Telegram Web Link
Prezidentimiz topshiriqlariga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida viloyatlarga biriktirilgan. Shu jumladan, Taxiatosh tumani Surxondaryo viloyatiga biriktirilib, bu borada qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda Surxondaryo tajribasi asosida Taxiatoshda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan bir qator loyihalar ishga tushirilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Taxiatosh tumani hokimi boshchiligidagi mutasaddilar va tadbirkorlar delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Termiz xalqaro savdo markazida tashkil etilgan uchrashuvda Taxiatoshda amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi vazifalar ijrosi va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Shu bilan birga, delegatsiya a’zolarining taklif va tashabbuslari tinglanib, loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.

Uchrashuv yakunida viloyat rahbari mutasaddilarga qator vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, Taxiatosh tumanida turli tadbirlar tashkil etish, bolalarni Surxondaryodagi oromgohlarda dam oldirish va sog‘lomlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
💐 Surxondaryolik tajribali jurnalistlar davlat mukofoti bilan taqdirlandi!

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidaFarmonni imzoladi. Xususan,

«Shuhrat» medali bilan:
Mamatrayimov Xolmumin Norkobilovich
- O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Surxondaryo viloyati bo‘yicha sharhlovchisi;

«Do‘stlik» ordeni bilan:
Urinboyev Saydulla Mardonovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining "Madaniyat va ma’rifat" telekanali teleoperatorlar guruhi teleoperatori taqdirlandi.

Tajribali ustoz jurnalistlarni davlatimizning yuksak mukofotiga sazovor bo‘lgani bilan tabriklaymiz.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryo viloyatining barcha hududlari kabi, Bandixon tumanida ham mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish, shu jumladan serqatnov avtomobil yo‘llari bo‘yida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo etish ishlari izchil davom etmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tumanga tashrifi davomida ushbu yo‘nalishdagi ishlar ijrosi bilan tanishdi. Dastlab, "Hazarbog‘–Oqqapchig‘ay" kanallar tizimiga kiruvchi R-1 kanalida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shundan so‘ng "Obikor" mahallasida joylashgan, loyiha qiymati 20 milliard so‘m bo‘lgan avtoturargoh, chorva mollari va dehqon bozori, to‘yxona, xostel hamda maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari qurilishi bilan tanishildi.

Tashrif doirasida "Bandixon agroklaster" MCHJ tomonidan sun’iy va paxta tolasi aralashmasidan ip-kalava ishlab chiqarish, shuningdek, tikuvchilik fabrikasi faoliyati hamda "Bandixon birlashma" MCHJda keramzit mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganildi. Bundan tashqari, "Bandixon birlashma" MCHJ tomonidan o‘zlashtirilishi rejalashtirilayotgan gilina va gips koni uchastkalari bo‘yicha taqdimot namoyish etildi.

Viloyat hokimi loyihalar yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirib, ishlab chiqarish hajmini oshirish, faoliyatni kengaytirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi va mutasaddilarga vazifalar yukladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Taxiatoshlik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi hamda Bandixonda yangi loyihalar taqdimot qilindi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
2025/07/06 19:26:25
Back to Top
HTML Embed Code: