Audio
ЛАЙЛАТУЛ ҚАДР ҲАҚИДА

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳимаҳуллоҳ

➡️ Каналга уланиш
Audio
ЛАЙЛАТУЛ ҚАДР

У РАМАЗОННИНГ ОХИРГИ ЎН КЕЧАСИДА

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳимаҳуллоҳ

➡️ Каналга уланиш
LAYLATUL QADR HAQIDA HADISLAR
23
ЛАЙЛАТУЛ ҚАДР КЕЧАСИ ҲАҚИДАГИ ҲАДИСЛАР

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳимаҳуллоҳ

#Аудио
#Рамазон
«Islom.uz» каналига уланиш
Forwarded from A'zamiy | Blog
#laylatul_qadr

Qadr kechasida:

1 kecha = 83 yildan ko'proq ibodat
1 soat = 9,8 yil ibodat
1 daqiqa = 50 kunlik ibodat
1 soniya = 23 soat ibodat

Shunday muborak kechada har soniyani qadriga yeting!

Istig'for, Zikr, Qur'on tilovat, duo va tahajjud bilan band bo'ling!

Payg'ambarimiz Sollollohi alayhi va sallam dedilar:

Kishi bu kecha iymon va ishonch va ajr olish niyati bilan ibodat ila qoim bo‘lsa, uning avvalgi barcha gunohlari mag‘firat qilinadi. (Buxoriy)


🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Forwarded from A'zamiy | Blog
#laylatul_qadr

Zikrlar

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
#hadis

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kim qirq kun davomida Alloh uchun jamoat bilan namoz o‘qib, takbiri tahrimaga ulgursa, unga ikki baroat: do‘zaxdan baroat (chetlatish) va munofiqlikdan baroat yoziladi».


Imom Termiziy rivoyati.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Hazrati Yusufni zindonda...
Hazrati Ibrohimni olovda...
Hazrati Yunusni baliqning qornida chorasiz qoldirmagan Alloh bizni mushkulotlar ichida qoldiradimi hech..?

Aslo..!

🌱
@azamiy - Qalblar oromi!
Hayit namozlari bir yilda ikki marta kelgani uchun, koʻpchilik ularni qanday ado qilishni yodidan koʻtargan boʻlishi mumkin:

1. Alloh rizoligi uchun Ramazon hayiti namozini o‘qishga niyat qilinadi.

2. Imom “Allohu akbar” deya takbir aytgach jamoat ham qo‘llarini ko‘tarib, ichida iftitoh takbiri (Allohu akbar)ni aytadi.

3. Takbir aytilganidan so‘ng, qo‘lni qovushtirib turib, har kim ichida sano duosini o‘qiydi. So‘ngra imom qo‘llarini quloqlariga ko‘tarib, uch marta takbir aytadi. Jamoat ham unga ergashadi. Birinchi va ikkinchi takbirda qo‘llar yon tomonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan so‘ng qo‘llar bog‘lanib, qiyom holida turiladi.

4. Imom ichida “A’uzu”ni va “Bismillah”ni aytib, ovoz chiqarib “Fotiha” surasini va zam surani o‘qiydi. Takbir aytib ruku va sajda ado etiladi.

5. Shundan so‘ng ikkinchi rakatga turiladi. Imom “Fotiha” surasi bilan zam sura o‘qigach, rukuga bormay turib, xuddi birinchi rakatdagi kabi uch marta takbir aytadi.

6. To‘rtinchi takbirda qo‘l ko‘tarmasdan imom orqasidan ruku va sajda ado qilinadi.

7. Sajdadan so‘ngra “Attahiyyot”, “Salovat” va “Duo” o‘qilib, salom berilib, namoz tugatiladi.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Fuzayl ibn Iyoz rahimahullohdan so‘rashdi: “Eng ajablanarli narsa nima?” U zot dedi: “Qalb Alloh azza va jallaning tanishi, so‘ngra esa Unga osiy bo‘lishidir”.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Muvozanat Rahmonning qo‘lidadir. U ila ba’zi qavmlarni ko‘tarib, ba’zilarini pastga tushiradi”.

Imom Hokim rivoyati.


🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
A’robiydan so‘rashdi: “Oxiri zamonda ekanimizni qanday bilamiz?” U: “Haqni so‘zlovchi kishi so‘zi uchun tovon to‘laganda va yolg‘on guvohlik beruvchi kishi so‘zi uchun haq olgan vaqtda”, dedi.

Shayx Muhammad Hasan Dedu.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Forwarded from Mubaşşir Ahmad
Тун узундир, уни уйқунг билан қисқартирма. Кун мусаффодир, уни гуноҳинг билан кирлама.

Яҳё ибн Муоз роҳимаҳуллоҳ

@MubashshirAhmad
Suyanib yeyishdan saqlan

Abu Juhayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Men suyanib yemayman», dedilar.

Imom Buxoriy rivoyati.


🌱@azamiy - Qalblar oromi!
#hikmatlar

Agar qalb bir soat Allohning zikridan g‘ofil qolarkan, shayton uning qalbiga o‘rnashadi, unga (yolg‘on) va’da beradi, unga umid beradi, unga (dunyo hoyu havaslariga) ishtaha beradi va har bir vodiyda u bilan birga bo‘lib (gunoh ma’siyatga) qiziqtiradi.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Abu Bakr roziyallohu anhu: «Yo Allohning Rasuli, sochingizga oq tushibdi?» dedi. «Hud», «Voqe’a», «Val Mursalot», «Amma yatasaalun» va «Izash-Shamsu kuvvirot»lar sochimga oq tushirdi», dedilar».

Imom Termiziy rivoyati.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Biz "Hayot qisqa, undan lazzat ol!" kabi jumlalarni koʻp eshitamiz.
Biroq "Abadiy hayot uchun tayyorgarlik koʻr!" degan chaqiriqlar quloqqa negadir koʻp chalinmaydi...

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Unutilgan sunnatlardan

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birortangiz namozida tahoratini ketkazib qo‘ysa, burnini ushlasin-da, so‘ngra (qayrilib) chiqib ketsin», dedilar».

Abu Dovud va Ibn Moja rivoyati.

Izoh: Albatta, insondan yel chiqishi uyat, uni obro‘sizlantiradigan ish. Namozdan shunday chiqib ketish odamlarda shubha tug‘dirishi yoki obro‘sining to‘kilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam bunday noqulay holatga tushgan odamga xijolatdan qutulishning ajoyib yo‘lini o‘rgatmoqdalar: «Burnini ushlasin-da, so‘ngra (qayrilib) chiqib ketsin». Shunda odamlar uning burni qonab ketibdi, deb o‘ylashadi. U esa uyatdan qutuladi. Payg‘ambar alayhissalom shunaqa noqulay paytlarda ummatlariga qanday yo‘l tutish haqida tarbiya va ko‘rsatma bermoqdalar.

© Arabicuz

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Bir kishini o‘ta nozik, ta’sirchan bo‘lib qolganini ko‘rsangiz bilingki, u toqatidan-da ortiq ruhiy iztirobni va alamlarni boshidan o‘tkazayotgan ekan.

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
Yozning jazirama issig‘ida komil hijobi va to‘la o‘rangan holida ko‘chaga chiqar ekan, bu holi ila xuddi Robbisiga quyidagicha yuzlanayotgan bo‘ladi: “Allohim, albatta men oxiratdagi do‘zax issig‘i o‘rniga bu dunyoning issig‘i haroratini tanladim, ixtiyor qildim...”.
Issiqlarda o‘ranib yurgan ayollar haqqiga:Alloh ulardan do‘zax issig‘ini chetlatishini, jannat va uning ne’matlari ila rizqlantirishini so‘raymiz...”

🌱@azamiy - Qalblar oromi!
2024/05/20 02:48:15
Back to Top
HTML Embed Code: