Forwarded from Uzbekistan’s club
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirlarning markaziy voqeasi – 5-iyun kuni Abu-Dabida o‘tadigan BAA-O‘zbekiston hamda 10-iyundagi O‘zbekiston-Qatar o‘yinlari. ⚽️
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Zo‘r TV bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihaning barcha xarajatlari Kapitalbank, Uzum va Ucell kompaniyalari tomonidan to‘liq moliyalashtirilmoqda. Ushbu kompaniyalar O‘zbekistonda inson kapitali va iste’dodlarni rag‘batlantirishni o‘z ijtimoiy mas’uliyatining muhim qismi deb hisoblaydi.
100 mingdan ortiq yoshlar (16 yoshdan 40 yoshgacha) qatnashishi kutilayotgan tadbirlar dasturiga nafaqat futbol namoyishi, balki konsertlar hamda motivatsion shoular ham kiritilgan.
👉 Ularda ishtirok etish uchun Telegramda @land_uzbot orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
5-iyun kuni “O‘zbekiston – iste’dodlar zamini” yoshlar harakati tadbirlari soat 19:00 dan boshlanadi.
🤝 Axborot hamkorlari: Kun.uz, Gazeta.uz, Daryo.uz, Qalampir.uz, Repost.uz, Championat Asia, Uznews.uz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Uzbekistan’s club
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliy termamizning JCHga chiqishi arafasida Uzbekistan: Land of Talents global kampaniyasiga start berildi.
Kampaniyaning maqsadi – O‘zbekiston uchun yangi brendni shakllantirish, uni turli sohalar bo‘yicha iste’dodlar zamini sifatida namoyish etish.
Kampaniyaning ilk loyihasi Toshkent shahar hokimligi tashabbusi ostida Zo'r TV bilan hamkorlikda oʻtkazilgan “O‘zbekiston – iste’dodlar zamini” yoshlar harakati, xususan, Toshkent markazida 10-iyun kungi o‘yin va taqdirlash marosimining jonli namoyishi hamda “Salom, Mundial!” supershousi bo‘ldi.
Uzbekistan: Land of Talents davom etadi. Kampaniya tashabbuschisi Uzbekistan's Club jamoasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda quyidagilarni tashkil etishni rejalashtirgan:
- Milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kreativ merchlar kolleksiyasi,
- Futbolchilarimizga bag‘ishlangan musiqiy manifest – milliy terma madhiyasi,
- Ijtimoiy tarmoqlarda maxsus xalqaro chellenj,
- Mundial sari bosib o‘tilgan yo‘l haqida “O‘zbekistonlik” turkumidan badiiy-hujjatli filmlar,
- Uzbekistan’s Club jurnalining maxsus soni,
- O‘zbekistonlik futbol iste’dodlari salohiyatini namoyish etishga qaratilgan FIFA bosh qarorgohi hamda yirik futbol mamlakatlarida bo‘lib o‘tadigan anjumanlar,
- FIFA World Stars termasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari,
- AQSH va Kanadadagi vatandoshlar ishtirokida “O‘zbekistonlik” kubogi,
- Milliy termamizning jahon chempionatidagi o‘yinlarini ommaviy namoyish etish tadbirlari.
Global promoushn kampaniya – murakkab, keng qamrovli, strategik loyiha. Uni bir tashkilot yoki bir jamoa amalga oshira olmaydi. Kampaniyani hayotga tatbiq etilishiga ko‘maklashayotgan yirik kompaniyalar bo‘lmish Kapitalbank, Uzum va Ucell o‘zining ijtimoiy mas’uliyatini namoyon qilmoqda. Uzbekistan: Land of Talents O‘zbekiston kelajagi uchun muhim loyihalarga befarq bo‘lmagan bizneslar bilan hamkorlik qilishga bel bog‘lagan.

❤3👏1
Forwarded from Prof. Sherzod
Бу саҳифа Уолтер Айзексон ёзган Стив Жобс биографиясидан. Диққатимни тортган гапнинг тагини чизиб қўйдим.
"Ўзбекистон" ғарбликлар учун ўта экзотик жой. Кўплар қаердалигини билмайди. 20 йил олдин Манчестерда бир гуруҳ қариялар қаерданлигимни сўрашганида, "Uzbekistan" десам, "East Pakistan?" дейишгани эсимда. Бундай ўқимаган одамлар қулоғига Ватанимиз номи антиқа эшитилса керак.
Афсуски, кўп ёзувчилар буни суиистеъмол қилишади. Ўзбекистон ҳақида яримта нарса билмасада, ўқувчиларини кулдиради деб ўйлайдими, билмадим, Ўзбекистон номини шундай мисолларда ишлатишади. Ҳатто Айзексондек ҳурматли ёзувчилар ҳам. Ҳатто Жонатан Франзендек машҳур романчилар ҳам (The Corrections асарида).
Биламиз, бу Ўзбекистоннинг асл репутацияси эмас. Аммо шундай гапларда абадий мисол бўлиб қолмаслик учун, ўзбекистонликлар оламшумул ишлар қилишимиз керак, менимча. Биз бўлмасак, болаларимиз. Ўзбекистон шундай мусиқа плеерлари ишлаб чиқариши керакки, Айзексонларнинг оғзи ёпилсин.
Ана, футболчиларимиз бошлаб беришди.
@profsherzod

❤4🔥2👍1
El-yurtning umidi nimadan?
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori, fan doktori Gulnoza Ismoilova bilan koʻrishdim. Uzbekistan’s Club jurnalining kelasi soniga intervyu qilish uchun.
Shu yilning mayida Oʻzbekiston Prezidenti yangi qaror bilan fond faoliyatini keyingi bosqichga olib chiqishga koʻrsatma berdi. Avvalroq Diplomatiya universiteti prorektori boʻlgan 20 yillik stajga ega olima yangi rahbar sifatida tayinlandi.
Menimcha, shunchaki ilm bilan shugʻullangan va davlat tashkilotiga rahbarlik qilmagan odamni bu lavozimga qoʻyish yangicha yondashuv va oʻzgarishga ochiq boʻlishni kafolatlashi kerak.
Yangilanish, transformatsiya nega kerak boʻlib qoldi?
2018-yil fond ochilganda iqtisodiyotning turli sohalariga mutaxassislar kerak edi. Yillar oʻtib, hozirga kelib, koʻp sohalar — alxusus, Oʻzbekistonda ham ta’lim imkoniyatlari kengaygani ortidan — nisbatan toʻyindi.
Fond oldida millionlab yoshlar ichidan chiqqan minglab da’vogarlar arizalarini koʻrib chiqish va yiliga bor yoʻgʻi bir necha yuz yigit-qizni qoʻllab-quvvatlash vazifasi turibdi.
Xoʻsh, endi nima boshqacha boʻladi?
Fond endi faqat STEM (aniq va tabiiy fanlar, texnologiya va muhandislik) sohalarida oʻqish boʻyicha dunyoning top universitetlari bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlariga kirgan talabalarga grant beradi.
Fond stipendiatlari oʻqishni tamomlab, xorijdagi kompaniyalarga stajirovkaga qabul qilingan taqdirda, ular Oʻzbekistonga qaytishi sharti kechiktiriladi.
Fond nafaqat xorijga oʻqishga yuborish, balki mahalliy mutaxassislarning xorijdagi stajirovkalarga joʻnatish, Oʻzbekistonda xorijiy universitetlar bilan qoʻshma dasturlar ochish, chet el professorlarini Oʻzbekistonga jalb qilish bilan shugʻullanadi.
Jamgʻarma direktori aytishicha, EYUF Oʻzbekistonning eng salohiyatli kadrlari “fabrikasi”ga (кузница кадров) aylanishni maqsad qilgan.

🔥3
Biznikilar chetga ketishi yo‘qotishmi yoki imkoniyat?
Kecha Pivot shu haqda maqola tayyorlabdi. Bu O‘zbekiston uchun eng katta mavzulardan biri. Sababi YaIMning taxminan 15 foiziga teng pul jo‘natmalari. Yiliga 20 milliard (!) dollar jo‘natmaning o‘zi katta gap.
Pul jo‘natmalarini chetga surib turaylik
Armaniston, Filippin, Isroil, Livan va Hindiston kabi ko‘plab mamlakatlar misolida xorijdagi diasporalar savdo aloqalarida, ilg‘or tajribalarni vatanga olib kelishda, biznesni rivojlantirishda roli katta.
Faqat xorijdagi vatandoshlarimizga — xoh ular malaka talab qilmaydigan kasb-hunarlarni tutgan bo‘lsin, xoh katta-katta kompaniyalarda ishlasin — to‘g‘ri signal bera olishimiz kerak.
Kichik misol: vidik olib kelsangiz, boj yo‘q
1960-yillardan boshlab yuzlagan turklar Germaniyaga keta boshlagan, ko‘pchilikka ma‘lum, u yerda haligacha katta turk diasporasi bor. 1980-yillarda Turkiya hukumati o‘z vatandoshlariga Germaniyadan video magnitofonlar olib kirishda bojxona to‘lovlarini bekor qiladi.
Shu tufayli yuz minglab turk oilalari uyida kino ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa yangi bozor yaratib, Turkiyada mustaqil videofilmlar, seriallar va videoijara do‘konlari paydo bo‘lishiga turtki bergan. Natijada, turk kinosanoati rivojlangan.
Shunday bojsiz import siyosati boshqa tovarlar, xususan, tikuv mashinalari va boshqa jihozlarga ham qo‘llangan. Natijada Turkiyada sanoat rivojlangan.
Qaytsam, axir O‘zbekistonda hamma narsa dabdala-ku
Kecha San-Fransiskodan kelgan bir do‘stimiz bilan gaplashdik. U "O‘zbekistonda davlat ishlariga kirishda, biznes qilishda tanish-bilishchilik va korrupsiya elementlari ko‘p-ku" dedi. (So‘ramadiyam, aniq bilgandek aytdi, O‘zbekistondagi kompaniya va tashkilotlarning HR brendi bilan shug‘ullanuvchilarga mana katta "alert".)
Umumiyatla, ming afsus, u haq. Lekin aynan u kabi Kremniy vodiysidagi yirik IT kompaniyalarida ishlagan mutaxassislar uchun ko‘p tashkilot va kompaniyalarda meritokratiya (bilim va qobiliyat ustuvorligi) derazasi yetarlicha ochiq.
Ya'ni O‘zbekistonda nepotizm va korrupsiya bormi? Bor. Mutlaq hamma yerda va barcha sohalar-u lavozimlar kesimida shundaymi? Yo'q albatta. Hamma gap detallarda.
Hammasi dabdala emas-u, lekin
Chet eldagi eng tadbirkor, eng iste'dodli va tirishqoq o'zbekistonliklarning vatanga qaytishi uchun sharoit yaratish uchun ham ko'p narsa qilinishi kerak. Ularga bo‘lgan munosabat o‘zgarishi lozim. Mehnat huquqlari ta'minlanishi, insoniylik bo‘lishi zarur.
Xullas, diasporalarimiz — bitmas-tuganmas imkoniyat manbasi. Faqat undan foydalanishni o‘rganishimiz kerak.
O‘zbek baribir pul jo‘natadi, baribir vatanni sog‘inadi, katta ehtimol bilan baribir qaytadi.

❤2
Yangi O‘zbekiston rostan ham yangimi?
Yoki "yangi"mi?..
Men uchun O‘zbekiston o‘sha-o‘sha O‘zbekiston, ammo o‘zgarishlar yo‘q emas. Kichkina misolda tushuntiraman.
Yaqinda bir ustozim menga qo‘ng‘iroq qilib, universitetimizdagi (JOKU) talabalarni chet eldagi konferensiyalarga yuborishimiz kerak, grantlarda qatnashsin, yuqoridan ham shunday talab bo‘lgan, dedilar.
Rosa o‘yga cho‘mib qoldim...
2014-yil UNICEF‘ning Istanbuldagi konferensiyasida qatnashish uchun grant yutib oldim, 2-kursga o‘tgan jurfak talabasiman. OVIR (18dan yosh o‘quvchilarim, siz buni nimaligini bilmaysiz, Google qiling). hujjatlarini tayyorlash uchun rektoratga bordim.
Turkiyadan kelgan taklifnomalarni ko‘rsatdim, tushuntirdim, aytishdiki, "Oliy ta‘lim vaziri nomiga xat yozish kerak, 1 oyda javob keladi". Ya‘ni yo‘q deyishdi. Konferensiya 2 haftadan keyin tugab sob bo‘ladi.
2015-yil Nyu-Yorkdagi BMT yozgi maktabiga grant yutdim. Universitetdan ruxsat so‘rash befoyda bo‘lgani uchun "паспортный стол"ga borib universitetga kirmaganman, ishlayman deb, bir tanish akamizning o‘quv markazidan spravka eltdim. OVIR chiqdi, viza chiqdi, ketdim.
Ancha paytgacha Amerikaga borganimni berkitdim, hech kimga aytmadim, Facebook‘da post qo‘ymadim, Instagram‘da ham. Telegramda mum tishladim.
Kechaginda American University in Tashkent‘da o‘qiydigan Rahmatulloh degan yigit bilan qavha ichdik.
U avgustda Yaponiyada bo‘lib o‘tgan Garvard konferensiyasiga borgani haqida aytib berdi.
Men esa unga "Biz universitetda o‘qigan paytda xalqaro bo‘lim talabalarning pasportini tekshirar edi" dedim. "Nega?" dedi u. "Kirish-chiqish muxrlarini tekshirishar edi, chet elga chiqqanlarni talabalar safidan chetlatishlari ham mumkin edi" dedim. Yosh "amerikalik" lol-u hayron qoldi. Tasavvurigayam sig‘madi.
Umuman, bu Z avlod ancha omadli. Masalan, shu Rahmatullohning o‘zi maktab davrida FLEX dasturi bo‘yicha AQSHda o‘qib kelgan, bu dastur 2000-yillarda ochilib, aynan biz o‘qigan paytda to‘xtatilgan edi.
O‘zi #menbirazamatnibilaman degan rubrika qilsam bo‘larkan. Mana Rahma birinchi qahramoni bo‘lardi.

👍5🔥2❤1
Kelasi yil Oʻzbekistonda aholi hisoblanar ekan — перепись населения deydi-ku.
Men 2019-2022-yillarda Amerikada yashadim. Shunda COVIDni ham koʻrdim, har 10 yilda bir marta boʻladigan aholini roʻyxatdan oʻtkazish jarayoniga ham guvoh boʻldim, oʻzim ham qatnashdim.
Bizda oxirgi marta aholi 1989-yilda roʻyxatlangan.
Bizga BMT aholishunoslik jamgʻarmasi orqali Belarus yordam beryapti, oʻqishimcha.
Darvoqe, Belarusda oxirgi perepis’ 2019-yilda oʻtkazilgan, shunda aholisi 9,4 million chiqqan uning.
MDH davlatlari oxirgi aholini roʻyxatga olishni Qirgʻiziston va Armaniston (2022), Rossiya hamda Qozogʻiston (2021), Belarus (2019), Moldova (2014), Turkmaniston (2012), Tojikiston (2010), Ozarbayjon (2009) yillarda oʻtkazgan boʻlsa, Oʻzbekiston esa 1989-yildan beri oʻtkazmay eng kechikkan mamlakat boʻlib qolayotgandi.
PS: Dunyoda ikkitadan bittasi ekanmiz-ku umuman.

Ўзбекистон Республикаси Президенти
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkaziladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-sentyabr kuni aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarini samarali tashkil etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Ulugʻbek Shukurillayev — Toshkentdagi Webster Universitetida qabul va marketing boʻyicha direktor, уровень проректора.
Bu yil ham universitet belgilagan maqsadidan koʻproq talabalar jalb qilgan. Oʻzim ham oʻqigim kelib ketadi Webster’ga qarab.
Ulugʻbek universitet ochilganidan beri (ehtimol, ochilishidan ham avvalroq) shu yerda ishlab keladi. “Bolamdek boʻlib qolgan universitet, katta qizim bilan baravar — 6 yoshda”, deydi u.
2012-yil Fond Forumda tanishganmiz, keyinchalik birga YLDP degan loyihalarni qildik, 10 yildan beri choyxona ulfatmiz (afsus, choyxonaga kelishga vaqtimiz boʻlmaydi). Eng muvaffaqiyatlilarimizdan biri.
Uzbekistan’s Club jurnalimizni sovgʻa qildim, soʻkish ham eshitib oldim kechikib eltganim uchun.)

❤5👍2
Yo'qotilgan avlod
Amerikalik tanishlarim bilan gaplashsam, Tramp siyosatidan nolishadi, vatanlari taqdiri haqida qayg‘urishadi.
Hozir ayniqsa universitetlar va ilm-fanga davlat ko‘magi qisqarayotganidan xavotirda ular, masalan.
Oliy ta‘lim xronikasi jurnalida ham shu haqda material chiqibdi. E'tiborimni sarlavhadagi gap tortdi: Tadqiqotchilarning yo'qotilgan avlodi.
Keyin qiziqib tekshirsam, "yo'qotilgan avlod" atamasining tarixi bor ekan. Men bilmagan ekanman.
Britannica ensiklopediyasida shunday ta'rif berilgan ekan:
[ChatGPT tarjimasi, juz'iy xatoliklarga ko'z yumasiz endi.]
Qiziq, Karimov davrida voyaga yetib qarigan avlod nima deyilarkan? )

Yo‘qolgan avlod — Birinchi jahon urushi davrida voyaga yetgan va 1920-yillarda Parij markazida adabiy obro‘ qozongan, amerikalik bir guruh yozuvchilarga nisbatan ishlatiladigan atama.
Atamani Gertrude Stein tilga kiritgan, Ernest Hemingway esa mashhur qilgan: u iborani 1926-yildagi The Sun Also Rises (Quyosh baribir chiqaveradi) romaniga epigraf sifatida qo‘llagan; asar urushdan keyingi Parijdagi umidsizlanib qolgan ekspatlar kayfiyatini aks ettiradi.
Yo‘qolgan avlodga mansub ayrim nomlar: Ernest Hemingway, F. Scott Fitzgerald, John Dos Passos, E. E. Cummings, Archibald MacLeish, Hart Crane.
Atama kengroq ma’noda ham — urushdan keyingi butun avlodga — ishlatiladi.
[ChatGPT tarjimasi, juz'iy xatoliklarga ko'z yumasiz endi.]
Qiziq, Karimov davrida voyaga yetib qarigan avlod nima deyilarkan? )
The Chronicle of Higher Education
How Trump’s Cuts to Science Funding Are Derailing Young Scholars’ Careers
Budding academics are delaying their graduate studies, continuing them abroad, or forgoing them entirely.
👍2
Oldingi postga bog'liq emas. Balki bog'liqdir.
Shunchaki lentamdan chiqib qoldi.
Shu rasmni "Yil fotosurati" deyishayotganmish.
Albatta ommaviy noroziliklar kelib chiqishi bir kunda bir sabab bilan bo'lmaydi. Unga zo'riqish sabab bo'ladi ko'p yillik.
Xullas, yuzaki qaraganda: nepallik yoshlar ijtimoiy tarmoqlar bloklangani uchun qo'zg'olon qilishdi, butun hukumat iste'foga chiqdi, tarmoqlar blokdan yechildi. Qolgani va qolmaganini rasm aytib turibdi.

Forwarded from Madina Nurman
Xullas sportzalga yana imkon berishga qaror qildim. Shvabra berib kelinsalom qildirishdi. Keyin bolgarcha qulashlar qildim. Rumincha qulashga hali erta, dedi, baxtimga. Eng rasvo mashqlar reytingida davlatlar bir-biridan o’tmoqchi bo’lgan, manimcha.
Arqoncho’zar va blinchik ko’tarar mashqlaridan keyin ko’z oldim qorong’ulashib yoshim esimga keldi. “Endi qo’lga ishlaymiz”, deganida “shuncha payt nimaga ishladik”, deb baqirvordim. Turnikka ilib qo’yganida rahmatli buvimning arvohi kirib keldi zalga go’yo. Final qismida ellipsoidga borishimni aytdi. Keyin 10 daqiqa zinachiqar, dedi.
“Men suv ichib kelay”, deb taksiga chiqib ketdim cho’loqlanib yugurib. Undan ko’ra tennisga boraman.

❤2😁2👍1🔥1
Ikki emas, to‘rt til kerak
LinkedIn‘da O‘zbekistonning muvaffaqiyatli ayol tadbirkorlaridan Nigora Akilova bir post qoldiribdilar.
Pizza Pitch tadbirlaridan biriga borganlarida tadbirkor qizlarning uchta tilda bemalol gaplasha olayotganiga e‘tibor qaratibdilar postda.
Yana bir narsani ta‘kidlabdilar, (masalan, men to‘g‘risi o‘ylab ko‘rmagan ekanman), ki ingliz, rus va o‘zbek tillari umuman boshqa-boshqa til oilalariga mansub. Bu miyamizning naqadar moslashuvchan va o‘zimizni qanchalik zehnli, uquvli ekanmizni ko‘rsatadi.
100 foiz qo‘shilaman. Biz asrlar davomida zullisonayn bo‘lganmiz. Bu bizga beradigan kuchli tomonlardan foydalanish lozim.
O‘zbekcha va inglizchadan keyin 3- va 4- til qaysi til bo‘lishi kerak?
Rus tili yildan yilga o‘z jozibasini yo‘qotib borar ekan (ko‘p progressiv ruslar ingliz tilini ham biladi, masalan), ruschadan boshqa ikkita tilga urg‘u berish zarur deb o‘ylayman: arab va xitoy.
Global Janubdagi aynan O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi katta va bizga geografik jihatdan yaqin yetakchilar bu Ko‘rfaz mamlakatlari va Xitoy.

👍3
Mezbonda o‘ynash afzalligi — home court advantage
Bugun yakshanba. Hafta davomida ulgurmaganlarimni o‘qiyotib ko‘zim tushdi: Kapadze milliy terma murabbiyligi atrofidagi vaziyatga munosabat bildiribdi.
Shu mavzuda qisqacha yozmoqchi edim, lekin cho‘zildi. Bu haqda ko‘p yozish, o‘nlab post yozish, kitob chiqarish, film ishlash mumkin.
Biz o‘zimiznikilarni qadrlashni va ularga imkoniyat berishni o‘rganishimiz kerak.
Agar Yevropadan mutaxassislar olib kelinib bir loyiha qilinsa (millionlar ketgazib), og‘zimiz bol tomib alqaymiz. Shunday ishni o‘zimiznikilar qilsa, ishga, natijaga emas, odamga qaraymiz.
"Chet elliklar baribir yaxshi" degan fikr bor, Said Ahmadning yozgani afsuski 60-70 yil o‘tsa ham aktual: Xo‘rozqand chet elniki desa, yotib olib yalaymiz.
O‘zimiznikilar biror katta ishga qo‘l ursa, "tajribasi bo‘lmaganiga qaramasdan, yurak yutib, o‘zini qiynab, shu ishni qilibdi, barakalla" demaymiz. Endi o‘zimizda ham bu sohada tajriba to‘planadi demaymiz.
Kechagina mishig‘ini oqqizib yurgandi, bunga bu ishni qilishga yo‘l bo‘lsin deymiz.
Mana Timur Kapadze — eng katta og‘riqli misol. U uddalaydi, to‘g‘ri aynan JCH oldidan ishlash tajribasi yo‘qdir, ammo yigitlarimizning tilini yaxshi tushunadi.
Agar Timur Kapadze aynan O‘zbekiston milliy termasi bilan tajriba to‘plamasa, qayerdan to‘playdi?
Uyda devorlar ham yordam beradi. Uyda nisbatan osonroq. O‘zimiznikilarga o‘z uyida rivojlanishga imkon berish zarur.

Газета.uz
“U yerda bo‘lmasa, qayerda tajriba yig‘amiz”. Kapadze o‘zbek murabbiylari ham JCHda tajriba orttirishi kerakligini aytdi – Gazeta
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze o‘zbek murabbiylari ham JCHda tajriba ortirishi kerakligini aytdi. 'Jahon chempionatida bo‘lmasa, [boshqa] qayerda tajriba yig‘amiz. Yig‘ilgan tajriba shu yerda — o‘zbek futbolida qo‘llaniladiku'…
👍3❤1🔥1
Bu videodagi rus va ingliz tilini “chochib qoʻyadigan” opa-uka ham xitoychani oʻrganishni niyat qilishibdi.
Yana aniq fanlar boʻyicha ham qiziqishlari katta ekan.

YouTube
“Opasida 8, ukasida esa 8,5 ball” – IELTS’dan yuqori ball olgan kitobxonlar oilasi
Ma’mura Qutliyeva farzandlariga haqiqiy namuna — u 1000 dan ortiq turli mavzudagi kitoblarni o‘qib tugatgan. Farzandlari uchun uyida kichik kutubxona tashkil qilgan. Opa-uka yosh bo‘lishiga qaramay 200 dan ortiq kitobni mutolaa qilib ulgurgan. Ular yaqinda…
👍3
Forwarded from Hayotullo Ismailov | aka Golden LIFE
Talabalikka tavsiya etildi.
1-kurs talabalari uchun afsona va haqiqatlar:
1. Baho muhimmas, bilim muhim❌
Baho hamma joyda, har doim muhim bo'lgan va bo'ladi✅
— Bazaviy stipendiya, IELTS stipendiya, nomdor stipendiya, almashinuv dasturlari, magistratura - hammasida baholari yaxshiroq tengdoshing sendan balandroq.
2. Kichik kursdan shogird tushish kerak, amaliyot qilish kerak❌
— Senga 4 yil vaqt berikadi. Lekin fundamental fanlarni hech kim tekinga qayta o'tib bermaydi.✅
3. Bugun "ingliz tili o'qiyman" almashinuv dasturlarida qatnashib, chetga ketmoqchiman. Amerika ketaman. Indinga Nemis tili o'qiyman. Germaniya ketmoqchiman.❌
— Dangasalik, irodasizligingni deb har kuni maqsad almashtirib, vaqtingni bekor sarflama. Sen tanlagan yoʻlgan buni sendan oldin qilganlarning yo'lini o'rgan, o'zingga mosini tanla va shu maqsadda oxirigacha ket. Uzoq bo'lsa ham, qiyin bo'lsa ham!✅
4. 4-kurslar unaqa dedi, 3-kurslar bunaqa dedi❌
— Hamma ma'lumotni "gubka"dek shimib olma. Fact-checkingni o'rgan. O'zi fanlarini arang yopib yurganlardan emas, ham o'zini, ham atrofidagilarini rivojlantirayotgan talabalardan o'rnak ol✅
6. Sen talabasan va yagona vazifang bu fanlaringni oʻqish❌
Sen nafaqat malakali boʻlishing balki shaxs sifatida ham rivojlanishing kerak. Shaxsiy rivojlanish, emotsional intellekt, moliyaviy savodxonlik haqidagi bilimlar zarar qilmaydi✅
Bu foydali ma’lumotlar uka-singlingiz va do’stlaringiz bilan bo’lishishni unutmang🔗
😎 Instagram. 😎 Hayotalks
😎 Telegram 📱 Khayotullo
1-kurs talabalari uchun afsona va haqiqatlar:
1. Baho muhimmas, bilim muhim
Baho hamma joyda, har doim muhim bo'lgan va bo'ladi
— Bazaviy stipendiya, IELTS stipendiya, nomdor stipendiya, almashinuv dasturlari, magistratura - hammasida baholari yaxshiroq tengdoshing sendan balandroq.
2. Kichik kursdan shogird tushish kerak, amaliyot qilish kerak
— Senga 4 yil vaqt berikadi. Lekin fundamental fanlarni hech kim tekinga qayta o'tib bermaydi.
3. Bugun "ingliz tili o'qiyman" almashinuv dasturlarida qatnashib, chetga ketmoqchiman. Amerika ketaman. Indinga Nemis tili o'qiyman. Germaniya ketmoqchiman.
— Dangasalik, irodasizligingni deb har kuni maqsad almashtirib, vaqtingni bekor sarflama. Sen tanlagan yoʻlgan buni sendan oldin qilganlarning yo'lini o'rgan, o'zingga mosini tanla va shu maqsadda oxirigacha ket. Uzoq bo'lsa ham, qiyin bo'lsa ham!
4. 4-kurslar unaqa dedi, 3-kurslar bunaqa dedi
— Hamma ma'lumotni "gubka"dek shimib olma. Fact-checkingni o'rgan. O'zi fanlarini arang yopib yurganlardan emas, ham o'zini, ham atrofidagilarini rivojlantirayotgan talabalardan o'rnak ol
6. Sen talabasan va yagona vazifang bu fanlaringni oʻqish
Sen nafaqat malakali boʻlishing balki shaxs sifatida ham rivojlanishing kerak. Shaxsiy rivojlanish, emotsional intellekt, moliyaviy savodxonlik haqidagi bilimlar zarar qilmaydi
Bu ma’lumotlar nafaqat birinchi kurslar uchun o’qish oldidan maslahat, balki katta kurslarga ham eslatma bo’lishiga ishonamiz.
Bu foydali ma’lumotlar uka-singlingiz va do’stlaringiz bilan bo’lishishni unutmang
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2👏1
#menbirazamatnibilaman
Gulasal Butaeva — IELTS 9 balli vunderkind
IELTS Zone oʻquv markaziga borganimda meni Oʻzbekistondagi eng yosh IELTS “niner” (toʻqqiz olgan) qiz bilan tanishtirishdi.
Qashqadaryolik Gulasal Vestministerda oʻqirkan, IELTS Zone’ning eng yaxshi oʻqituvchilaridan ekan, Amerikada FLEX dasturida oʻqib qaytgan ekan, “TechGirls” degan muhandis qizlar loyihalarida qatnashgan ekan. Yoshi bor-yoʻgʻi 20da boʻlishiga qaramay.
Muvaffaqiyatlari sababini oʻzidan soʻrasam, “men katta sinfga oʻtgan koʻp yillar berk boʻlgan FLEX dasturi ochilib qoldi, IELTS topshiraman deganimda davlat xarajatlarni toʻlaydigan dastur boshladi, imtihonni qayta-qayta topshirish imkoniyati boʻldi” deydi.
Oʻzim qildim, obbo men-ey, demaydi.

❤2👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kanalimda “Men bir azamatni bilaman” ruknini boshladim.
#menbirazamatnibilaman
Sal mizoginroq nom-ku, lekin niyatim yaxshi. Gen Z’ning eng muzaffar, iste’dodli, tirishqoq va baxtlilari haqida hikoya qilsam dedim.
Darvoqe, azamat faqat yigitlarga nisbatan ishlatilmaydi oʻzi. Masalan, qozoqlar граждан yoki vatandosh deyish uchun azamat deydi. Shunday, Oʻzbekistonning azamatlari haqida yozib turaman bu ruknda.

👍7👏5
ITchi boʻlish kerak ekan
Kecha jurnalist Ilyos Safarovning storizlaridan biriga koʻzim tushib qoldi. Hazillashib, ITchi boʻlish kerak ekan deb yozib qoʻyibdilar.
AQSHga borganimga 1,5 oycha boʻlganda Samsung kompaniyasining San Fransiskodagi ofisiga bordim. One Embarcadero Center degan oʻsmonoʻpar biznes markazning 16-miyey qavatida edi. Hamma yoq sharoit: chiroyli ofis, qulay mebellar, sovutgich toʻla ichimlik, yeguliklar…
Albatta Ilyos aka Oʻzbekistonda shuncha obroʻga ega jurnalist boʻlib, kasblarini oʻzgartirish xayollariga ham kelmasa kerak. Biroq menda ITchi boʻlish, karyeramni “pivot” qilish fikri paydo boʻlmagan emas.
One Embarcadero’ga qaytsak. Dasturchilarga shuncha sharoit ularni ofisdan chiqmasdan ertayu-kech ishlashi uchun yaratilgan. ITchi, ITchi deysizlar, ITchilarga ham osonmas.
Bir ustozim aytganidek, yaxshi kasbda uchta “P” boʻladi (ruschasiga uchta “C”): Purpose (Смысл), Passion (Страсть) va Pay (Стредства).

🔥6👍5❤4
#menbirazamatnibilaman
"Kosmos" haqida
O'tgan hafta Fransiya va Kanadadagi eng oldi laboratoriyalarda materialshunoslik bo'yicha ishlaydigan hamyurtimiz Nurzod aka Zakirov bilan ko'rishdik. Osh yedik Kamolonda. (Afsus rasmga tushmabmiz)
Nurzod aka fizik olim, muhandis. Men ularga: "Qani endi ko'proq yoshlar aniq va texnik fanlarga qiziqsa... Mana siz shu sohadasiz, katta ishlar qilyapsiz, siz "Rocket Scientist"siz-da" dedim.
Ular kulib, “ha, oʻzi men ishlayotgan loyihalardan biri — Airbus kompaniyasi fazo kemalariga butlovchi qism ishlab chiqarish” dedilar.
Ya’ni rostan ham raketachi olim ekanlar.
Kecha bir tadbirda Amirbek Salimov degan yigitni koʻrib qoldim. Meni bir yil avval Fredrich Ebert fondi Toshkentda yosh liderlar uchun trening oʻtishga chaqirishgandi. Oʻshanda Amirbek ham auditoriyada boʻlgan, pritom eng faollaridan edi.
U hozir Germaniyada oʻqiyapti, nima yangiliklar desam, “Bonn Universitetida magistratura qilyapman, bir modulimiz doirasida NATO bosh qarorgohiga kirdim (diplomatik pasportsiz oʻsha yerga kirgan birinchi oʻzbekistonlik boʻpti), yana bir modulimizni nemis razvedkasida rahbar boʻlgan odam olib boryapti” deb javob berdi!
“Iye, Amirbek, bu kosmos-ku” desam, u: “aka, astro-siyosat” degan modulimiz ham bor deydi. Hozir tekshirdim rostan shunday mavzu bor ekan: “Global Power Shifts: International Aerospace Security and Defense, Astro-Politics”…

👍8🔥6❤3
Saidaziz A’zamov
ITchi boʻlish kerak ekan Kecha jurnalist Ilyos Safarovning storizlaridan biriga koʻzim tushib qoldi. Hazillashib, ITchi boʻlish kerak ekan deb yozib qoʻyibdilar. AQSHga borganimga 1,5 oycha boʻlganda Samsung kompaniyasining San Fransiskodagi ofisiga bordim.…
Baxt toʻkisligi uchun uchta “P” yoki ruschasiga uchta “C”ni oʻzbek tiliga vanihoyat oʻgirdik hamkasbim bilan.
Men oʻz “ikigai”mni, oʻz orzuyimdagi ishni topdim deyish uchun oʻzbekchasiga uchta “M” kerak boʻlarkan: Maqsad, Muhabbat, Mablagʻ (yoki maishat).
Ya’ni qilayotgan ishingizda ma’no-maqsad boʻlishi (u odamlarga foyda opkelishi), siz u ishni sevib, muhabbat bilan qilishingiz hamda maishiy ehtiyojlaringizni ham qondira olishingiz zarur.

🔥5❤3👍3