagi milliy podkastlar

🎙 "Avlo podcast" loyihamiz orqali biz oʻzbek tilidagi sifatli podkastlarni yaratish, shu orqali global loyihalar, muvaffaqiyatli insonlar hayotidan lavhalar ulashib borishni niyat qildik!

📊 Dasturlarimizni yanada qiziq va foydali bo‘lishida sizlarning yordamingiz juda muhim!
Fikr-mulohazalaringizni ayamang, dasturlarni do‘st va yaqinlaringizga ulashib, kimningdir hayotiga ijobiy ta’sir qilishga hissa qo‘shing.

🤗 Samimiylik va yaxshilik ichra biz bilan bo‘ling!
Mustaqillik muborak, aziz yurtdoshlar!

🇺🇿 Qadrli yurtdoshlar! “Avlo Podcast” jamoasi sizlarni Mustaqilligimizning 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.

🎊 Yurt ozodligi va farovonligi, mamlakatimiz rivoji yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilayotgan aziz yurtdoshlarimizga eng ezgu tilaklarimizni yoʻllab qolamiz.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilmiy daraja bilan emas, g‘oyalar bilan yo‘lga chiqing!

🖊 Bugun o‘rganilgan bilim ertasiga eskirib qoladigan zamonda yashayapmiz. Ilmiy daraja, afsuski, ko‘pchilikni ma'lum nuqtagacha olib bora oladi. Qolgan yo‘lni yana o‘zingiz bosib o‘tishga majbursiz. Haqiqiy biznesmen har kuni yangi g‘oyalarni o‘z prizmasidan o‘tkazishi, saralashi lozim.

🎙 “Avlo Podcast” loyihasi mehmoni Raj Sadhu bilan noodatiy tajribalar, g‘oya va yo‘l topish san'ati, shuningdek, mo‘jizaviy “Kremniy Vodiysi”ga safar qilamiz.

📌 Toʻliq suhbatni juma kuni YouTube kanalimizda tomosha qiling!

🔴 YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi g‘oyalarni yangi axborotlar oqimidan izlang!

📊 Gʻoyalar va fikrlar vaqt oʻtishi bilan o‘zgarishi, eskirishi mumkin. Eng muhimi, biznesdagi ehtiyoj va zaruratni o‘z vaqtida to‘g‘ri ilg‘ay olishda.

🔭Unutmang, har doim yaxshi g‘oyadan ham yaxshirog‘ini topish mumkin. Buning uchun sizga yangi turdagi axborotlar oqimi zarur. Ular sizni yangicha tafakkur qilishga undaydi.

🎙 "Avlo Podcast" loyihamiz mehmoni Buyuk Britaniyaning “Bikal UK” kompaniyasi direktori Raj Sandhu bilan qiziqarli marketing, biznesdagi axborot siyosati, yaratuvchanlik kabi mavzularda suhbatlashdik.

📌 Toʻliq suhbatni juma kuni YouTube kanalimizda tomosha qiling!

🔴 YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xohlaysizmi-yo‘qmi IT bilan yashashga majbursiz!

🛒 Raj Sandhu: — Men asli sotuv bo‘yicha mutaxassis edim. Ammo zamon tendensiyasi meni IT kishisiga aylantirdi. Avtomobil boshqarish, taom tayyorlash, turli muhandislik ishlari — hammasi IT.

Biz sun’iy intellektsiz rivojlana olmasligimizni anglab yetdik.
🎙 “Avlo Podcast” mehmoni, sunʼiy intellekt sohasidagi yetakchi korxonalardan birining rahbari Raj Sandhu bilan kechgan suhbatimiz zamonaviy texnologiyalar ichidagi biznes va hayot, harakat va majburiyat, ishonch va tajriba haqida bo‘ldi.

🦾Biznes egalari uchun foydali “master-klass”. O‘tkazib yubormang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Silikon vodiysi”dagi omadli biznes

💸 Yevropada kechgan iqtisodiy inqiroz ko‘plab soha vakillarining “biznes kompasi”ni o‘zgartirib yubordi.

📈 Xo‘sh, asli hindistonlik sotuv mutaxassisi Raj Sandhu kutilmaganda nega o‘z biznesini o‘zgartirdi? Sababini mashhur biznesmenning o‘zi so‘zlab berdi.

🎙 “Avlo Podcast”ning navbatdagi mehmoni “sunʼiy intellekt” boʻyicha jahonning yetakchi kompaniyalaridan “Bikal UK” asoschisi Raj Sandhu bo‘ldi.

⛳️Eksklyuziv intervyuda “trend”dagi mavzular, O‘zbekistondagi yoshlar va ularning maqsadlari, “Silikon vodiysi”ga sayohat, “sunʼiy intellekt” haqidagi qimmatli fikrlar o‘rin olgan.

🎞 To‘liq suhbatni bugun, 20:00 da YouTube kanalimizda o‘zbekcha subtitr orqali tomosha qiling!
Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!

Assalomu alaykum, hurmatli ustoz va murabbiylar. “Avlo Podcast” jamoasi sizni bugungi bayram shodiyonasi bilan chin yurakdan qutlaydi.

Millatimizga oydinlik, nur taratishdan aslo tolmang. Doimo ehtirom va ardog‘imizdasiz, aziz ustozlar!

Bayramingiz bilan!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuchli inson ortidagi kuchli ustoz

⭐️
Har qanday muvaffaqiyatli kishi ortida kuchli ustoz turishi bor gap. Ustoz bizga hayotning katta va og‘ir eshiklarini ochishda beminnat ko‘mak beruvchi zot. Uning shuuringizga bera olgan kichik tebranishi kelajakda yuksak to‘lqinlarga aylanadi.

🎙Loyihamizning bu galgi mehmoni siyosatshunos olim, ijtimoiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori Bahrom Rajabov bo‘ldi. Qahramonimiz suhbat davomida o‘z hayotida muhim rol o‘ynagan insonlar, beminnat ko‘rsatilgan ta’lim, ustozlaridan ko‘rgan rag‘bat va buning bugungi yorqin mevalari haqida so‘zlab berdi.

📌 Toʻliq suhbatni juma kuni YouTube kanalimizda tomosha qiling!

🔴YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Agar oʻzgarmoqchi boʻlsak...

🌪 Bizni nima o‘zgartira oladi?

💥 Siyosiy ongimiz, siyosiy madaniyatimiz, umuman, zehniyatimiz o‘zgarishi qanday omillarga bog‘liq?

Siyosatshunos olim Bahrom Rajabov “Avlo podcast”da yuqoridagi masalalar yechimini ijtimoiy institutlarni rivojlantirish orqali hal etish metodlarini tahlil qildi.

🔥Loyihamiz qahramonining muhim ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi tahlil va takliflari sizni qiziqtiradimi?

📌 Toʻliq suhbatni juma kuni YouTube kanalimizda tomosha qiling!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pastdan tepaga chiqish formulasi

🏹 Ziyoli inson jamiyat hayotidagi jarayonlarga siyosiy bilimlarga ega bo‘lmay turib haqqoniy baho bera olmaydi.

🧩 Bizning o‘z qarashlarimiz va takliflarimizni to‘g‘ri bayon eta olishimizda ham siyosiy saviya va dunyoqarash muhim rol o‘ynaydi.

🎙 Loyihamizning mazkur sonida siyosatshunos olim Bahrom Rajabov ko‘plab muhokamali mavzularda siyosiy yondashuv va yechimlar haqida so‘z yuritdi.

Ushbu suhbat avvalo yoshlarning siyosiy ongi va saviyasi, dunyoqarashini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ham qimmatlidir.

O‘tkazib yubormang!

🔴 YouTube

📌 Toʻliq suhbatni juma kuni YouTube kanalimizda tomosha qiling!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Doimo ilm tarafida bo‘ling!

🔍 Hayot maktabi har birimizga umr bo‘yi saboq beradi. Undagi ilm ahli jamiyatning atmosferasidir. Qayerda va qay holatda bo‘lmang o‘rganish, erkin fikrlash va amaliy harakatlar sizni o‘stiradi, yuksaltiradi.

🎞 Loyihamiz mehmoni suhbatimiz davomida:

- o‘qish va o‘rganish davomiyligi;
- ustozlarga boʻlgan yuksak hurmat;
- siyosiy institutlarning roli;
- soʻz erkinligi va shaffoflik;
- saylovlar va ko‘plab mavzularda so‘z yuritdi.

Demak, siyosiy va iqtisodiy bilimlaringizni mustahkamlashingiz uchun qulay fursat. Koʻrsatuvni oʻtkazib yubormang.

📌 Premyerani bugun, soat 20:00 da YouTube kanalimizda tomosha qiling!

🔴 YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zaiflik — muammolar yig‘iladigan nuqta

Har qanday iqtisodiy zaif davlat tashqi ta’sirlardan ko‘proq aziyat chekadi. Soddaroq aytsak, “Kambag‘alni tuyaning ustida ham it qopadi”.

💸 Iqtisodiy mustaqillik barcha sohalarni o'stiruvchi, oziqlantirib boruvchi muhim omillardan biri.

🔥 Loyihamizning kutilgan mehmoni taniqli iqtisodchi Behzod Hoshimov bilan iqtisodiy masalalar va muammolarning o‘zbekcha yechimi haqida suhbatlashdik.

🔴 YouTube

📌 Toʻliq suhbatni juma kuni YouTube kanalimizda tomosha qiling!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar parhezi zarur...

🎮Har bir shaxs unikal pufaklar ichida yashaydi. Siz har kuni axborot modellari orqali boshqarilasiz. Eng yomoni, berilayotgan axborotdagi muammolar sizning muammoyingizga aylanib qolishi mumkin. Bu xavfli.

🎯Taqqos: Bugun Virjiniyada hammasi yaxshi, degan yangilik hech qachon ommalashmaydi. Ammo Virjiniyada 10 kishi otib ketildi, deyilgan yangilik trendda turadi.

🔭Axborot oqimining faol o‘quvchilariga dunyo o‘z chiroyini yoʻqotgan, yashash juda ogʻirdek tuyulaveradi. Bu fakt.

“Avlo Podcast” loyihasida iqtisodchi Behzod Hoshimov
axborot oqimidagi odamlar, ruhiy muvozanat, yangiliklarning inson hayotidagi ijobiy va salbiy oqibatlari haqida so‘z yuritdi.

🔴 YouTube

📌 Toʻliq suhbatni juma kuni YouTube kanalimizda tomosha qiling!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Olimlar hech qachon “trend”da turmaydi...

🤹‍♂️ Olimlar nafaqat bizda, balki har qanday rivojlangan davlatlarda ham “trend”da turmaydi. Sababi, kishilarda ko‘ngilochar, tez hazm bo‘ladigan axborotlarga ehtiyoj yuqori.

🎭 Taqqos: Jeyms Robinson kitobini Ukrainada 1,5 milliondan ortiq nusxada sotganini aytdi. Bizda esa 10 mingta kitob sotilishiga katta hodisa sifatida qarashadi.

“Avlo Podcast” mehmoni iqtisodchi Behzod Hoshimov jamiyat tanazzulidagi omillar, inson ongidagi evrilishlar, ilm va kelajakka befarqlik xususida aytib o‘tdi.

🔴 YouTube

📌 Toʻliq suhbatni juma kuni YouTube kanalimizda tomosha qiling!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nimalardan voz kechishimiz kerak?

💥 Rivojlanishga to‘siq bo‘layotgan omillar haqida jiddiy va tahliliy mulohazalarga tayyormisiz?

Iqtisodchi Behzod Hoshimov “Avlo Podcast” loyihasida davlat rivojlanishining eng og‘riqli nuqtalari haqida fikr yuritdi.

- O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti mavjudmi?
- Soha tarmoqlarining aksariyati davlat tasarrufida yoki kuchli nazorat ostida.
- Transport va tarmoq monopoliyalari;
- Islohotlar va natija;
- Axborot oqimi va infomaniya;
- “Trend”dagi muhokamalar...

🔴 YouTube

📌 Toʻliq suhbatni bugun, soat 21:00 da YouTube kanalimizda tomosha qiling!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
IT sohasida ustoz kerakmi?

💪 Oliygohni bitirgan talaba “men eng zo‘riman”, deb o‘ylaydi. Vaqt o‘tgan sari u “eng zo‘ri” emasligini tushunadi. “Eng zo‘rlari”ga ham baribir ustoz kerak.

🎙 “Avlo Podcast” loyihasining navbatdagi mehmoni “Ransif Group” asoschisi, biznes-maslahatchi Sanjarbek Nasirbekov uzoq yillik ustoz-shogird an’analari haqida fikr yuritdi.

Sizning yuzlab “virtual ustoz”laringiz bo‘lishi mumkin, ammo shahringizga bitta malakali IT mutaxassisi kelsa, o‘shanga yuguring. Yuzta kitobdan topolmagan javobingizni ustoz bir jumlada aytishi mumkin.

Ustoz bergan bir daqiqalik saboqni siz internet orqali bir oyda ham o‘rgana olmasligingiz mumkin.

🔴 YouTube

📌 Toʻliq suhbatni juma kuni YouTube kanalimizda tomosha qiling!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zingizni emas, tizimni avtomatlashtiring!

🎯 Korxonalar boshqaruvida IT consultant kerakmi?

Korxonalar faoliyatini tizimlashtirish boʻyicha mutaxassis, “Ransif Group” asoschisi Sanjarbek Nasirbekov “Avlo Podcast”da zamonaviy texnologiyalarning boshqaruvdagi roli, kasb sirlari haqida so‘z yuritdi.

🔑 Kuchli IT consultant yordamida siz o‘z biznesingizni yangi pogʻonalarga olib chiqishingiz mumkin.

🎣 Suhbatdoshimiz sohadagi masalalar va ularning mantiqiy yechimini qiziqarli faktlar va hayotiy misollar orqali bayon etdi.

🔴 YouTube

📌 Toʻliq suhbatni juma kuni YouTube kanalimizda tomosha qiling!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizni to‘siqlar emas, maqsadsizlik to‘xtatadi

🏃‍♂️ Muvaffaqiyatlarga doim kurashlar bilan erishiladi. Ammo biz baʼzan kichik toʻsiqlar qarshisida ham to‘xtab qolamiz. Buning asosiy sabablaridan biri bizning aniq maqsadlarimiz yo‘qligida. Siz to‘siqlardan emas, maqsadsizlikdan to‘xtaysiz.

“Ransif Group” rahbari Sanjarbek Nasirbekovdan motivatsion suhbatni “Avlo Podcast”da tomosha qiling.

Ilm va ustozlar ibrati, biznesdagi IT consultant, hayotiy prinsplar va maqsad sari qadam tashlash borasida qimmatli mulohazalar e’tiboringiz markazida.

📌 Shaxsiy rivojlanishni xohlovchilar koʻrishi shart boʻlgan intervyuni oʻtkazib yubormang!

🔴 YouTube

Toʻliq suhbatni bugun, soat 21:30 da YouTube kanalimizda tomosha qiling!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlat beradigan eng yaxshi yordam — aralashmaslik!

Jamiyatimiz hayoti va turmush tarzimizni yengillashtirish uchun amalga oshirilishi shart boʻlgan yuzlab islohotlar bor. Ularni tezlikda amalda tatbiq etishimiz, muammolarga munosib yechimlarni topishimiz lozim.

Biz ilm olishdek zaruriy ehtiyojlarimiz o‘rnini turli ko‘ngilochar va foydasiz mashgʻulotlar evaziga boy beryapmiz.

🎙 Loyihamizning navbatdagi mehmoni siyosatshunos, Asaxiy.uz” internet savdo tarmog‘i asoschisi Firuz Allayev boʻldi.
Suhbat davomida jamiyatimizdagi ko‘z yumib bo‘lmaydigan illatlar va ularning oddiy yechimlari, yoshlar va biznes, ilk qadam va saboqlar borasida muhim mulohazalarga guvoh bo‘lasiz.

Suhbatimizning audio shaklida texnik muammolar yuzaga kelgani sababli barchangizdan uzr soʻraymiz.

🔴 YouTube

📌
Toʻliq suhbatni juma kuni YouTube kanalimizda tomosha qiling!
2025/07/05 02:44:06
Back to Top
HTML Embed Code: