Quyidagi qaysi asar Azon kitoblari nashriyoti tomonidan nashr qilinmagan?
Anonymous Quiz
22%
Alvido, Vatan
27%
Bu ummatning qizi
13%
Ona faryodi
27%
Izlash
11%
Qaytish
Ildiz kitoblari nashriyoti eski
Juma bilan tabriklamoq Ijtimoiy tarmoqlar orqali soxta salafiylar tomonidan juma kunining qadrini yerga uruvchi “Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin, degan qutlov bid’atdir” qabilidagi ig‘vo bot-bot tarqatilmoqda. Hatto bu mavzuda telegram orqali bizga ham bir…
Sahobalar qilmagan ishlarning hammasi ham bid’ati zalola emas

Sahobalar orasida juma bilan tabriklash odati mavjudligi haqida xabar kelmagani rostdir, biroq salaflarning bu tabrikdan qaytarganlarini ham hech kim isbot qila olmaydi.

Bugun sahobalar orasida urf bo‘lmagan hamma amallarni yo‘qqa chiqarish, bid’at deb rad qilish fikr doirasi tor, kalta o‘ylovchi kimsalarning xato xulosasidan boshqa narsa emas.

O‘sha “sahobalar qilmagan ishni qilish bid’at bo‘ladi” deb yurganlarning o‘zlari qilib yurgan amallarini taftish etib, ichidan sahobalar qilmaganlarini ajratib bir ro‘yxatga tizilsa, kamida uch-to‘rt jild kitob bo‘lsa ajab emas. Bu haqida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari ham internet orqali yo‘llangan savolga javob tariqasida aytib o‘tganlar.

Davomi keyingi postda
Qolaversa, Islom asllariga ziddiyati bo‘lmagan yangi amallar shar’an mabul ekanini bildirib turuvchi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadislari ham bor:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Kimki agar Islomda birorta yaxshi yangilikni paydo qilsa, o‘sha paydo qiluvchiga (u yangiligi uchun) ajr bordir va o‘sha amalni undan keyin davom ettirganlarning ajridan ham kamaytirilmagan holda bir hissa ulush bordir.

Agar kimki Islomda biror yomon yangilikni paydo qilsa, o‘sha paydo qiluvchiga
(u yangiligi uchun) gunoh bordir va undan keyin o‘sha amalni davom ettirganlarning gunohidan ham kamaytirilmagan holda bir hissa bordir” (Imom Muslim)

“Salafiy”larga ilmiy raddiyalar” kitobidan🕌

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Men bunga o‘zimni o‘rgatish uchun yillab mashq qildim. Mazali taom oldimga qo‘yilganda nafs qattiq ochlikdan yeyishga oshiqib darrov boshlashni xohlardi. Lekin, men tiyilib, biroz to‘xtab:

Bu Alloh bergan ne’mat, menda nafsimni halol rizq bilan to‘ydirish haqqi bor, Nabiy sollallohu alayhi va sallam halol taomlardan tanovul qilib Allohga hamd aytganlar”, deb niyatni hozirlardim.

Bora-bora bu niyat ko‘nglimda darhol paydo bo‘ladigan bo‘ldi. Bu niyat bilan ham sunnatga ergashishni va ham shar’iy vojibni ado etgan holda taom tanovul qilishni boshladim”.

“Vaqtingiz - hayotingiz” kitobidan

@azonnashriyot
Bukayr ibn Omir Abdurahmon ibn Abu Nu’im Bajaliy haqida bunday deydi:

“Agar unga: “Sizga o‘lim farishtasi kelib turibdi”, deyilsa, unda amalda ziyodalik bo‘lmasdi”.

Ha, u zotlar har birini vaqtida bajargani uchun qo‘shimcha amal qilishga ehtiyoj sezmaganlar.

“Vaqtingiz - hayotingiz” kitobidan

@azonnashriyot
Erim meni musulmon bo‘lishga hech qachon majburlamadi – bu butunlay mening shaxsiy qarorim edi.

Musulmonlik nima ekanligini balki so‘z bilan tushuntirib bera olmasman, ammo avvalgidan tamoman o‘zgarganimni va o‘zimni yanada yaxshiroq his qilayotganimni ayta olaman.

Nekbin va sabrli odamga aylandim; ichki xotirjamlikka erishdim, avvaldan ko‘nglimda mavjud bo‘lgan qo‘rquvlardan xalos bo‘ldim. Bu holatni so‘z bilan ifodalab bera olmayman.


“Hidoyat topganlar hikoyasi” kitobidan

@Azonnashriyot
Hasan Basriy rohimahullohga Iroq hokimi Ibn Hubayra:
“Yazid ibn Abdulmalik menga bir ish buyurdi. Qilaman desam, u ish gunoh, qilmay desam, amirimga osiy bo‘la olmayman. Nima qilay?” deganda.

Hasan Basriy rohimahulloh:
“Ey Ibn Hubayra, agar sen Yazidga bo‘ysunmaslikda Alloh bilan birga bo‘lsang, Alloh seni Yaziddan saqlay oladi. Ammo Allohga osiy bo‘lishda Yazid bilan birga bo‘lsang, Yazid seni Allohdan qutqara olmaydi”, deb javob bergan ekan.

“Bemahal aytilgan azon” kitobidan🕌

@Azonnashriyot
“Biror universitetda professor bo‘lishingiz, Nobel mukofotini ham olishingiz mumkin. Ammo mamlakatingi kishilari qashshoqlik va qiyinchiliklar girdobida yashayotgan; dunyoda 300 ming bola ochlikdan o‘layotgan bo‘lsa, o‘sha Nobel mukofoti nimaga yaraydi?”

Najmiddin Erbaqon

“G‘oyam” kitobidan 🕯️

@Azonnashriyot
Nasroniylikdan so‘ng islom dinini qabul qilgan qiz yozadi:

“Oilamga hanuz qarorimni aytmadim. Buning uchun maqbul vaqtni kutyapman. Ular uchun tinimsiz duo qilyapman. Eng katta orzuyim esa, butun oilam bilan birgalikda ayni onda sajdaga bosh qo‘yishdir”.

“Hidoyat topganlar hikoyasi” kitobidan

Butun oilasi bilan sajdaga bosh qo‘yuvchilar, shukur qilmaylikmi?!

@Azonnashriyot
“Haqiqat tantanasi uchun hech qanday harakat qilmaslik bilan botil tomonga jon kuydirib xizmat qilishning orasida farq yo‘q”.

Najmiddin Erbaqon

“G‘oyam” kitobidan 🕯️

@Azonnashriyot
“Zamonaviy sivilizatsiyaning butun imkoniyatiga ega bo‘lgan chog‘ida ichimda baxtsizlik, bo‘shliq his qilardim. Ammo endi, Allohga hamdu sano bo‘lsin, yo‘limni topdim.

Bir inson uchun Allohga yaqin bo‘lib, musulmon va soliha bir umr yo‘ldosh bilan baxtli oila bo‘lib yashashdan yoqimli hech narsa bo‘lmasa kerak”.

“Hidoyat topganlar hikoyasi” kitobidan

O‘z yo‘lini topish, deganda nimani tushunasiz?

@Azonnashriyot
Bir-birining yoniga borayotgan ikki musulmon:

“Undan menga qanaqa manfaat bo‘larkin?” desa, bu uchrashuvda xayr yo‘q.

Aksincha, “Birodarimga qanday yordam bera olaman? Uning og‘irini yengil qilishim kerak”, degan fikr bilan borilsa, mazkur uchrashuvdan foydalisi bo‘lmaydi.

“G‘oyam” kitobidan

@Azonnashriyot
Ba’zilar uyalmasdan: “Afandim! Yevropa bizni Yevropa jamiyatiga loyiq topdi”, deydi.

Bunaqa gaplar va dunyoqarashlar jamiki ajdodlarimizning ruhini chirqiratadigan safsatalardir. Axir bu qanday gap?! Yevropa kim bo‘pqoldi o‘zi?! Qayerga kirishga loyiq topibdi bizni?!

Biz tarixning eng sharafli millatimiz. Aslida, Yevropani biror narsaga loyiq ko‘rib-ko‘rmaslikni biz hal qilishimiz kerak, ular emas.

“G‘oyam” kitobidan

@Azonnashriyot
Odatda, ota-onalar farzandlariga ertak aytib berishadi. Ertakdan olinadigan xulosalar bolaning to‘g‘ri va noto‘g‘ri amallar haqida ilk tasavvurlarini uyg‘otadi.

Men aytaman-ki, bizning ummat to‘qima ertaklarni, jumladan Anderson va Grimlarni farzandiga o‘qib berishga muhtojmas. Bizga avloddan avlodga yetib kelgan, bo‘lib o‘tgan voqealarni rivoyati ham yetib ortadi.

Bizning ummatning o‘z qahramonlari bor. To‘qima emas, asl haqiqat. Bolalarga shularni o‘qib beraylik.

Ba’zan katta bir asardan ololmagan ibratni kichik bir hikoyadan olish mumkin.

“Bemahal aytilgan azon” kitobi haqida

@Azonnashriyot
Qadimda erini kitoblari ichida g‘arq bo‘lgan holda ko‘rgan imom Zuhriyning xotini shunday degandi:

“Allohga qasamki, bu kitoblar mening uchun uchta kundoshdan ham yomondir!”

“Islom hazorasi” kitobidan

@Azonnashriyot
“Bizning Prezidentimiz u yerda uchrashuvga ruxsat olish uchun navbatga turyapti. Ammo Vatanimizga ularning birgina mansabdori kelganda hamma saf tortib turibdi. Oliy darajali mehmon qo‘lida xo‘rozqand bilan kelgan. Kristofer aytyaptiki: “Sizga 50 dona A-10 samolyotini berish uchun Senatga murojaat qildik”.


Qaranga-a! Qanchalar katta saxovat! Beramiz emas, berish uchun Senatga murojaat qoldik, deyapti. Ya’ni xo‘rozqandni bermayapti, qo‘lida tutib turibdi.

Keyin nima dedi? “Bu samolyotlar Amerika qo‘shinida hali ham qo‘llanilmoqda”. Ta’birga diqqat qiling: “Hali ham qo‘llanilmoqda”. Bu nimani ifodalaydi? “Samolyotlar eskirib qoldi, shuning uchun ularni tashlaydigan axlatxona qidiryapmiz”, demakdir. Amerika yordamsevarligi degani shu bo‘ladi.

Najmiddin Erbaqon

“G‘oyam” kitobidan

@Azonnashriyot
O‘tmish takrorlanadimi?

Avvallari, islom dini insonlarni rivojlanishdan to‘sadi, degan safsata ba’zilarning ongiga singib qolgan edi. Hatto, Qur’oni Karimdan savodini chiqarayotgan bolaga nisbatan “eskichani o‘rganyapti” iborasi qo‘llanilardi.

Go‘ya din ayrim insonlar nazdida ma’lum bir muddat yo asr uchun nozil bo‘lgandek tuyulardi.

Hozir esa erkimiz biroz bo‘lsada o‘z qo‘limizga yetib keldi, asl tarixni o‘rgana boshladik. Bizlar uchun “yozib berilgan” tarixni emas, daqiq xabar va manbalar ustiga qurilgan tarixni.

Uning muqobilida bu dinni insoniyat rivoji yo‘lida faqat va faqat qo‘llab-quvvatlashi hamda ilm-fanga, farovonlikka hissa qo‘shuvchi ixtirolar qilishga targ‘ib qilishini angladik.

Tarix guvohlik berishicha, aynan islom ulamolari tomonidan taraqqiyot uchun qilingan harakatlar, yozilgan kitoblar-u, yaratilgan asbob-uskunlar va e’tiborli jihatlaridan bo‘lmish, juda ko‘p fanlarga nafaqat olib kirilgan yangi atamalar, balki fanlarga asos solishlar tahsinga sazovordir.

Ajdodlarimiz bilan faxrlanishimizni, ma’zur tutgaysiz, vaqtincha yoqlamayman. Bizga ularning kimliklarini va qilgan ishlarini bilib olish yetarli.

Biz dunyo tamaddunida o‘z izimizni qoldirishimiz kerak, zero o‘tmish takrorlansin.

“Islom hazorasi” kitobi o‘tgan ulamolarni eslab, quvonish haqida emas, islom sivilizatsiyasining mohiyatini nimadan iborat ekanligini ochib berish haqida. Himmatni oliy qilish haqida…

@Azonnashriyot
Channel name was changed to «Ildiz kitoblari nashriyoti»
2024/05/11 19:11:24
Back to Top
HTML Embed Code: