Nom qolib mohiyat oʻzgarishi
Bugun bir hurmatli inson, men media guru deb qaraydigan akamiz bilan suhbatlashganimda kompaniya brendi qolaverib, mahsulotlari oʻzgarishi mumkinligiga misol keltirdilar:
Telefonlari bilan mashhur Nokia kompaniyasi avvaliga qogʻoz, keyinchalik rezina etiklar va kabel ishlab chiqargan.
Mitsubishi esa kemasozlik kompaniyasi boʻlgan, keyin konchilik va bankchilik sohasida ham ishlagan.
Men uchun eng zoʻr misol bu dunyodagi eng katta PR, reklama va media holding — WPP Plc. WPP qandaydir Worldwide Public Promotion yoki Worldwide Promotion Partners deb emas, diqqat, quyidagicha yoyiladi:
Wire and Plastic Products, ya’ni sim va plastmassa mahsulotlari.

🔥2
Millatdoshlaridan or qilish kompleksi
Menimcha, men Muhrim aka tushunmagan narsalarini biroz tushunaman.
Ya’ni Oʻzbekistonda bunga har kuni, har qadamda mingta misol topiladi.
Oʻzbeklar oʻzi shunaqa, oʻzi oʻzbek qilgan ish doim pachavasi chiqadi, oʻzbeklar hech qachon odam boʻlmaydi… Shunga oʻxshagan gaplar uyalmay va xijolat tortmay gapiriladi.
Darvoqe, Uzbekonomics muallifi Botir Qobilov ham bir necha marta oʻzimizga nisbatan shunday munosabatimizni “rasizm” deb ataganlarini eshitganman. Albatta, yuzda yuz qoʻshilaman.
Menimcha, Donald Tramp va JD Vens u yoqda tursin, birinchi va ikkinchi xonimlar ham anti-immigratsion siyosat “odam boʻlmaydigan kelgindilar”ga qaratilgan deb oʻylashadi. Oʻzing-chi, desangiz, men bir istesnoman, deyishsa kerak. IMHO.
Ha, hazm qilish qiyin buni. Gʻirt esi pastlik. Lekin Oʻzbekistonda ham shunga oʻxshash holatlar kam emas. Millatga qarshi qarorlarni aynan oʻsha millat vakillari qoʻllab-quvvatlaydi.

Telegram
A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев
Mana shu holatni hech tushunmayman — qanday qilib shunday bo‘lish mumkin? Yo o‘zining, yaqinlarining kimligini esdan chiqarib qo‘yarmikin odam? Odam oxirigacha odam bo‘lib qolgani osonroq emasmi? Mana shu Tramp yo Vanslar kabi odamgarchilikdan chiqishing…
👍2❤1
Obmenkaning oʻzbek boʻlmagan yuzi
2000-yillarda Oʻzbekiston Markaziy Banki ichki buyruq chiqargan. Buni koʻpchilik biladi. Respublika boʻylab barcha valyuta ayirboshlash shaxobchalarida etnik oʻzbeklar ishlashi taqiqlangan.
Va haligacha shu qaror asosli boʻlganiga, ya’ni oʻzbeklarni unday joylarga qoʻysa, qarindosh-urugʻi koʻpligi, yuzxotir va andisha sababli yoʻq deya olmasligini pesh qilib, bu qaror korrupsiyani kamaytirganiga ishonadiganlar bor.
Lekin valyuta harakatini cheklashning oʻzi korrupsiya boʻlgan vaholanki. Obmenkada qaysi millat vakili oʻtirishi ahamiyatsiz ekanini mana bugun koʻryapmiz.
Koʻpincha gap tizimda, ragʻbatlarda.

👍3
Mohira Sulaymanova — serqirra menejer, ham til va mediani, ham moliyani, ham texnologiyalarni tushunadigan super-mutaxassis.
Eng muhimi, mening va menga oʻxshagan koʻp yoshlarning ustozi.
Amity Universitetiga prorektor boʻlibdilar, koʻrgani bordim.
18 yoshimda taylandlik va hindistonlik media professionallar kelib oʻzimizning televideniyechilarga treninglar oʻtganida men volontyor-tarjimon boʻlganman. Mohira opa yoʻl koʻrsatganlar, urishganlar, soʻkkanlar (negadir soʻkmoqchi boʻlsalar “marpat” degan evfimizm ishlatardilar, ammo shu soʻzlaridan qoʻrqib turardik).
Keyin universitetda bir qiziq ish boʻlgan. Facebook’da universitetni tanqid qilgan ikkita talabani rektor chaqirib, gaplashgan. “Terrorist” boʻlib ketmalaring” deb universitet qoshidagi yangi ochilgan ilmiy jurnalga ishga yoʻnaltirgan. Shunda men ham universitet “kiberpank” yoshlari qatorida shu jurnalga ishga kirganman. Boʻlajak ishxonamga kelayotib yoʻlda Mohira opani koʻrib qolganman, “iye, Saidaziz, siz ham shu yerdamisiz?” deganlar. Bilsam, shu yangi tahririyatda rahbar ekanlar.
Koʻp saboqlarini olganmiz, eng qimmatlisi, savodli yozish va gapirishni, qoʻrqmaslikni, izlanuvchan boʻlishni oʻrganganmiz.
Ulardan rosa minnatdormiz. Amity’ning ishlari besh boʻlishiga shubha yoʻq. Yangi rektor oʻzi zoʻr kadr, yana oʻziga oʻxshagan talantlarni yigʻyapti.

👍7
Uzbekistan's Club jurnalimizning g'oyaviy rahbari Muhlisa Azizova 3-son uchun menga hikoya yozishni aytdilar. Jamoa qo‘llab-quvvatladi.
"Menmi? Yo'q, qo'yaqolaylik, tinchgina publitsistligimni qilib yuraveray", dedim.
Turib olishdi, "uddalaysan" deyishdi, ayrim jamoadoshlarim "sendan nima ham chiqardi" deyishdi, (albatta, hazillashib shunday deyishdi, umid qilamanki) yozdim.
Men yozdim, siz o‘qing, tarqating (Usmon Azim "Lolazor"da aytganidek).
Ilk hikoyam mana bu yerda: https://uzbekistans.club/uz/top/saidaziz-azamov

uzbekistans.club
WE ONLY LIVE ONCE
🔥9👍7
Saidaziz A’zamov pinned «Uzbekistan's Club jurnalimizning g'oyaviy rahbari Muhlisa Azizova 3-son uchun menga hikoya yozishni aytdilar. Jamoa qo‘llab-quvvatladi. "Menmi? Yo'q, qo'yaqolaylik, tinchgina publitsistligimni qilib yuraveray", dedim. Turib olishdi, "uddalaysan" deyishdi…»
23-sentabr
Men Telegramda: Aka, ertaga bir choy ichaylik tushlikda.
Javlon Jovliyev: Ertaga? Ertaga men Shohruxxon bilan choy ichish uchun Hindistonga ketyapman.
24-sentabr
O‘zbekistonning yosh iste'dodli yozuvchisi adabiyotchi va nashriyotchilarimizni tamsil qilish uchun Dehliga ketdi.

Javlon Jovliyev
Assalomu alaykum, doʻstlar! Xalqaro forumda qatnashish uchun Hindistonga yoʻl oldik. 🙏
❤1👍1🔥1👏1
Bir doʻstim kecha meni oʻzi taklif qilgan anjumanga ham kelmadi, choyxonaga ham.
Sababini soʻrasam, ijtimoiy batareyam kamayib qoldi, deydi.
Motivatsiya, resurs, travma degan narsalardan keyin endi bunaqasi chiqibdi. Aslida, bular hammasi bor edi. Biz endi anglayapmiz.
Masalan, men juda koʻp odamlar bilan muloqot qilaman, faol yoʻsinda. Shuning uchundir, yakshanba kuni kitob oʻqishni, oilam bilan vaqt oʻtkazishni, uxlashni yaxshi koʻraman.)
Siz-chi?

🔥5👍2❤1
Forwarded from Javlon Jovliyev
Dehlida ijod, kitobxonlik va bugungi notinch davrda yozuvchilarning vazifasi haqida ma’ruza qildik.
@javlonjovliyev
@javlonjovliyev
❤2👍2🔥2👏2
Tutorial Loop
Yoshlar bilan gaplashsam, PR va kommunikatsiyalar sohasida koʻnikmalarni oshirish uchun qaysi kursda oʻqiylik, qaysi universitetga kiraylik, PhD qilaylikmi, degan savollarni berishadi.
Men ularga tajriba orttirishni maslahat beraman. Afsuski, bugungi dunyomizda kurslar oʻqiyverib-oʻqiyverib, amaliyotga yetib borolmay, amaliy bir ish qilmay, oʻralashib qolayotganlar koʻp. Bu fenomenning nomi ham bor: Tutorial Loop.
Mutaxassislar uchun ham, kompaniyalar uchun ham portfolio juda-juda muhim. Butun dunyoda yirik kompaniyalar oʻzlarining jamoalari turib ayrim masalalarda tashqaridan mutaxassis va kompaniyalar jalb qiladi.
Sababi, in-house jamoalarda tajriba cheklangan boʻladi. Autsors kompaniyalar esa xilma-xil loyihalar ustida ishlagani uchun ularning qarashlari va yondashuvlari original boʻladi. (Autsors arzonroqqa tushadi ham, koʻlam hisobiga. Bu haqda keyinroq yozaman).
Tajriba beradigan narsani, ayniqsa turli loyihalar orqali olinadigan tajribani hech qanday kurs yoki kitob bera olmaydi.
Shuning uchun talabalarga va yosh mutaxassislarga turli loyihalarda ishlab koʻrish, tajriba orttirish tavsiya qilinadi.

👏4
Oʻzbeklar hamma yerda bor
Youtube’da yaxshi koʻrib tomosha qiladigan loyihalarimdan birida oʻzbekistonlik yigit chiqibdi.
Yana mana bu videoning 5-daqiqasida va mana bunisining oʻrtasidan oʻtgandan keyin Oʻzbekiston tilga olinadi.
P.S. Bu loyihadan ilhomlanib doʻstim Otabek Ibragimov Edufit degan loyiha qilgan. Shu kungacha Edufitning yuzlab videolari jami 57 million marta koʻrilgan.

YouTube
What Country Is He From?
Enjoy the videos and music you love, upload original content, and share it all with friends, family, and the world on YouTube.
#menbirazamatnibilaman
Javohir Akramov — Qatardagi Jorjtaun Universitetida xalqaro iqtisodiyot oʻqiyotgan oʻzbekistonlik talaba.
Linkedin, X, va Posthaven‘da oʻz fikr-mulohazalari, ayniqsa, startaplar olamiga oid qiziq va foydali qaydlari bilan boʻlishib turadigan nano-inflyuenser.)
Javohir 20ni qoralamay turib, Oʻzbekistonda venchur kapital sohasining bilimdonlaridan va pionerlaridan boʻlgan Abdulahad Sharopov bilan ishlab, tajriba orttirdi. Oʻtgan yoz esa vaqtini Toshkentda Aloqa Ventures’da oʻtkazdi.
Ikkinchi soha (minor) sifatida davlat boshqaruvini oʻrganayotgan xalqimiz Javohiri koʻp tengdoshlaridan bir narsasi bilan farq qiladi: texnologiyalar, startaplar va investitsiyalar bilan bir qatorda siyosatni yaxshi tushunadi, PR va kommunikatsiyalarga qiziqadi.
Bir marta Tashkent Cityda kechki ovqat ustida suhbatlashdik, aminmanki, kelajakda katta ishlar qiladi.

X (formerly Twitter)
Javohir Akramov (@VCinTown) on X
vc, startups, and technology / econ @ georgetown
👍3
Nomda nima ayb? yoxud Yashamasin qirol!
Amerikada yashaganimda faol yuritganim “Dengiz ortidan” blogida Amerikada koʻchalar nomlanishi
haqida yozgan edim.
Nyu-Yorkda “Kings Highway” deb nomlangan koʻcha, bir nechta metro stansiya va joy nomlari bor.
Bugun “katta olma”ning qoq oʻrtasida boʻlib oʻtayotgan ommaviy namoyishning nomi esa “No Kings”
Achtung: bu Trampga qarshi norozilik, koʻcha nomini oʻzgartirish talabi bilan qilinayotgan murojaat emas.

Dengiz ortidan
Amerikada ko'chalar nomlanishi haqida yozgan edim.
O'zim Nyu-Yorkda Kingz Hayuey ko'chasi yaqinida yashaganman, Metro videosini qo'ygan edim, o'sha stansiyaning nomi ham Kingz Hayuey, ya'ni King's Highway, ya'ni Qirol katta yo'li.
Agar bu nom qayerdan…

👍2🔥1
Ismlar va so'z o'yinlari
Adolatli bolalar
Bugun Alisher Sa'dullayev o'zining "Stenford kundaligi"da #SEPNotes (Stanford Executive Program konspektlari) rukni ostida navbatdagi postini joyladi. Sevimli professori Ilya Strebulaevdan venchur kapitali tarixiga oid "Haq to‘lash revolyutsiyasi" mavzusini yoritar ekan, u 1950-yillarga, Kremniy vodiysi shakllanishiga turtki bo'lgan voqeaga yuzlanadi.
Gap shundaki, Kremniy vodiysi ildizidagi umumiy kapitalizatsiyasi allaqachon trillion dollardan oshib ketgan kompaniyalarni Fairchild Semiconductors kompaniyasini o‘zlariga to‘lanayotgan haqni adolatsiz deb topib, tark etgan muhandislar barpo qilgan. Mauntin Vyu shahridagi muzey eksponatida ushbu sakkizta muhandisni hazillashib "Fairchildren" (Adolatli farzandlar) deb atashgan. Sakkiz muhandis haqini adolatsiz ado etgan kompaniya va uning asoschisining ismi "Fairchild" bo‘lgani bir kulgili tasodif chindan ham.
Apple kompaniyasida ishlagan Sam Sung
Kecha LinkedInda Sam Struan ismli yigit post qoldiribdi. U Business Insider va boshqa nashrlar e'lon qilgan maqolalarga ishora qilib, o‘z ismini o‘zgartirgani haqida hikoya qiladi.
Shotlandiyaliklarning mashhur ismi Struanni o‘ziga familiya qilib olgan Samning dastlabki familiyasi Sung bo‘lib, u Shotlandiya va Kanadada Apple kompaniyasida ishlagan. 2010-yillarda uning tashrif qog‘ozi internetda tarqalib, "Apple'da ishlaydigan Sam Sung" deb nomlangan mem paydo bo‘lgan ekan.
Jimmy Kimmel shousidagi "ismi jismiga mos"lar
Bunday ironiyali ismlar tarixda ham, bugungi kunda ham ko‘p uchragan. Masalan, kechagina Youtube‘da qo‘yilgan videoda Economix kanali muallifi Lehman Brothers‘ning 2008-yilgi inqirozga turtki bergan rahbari Dick Fuld (Fuld "fooled" (ya'ni aldagan yoki aldangan) so'zi bilan ohangdosh) ni "moliya tarixidagi eng двусмысленный ismga ega shaxs" deb ta'riflagandi.
Yana Jimmy Kimmel bir necha marta o‘z shoularida ismi jismiga, aniqrog‘i kasbiga mos odamlarni olib chiqqan (1, 2), vaqtingiz oshib toshib ketganida ko‘ring.)
Albatta, o‘zbeklarning ismlarida ham shunday so‘z o‘yinlari ko‘p topilsa kerak. Hozircha, faqat Munojat kuylab butun dunyo bo‘ylab minglab kilometr yo‘l bosib o‘tgan Munojat Yo‘lchiyeva xayolimga keldi xolos.✌️
@azamov_com
Adolatli bolalar
Bugun Alisher Sa'dullayev o'zining "Stenford kundaligi"da #SEPNotes (Stanford Executive Program konspektlari) rukni ostida navbatdagi postini joyladi. Sevimli professori Ilya Strebulaevdan venchur kapitali tarixiga oid "Haq to‘lash revolyutsiyasi" mavzusini yoritar ekan, u 1950-yillarga, Kremniy vodiysi shakllanishiga turtki bo'lgan voqeaga yuzlanadi.
Gap shundaki, Kremniy vodiysi ildizidagi umumiy kapitalizatsiyasi allaqachon trillion dollardan oshib ketgan kompaniyalarni Fairchild Semiconductors kompaniyasini o‘zlariga to‘lanayotgan haqni adolatsiz deb topib, tark etgan muhandislar barpo qilgan. Mauntin Vyu shahridagi muzey eksponatida ushbu sakkizta muhandisni hazillashib "Fairchildren" (Adolatli farzandlar) deb atashgan. Sakkiz muhandis haqini adolatsiz ado etgan kompaniya va uning asoschisining ismi "Fairchild" bo‘lgani bir kulgili tasodif chindan ham.
Apple kompaniyasida ishlagan Sam Sung
Kecha LinkedInda Sam Struan ismli yigit post qoldiribdi. U Business Insider va boshqa nashrlar e'lon qilgan maqolalarga ishora qilib, o‘z ismini o‘zgartirgani haqida hikoya qiladi.
Shotlandiyaliklarning mashhur ismi Struanni o‘ziga familiya qilib olgan Samning dastlabki familiyasi Sung bo‘lib, u Shotlandiya va Kanadada Apple kompaniyasida ishlagan. 2010-yillarda uning tashrif qog‘ozi internetda tarqalib, "Apple'da ishlaydigan Sam Sung" deb nomlangan mem paydo bo‘lgan ekan.
Jimmy Kimmel shousidagi "ismi jismiga mos"lar
Bunday ironiyali ismlar tarixda ham, bugungi kunda ham ko‘p uchragan. Masalan, kechagina Youtube‘da qo‘yilgan videoda Economix kanali muallifi Lehman Brothers‘ning 2008-yilgi inqirozga turtki bergan rahbari Dick Fuld (Fuld "fooled" (ya'ni aldagan yoki aldangan) so'zi bilan ohangdosh) ni "moliya tarixidagi eng двусмысленный ismga ega shaxs" deb ta'riflagandi.
Yana Jimmy Kimmel bir necha marta o‘z shoularida ismi jismiga, aniqrog‘i kasbiga mos odamlarni olib chiqqan (1, 2), vaqtingiz oshib toshib ketganida ko‘ring.)
Albatta, o‘zbeklarning ismlarida ham shunday so‘z o‘yinlari ko‘p topilsa kerak. Hozircha, faqat Munojat kuylab butun dunyo bo‘ylab minglab kilometr yo‘l bosib o‘tgan Munojat Yo‘lchiyeva xayolimga keldi xolos.
@azamov_com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
Stenford Kundaligi
#SEPnotes
Ilya Strebulaev darslaridan xulosalar (8-qism) (3/9) :
“COMPENSATION REVOLUTION“
Tasavvur qiling, birgina yil butun dunyo tarixini keskin o‘zgartirib yuborishi mumkin. 1957 yilda Sputnik kosmik poygani boshlab berdi. Osiyodagi grip, pandemiyani…

👍1
2025-yilning aprelidan beri Toshkentda sezilarli yomgʻir yogʻgani yoʻq. Iyun va sentyabrda biroz yogʻingarchilik kuzatildi. Ammo oktyabr nisbatan iliq va quruq oʻtyapti.
Kecha Sanjar Said “yomgʻirni sogʻindim” deb yozgan ekanlar.
Umuman, meteorologlar ham quvonarli boʻlmagan ma’lumotlarni ulashmoqda.
Siz-chi? Siz yomgʻirni sogʻindingizmi?

Санжар Саид | канал
Ёмғирни соғиндим. Унинг шитир-шитири, покиза ҳидини, томчиларнинг салқинлигини, ёмғир уйғотадиган хотираларни...
Ёмғирни соғиндим. Осмонни, баргларни, қалбларни ғуборлардан аритишини, кўнгилга илиқ ва ёқимли туйғуларни бахш этишини...
Охирги марта қачон…