Telegram Web Link
Farovonlik - moliyaviy savodxonlikdan boshlanadi!

“Butunjahon jamgʻarish kuni” xalqaro taʼlim kompaniyasi doirasida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O’zsanoatqurilishbank hamkorligida “Maktablarda moliyaviy savodxonlik oyligi” o’tkazildi.

Darslarga Buxoro, Xorazm, Andijon hamda Samarqand viloyatlarining 15 ta ta’lim muassasasi mezbonlik qildi.

Ochiq darslarda 1000 ga yaqin oʻquvchi va talaba-yoshlar bank xizmatlari va mahsulotlari, moliyaviy texnologiyalar, dasturlar va sohaga oid boshqa yangiliklar bilan atroflicha tanishtirildi.

Bank Axborot xizmati
👍91
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SQBmaslahat

Plastik kartaga sms xabarnoma qanday ulanadi?

Buni hozir ko’rib chiqamiz!
👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OTB O‘zsanoatqurilishbankka ipoteka va “yashil” moliyalashni rivojlantirish uchun kredit ajratadi

Bu haqda 15 noyabr kuni O’zsanoatqurilishbank hamda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda ma'lum qilindi.

Mablag'lar OTBning Ipoteka kreditlash sektorini rivojlantirish dasturiga muvofiq “O‘zbekiston ipoteka kreditlarini qayta moliyalash kompaniyasi” AJ orqali taqdim etiladi va qator ijtimoiy loyihalarga yo‘naltiriladi.

Xususan, uy-joy ipotekalari, turar joylarni obodonlashtirish uchun kreditlar ajratiladi.

Uchrashuvda tomonlar "yashil" renovatsiya vositalarini ishlab chiqish, "yashil" moliyaviy mahsulotlarga bo'lgan talab, mahsulotlardan foydalangan holda muvofiqlikni sinovdan o'tkazish, "yashil" kreditlar olish uchun loyihalarni ishlab chiqish va "yashil" moliyani rivojlantirish kabi mavzularda fikr almashdi. Shuningdek, muzokaralar davomida “yashil renovatsiya” vositasini bankning moliyalashtirish tizimiga tatbiq etish imkoniyatlari va risklari ko'rib chiqildi.
👍12
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 “Kelajagimni SQBda ko’ryapman” - O’zsanoatqurilishbank talabalar uchun o’z eshiklarini ochdi!

An’anaga muvofiq, O’zsanoatqurilishbank iqtisodiyot, bank va moliya yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbirini o’tkazdi.

- Unda ishtirokchilar 101 yoshdagi bank muzeyida bo’lib, u yerdagi nodir eksponatlar bilan tanishtirildi;

- Shuningdek, Bosh bank xodimlarining mehnat faoliyati, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham ko’zdan kechirildi.

- Bundan tashqari talabalarga mijozlar, mahsulot va xizmatlar haqida alohida taqdimot ham o’tkazildi.

🎬 Ochiq eshiklar kunining to’liq tafsilotlari bilan navbatdagi lavhamizda tanishishingiz mumkin.

SQB Yangiliklari
👍51
Oʻzsanoatqurilishbank Navoiy kon-metallurgiya kombinati hamda “Navoiyuran” davlat korxonasi tashkil etilganining 65-yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!

Qizilqum – oltin, tabiiy uran va boshqa nodir qazilmalar makon topgan beqiyos strategik ahamiyatga ega maskan sanaladi. U yerda qazib olinayotgan ulkan mineral boyliklar bugungi kunda jahon bozorida Oʻzbekiston brendiga aylangan.

Bunda koʻpmillatli, yuksak malakali va boy tajribaga ega professional konchilar jamoasining xizmatlari beqiyos.

Barchangizni ushbu shukuhli kun bilan tabriklab, Siz, azizlarga, mustahkam sogʻlik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, Vatanimiz ravnaqi yoʻlidagi fidokorona mehnatingizda yangi zafarlar tilaymiz.
👍52🔥2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bayroq – xalqimizning asriy orzu-istaklari ramzi!

Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir oʻtkazildi. Unda Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri direktori, Oʻzbekiston va Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Azim Mullaxonov hamda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Turgʻun Beknazarovlar ishtirok etishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda soʻz olganlar bayroq – xalqimizning asriy orzu-istaklari ramzi, uni har bir inson oʻz kuchi – ilmi, mehnati va sadoqati bilan koʻklarga koʻtarishi muqaddas burch ekanligi taʼkidlandi. Bayrogʻimiz bugungi kunda butun dunyo mamlakatlarida hilpirayotgani faxr-iftixor bilan tilga olindi.

Shuningdek, davlat ramzlarining har birida milliy oʻzligimiz, mustaqilligimizga xos tarix, anʼana va qadriyatlar mujassamlashgani alohida qayd etildi.

SQB Yangiliklari
👍41🔥1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zsanoatqurilishbank "yashil makon" umummiliy loyihasida faol ishtirok etmoqda

Joriy yilning 17-noyabr kuni "yashil makon" umummiliy loyihasi doirasida O‘zsanoatqurilishbankning qirqdan ziyod ko'ngillilari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 500 to'p pista ko'chati ekdilar.

Ushbu hududda Bank tomonidan jami 11 gektar maydonda 5,5 mingta turli mevali daraxtlar ekish, sug’orish va boshqa zarur tizimlarini barpo qilish ko'zda tutilgan.

Eslatib o'tamiz, atrof-muhitni himoya qilish, ona tabiatni asrash O'zsanoatqurilishbank faoliyatida asosiy ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan bo'lib, bugungi kunda respublika tijorat banklari orasida birinchi bo'lib Green banking tamoyilini joriy etgan moliya muassasasi hisoblanadi.

SQB Yangiliklari
👍6🔥2🏆2👏1🕊1
Президент Шавкат Мирзиёев банк тизимида трансформация ва хусусийлаштириш жараёнлари муҳокамаси бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по обсуждению процессов трансформации и приватизации в банковской системе.

#Mirziyoyev #yigilish #bank #transformatsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Хабар берилганидек, бугун, 20 ноябрь куни Президент Шавкат Мирзиёев банк тизимида трансформация ва хусусийлаштириш жараёнлари муҳокамаси бўйича йиғилиш ўтказди.

Йиғилишда давлат раҳбари томонидан банк тизими олдига қўйилган вазифалар, келгусида амалга оширилиши белгиланган режалар ҳақида Ўзсаноатқурилишбанк Бошқаруви раиси Азиз Акбаржонов “Ўзбекистон 24” мухбирига сўзлаб берди.

SQB Yangiliklari
👍222
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 21 noyabr kuni O’zsanoatqurilishbank va Xitoy davlat taraqqiyot banki vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish, xususan, moliyashtirishning yangi mexanizmlari yuzasidan fikr almashdilar.

SQB Yangiliklari
👍2411
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2023 yilning 23 noyabr kuni Oʼzsanoatqurilishbank Bosh ofisida Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) Markaziy Osiyo va Turkiya mintaqaviy rahbari Аlan Nunke boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Uchrashuv chogʼida bankni transformatsiya qilish jarayonlariga alohida eʼtibor berilayotgani, bu esa oʼz navbatida bank reytingi va daromadi oshishida muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.

Shu bilan birga Bankni xususiylashtirish jarayonlari, kredit portfeli sifati, bank koʼrsatkichlari va kelgusidagi rejalar boʼyicha muhokama qilindi.

Eslatib oʼtamiz, Oʼzsanoatqurilishbankda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli transformatsiya jarayonlarida XMK ekspertlari faol ishtirok etib kelmoqda.

SQB Yangiliklari
👍11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SQB_FAKT

💵 1 trillionlik pul haqida eshitganmisiz? Bu pulga nimalar xarid qilish mumkin?

SQB Yangiliklari
👍7
⚡️Oʻzsanoatqurilishbank "yashil" tashabbuslari yana bir bor e'tirof etildi
 
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) tomonidan 2023-yil davomida Yaqin Sharq va Turkiya hududlarida iqlimni moliyalashtirish boʻyicha yetakchi boʻlgan banklar nomi eʼlon qilindi. Unga koʻra, Oʻzsanoatqurilishbank “Eng koʻp miqdorda issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirishga hissa qoʻshgan bank” deya eʼtirof etildi.

"Yashil" tashabbuslarni moliyalashtirish ustuvor maqsadlaridan biri sanalgan O'zsanoatqurilishbank tomonidan eko-innovatsiyalar va “yashil” investitsiyalar boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasi keng qoʻllanilib kelinmoqda.

Eʼtiborlisi, XMK tomonidan ishga tushirilgan CAFI platformasi “yashil” loyihalarni baholashda muhim o'rin tutmoqda. Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida bank tomonidan ushbu dastur yordamida baholangan qiymati 137 mln. AQSH dollariga teng loyihalar moliyalashtirildi. Bu bilan atrof-muhitga chiqariladigan issiqxona gazlari 45 ming tonnaga qisqartirildi.

SQB Yangiliklari
👍102🔥1
2025/07/09 19:03:45
Back to Top
HTML Embed Code: