Telegram Web Link
Ma’lumki, Prezident tashabbusi bilan mamlakatimizda 1-iyundan 30-avgustgacha o‘quvchi yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida Surxondaryo viloyatida "Kasb markaz"lari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahar politexnikumida tashkil etilgan "Yozgi kasblar markazi" faoliyati bilan tanishdi. Fan, sport va kasb to‘garaklari, murabbiy va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Volontyor yoshlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning takliflari asosida "Yoshlar kuni" arafasida bayram dasturlari va yozgi oromgohlarda turli tadbirlar tashkil etish vazifalari belgilandi.

Mutasaddilarga "Kasb markaz"lari faoliyatini kengaytirish, ko‘proq o‘quvchi yoshlarni jalb etish hamda ularning qiziqishlaridan kelib chiqib yangi to‘garaklar tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Termiz shahridagi 13 va 15-sonli maktablar hamda 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini ta’mirlash ishlari ijrosi o‘rganildi. Loyihalarni sifatli va o‘z muddatida amalga oshirish, ta’lim maskanlarini zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
15👍5🎉2🔥1🕊1
Surxondaryolik g‘allakorlar mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib tovar don topshirish rejasini ortig‘i bilan bajardi

Vohalik g‘allakorlar 2025-yil hosili uchun 89,3 ming gektar maydonda mahalliy iqlimga mos, ertapishar g‘alla navlarini parvarishlab, bugun, 25-iyun holatiga don korxonalariga 267 ming 287 tonna sara tovar don sotib, davlat ehtiyojlari uchun tovar don yetkazib berish bo‘yicha shartnomaviy reja ko‘rsatkichlarini 100,5 foizga bajardilar.

Jumladan, Termiz tumanidagi "Qoraxon Paxtakor" va "Sardorbek To‘xtayev", Jarqo‘rg‘on  tumanidagi "Abbos AR" va "Golden Traus", Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Abubakr ziroatchi" va "Ketmon darvozasi", Sho‘rchi tumanidagi "Qobil Qosim" va "Amir agro ESS", Sherobod tumanidagi "Shayman bobo" kabi fermer xo‘jaliklari gektaridan 95-105 sentnerdan hosil olib, xirmonga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shdi.

Viloyat g‘allachiligidagi bu muvaffaqiyat qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarning jadallashganligi, boshoqli don yetishtiruvchi fermerlarning moddiy manfaatdorligi, yer-mulkka egalik hissining oshganligi, zamonaviy usullarning izchillik bilan joriy etilganligi samarasidir.

G‘allachilik sohasidagi g‘alabadan ruhlangan Surxondaryolik mirishkor dehqonlar paxtachilik va boshqa qishloq xo‘jaligi sohalarida ham yuqori natijalarga erishish uchun astoydil mehnat qilmoqdalar.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍3211👏8🕊2🔥1😐1
Prezidentimiz raisligida joriy yil 16-iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida olis va og‘ir hududlarda sayyor qabullar tashkil etish topshirilgan edi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanining tog‘li hududida joylashgan "Temir darvoza" mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi. Qabulda ushbu hududga yaqin bo‘lgan "O‘rta Machay" va "Yuqori Machay" mahallalari fuqarolari ham ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida viloyat rahbari mutasaddi tashkilotlar va mas’ullar ishtirokida 45 nafar fuqaroning 64 ta turli masaladagi murojaatlarini tingladi. Ushbu murojaatlarning 11 tasi joyida hal etilib, qolganlari bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi va ijrosi uchun aniq muddat belgilandi. Barcha masalalar alohida nazoratga olindi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍20102🙏2
2025/07/09 15:55:45
Back to Top
HTML Embed Code: