ESG mezonlari
Kompaniyalarning muvaffaqiyati, masalan, ularning ham mijozlar, ham hamkorlar, ham joriy yoki potensial investorlar orasidagi imidji, obro‘si ikki turdagi mezonlarga asoslanib o‘lchanadi. Birinchisi — moliyaviy hisobotlar, ikkinchisi — nomoliyaviy ma‘lumotlar.
Moliyaviy hisobotlar, ma‘lumki, muhim faktlar (существенные факты), daromadlar haqida ma‘lumot va shu kabilarni o‘z ichiga oladi.
Nomoliyaviy ma‘lumotlarga esa ESG hisobotlari kiradi. Ushbu abbreviatura o‘z ichiga "Environmental", "Social" va "Governance" yo‘nalishlarni oladi. Bu nima degani? Kompaniya atrof-muhitga, jamiyatga va oʻz qoʻli ostidagilaru har qanday manfaatli tomonlarga foyda olib kelibgina toʻlaqonli muvaffaqiyatga erishadi.
Faqat daromadni koʻpaytirish yetarli emas.
Bugun rivojlangan dunyoda investorlar ham, media ham, odamlar ham kompaniya imidji haqida gapirganda nafaqat uning tushumlari oshib borayotgani, balki uning mas’uliyatli va/yoki axloqiy ekanligiga qattiq e’tibor beradi.
Mana shu ESG deyiladi. Garchi, bu tamoyillar halollik tushunchasi orqali bizga tanish boʻlsa-da, ayrim katta kompaniyalarimiz va tez oʻsuvchi startaplarimizga ESG endi kirib kelmoqda.
Davomi bor…
@azamov_com

👍11❤3
Daromad qilish nol yig‘indili o‘yin emas
Pirogonomika haqidagi kitobning boshida farmsanoatdan ikkita misol beriladi. Birinchisi — katta pulga noyob dorilarni sotib olib, ularni 55 barobar qimmatga sotgan Turing Pharmaceuticals. Ikkinchisi esa — daryobo‘yi shapko‘rligidan aziyat chekayotgan afrikaliklarga maxsus ixtiro qilingan dorini bepul yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygan Merck.
Birinchi ssenariy "qancha qimmat sotsak, shuncha ko‘p foyda qilamiz" degan mantiqdan kelib chiqqan edi. Ammo dori nihoyatda qimmatligi tufayli steykxolderlar (hukumat, jamiyat, xaridorlar, yetkazib beruvchilar kabi manfaatdor tomonlar) muqobil davolash yo‘llarini o‘ylab topish, qonunchilikni o‘zgartirish orqali spekyulatsiyaga qarshi kurashish payida bo‘ladi. Alaloqibat, "pirog" kattalashmay, aksincha kichiklashib qoladi.
Ikkinchi keysda esa nochor aholi, xalqaro tashkilotlar, atrof-muhit kabi steykxolderlarga yonbosgan Merck kompaniyasi favqulodda ijobiy reputatsiyaga erishadi. Kimdir dori tayyorlanishiga, kimdir tashilishiga homiylik qiladi, millionlab odamlar (aksariyati, bolalar) ko‘r bo‘lib qolishi oldi olinadi. Tez orada bu kompaniya shu turdagi vaksinalar ishlab chiqish bo‘yicha chempion bo‘ladi va yangidan yangi bozorlarni egallaydi.
Agar "dorilarni tekinga tarqatsak xonavayron bo‘lamiz", "birinchi navbatda foydani o‘ylashimiz kerak" deb o‘ylaganida Merck kompaniyasi hech qachon olamshumul muvaffaqiyat va birjada o‘z aksiyalarining barqaror (yiliga o‘rtacha 13 foiz, S&P aksiyalaridan 1,5 barobar yaxshiroq) o‘sishiga erishmagan bo‘lardi.

👍15
Shanba kuni oilamni ofisimga olib kelgandim. Men qayerda oʻtirishimni soʻrashdi. Men esa aniq bir yerda oʻtirmayman.
Oʻta harakatchan ishlash tarzi tufayli Telegram kanalimga ham post yoza olmayapman. Ha, bir joyda oʻtirib ishlaganimda bir necha daqiqa chalgʻib post yozib qoʻyish oson edi.
Gap shundaki, postlarni kompyuterda yozaman, aksariyat hollarda. Umuman Telegram Desktop versiyasini yaxshi koʻraman.
Hozirgi post esa nonushtani tugatayotib telefonda yozildi.
Amerikadan kelganimga 3 oydan oshdi. Shu oʻtgan davr ichida ajoyib odamlar bilan tanishdim, suhbatlashdim, shaxsiy hayotimda oʻzgarishlar boʻldi, biznes boshladim. Biznesimiz haqida kelasi postda yozaman.

❤16👍11🔥8
Kecha doʻstimiz Temur Umarov tashkillashtirgan netvorking oqshomiga bordik. Unga Zafar Hoshimov mehmon sifatida chaqirilgan edi.
Oʻzbekistondagi eng ilgʻor va tajribali biznesmen! Uning suhbatiga arjumand boʻlish uchun men bilan hamfikr odamlar keladi, bir netvorking qilamiz deb niyat qilgan edim.
Uchrashuv mavzusi erkin boʻlishi kerak edi, Zafar akaning taklifi bilan ESG haqida gaplashadigan boʻldik. Как раз! 🤩
Ha, men oxirgi bir yarim yil davomida shu predmetga shoʻngʻiganman. Shu kanalimda ham asosan ESG, ijtimoiy qiymat yaratish orqali daromad qilish haqida yozaman.
Korzinka asoschisining ayni shu yoʻnalishda gapirgani meni juda quvontirdi. Nafaqat gapirgani, balki mohirona izohlash, qiziqarli keyslar bilan tushuntirgani, yana savollarga toʻliq javob bergani ayni muddao boʻldi.
Undan tashqari, oʻzim istaganimdek hammaslaklarimni ham uchratdim. Birodarim, ajoyib yigit Doniyor Rasulov Zafar aka bilan ishlayotgan ekan. U 2017- yilda shu mavzuda tadqiqot qilib, bitiruv ishini yozgandi.

👍16❤1
Forwarded from Global Halal
15 июнь куни Ground Zero Kitob olami’да ишбилармон Зафар Ҳошимов билан нетворкинг кечаси ўтказилди. Унда Ҳошимов ESG (Environmental, Social, and Governance), яъни атроф-муҳит, ижтимоий ва бошқарув масъулияти ҳақида ёш мутахассис ва тадбиркорлар билан суҳбатлашди.
"ESG — қадриятлар устига қурилган мезонлардир. Диний қадриятларимиз бизга фойда, барака олиб келиши нуқтаи назардан ҳам тарбиямизда акс этган", деди у ижтимоий масъулиятнинг ислом динидаги кўриниши ҳақида гап бошлар экан. "Табиатни асраш исроф қилмасликда, ижтимоий масалалар ва инклюзивлик адолатпарварликда, корпоратив бошқарув эса бировнинг ҳақини адо этиш ва маслаҳат билан иш қилиш каби тушунчаларда мужассамлашади".
Korzinka асосчиси бизнесда ахлоқ масалаларини "ғалаба алгоритми" деб таърифлади.
Korzinka сўнгги йилларда экология, аёллар ҳимояси ва бошқарув самарасини ошириш бўйича фаол ишлаб, ЕТТБ ва ОТБ инвестицияларини жалб этган.
@globalhalal_uz

👍6🔥3
Prezident kasalxonadagi bolaning ismiga komment berayotganida uni boʻlishdi.
https://www.tg-me.com/bugunuzlive/43489
https://www.tg-me.com/bugunuzlive/43489
Telegram
Bugun — LIVE
👍11👎2
Youth Uzbekistan'ga intervyu berdik
Diplomatiyani bitirgan birodarimiz, yana boshqa ajoyib ijodkor yigitlar Qorasaroyda cho'tki studiya qilib o'tirib olishgan ekan. Shu yerga meni chaqirib intervyu qilishdi.
Studiya va undagi "gear"larni maqtab, to'ylarga ham chiqish-chiqmasligini so'ragandim, ular menga faqat korporativ va shaxsiy brend bilan shug'ullanishini aytdi.
To'g'risi, yigitlarning professionalizmiga qoyil qoldim. Odatda soatlab video ustida o'tirib, pauza va "eerrrmm...", "mhmmm"larni yo'qotib o'tiradigan montaj ustalarining ishiga munosib baho beravermaymiz.
Rahmat, Youth Uzbekistan. Rahmat, Muhammaddiyor

YouTube
SAIDAZIZ A'ZAMOV: JURNALISTIKA, PR, TA'LIM HAMDA AQSH
Youth Uzbekistan YouTubeda siz uchun foydali suhbatlarni va qahramonlarni tanishtishni boshlamoqda. Bizning birinchi qahramonimiz Jurnalist, PR sohasida malakali mutaxassis hamda biznes konsultant Saidaziz A'zamov (@saydazzz). Saidaziz A'zamov hozirda @globalhalal_uz…
👍14
🌙 GLOBAL HALAL AMALIYOT – 2022
Professional hayot hamda universitet o‘rtasida bo‘shliq mavjud. Universitetda o‘rgangan nazariy bilimingiz bilan amaliy tajriba farq qiladi. Global Halal o‘sha bo‘shliq uchun ko‘prik vazifasini bajaruvchi amaliyotni sizga taqdim etadi.
🎯 Ushbu amaliyotdan qanday manfaat olasiz?
- Ishining professionallari bilan networkingni yo‘lga qo‘yish;
- Tarjima, yozish hamda surishtiruv mahoratingizni oshirish;
- Jamoa bilan ishlash ko‘nikmangizni rivojlantirish;
- Rezyume uchun ajoyib tavsiyanoma;
- O‘zingizni ko‘rsatsangiz, keyinchalik ishlab qolish imkoniyati.
✅ Ariza topshirish
📅 Ariza topshirish uchun dedlayn: 5-iyul
Yozni esda qolarli, qiziq, eng asosiysi, foydali o‘tkazishingiz uchun ajoyib imkoniyat.
@globalhalaluz

👍5🔥2
Oxirgi toʻrt oy ichida maza qilib tomosha qilayotganim oʻzbekzabon bloger:
https://youtu.be/UVwP4cpNIhQ
Uning iqtisodiy mavzudagi videosini koʻring. Men iloji boricha koʻproq YouTube koʻrishga harakat qilaman, yoʻlda, metroda, choy ichayotganda, ovqatlanayotganda va ho kazo. Ulgurish uchun odatda videoni tezlashtirib koʻraman.
Gohida — inglizcha qilib aytganda — “no-brainer”lar, ya’ni “buni hamma biladi-ku” turkumiga kiruvchi mavzularni yoritsa-da, bu yigitchani “1,25x”ga qoʻyishga ham koʻz qiymaydi.
Ijodiga baraka tilaymiz. Oʻzbekcha YouTube, yashnayver!

Nimaga qimmatlashib ketdi? | "Buxanka" non va shakar vasvasasi | KUNDUZIY
Xalq - iqtisodiyot - siyosat. Bularning barchasi o'zaro bog'liq va biri boshqasisiz ishlamaydi. Bugungi videoda so'ngi paytlardagi dolzarb mavzuga qo'l urdik. Narxlar qanaqasiga belgilanadi?
Videoga layk bosish esdan chiqmasin.
Bizni qo'llab-quvvatlash:…
Videoga layk bosish esdan chiqmasin.
Bizni qo'llab-quvvatlash:…
👍16
Forwarded from Pozitsiya
Jurnalistika ijod emas, u faoliyat. Haqiqiy jurnalistik material pafoslar emas tahlillar bilan yozilishi kerak.
Jurnalistika targʻibot emas, u borni-bor, yoʻqni-yoʻq deb ayta olish. Biror tashkilotning ishini piar qilish, maqtov yogʻdirish jurnalistning ishi emas.
Jurnalistika faqat biznes emas, u ijtimoiy adolat uchun kurashishi kerak. Pulini toʻlagan mansabdor yo tashkilotni maqtash jurnalistning ishi emas.
Jurnalistika didaktika emas. Unga hammaga aql oʻrgatib, odamlarni yaxshi yomonga ajratish huquqi berilmagan.
Jurnalist sudya emas. U voqeani, vaziyatni oʻrganadi, lekin insonlar ustidan hukm oʻqiy olmaydi.
Jurnalist advokat yo qoralovchi emas. U pulini toʻlasangiz oqlab yo qoralab berish bilan shugʻullanmaydi, xolis boʻlishi shart.
Jurnalist “supermen” emas. U muammolarga omma eʼtiborini qaratadi, uni hal etish, yechim topish, taklif berish jurnalistning ishi emas.
Bular shaxsiy fikrlar, albatta. Bu qoidalarga ogʻishmay amal qilish esa juda qiyin vazifa.
Kasbining jonkuyari boʻlgan jurnalistlar bayramingiz muborak. Qatoringiz kamaymasin, sizlarga hech qaysi davrda oson boʻlmagan.
@pozitsiya

👍11❤1
Forwarded from AyubRecords®
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bizning oltinchii podkastimiz, BBC Uzbek jurnalisti – Ibrat Safo.
Podkast davomida – jurnalistaka, insoniy hikoyalar, texnologiya asri, chet el hayoti va axborot urushi haqida suhbatlashdik.
To'liq suhbatimizni Juma, 1-iyul soat 19:00'da YouTube kanalimizda tomosha qiling.
Videoni do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang😊
https://youtu.be/Molb5SXdG0M

Trikshotlar
Instagramda yoki Youtubeda yuzlab shunday videolar bor.
https://www.instagram.com/reel/Cfy9uD4jltx/?igshid=MDJmNzVkMjY%3D
Trikshotlar (trickshot — tryukli zarbalar) internet sarhadlarida alohida janrga aylangan. Biroq ular shunchaki vaqt zavoli, qilgan odamlarga ham, tomoshabinlarga ham. IMHO, albatta.
Kecha shu videoni ko'rib, saqlab qo'ydim va bir narsa haqida yozgim keldi. Aksariyat trikshotlarning g'oyasi og'zaki aytilganida ham, prototiplanganda ham imkonsizdek tuyuladi.
Ammo ularni amalga oshirish uchun bir necha daqiqa, ehtimol soatlab vaqt ketgazib, takrorlayverish, takrorlayverish, matematik shablonlarni (pattern) o'rganish kifoya bo'ladi.
Ping-pong koptokchalari, bir martalik stakanchalar va qartalarni bir chetga surib turaylik. Hayotda oldimizga qiyin, ilojsizdek ko'rinadigan maqsadlarni qo'ygan bo'lishimiz mumkin. Masalan, til yoki dasturlashni o'rganish. Shu borada bizda nimadir o'xshamayaptimi? Ehtimol, shunchaki, kamroq harakat qilayotgan, kamroq takrorlayotgan, kamroq kuzatib, xulosa qilayotgandirmiz xolos.
Sizning navbatdagi "trikshot"ingizga ehtimol ko'proq vaqt va muntazamlik (intizom) kerakdir?

Dengiz ortidan
Hayotni o'zgartiruvchi besh yil
Bugun bitta maqsad qo'ying oldingizga. Deylik, 16 yoshdasiz va Google darajasidagi kompaniyada programmist bo'lmoqchisiz.
Malkolm Gladvelning "Ajralib turuvchilar" (Outliers) kitobida "bir ishni mehr va mashaqqat bilan 10…

👍5🔥1
Forwarded from Bektosh Khatamov
Орадан 20 йил ўтди.
2002-йил 11-август ҳозиргидай эсимда, у пайтлар абитуриент бўлиб тайёрланганлар билади, жавобларни онлайн, смс хабар орқали билиб олиш деган гаплар йўқ эди, олийгоҳда имтиҳон жавоблари катта эълонлар доскасида чиқар эди, ҳамма ўзи бориб имтиҳон жавобларини кўрар эди, соатлаб кодини қидириб ўтирар эди.
Ўзи Юридик университетга топширмоқчи бўлиб келиб ЎзДЖТУга топширганман, чунки ТДЮУ баллари юқори, контракка тушиб қолсам, ўқий олмайман деб қўрқиб Жаҳон тилларига топширганман.
2002-йил 11-августда имтиҳон жавоблари эълон қилинган, мен билан тайёрланган барча тенгдошларим жавобларни билиш учун Тошкентга кетишган, мен эса йўлкирага пул топа олмаганман, бир қариндошимиз бўлар эди, ўшандан жавобни билиш учун университетга бориб келишни илтимос қилганмиз, қўл телефони ҳам йўқ, у бориб келаман дегунча юрагим ёрилиб кетай деган. Уй телефонининг олдидан қимирламасдан ўтирганмиз.
Қариндош ҳам аксига олиб, бориб келиб, овқатланиб олиб кейин бемалол телефон қилган, айнан ўша пайтда мен қишлоқда лой қориётган эдим, телефонни дадам олганлар, “ўғлингиз ўқишга кирибди, бюджет”. Бу умуман оиламиз учун катта воқеа бўлган. Буни сўзларда таърифлаш жуда мушкул.
Мана 20 йил ўтди, кейинчалик барибир юридик университетга ўқишга кирдим, ҳаётда армон бўлиб қолмасин дедим, уни ҳам тамомладим. Ҳуқуқшунослик маълумотим қонунлар билан ишлаш, улар орқали бизнесни янги босқичга олиб чиқишга жуда катта ёрдам бермоқда.
Мен доимо катта орзулар қилар эдим ва уларнинг барчасининг руёби фақат ўқиш орқали бўлишини тушуниб етган эдим, тинимсиз изланишлар, мағлубиятлар, ғалабаларга қарамасдан биз ҳозирги ҳолатга етиб келдик. Ким учундир бу оддий йўлдир, лекин мен учун жуда бир қизиқарли ҳаёт бўлиб қолди.
Энди 2022-йил 11-августда биз Навоий шаҳридаги “Profi University” филиалининг тантанали очилишини эълон қилмоқдамиз. Тадбирни шахсан вилоят ҳокимининг ўзлари ва дадам очиб беришадиган бўлишди. Очилиш маросимидан кейин Жалолиддин Аҳмадалиев, Ҳамдам Собиров ва Дилиме иштирокида уч соатлик концерт дастури бўлади.
20 йил олдин Навоийдан Тошкентга кетган 18 яшар йигит 20 йилдан кейин ўз қадрдон шаҳрида университет очмоқда.
Мана шунақа, дўстлар, орзу қилинг, каттароқ орзулар қилинг, орзуларингиз дунёларга татисин, уларни руёбга чиқариш учун эса аниқ мақсадлар қўйинг, доимо изланишда бўлинг, ўқинг, фикр юритинг, хуллас, тўхтаманг.
Барчангизни очилиш маросимида кутиб қоламиз, чипталарни мана бу 👉 линк 👈 орқали расмий сайтимизда харид қилишингиз мумкин.
@bektoshkhatamov

👍2
Albatta koʻring)
Biznes qilishdan asosiy maqsad kamroq xarajat, koʻproq daromad qilishmi?
Muvaffaqiyatli kompaniyalar nimani maqsad qilib olgan edi?
Xodimlarga koʻproq oylik yoki dam olish kunlari berilsa, kompaniya qashshoqlashadimi?
Shu kabi savollarga javoblar qisman bor videoda.
https://youtu.be/hx2C4JRNHMY

ESG VA DUNYO BRENDLARINING MUVAFAQQIYAT STRATEGIYASI | SAIDAZIZ A'ZAMOV
Bir necha yillar davomida Amerikada tajriba orttirgan "Global Halal" loyihasining rahbari Saidaziz Aʼzamov "Apple", "Nike", "Starbucks" kabi kompaniyalarining muvaffaqiyat yoʻlidan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston uchun umuman yangi boʻlgan tarmoq – ESG haqida…
👍10
Muhrim A'zamxo'yev bugun "sizning bir maqolangizni izlashyapti, topa olishmayapti" dedilar. Amerikaga ketganimda Medium'imni to'liq inglizcha yuritaman deb o'chirib tashlagan ekanman.
https://telegra.ph/Vijdonninggina-nazoratidagi-jurnalistika-08-22
Mana tiklab qo'ydim. Kimgadir kerak bo'lsa, xursandman-ku, albatta.
Maqola to'rt yil avval yozilgan ekan. Bugun esa men Amerikada yashab, qaytib kelib, asosiy biznes modeli reklama beruvchilarga bog'liq bo'lmagan nashrni ochdim: globalhalal.uz
Kirib baho bering. Biz kontentning o'zini sotish va boshqa yondosh yo'nalishlar: tadbirlar va ta'lim yo'nalishlarida tijorat faoliyati bilan shug'ullanib, xolislikni saqlashga urinyapmiz. )
To'g'risi, maqolani yozayotib, qachondir o'zim qanaqadir nashr ochib, unda eng katta nazoratchini sog'lom aql va vijdon qilishga harakat qilaman, deb o'ylamagan edim.
Shuning uchun ham qayg'urishning o'zi ham, shunchaki yozishning o'zi ham katta gap deb ishonaman. "Taklif ber!" deydiganlarga esa taklifni shuni berishga tayyorlar bersin, men hozir gapirishga tayyorman xolos deb aytaman. Ehtimol, o'zim qachondir tayyor bo'lib qolarman deb ham o'ylayman.

Telegraph
Vijdonninggina nazoratidagi jurnalistika
#arxiv Vijdonninggina nazoratidagi jurnalistika 2018- yil 3- may Bugun ofisga kirayotganimda bino ma’muriyati xodimi bayram bilan tabrikladi. “Bu sovet kishisi 9-mayni nishonlashni bugundan boshlab yuboribdilar-da” deb o‘yladim, lekin keyin yodimga tushib…
🔥5👍3👏1
Men sevib eshitganim podkast Uzbekonomics'ning oxirgi sonida Botir o'zbek o'g'loni Qobilov "Xo'p, o'zbekistonlik yigit yoki qiz dunyoda birinchi bo'libdi. Nima qilishimiz kerak shu informatsiya bilan" degandi.
Rostan ham, men ham bilmayman u informatsiya bilan nima qilishimizni. Dunyoning turli mamlakatlariga borgan, u yerdan talaygina tanish-bilishlar orttirgan odam sifatida ayta olamanki, potensial turistlarga ham, investorlarga ham bizning shaxmatchilarimiz ham, bokschilarimiz ham, olimpiadachilarimiz ham qiziq bo'lmasligi mumkin.
Ammo mana bu informatsiya qiziq. Abituriyentlarning yarmidan ko'pi imtihonlarda o'ta yomon natija ko'rsatgan.
O'zbekistonga kelib, biznes boshlab duch kelganim eng katta muammo — kadrlar (talents). Nahotki, investorlar yoki turistlar nechta shaxmatchi chempion bo'lganiga qaraydi, mamlakatdagi umumiy ahvolga emas deb o'ylaymiz?!

👍6👏4❤2
Shotlandiyada dissertatsiyasini yozib tugatayotgan do'stimiz Sirojiddin Olimov Subyektivning oliy ta'lim haqidagi videosiga fikr bildirarkan, "4 yil universitetda "citing" qilishni o'rganmagan ekanmiz" deydi.
Rostan ham Sirojiddin Jahon tillari universitetida o'qigan eng yaxshi talabalardan biri bo'lgan, 24 yoshga kirar-kirmas universitet qoshidagi akademik litseyga o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari bo'lib ishga kirgan.
Unga snoska berishni bilmasligi alam qilyapti. Ha, shunday...
O'zimizdagi universitetlardan biriga bordim. Kafedra professori bilan yarim soat choy ichib gaplashdik. Keyin bilsam bizning @globalhalal_uz kompaniyamizda ishlaydigan bir yigit ularning shogirdlari ekan. Eng yaxshi talabalardan dedilar.
Ammo o'sha yigit aynan manbalarni to'g'ri ko'rsata olmagani uchun muharrirlar bilan chiqishmadi va sinov muddatidan keyin ishda qola olmadi.
Alam qilayotgani biror ish qo'ldan kelmasligi emas, universitet "sen eng yaxshisisan" degan illyuziyani bergani. Undan ham fojealisi — biz shunga ishonganimiz, universitet, undagi tizim nima desa, shuni laqma bo'liiib eshitib o'tirganimiz.
Tizim rahbarlar uchun oson degan fikrga ham qo'shilaman. Bilasizmi, yana kim uchun bu tizim oson. Uning ichida uzoq vaqt ishlagan odam uchun. Yoki masalan ikkinchi mutaxassislikka ikkinchi bakalavrni o'qib, keyin magistraturaga kirgan talaba uchun bu tizim chikora. Unday talaba endi bu tizimdan tavba ham qilmasa kerak. Endi unday talaba har qanday yaxshi tizimga tanqidiy qaraydigan, dunyodagi eng to'g'ri yo'li — bu universitet deb ishonadigan bo'lib qoladi. Mana zamdekaningiz zehniyati qayerdan kelgan, hurmatli talabalar.)

O‘zbekistondagi ta’lim illyuziyasi – Oliy ta’lim | SUBYEKTIV
Oxygen Development – Baxtli hayot kaliti
Cambridge Learning Centre – Impossible is Possible
Najot ta'lim – «Najot Ta'lim»da
Bosh homiy: Kun.uz internet nashri
Texnik Hamkor: UPG 👉 https://www.youtube.com/c/UPGuz
Reklama 👉 +99890 044-66-81
Aloqa 👉 https:…

👍6
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Aytmoqchi, Oʻzbekchada qirolni “Karl” deymizmi yoki Charlʼzmi?
Ruschaga “Charlz” ismi “Karl” deb lotinchalashtiriladi — agar qirol haqida gapirilsa.
Buni tarixi, oʻsha paytda, inglizcha transliteratsiya ruschaga nemischa orqali kelgan. Yaʼni inglizcha Charlz, fransuzcha “Sharl” va nemischa “Karl” boʻladi. Ruslar nemischa transliteratsiyani oʻsha payt olishgan, aynan shuning uchun ham qirol Jorj emas Georg deyishadi. Xuddi shunday, qirol “Lui” ham nemischasiga “Lyudovik” deb aytiladi ruschada.
Lekin 19-asrga borib, ruslar inglizcha transliteratsiyani toʻgʻridan toʻgʻri qilishni boshlashdi, va aynan shuning uchun, ruschada Charls Dikkens deyishadi, lekin qirol Charlz birinchini (darvoqe uchinchini ham) Karl deb atashadi.
Menimcha, oʻzbekchada Charlz deganimiz yaxshi. Lekin men bu sohada mutaxassis emasman, tilshunoslarni eshitmoqchiman. Yaʼni oʻzbekchada ismlar aynan ruscha transliteratsiya orqali kelishi shartmi?

👍3
Yana oʻzbek tili mavzusi koʻtarildi?
Charlzmi yoki Karl?
Gazetami yoki gazet? Irmatovmi yoki Ermatov?
6 yil oldin shu savollar koʻtarilganda, men yozgan edim:
https://saydazzz.wordpress.com/2016/11/25/gazetami-yoki-gazet-ermatovmi-yoki-irmatov/

saydazzz
Gazetami yoki gazet, Ermatovmi yoki Irmatov?
Bugun televizorda bir ko‘rsatuv qo‘yishdi. Til haqida ekan. Katta olim Omonulla Madayev gapirdilar. Orada chet so‘zlarini o‘zbek tiliga kirib kelishi haqida bahslashishdi. Omonulla domla dedilar: &…
👍4
Forwarded from Muhrim / Муҳрим
Беҳзод Ҳошимов яхши ва тўғри савол беряпти: шаҳзода Чарльз (Charles) тахтга Charles III номи билан ўтираётган бўлса, биз унинг қироллик исмини ўзбек тилида нима деб ёзсак тўғри бўлади — Чарльзми ё эски анъаналарга содиқ қолиб Карлми?
Испанларда ҳам Карл III бор, лекин у аслида Карлос III; ҳар хил фарангий қиролликларда ҳам Карл IIIлар бўлган, лекин улар аслида Шарль. Инглизлардаги Карллар эса аслида Чарльз. Хўш, нима қиламиз энди? Нима қилсак тўғри бўлади? Қачон мана шунақа нарсаларни аниқ-тиниқ тушунтириб, кўрсатиб бера оладиган бир тайинли тил-адабиёт институтимиз бўлади? Ўзбек тили ва унинг луғати қачон одам бўлади?
Бугун бўлмаса, қачон? Биз қилмасак, ким?

Iqtisodchi Kundaligi
Aytmoqchi, Oʻzbekchada qirolni “Karl” deymizmi yoki Charlʼzmi?
Ruschaga “Charlz” ismi “Karl” deb lotinchalashtiriladi — agar qirol haqida gapirilsa.
Buni tarixi, oʻsha paytda, inglizcha transliteratsiya ruschaga nemischa orqali kelgan. Yaʼni inglizcha…

👍5