Telegram Web Link
Prezident tashabbusi asosida Andijon viloyati Shahrixon tumanida akademik Sarimsoqov nomidagi xususiy maktab ishga tushirildi.

Umimiy qiymati 21,5 mlrd. soʻmni tashkil etgan ushbu loyiha uchun Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan 13 mlrd. soʻm miqdorida kredit ajratildi.

Ming oʻringa moʻljallangan maktabda taʼlim-tarbiya tizimi prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablarda joriy qilinayotgan yangi milliy taʼlim dasturi asosida olib boriladi.

Fizika, kimyo va biologiya sinf xonalari toʻliq zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan taʼminlangan ta’lim muassasasining yana bir o’ziga xosligi binolar muqobil elektr manbalari orqali elektr bilan ta’minlanadi.

Maʼlumot uchun. Toshmuhammad Sarimsoqov mamlakatimiz ilm-fani rivojiga ulkan hissa qoʻshgan, topologiya va funksional analiz boʻyicha ilmiy maktab yaratgan olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi.

SQB Yangiliklari
👍5👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda "O'zbekiston Respublikasi kapital bozori: rivojlanish strategiyasi va tartibga solish" mavzuida IV xalqaro anjuman bo’lib o'tdi.

Anjuman maxsus panel sessiyasida ishtirok etgan O'zsanoatqurilishbank vakillari bankning mahalliy va xalqaro fond bozoridagi ishtiroki to’g’risida taqdimot qildi.

O'zsanoatqurilishbankning mamlakat banklari tarixida ilk bor London fond birjasida joylashtirgan 300 mln. AQSH dollari miqdoridagi yevroobligatsiyalari va yaqinda 100 mln. AQSH dollariga teng “yashil”yevrobondlarni muvaffaqiyatli joylashtirgani ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

Shuningdek, O’zsanoatqurilishbankda tijorat banklari orasida birinchilardan bo'lib investitsion bank xizmatlarini ko'rsatish yo'lga qo'yilgani alohida e’tirof etildi.

O'zsanoatqurilishbank korporativ mijozlar uchun IPO tashkil etish va obligatsiyalarni chiqarish bo'yicha anderrayterlik xizmatini ko'rsatib kelmoqda.

SQB Yangiliklari
👍4🤩2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzsanoatqurilishbankda XMK vakillari bilan ESG tamoyillarini joriy etish masalalari muhokama qilindi

Bugun, joriy yilning 12-sentyabr kuni "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB Boshqaruv raisi oʻrinbosari Farrux Abdurahmonov boshchiligida Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari bilan Oʻzsanoatqurilishbank tizimida ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish masalasi muhokama qilindi.

Aytish joizki, ESG tamoyillarini joriy qilish Bank tizimida ekologik risklarni boshqarish, “yashil” loyihalarni moliyalashtirishni rivojlantirish, mehnat muhofazasini taʼminlash yanada yaxshilash kabi imkoniyatlar beradi.

Bankning xalqaro bozordagi mavqeini oshiradi.

SQB Yangiliklari
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 12-sentabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida Yevropa investitsiya banki (EIB) vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
 
Uchrashuvda YEIB tomonidan “yashil” loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha jalb qilingan kredit liniyasini oʻzlashtirish doirasida korxonalarda energiya audit oʻtkazish hamda ulardagi texnologik uskunalarni baholash masalalari muhokama qilindi.
 
Qayd etish joiz, Oʻzbekistonda YEIB tomonidan “yashil” loyihalarni texnik jihatdan oʻrganib, xulosa berishda bepul maslahat xizmatlarini koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan.

SQB Yangiliklari
👍3🤔1
Joriy yilning 12-sentabr kuni “Bankir kundaligi” telegram kanalida Oʻzsanoatqurilishbank Qoʻqon BXM xodimlari quyosh panellari oʻrnatishga majburlanayotgani haqida murojaat chop etilgan.

Ushbu murojaat Bank rahbariyati tomonidan oʻrganib chiqildi. Oʻrganish natijalariga koʻra, oʻzboshimchalik bilan xodimlarga yuklatilgan lavozim majburiyatidan tashqari masalalarni talab qilganligi sababli BXM boshqaruvchisiga intizomiy chora qoʻllanildi.

Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida barcha hududiy tuzilmalar masʼullari ishtirokida tushuntirish ishlari oʻtkazildi.

Bank Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xodimlarni o'qitish va malakasini oshirish SQBning ustuvor yo'nalishlaridan biridir

Ayni paytda O’zsanoatqurilishbank O’quv markazida "Direktorlar maktabi" dasturi doirasida kichik va oʻrta biznes yoʻnalishidagi hududiy tarmoqlar rahbarlari uchun navbatdagi sessiya boʻlib oʻtmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Direktorlar maktabi” dasturi Moskvaning SKOLKOVO biznes boshqaruv maktabi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “SQB Leaders” loyihasi doirasida ishga tushirilgan.

SQB Yangiliklari
👍9
#anons

16-sentabr kuni yurtimizning barcha hududlarida “Butunjahon tozalik kuni” keng nishonlanadi.

Xususan, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Lokomativ” o‘yingohi orqasida joylashgan istirohat bog‘ida ham atrof-muhitni toza saqlashga qaratilgan qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi. 

Tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O’zsanoatqurilishbank, O‘zbekiston Volontyorlar assotsiatsiyasi, hamda “Coca-cola” hamkorligida tashkil etilmoqda. 

Dastlab “UzPlogging” aksiyasiga start beriladi. Unda ko‘ngillilar belgilangan hududdagi plastik chiqindilarni to‘plashadi.

“Pokiza insonlar” ko‘ngillilar jamoasi tomonidan daraxtlar turli iplar va boshqa zararli narsalardan tozalanadi.

Tadbirning ikkinchi qismi “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida - ekologik toza va qayta ishlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi, atrof-muhitni muhofaza qilish mavzusida rasm chizish tanlovi bo‘lib o‘tadi.

Yakunda estrada yulduzlari ishtirokidagi konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Barchani taklif etamiz!
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SQBning hududiy tarmoqlari rahbarlari uchun tashkil etilgan “Direktorlar maktabi” dasturi doirasidagi navbatdagi sessiya chakana biznes yoʻnalishiga bagʻishlandi.

Uni Moskva SKOLKOVO menejment biznes maktabi bitiruvchisi Chakana biznesni rivojlantirish departamenti direktori Feruz Xoʻjayev olib bordi.

SQB Yangiliklari
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Butunjahon tozalik kuni va har yili SQB barcha dunyo ko’ngillilari bilan birgalikda global ekologik aksiyasiga qo'shiladi.

👥 Xodimlarimiz va volontyorlar yirik ekologik shanbalikda, Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi saylgoh hududini chiqindidan tozalash va madaniy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etishda qatnashmoqda.

🌍 Biz toza ekologiya tarafdorimiz - bu esa, chiqindilarni saralab yig'ish va qayta ishlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, insonning eko-izini va atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishni anglatadi.

💫 Bizga qo‘shiling, ushbu global flesh-mobning bir qismiga aylaning! Ko‘chalaringizda, hovlilaringizda, shahringizda tozalash va obodonlashtirish ishlari orqali “yashil” aksiyani qo‘llab-quvvatlang!

SQB Yangiliklari
🔥2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#presstur

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Qarshi shahridagi “RADIANT SILK” korxonasiga press-tur tashkil etildi.

Bugungi kunda korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 250 tonnaga teng, 250 ga yaqin ishchi kuchiga ega. Mahsulotlarning 2,5 mln. dollarlik qismi eksportga yoʻnaltirilgan. Bu borada Vyetnam, Hindiston, Xitoy va Tojikiston asosiy buyurtmachilar hisoblanadi.

– Tahlillarga koʻra, jahon boʻyicha ipak ishlab chiqarish keyingi besh yilda 15,7 foizga oshgan, respublikamiz esa yetakchi uchlik qatoridan oʻrin olgan, – deydi korxona rahbari Jamol Sayliyev. – Shu bois qoʻshimcha imkoniyatlarni ishga solib korxonamiz faoliyatini muntazam kengaytirib borayapmiz. Bunda Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan aylanma mablagʻlarimizni shakllantirish maqsadida ajratilayotgan kreditlar muhim rol oʻynamoqda.

Eslatib o'tamiz, Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan tizimda ijobiy kredit tarixiga ega boʻlgan mijozlarga aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun 8 turdagi revolver kreditlar taklif etilmoqda.

SQB Yangiliklari
👍8🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
 
“Тадбиркорлар мактаби”: бизнесга бепул тайёрлов маскани
 
🏦 Ўзсаноатқурилишбанк томонидан ташкил этилган “Тадбиркорлар мактаби” ўқув марказининг барча филиалларида навбатдаги ўқув мавсумлари бошланмоқда.

“Тадбиркорлар мактаби” қурилиш материаллари ишлаб чиқаришда ташаббускор тадбиркорларнинг соҳадаги малака даражасини мунтазам ошириб бориш, илғор архитектура ва дизайнерлик тамойилларига асосланган “келажак материаллари” номенклатурасини кенгайтириш ҳамда ишлаб чиқаришга халқаро стандартларни кенг жорий этиш мақсадида ташкил қилинган.

Ўқув жараёни Германия ва Туркия таълим тизимида қўлланиладиган дуал таълим дастури асосида йўлга қўйилиб, машғулотлар назарий таълим, амалий машғулот, лаборатория ва мустақил таълим тарзида олиб борилмоқда.

Марказга жалб қилинган 20 дан зиёд юқори малакали мутахассислар орасида Туркиянинг Малтепе университети ҳамда Будапешт технологиялар ва иқтисодиёт университети профессорлари ҳам ўрин олган.

Тингловчиларнинг билим ва малакасини ошириш мақсадида, шунингдек, books.tadbirkormaktab.uz ҳамда OECD-iLibrary, EBSCO Publications, Report Linker каби миллий ва халқаро электрон кутубхоналар имкониятларидан ҳам кенг фойдаланиб келинмоқда.

Бундан ташқари, 1200 та замонавий адабиётдан таркиб топган анъанавий кутубхона ҳам тингловчилар ихтиёрига топширилган.

Ҳозирда “Тадбиркорлар мактаби”нинг Хоразм, Самарқанд, Жиззах, Фарғона ва Нукус филиаллари фаолияти йўлга қўйилган бўлиб, уларда таълим олиш мутлақо бепул. Жорий йилнинг ўтган даврида ушбу марказларда 350 нафар тингловчи таҳсил олган бўлса, йил якунига қадар яна 500 дан зиёд талабгорлар малакасини ошириш кўзда тутилган.
 
Қўшимча маълумот учун: tadbirkormaktab.uz сайти ёки +99871 254 92 01 (Алоқа маркази).
 
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Avval xabar berganimizdek, “Butunjahon tozalik kuni” doirasida o’tkazilgan ekologik aksiyada SQB xodimlari ham faol ishtirok etishdi.

Xodimlarimiz va volontyorlar ushbu xayrli tashabbus davomida Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi saylgoh hududidan 802 kg.dan ziyod chiqindini yig’ib olishdi.

Tadbir tafsilotlari navbatdagi reportajimizda.

HD formatda ushbu havolada tomosha qiling

SQB Yangiliklari
👏5
Joriy yilning 21-sentyabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda “Oʻzbekistonda sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida hamkorlikni kengaytirish, ushbu xalqaro moliya instituti tomonidan mamlakatimizga taqdim etilayotgan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlov mablagʻlarini samarali oʻzlashtirilishini taʼminlashga qaratilgan qator masalalar muhokama qilindi.

Bu borada Oʻzsanoatqurilishbank tizimida yangi bank mahsulotlarini ishlab chiqish hamda “yashil” loyihalarga texnik koʻmak olishga kelishildi.

SQB Yangiliklari
👍5🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#presstur #maxsusreportaj

Avval xabar berganimizdek, Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Qarshi shahridagi “RADIANT SILK” korxonasiga press-tur tashkil etildi.

Bugungi kunda korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 204 tonna ipak momig'i va 617 tonna hom ipak mahsulotini tashkil etadi. Bu jarayonda 250 nafar doimiy, 12,5 ming nafargacha mavsumiy ish o’rinlari yaratilgan. Tayyor mahsulotlarga ayni vaqtda Xitoy, Vyetnam, Turkiya, Eron kabi davlatlar xaridor bo'lib turibdi.

Joriy yil bankimiz mijozi xorijga 9,2 mln. AQSH dollariga teng mahsulotni eksport qilishni reja qilgan.

Bir so'z bilan aytganda, navbatdagi reportajimizda dunyoning 7 xazinasidan biri hisoblangan - ipakchilikni o'ziga kasb qilgan va buning ortidan hozirda yaxshi daromad topayotgan ishbilarmon yurtdoshimiz xususida so'z yuritiladi.

HD formatda ushbu havolada tomosha qiling

SQB Yangiliklari
👍3
“Tadbirkorlar maktabi” Farg`ona filialida 1-mavsumga start berildi
 
O`zsanoatqurilishbank ko`magida tashkil etilgan “Tadbirkorlar maktabi”ning Farg`ona filialida 1-mavsumga start berildi.

O`quv markazida mashg`ulotlar Germaniya, Turkiya, Vengriya va Ispaniya ta’lim dasturlari asosida asosida yo`lga qo`yilgan.

Amaliy mashg`ulotlar hududdagi “Art soft ceramic”, “Ekokerama”, “Albus segment”, “Star genius” kabi ishlab chiqarish korxonalarida olib boriladi.

O`quv markazida 50 dan ziyod qurilish materiallari ustida sinov ishlarini o`tkazishga mo`ljallangan zamonaviy laboratoriya tinglovchilarga o`z bilimlarini mustahkamlashga qo`l keladi.

O`quv kurslari mutlaqo bepul tarzda amalga oshiriladi.

Qo`shimcha ma’lumot uchun: tadbirkormaktab.uz sayti yoki 71-2549201 (Aloqa markazi).

SQB Yangiliklari
👏4
SQB Visaning uzoq yillik hamkori sifatida eʼtirof etildi

Joriy yilning 21 sentabr kuni Visa Markaziy Osiyo toʻlov forumida Visa kompaniyasi Oʻzsanoatqurilishbankni uzoq yillik ishonchli hamkorlaridan biri sifatida eʼtirof etib, esdalik statuyetkasini taqdim etdi.

300 dan ortiq yetakchi ekspertlar, moliya-bank sektori vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan forumda Markaziy Osiyo boʻylab raqamli toʻlovlarni rivojlantirish, savdo miqyosi va pul harakatlanishining jadal oʻsib borishiga mos ravishda biznesni transformatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

SQB Yangiliklari
👍16👏1
2025/07/10 23:37:11
Back to Top
HTML Embed Code: