Telegram Web Link
Hududlarda madaniy-ma’rifiy hayotni yuksaltirish, aholi uchun munosib madaniyat va dam olish shart-sharoitlarini yaratish maqsadida yangi madaniyat muassasalari barpo etilmoqda. Bu esa amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim samarasidan dalolatdir.

Bugun Boysun tumani Sayrob mahalasida umumiy qiymati 1 mlrd 783 million so‘m bo‘lgan loyiha doirasida 80 o‘ringa mo‘ljallangan yangi madaniyat markazi ochildi.

Shuningdek, Oltinsoy tumani markazidan uzoqda joylashgan tog‘li hudud — "Katta Vaxshivor" mahalasida ham yangi madaniyat markazi ish boshladi. Ilgari bir xonali moslashtirilgan binoda faoliyat yuritgan 37-Vaxshivor madaniyat markazi uchun 1 milliard 380 million so‘mlik zamonaviy va barcha qulayliklarga ega yangi bino qurib bitkazildi.

Endilikda ushbu muassasalar belgilangan loyiha asosida "Namunali madaniyat markazi" sifatida faoliyat yuritadi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifati yanada yaxshilanadi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Mahalliy sanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yil 25-may kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida zargarlik tarmog‘ini kengaytirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.

Ushbu vazifalar ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida ham zargarlik sohasini mustahkamlash, faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga amaliy ko‘mak berishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda "O‘zzargarsanoat" uyushmasi raisi Shohrux To‘ychiboyev ishtirokida viloyatdagi zargarlar va sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda zargarlik sohasini rivojlantirishga oid qabul qilingan qarorlar, mavjud imtiyozlar va yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Tadbir doirasida tadbirkorlarning muammo va takliflari tinglanib, mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan tegishli javoblar hamda amaliy yechimlar taqdim etildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Termiz shahrida "Oilalar mustahkamligini ta’minlashda "Oqila ayollar harakati"ning o‘rni" mavzusida forum bo‘lib o‘tdi. Tadbir oila institutini mustahkamlash, farzand tarbiyasi, xotin-qizlarning ma’rifati hamda jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishda "Oqila ayollar" harakatining o‘rni va ta’sirini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.

Forumda shahar, tuman va mahallalarda faollik ko‘rsatayotgan harakat a’zolari ishtirok etdi. Viloyat hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova hamda sohaga mas’ul mutasaddilar "Oqila ayollar" harakatining jamiyatdagi ahamiyati, ijtimoiy muammolarni bartaraf etishdagi roli haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan ayollar taqdirlandi. Shuningdek, madaniyat xodimlari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
2025/07/04 17:57:05
Back to Top
HTML Embed Code: