Telegram Web Link
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumaniga tashrifini "Ozod" mahallasida joylashgan "Xalilullox Baraka" fermer xo‘jaligining zamonaviy voyish usulida tashkil etilgan 10 gektarlik uzumzor bog‘ida davom ettirdi. Mazkur bog‘ eksportbop mahsulotlar yetishtirish va aholini sifatli uzum mahsulotlari bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, "Gud Vil Bak" MCHJ tomonidan qiymati 13 milliard so‘mni tashkil etuvchi, 600 o‘rinli xususiy maktab loyihasi bilan ham tanishildi. Ushbu maktab ingliz tili, matematika, axborot texnologiyalari hamda mental arifmetika kabi yo‘nalishlarga ixtisoslashgan bo‘lib, yoshlar uchun zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini yaratadi.

Keyingi manzilda "Speak Refine Language School" xususiy o‘quv markazi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Ushbu markaz ko‘p qavatli uy yerto‘lasidan samarali foydalanilgan holda tashkil etilgan bo‘lib, unda yoshlarga ingliz, nemis, koreys va boshqa xorijiy tillar o‘rgatiladi. Shuningdek, hokim o‘quv markazini tamomlab, bugungi kunda xorijda mehnat qilayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot qildi.

Viloyat rahbari loyihalarning ahamiyati, ular orqali yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari hamda yoshlarning zamonaviy bilim va kasblarga ega bo‘lishi uchun yaratilgan sharoitlarni alohida qayd etib, bu boradagi faoliyatlarni kengaytirish yuzasidan vazifalar belgilab berdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tizimli ravishda qabul qilish va ularning muammolarini tezkorlik bilan hal etish maqsadida doimiy ravishda tadbirkorlar bilan onlayn muloqotlar tashkil etib borilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumani hokimligi studiyasidan videokonferensaloqa orqali onlayn shaklda navbatdagi tadbirkorlar qabulini o‘tkazdi. Qabul Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Hududiy studiyalar orqali 59 nafar tadbirkorning turli yo‘nalishlardagi jami 65 ta murojaati tinglandi. Ulardan 11 tasi joyida hal etildi, qolgan 54 ta murojaat mas’ul rahbarlarga aniq topshiriq va muddatlar bilan yo‘naltirildi.

Eslatma: Tadbirkorlar o‘z murojaatlarini quyidagi aloqa kanallari orqali yuborishlari mumkin:
Telefon raqami: (376) 228-69-74
Qisqa raqam: 1055
Telegram guruhi: @surxondaryo_qabul

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Iqtidorli yigitlar «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Prezidentimizning ""Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun bir guruh yoshlar taqdirlandi.

Ular orasida quyidagi surxondaryoliklar ham bor:

🏅 Jandreyev Shermuhammad Mamarajab o‘g‘li - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassisi;

🏅 Qudratillayev Parvez Kamol o‘g‘li - O‘zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich talabasi.

Vohamiz iftixorlari bo‘lgan yoshlarni tabriklab, ularga kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Ma’lumot uchun, mukofot sovrindorlariga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryolik faol yoshlar "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlandi

Prezidentimizning "Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, tengdoshlariga har tomonlama o‘rnak bo‘lib kelayotgan tashabbuskor va yetakchi yoshlar «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlandi.

Ular orasida surxondaryolik quyidagi yoshlar ham bor:

🏅Ismatov Shahzod Baxtiyor o‘g‘li - Termiz shahridagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi,

🏅Xakimjonova Sitoraxon Abduqaxor qizi - Sariosiyo tumanidagi «Sitora Profession» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari.

Vohamiz iftixorlari bo‘lgan yoshlarni tabriklab, ularga kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida shahar va tumanlar studiyalari orqali fuqarolarning navbatdagi onlayn qabuli ham o‘tkazildi. Qabul davomida 176 nafar fuqaroning 184 ta turli masaladagi muammolari tinglandi.

Mutasaddi rahbarlar ishtirokida ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 19 tasi qabul jarayonida ijobiy hal etildi. Qolgan 165 ta murojaat esa qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etgani sababli viloyat, shahar va tuman darajasidagi mas’ul rahbarlarga biriktirilib, nazoratga olindi.

Shuningdek, "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturining joylardagi ijrosi yuzasidan viloyat televideniyesi va Ishchi guruhlar tomonidan o‘tkazilgan tanqidiy o‘rganish natijalari muhokama qilindi.

Eslatma: Vohadoshlarimiz quyidagi havolalar orqali bevosita viloyat hokimiga murojaat yo‘llashlari mumkin:
Telegram guruh: https://www.tg-me.com/qosimovgamurojaat
Telegram bot: @surxondaryouz_bot

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalari, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar hamda tadbirkorlar va fuqarolar bilan onlayn qabul o‘tkazildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахborot 24 | Surxondaryo viloyatida "Dolzarb 90 kunlik" doirasida olib borilayotgan ishlar tafsiloti

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
2025/07/05 16:02:39
Back to Top
HTML Embed Code: