Telegram Web Link
📣 Progressiv islohotlar markazi “Uzbekistanʼs club” jurnali bilan hamkorlikda respublikamizdagi Ijtimoiy masʼuliyatli biznes loyihalar reytingini shakllantirish uchun nomzodlardan arizalar qabuli boshlanganligini eʼlon qiladi.

Qanday qilib ishtirok etish mumkin?

Manfaatdor korxonalar yoki ijtimoiy masʼuliyatli loyihalardan xabardor fuqarolar o'z loyihalarining batafsil tavsifini — maqsadlari, taʼsiri va muvaffaqiyatini taʼkidlagan holda materiallarni [email protected] elektron manziliga 2024-yilning 5-aprel sanasigacha yuborishi kerak.

Arizalar qabuli yakunlangach, Progressiv islohotlar markazining ekspertlar guruhi va “Uzbekistanʼs club” jurnali tahririyati 10 ta eng yaxshi loyihani tanlab oladi.

G‘oliblar 2024-yil iyun oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekistonlik” xalqaro forumi doirasidagi tantanali marosimda e’lon qilinadi
va “Uzbekistan’s Club” jurnalining navbatdagi sonida, shuningdek, mahalliy OAVlarda e’lon qilinadi.

👉Batafsil saytimizda oʻqing
________

👉На русском языке

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal
“Toshkentga qaytib borsam, oilam bag‘rida norin va patir yesam, o‘zimni chindan baxtli hisoblayman” – oftalmolog Shohista Saidqosimova

Glazgo shahrida 20 yildan oshiq vaqtdan beri ko‘z kasalliklari bo‘yicha konsultant, vitreoretinal jarroh bo‘lib ishlaydigan ayol hikoyasi.

Batafsil — http://dy.uz/ofawl

👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Forwarded from Alisher Sadullaev
"Qo‘rqma" – Mutolaa'dan premyera

Ilmni yoyish uchun jadidlardan qanday namuna olsak bo‘ladi? Shu haqda ko‘p o‘yladik, izlandik. 1908-yilda Behbudiy Samarqandda mutolaaxona tashkil qilganiga e'tibor berdik.

Keyin shu yo‘lda bir zamonaviy yoshlarga mos loyihani ishga tushirdik. Uni yuritish uchun xuddi jadidlar kabi xorijda o‘qib, Vatanga hissa qo‘shishchun qaytgan, nufuzli Edinburg universiteti magistri Sirojiddin Olimovni taklif qildik.

Kecha, 27-aprel kuni, ushbu loyiha – audio, video, sun'iy idrok texnologiyalari orqali kitoblar o‘qishni, yangi bilim va g‘oyalarga ega bo‘lishni ommalashtirishni niyat qilgan Mutolaa taqdim etildi.

Mutolaa'ga, xususan, shu debyutning ilhom manbasi Javlon Jovliyev, bolalar yozuvchisi Sa'dullo Quronov, rejissor va aktyor Erkin Bozorov kabilarni jalb qilganimiz loyiha uchun katta yutuq. Bizga yana yosh rejissor va aktyorlar, dyublaj ustalarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini ham bergani uchun kitoblar asosida filmlar yaratishga qaror qildik.

Mana, shu turkumdan birinchi film:
https://www.youtube.com/watch?v=PYNopQErSuQ

Katta salohiyatga ega jamoa shunday ijodiy namunalarni yaratishda davom etadi.
Forwarded from АйPulatov
Daryo jamoasi hali o'zbek jurnalistikasida qilinmagan yangilikka qo'l urishibdi.

Endi siz ma'lum bir summa evaziga eksklyuziv maqolalarni o'qib borishingiz mumkin bo'ladi. Keling bu loyihani qo'llab-quvvatlaymiz! Bu orqali Daryo jamoasi nafaqat reklamadan, balki bevosita sifatli maqolalar orqali o'z moliyaviy xohishlarini qondirishlari mumkin.

Aynan sizning qo'llab-quvvatlovingiz evaziga o'zbek media muhitida eksklyuziv va sifatli maqolalar soni yanada ko'payadi, ushbu jarayonning bevosita ishtirokchisi bo'lishingizni tavsiya beraman!

@pulatov_kh
Bloomberg Originals'ning mana bu hujjatli filmida Xalqaro Mehnat Tashkiloti hisobotidan keltirilgan diagramma e'tiborimni tortdi.

Universitetga tayyorlanish va unda o'qishga qancha yillar, asab va umr ketadi, ammo mamlakat iqtisodiyoti shunday salohiyatli kadrlar uchun ish joylari yarata oladigan darajada rivojlanmagan bo'lsa...

Bloomberg e'lon qilgan maqolasiga "Hindistonlik yoshlar o‘qigan bo‘lsa, ishsiz bo‘lib qolish ehtimoli ko‘proq" deb sarlavha qo‘ygandi.

Men Germaniya Xalqaro Hamkorlik Tashkilotining ta'limga qaratilgan loyihasida milliy ekspert sifatida ishlayman. Ta'lim vazirligining bugun ofisimizga kelgan bir mutaxassisi har yili kamida 350 ming yosh oliy ta'limni bitirib chiqayotganini aytdi.

Bugun 1,5 millionga yaqin odam universitetlarda o'qiyapti va ulardan afsuski juda ozchiligi ham O‘zbekistonda, ham chet elda eng talabgir bo‘lib kelayotgan payvandchi, duradgor, elektrik, avtomexanik, tovarshunos yoki tikuvchi bo‘lishni orzu qilishi tabiiy.

Ular ketgazgan vaqtlari va sarflagan pullariga yarasha, ishga joylasha oladilarmi? Shuncha ish bormi o‘zi? Ya'ni shuncha... oliy ma'lumot talab qiladigan ish o‘rinlari bormi?

Agar ular universitetni bitirgach, mehnat bozorida ko‘p stajli barrista bo‘lib qolsalar (va gap yo‘q, shundan baxtli bo‘lsalar) shuning o‘ziga bir necha hafta o‘qib qo‘ya qolsalar bo‘lmasmidi?
Meros va yangi oʻzlik

Biz yashayotgan davr dunyo aholisining bir joydan ikkinchi joyda koʻchishlariga guvoh boʻladi. Xususan, janubdan shimolga, yanayam dangalrogʻi Global Janubdan Global Shimolga.

Albatta, bunga iqlim oʻzgarishi, urushlar va iqtisodiy notenglik sabab boʻladi hamda bu tabiiy.

Bugun Al-Jazeerada mana bu maqolani oʻqib qoldim: https://www.aljazeera.com/features/2024/9/8/koreans-in-uzbekistan-k-pop-and-a-brewing-cultural-clash

Oʻzbekistonda yashaydigan koreyslar (oʻzimizning koreyslar, ruscha gaplashadigan, ruscha ismli) tarixi va buguni haqida ekan. Inglizzabon mushtariylarga yangilikdir, ammo biz bilgan oʻsha oʻzimizning koreyslar haqida oʻzimizning gaplar.

Lekin maqolada bir koreys ayolning “Oʻzbekistonda yashasam ham oʻzbekcha bilmayman, koreys boʻlsam ham koreyscha gapirolmayman” degan gapini oʻqidim. Bu juda qiziq.

Ehtimol, koʻchishning oʻzi singari, koʻchishdan keyingi assimilyatsiya ham tabiiydir. Ammo immigrantlar oʻzlari koʻchib borgan yerlarga yangiliklar olib kirishi, madaniy almashinuv ikki tomonlamali boʻlishi muhim.

Masalan, Koryo saram (Oʻrta Osiyo koreyslari) bizning dasturxonimizga marinadlangan sabzi, kimchi va boshqa salatlarni olib kirgan. Bugun oʻzbekona bozorni koreys tuzlamalari rastasisiz tasavvur qilib boʻlmaydi.

Dunyo boʻylab tarqayotgan oʻzbeklar ham madaniyatimiz, turmush tarzimizning ayrim unsurlarini yangi vatanlariga olib kirishlarini koʻrish qiziq boʻlgan boʻlar edi.
Off the record

Bugun Jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetida birga o‘qigan kursdoshlarim bilan ko‘rishdim.

Ustozimiz, maslahatg‘oyimiz Galina Arsenevnani ham taklif qildik.

Hamma oila qurgan, bir nechta farzandli bo‘lgan, chet davlatlarda yashagan, Ko‘rfaz va O‘rta Yer dengizi davlatlaridan tortib Braziliyagacha sayohat qilgan, turli sohalarda ishlagan... Qoida tariqasida jurfakning bor-yo‘g‘i 10 foiz bitiruvchilari jurnalistikada ishlaydi. Bu norma.

Ammo universitet davrlarini eslatib, xuddi o‘sha paytlarga tushib qolgandek hissiyot bergan jihat shuki, hech kim o‘zgarmagan. Ustozimiz ham.

Galina Arsenevna bir-ikki gaplarni aytarkanlar, "gazeta uchun emas-a?", "radio uchun emas-a?" deb tayinlab keyin gapirdilar.)

Bir hamkursimiz radioda, yana biri televideniyeda rahbar lavozimida ishlayapti. Ko‘pchilik korporativ kommunikatsiyalar sohasidan ketgan. Men ham shu jumladan.

Kursdoshlarim jurnalist bo‘lib yetishganidan, ular bilan gaplashayotganimizda "yozib olish uchun emas" (off the record) deydigan bo‘lganimizdan faxrlandim.

Ha-ya, albatta har bitta kursdosh do‘stimizdan turfa sohalar bo‘yicha ehtimol hech qachon mediada chiqmaydigan o‘ta nozik va muhim ma‘lumotlarni oldik. Uzr, ular ham off-the-record.)

2017-yil bitirganmiz. 7,5 yil deganda endi ko‘rishdik. Umid qilamanki, ham ish, ham oilani yo‘lga qo‘yib olarkanmiz, tezroq ko‘rishib turamiz.
Oʻzbek futbolida Husanov effekti sodir boʻladimi?

Manchester Siti futbol klubi oʻzbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovni qabul qilganini rasman e’lon qildi. Husanov shu bilan Oʻzbekiston va butunlay Markaziy Osiyodan Angliyaning Premier Ligasidadagi top klubdagi birinchi futbolchi boʻldi. U Manchester Siti klubining rasmiy ijtimoiy sahifalaridagi videoda “hali koʻp oʻzbeklar Angliyada oʻynaydi” degan. Husanov pretsedenti yetishib kelayotgan oʻzbek futbolchilariga motivatsiya berib, dunyoning yetakchi klublarida oʻzbekistonlik futbol talantlari koʻpayishiga biz ham tilakdoshmiz.

Quyida bugun sal oldinroq LinkedInda e’lon qilganim 11 ta oʻzbek ligionerlari roʻyxati: (eng oxirgi transferi sanasi boʻyicha tartiblangan):

1. Abduqodir Husanov – €40M (up to €50M with add-ons), RC Lens (France), Manchester City (incoming, 2025) – 2025
2. Otabek Shukurov – €400K, Kayserispor (Turkey) to Al-Feiha FC (Saudi Arabia) – 2024
3. Jaloliddin Masharipov – Undisclosed fee, Al Nassr (Saudi Arabia), Shabab Al-Ahli (UAE) – 2022
4. Eldor Shomurodov – €17.5M, AS Roma (Italy) (from Genoa) – 2021
5. Abbosbek Fayzullayev – €150K annually (salary, no fee disclosed), CSKA Moscow (Russia) – 2021
6. Oston Urunov – €1M, Spartak Moscow (Russia), Ufa (Russia) – 2020
7. Igor Sergeev – Undisclosed fee, Beijing Guoan (China), Pakhtakor Tashkent (Uzbekistan) – 2020
8. Jasur Hasanov – Undisclosed fee, Alania Vladikavkaz (Russia), Al-Shabab (Saudi Arabia) – 2019
9. Rustam Ashurmatov – Undisclosed fee, Saif Sporting Club (Bangladesh) – 2019
10. Odil Ahmedov – €12M, Shanghai SIPG (China) (from Krasnodar) – 2016
11. Jafar Irismetov – Undisclosed fee, Spartak Moscow (Russia), Kryvbas Kryvyi Rih (Ukraine) – 2003

@azamov_com
Forwarded from Dengiz ortidan
Matbuot kotibi: xolislik paradoksi

Oxirgi kunlar Amerikadagi xabarlar, media chiqish va reportajlarda ko‘zimga ajoyib bir shaxsiyat tashlanyapti. Uning ismi Kerolayn Levitt. AQSH Prezidenti Donald Trampning matbuot kotibi.

Oq Uyga kelgan eng yosh bosh voiz. 1997-yilda tug‘ilgan qiz AQSHdagi yirik media tashkilotlar vakillari, jurnalistlar oldida, menimcha, o‘z ishini "besh" bahoga uddalamoqda.

Uni bir so‘zni xato aytib yuborgani uchun nokompetent mutaxassisga, Trampga sodiqligi uchungina lavozimni egallagan tirranchaga va, eng qizig‘i, noxolisga chiqarishyapti.

Aslida matbuot kotiblari to‘liq xolis bo‘lishi, bo‘lib ham, siyosatda, bo‘lib ham, Oq Uyda deyarli imkonsiz, IMHO. Ular aslida bir yoqlamalikning nozik nuqtasini topa olgani uchun oylik olishadi.

Ko‘pincha biz ideallar haqida ko‘p o‘ylaymiz va gapiramiz, ammo gohida ular real hayotga to‘g‘ri kelmaydi. Biz ideallarga intilishimiz kerak, albatta, lekin Trampning qanday odam va prezidentligini bila turib, uning voizi matbuotparvar bo‘lishini kutish anoyilik. Va bekorchilik.)

O‘zbekiston voqeligida, fikri ojizimcha, matbuot kotiblarimizning Kerolayndan dadillik, so‘zomollik va ishonch bilan gapirish borasida o‘rganadiganlari ko‘p.

P.S. Matbuot kotiblari xolisroq bo‘lishining bir sharti — ular jurnalist bo‘lib ishlagan bo‘lishlaridadir. Avvallari jurnalistlar PR va "strategik kommunikatsiyalar"ga o‘tib ketsa, xafa bo‘lardim. Aslida, gapni aylantirishga usta yuristlar va tishi "spin doktorlik" bilan chiqqan qip-qizil PRchilar bunday lavozimlarga kelgandan ko‘ra tahririyatlarda ishlagan odam bu ishni qilgani yaxshiroq.
Ғью ду Самағкон
Forwarded from davletovuz
Париж кўчаларидан бирига Самарқанд номи берилди.
Toshkentda bugun havo iliq. Issiqxonalar ham kamroq chiqindi yoqyapti shekilli. Elektr va gaz ham kamroq ishlatiladigan vaqt.

Nafas olib qoladigan, piyoda aylanishga chiqadigan havo.
Forwarded from Azimjon's Fikrlog
Toshkentga ko’chish orzusi orzuligicha qolardi, agar qishloqda uyimiz & ulovimiz bo’lganida.

Xorijda o’qish orzusi orzuligicha qolardi, agar Toshkentda xalqaro universitetda o’qishga qurbim yetganida.

Google’da dasturchi bo’lish orzusi orzuligicha qolardi, agar mahalliy kompaniyalar talab qilgan rus tilini bilganimda.
Forwarded from Pivot.UZ
AloqaVentures “YORYOR” startapiga investitsiya kiritdi

👤 AloqaVentures zamonaviy juftliklar uchun to‘ylarni raqamli tarzda rejalashtirish, boshqarish va nishonlashni osonlashtiruvchi innovatsion platforma — YORYOR startapiga investitsiya kiritdi.

📌 Startap o‘z faoliyatini To‘yona — mehmonlar tomonidan juftlikning istak ro‘yxatiga mos raqamli sovg‘alar yuborish imkonini beruvchi aqlli gifting xizmati bilan boshlagan.

❗️ Asosiy funksiyalar:– To‘yona gifting tizimi;




AloqaVentures invests in YORYOR

👤 AloqaVentures has invested in YORYOR, a wedding-tech startup making it easier for modern couples to plan and manage their weddings digitally.

📌 Its flagship tool, To‘yona, enables smart, wishlist-based digital gifting from guests.

❗️ Key features:


Instagram | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uzbekistan’s club
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️5-10-iyun kunlari, Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan hukumat ko‘magida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi old maydonida yoshlar harakati tadbirlari o‘tkaziladi.

Tadbirlarning markaziy voqeasi – 5-iyun kuni Abu-Dabida o‘tadigan BAA-O‘zbekiston hamda 10-iyundagi O‘zbekiston-Qatar o‘yinlari. ⚽️

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Zo‘r TV bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihaning barcha xarajatlari Kapitalbank, Uzum va Ucell kompaniyalari tomonidan to‘liq moliyalashtirilmoqda. Ushbu kompaniyalar O‘zbekistonda inson kapitali va iste’dodlarni rag‘batlantirishni o‘z ijtimoiy mas’uliyatining muhim qismi deb hisoblaydi.

100 mingdan ortiq yoshlar (16 yoshdan 40 yoshgacha) qatnashishi kutilayotgan tadbirlar dasturiga nafaqat futbol namoyishi, balki konsertlar hamda motivatsion shoular ham kiritilgan.

👉 Ularda ishtirok etish uchun Telegramda @land_uzbot orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

5-iyun kuni “O‘zbekiston – iste’dodlar zamini” yoshlar harakati tadbirlari soat 19:00 dan boshlanadi.

🤝 Axborot hamkorlari: Kun.uz, Gazeta.uz, Daryo.uz, Qalampir.uz, Repost.uz, Championat Asia, Uznews.uz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uzbekistan’s club
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliy termamizning JCHga chiqishi arafasida Uzbekistan: Land of Talents global kampaniyasiga start berildi.

Kampaniyaning maqsadi – O‘zbekiston uchun yangi brendni shakllantirish, uni turli sohalar bo‘yicha iste’dodlar zamini sifatida namoyish etish.

Kampaniyaning ilk loyihasi Toshkent shahar hokimligi tashabbusi ostida Zo'r TV bilan hamkorlikda oʻtkazilgan “O‘zbekiston – iste’dodlar zamini” yoshlar harakati, xususan, Toshkent markazida 10-iyun kungi o‘yin va taqdirlash marosimining jonli namoyishi hamda “Salom, Mundial!” supershousi bo‘ldi.

Uzbekistan: Land of Talents davom etadi. Kampaniya tashabbuschisi Uzbekistan's Club jamoasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda quyidagilarni tashkil etishni rejalashtirgan:

- Milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kreativ merchlar kolleksiyasi,
- Futbolchilarimizga bag‘ishlangan musiqiy manifest – milliy terma madhiyasi,
- Ijtimoiy tarmoqlarda maxsus xalqaro chellenj,
- Mundial sari bosib o‘tilgan yo‘l haqida “O‘zbekistonlik” turkumidan badiiy-hujjatli filmlar,
- Uzbekistan’s Club jurnalining maxsus soni,
- O‘zbekistonlik futbol iste’dodlari salohiyatini namoyish etishga qaratilgan FIFA bosh qarorgohi hamda yirik futbol mamlakatlarida bo‘lib o‘tadigan anjumanlar,
- FIFA World Stars termasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari,
- AQSH va Kanadadagi vatandoshlar ishtirokida “O‘zbekistonlik” kubogi,
- Milliy termamizning jahon chempionatidagi o‘yinlarini ommaviy namoyish etish tadbirlari.

Global promoushn kampaniya – murakkab, keng qamrovli, strategik loyiha. Uni bir tashkilot yoki bir jamoa amalga oshira olmaydi. Kampaniyani hayotga tatbiq etilishiga ko‘maklashayotgan yirik kompaniyalar bo‘lmish Kapitalbank, Uzum va Ucell o‘zining ijtimoiy mas’uliyatini namoyon qilmoqda. Uzbekistan: Land of Talents O‘zbekiston kelajagi uchun muhim loyihalarga befarq bo‘lmagan bizneslar bilan hamkorlik qilishga bel bog‘lagan.
Forwarded from Prof. Sherzod
Бу саҳифа Уолтер Айзексон ёзган Стив Жобс биографиясидан. Диққатимни тортган гапнинг тагини чизиб қўйдим.

"Ўзбекистон" ғарбликлар учун ўта экзотик жой. Кўплар қаердалигини билмайди. 20 йил олдин Манчестерда бир гуруҳ қариялар қаерданлигимни сўрашганида, "Uzbekistan" десам, "East Pakistan?" дейишгани эсимда. Бундай ўқимаган одамлар қулоғига Ватанимиз номи антиқа эшитилса керак.

Афсуски, кўп ёзувчилар буни суиистеъмол қилишади. Ўзбекистон ҳақида яримта нарса билмасада, ўқувчиларини кулдиради деб ўйлайдими, билмадим, Ўзбекистон номини шундай мисолларда ишлатишади. Ҳатто Айзексондек ҳурматли ёзувчилар ҳам. Ҳатто Жонатан Франзендек машҳур романчилар ҳам (The Corrections асарида).

Биламиз, бу Ўзбекистоннинг асл репутацияси эмас. Аммо шундай гапларда абадий мисол бўлиб қолмаслик учун, ўзбекистонликлар оламшумул ишлар қилишимиз керак, менимча. Биз бўлмасак, болаларимиз. Ўзбекистон шундай мусиқа плеерлари ишлаб чиқариши керакки, Айзексонларнинг оғзи ёпилсин.

Ана, футболчиларимиз бошлаб беришди.

@profsherzod
2025/06/28 18:18:31
Back to Top
HTML Embed Code: