Telegram Web Link
Ismlar va so'z o'yinlari

Adolatli bolalar

Bugun Alisher Sa'dullayev o'zining "Stenford kundaligi"da #SEPNotes (Stanford Executive Program konspektlari) rukni ostida navbatdagi postini joyladi. Sevimli professori Ilya Strebulaevdan venchur kapitali tarixiga oid "Haq to‘lash revolyutsiyasi" mavzusini yoritar ekan, u 1950-yillarga, Kremniy vodiysi shakllanishiga turtki bo'lgan voqeaga yuzlanadi.

Gap shundaki, Kremniy vodiysi ildizidagi umumiy kapitalizatsiyasi allaqachon trillion dollardan oshib ketgan kompaniyalarni Fairchild Semiconductors kompaniyasini o‘zlariga to‘lanayotgan haqni adolatsiz deb topib, tark etgan muhandislar barpo qilgan. Mauntin Vyu shahridagi muzey eksponatida ushbu sakkizta muhandisni hazillashib "Fairchildren" (Adolatli farzandlar) deb atashgan. Sakkiz muhandis haqini adolatsiz ado etgan kompaniya va uning asoschisining ismi "Fairchild" bo‘lgani bir kulgili tasodif chindan ham.

Apple kompaniyasida ishlagan Sam Sung

Kecha LinkedInda Sam Struan ismli yigit post qoldiribdi. U Business Insider va boshqa nashrlar e'lon qilgan maqolalarga ishora qilib, o‘z ismini o‘zgartirgani haqida hikoya qiladi.

Shotlandiyaliklarning mashhur ismi Struanni o‘ziga familiya qilib olgan Samning dastlabki familiyasi Sung bo‘lib, u Shotlandiya va Kanadada Apple kompaniyasida ishlagan. 2010-yillarda uning tashrif qog‘ozi internetda tarqalib, "Apple'da ishlaydigan Sam Sung" deb nomlangan mem paydo bo‘lgan ekan.

Jimmy Kimmel shousidagi "ismi jismiga mos"lar

Bunday ironiyali ismlar tarixda ham, bugungi kunda ham ko‘p uchragan. Masalan, kechagina Youtube‘da qo‘yilgan videoda Economix kanali muallifi Lehman Brothers‘ning 2008-yilgi inqirozga turtki bergan rahbari Dick Fuld (Fuld "fooled" (ya'ni aldagan yoki aldangan) so'zi bilan ohangdosh) ni "moliya tarixidagi eng двусмысленный ismga ega shaxs" deb ta'riflagandi.

Yana Jimmy Kimmel bir necha marta o‘z shoularida ismi jismiga, aniqrog‘i kasbiga mos odamlarni olib chiqqan (1, 2), vaqtingiz oshib toshib ketganida ko‘ring.)

Albatta, o‘zbeklarning ismlarida ham shunday so‘z o‘yinlari ko‘p topilsa kerak. Hozircha, faqat Munojat kuylab butun dunyo bo‘ylab minglab kilometr yo‘l bosib o‘tgan Munojat Yo‘lchiyeva xayolimga keldi xolos. ✌️

@azamov_com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
2025/10/26 13:03:03
Back to Top
HTML Embed Code: