Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 Sahro bag‘ridagi zamonaviy sanoat majmuasi – jurnalistlar “Konchi” MChJ faoliyati bilan tanishtirildi

Navbatdagi reportajimiz orqali sizni Buxoroning jazirama quyoshi ostida, cho‘l hududida barpo etilgan ulkan gipsokarton ishlab chiqarish korxonasiga taklif qilamiz. Davlatimiz rahbarining tashabbusi, O‘zsanoatqurilishbank moliyaviy ko‘magi va mahalliy tashabbuskorlarning sa’y-harakatlari bilan hayotga tatbiq etilgan mazkur loyiha — yuksaklikka intilayotgan mamlakatimiz sanoatining jonli namunasidir.

🔹 Reportaj orqali:

• O‘zbekistonda birinchi marta fasad uchun mo‘ljallangan gipsokarton ishlab chiqarilayotgani;

• Bunda Germaniya va Turkiya texnologiyalarining ahamiyati;

• 110 gektarli tabiiy zaxira, 125 nafar xodim, 120 yilga yetadigan xomashyo – bu oddiy zavod emas, balki strategik nuqta ekanligiga ishonch hosil qilasiz.

Bundan tashqari ekologik toza, energiya tejamkor, eksportbop mahsulotlar qanday yaratilayotgani haqidagi eksklyuziv kadrlarga guvoh bo‘lasiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 20-21-may kunlari O‘zsanoatqurilishbank hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) hamkorligida mamlakatimizdagi mikro, kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator amaliy tadbirlar o‘tkazildi.

Buxoro shahrida tashkil etilgan yirik seminarda mashhur biznes-trener Ulug‘bek Hojiahmedov ishtirok etib, biznesni strategik boshqarish va muvaffaqiyatli rivojlantirish borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, YeTTB va Bank mutaxassislari tomonidan grant dasturlari, maslahat xizmatlari va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Samarqand shahridagi amaliy formatdagi uchrashuv esa, bankning amaldagi mijozlari va kredit hamda grant dasturlariga qiziqish bildirgan tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazildi. Ular YeTTB va Bank hamkorligida taqdim etilayotgan moliyaviy imkoniyatlardan qanday foydalanganliklari, bu orqali faoliyatlarida qanday natijalarga erishganlari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.
 
Bank Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Nukusda “Startap va investorlar kuni”!

O‘zsanoatqurilishbank tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan tadbir yoshlar, investorlar va startaplar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. 150 dan ortiq ishtirokchi, xalqaro venchur fondlar va akseleratorlar ishtirok etgan forumda innovatsion loyihalar taqdimoti, ochiq muloqotlar va netvorking bo‘lib o‘tdi.

📍 Tadbir doirasida akseleratsiya dasturiga ham start berildi!

Batafsil👉

#SQB
#NukusStartapKuni
#Yoshlar
#VentureCapital
Assalomu alaykum, hurmatli do‘stlar!

Bugun O‘zbekistonning eng kuchli moliyaviy muassasalaridan biri bo‘lgan — O’zsanoatqurilishbankdagi faoliyatimni yakunlaganimni e’lon qilaman.

Ushbu tashkilotda o‘tgan faoliyat davrim — mening hayotimda muhim maktab bo‘ldi. Bu yerda men nafaqat professional tajriba, balki mas’uliyat, fidoyilik, xizmat madaniyati va insoniy munosabatlar borasida chuqur saboqlar oldim.

Jamoamiz bilan birga yelkama-yelka ishlagan loyihalar, fidokorona mehnatlar, mushtarak maqsadlar — bularning barchasi men uchun bebaho xotiralar bo‘lib qoladi.
Har bir rahbarimga, hamkasblarimga, menga ishonch bildirgan insonlarga alohida minnatdorchilik bildiraman.

Men bu tashkilotni chuqur hurmat qilganman va qilaman. Uning kelgusi taraqqiyoti yo‘lida barcha jamoadoshlarimga muvaffaqiyat va baraka tilayman.

Hurmat bilan,
Behzod Bozorov
Channel name was changed to «Behzod Bozorov»
📅 27 июнь — Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни

Байрам муборак бўлсин, қадрли ҳамкасблар!

Сўзга масъулият билан ёндашадиган, ҳақиқатни излаб, ҳар лаҳза жамият онгини уйғотишга хизмат қиладиган сиз азизларга чуқур ҳурмат ва миннатдорчилик билдираман.

Матбуот бу — фақат ахборот эмас, бу — жавобгарлик, адолат, халқ билан давлат ўртасидаги кўприк.
Шу мураккаб ва шарафли йўлда ҳар қадамингиз баракали ва самарали бўлсин!

Қаламингиз ўткир, ниятингиз соф, сўзингиз таъсирли бўлсин!
2025/07/07 15:45:37
Back to Top
HTML Embed Code: