Telegram Web Link
Forwarded from Bankers.uz — Live
🏦 Айни дамда Тошкентдаги "Intercontinental Tashkent" мажмуаси конференциялар залида "Ўзсаноатқурилишбанк" АТБ бошқаруви раиси Азиз Акбаржоновнинг банк ёшлари билан учрашуви бўлиб ўтмоқда.


@bankers_uz_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏152👍2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʼzsanoatqurilishbankda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi oʼtkazildi

Joriy yilning 21 dekabr kuni poytaxtimizda Oʼzsanoatqurilishbank tomonidan “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti tashkil etildi.

Unda Bank Boshqaruvi raisi Аziz Аkbarjonov yosh xodimlar bilan oʼz shaxsiy tajribalari, rahbarlik masʼuliyati, bank tizimda kadrlarga qoʼyiladigan talablar haqida suhbatlashdi. Bankni rivojlantirishga qaratilgan mushtarak maqsadlar yoʼlida yanada tashabbuskor va fidoyi boʼlishga chorlab, bu borada taklif va mulohazalarni qabul qilishga doim tayyor ekanligini bildirdi.

Samimiy ruhda oʼtgan muloqotda yoshlar bilan ishlash borasida kelgusi rejalar xususida ham soʼz borib, ular yosh xodimlar fikr va takliflari asosida yanada boyitilishi ta'kidlandi.

SQB Yangiliklari
👍13🔥3
“Ибрат фарзандлари”: тил ўргатишда креатив ва бепул лойиҳа

“Тил ўрганиш хоҳишингиз тез сўнаётган бўлса, бошқачароқ усул танланг: китоб ўқиётган бўлсангиз, унинг аудио форматига ўтинг, дарсликни қўйиб, луғатни қўлга олинг ва ҳоказо”. Венгриялик профессионал таржимон Като Ломб берган маслаҳат “Ибрат фарзандлари” лойиҳаси доирасида берилаётган имкониятларга тўла мос келади.

Батафсил: https://uza.uz/posts/550497

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
👍4
O’zsanoatqurilishbank “АCCА Approved Employer” maqomini tasdiqlovchi hujjat bilan taqdirlandi

2023 yil 14 dekabr kuni ACCA (Association of Chartered Certified Accountants) Markaziy Osiyodagi faoliyatining 10 yilligi munosabati bilan ilk bora O’zbekistonda yangi (member) a’zolarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Unda O’zsanoatqurilishbank “АCCА Approved Employer” ("АCCА tasdiqlagan ish beruvchi") maqomini tasdiqlovchi hujjat bilan taqdirlandi.

Shuningdek, O’zsanoatqurilishbank Buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti MHXS bo’yicha eksperti Baxtiyor Sagdullayevga ACCA a’zoligi (ACCA member) sertifikati tantanali ravishda topshirildi.

Qayd etish joizki, O’zsanoatqurilishbank xalqaro ACCA tashkiloti bilan bir necha yildan beri hamkorlik qilib keladi va Buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti MHXS boshqarmasining barcha xodimlari MHXSga oid ACCA sertifikatiga ega.

SQB Yangiliklari
👍11🏆5
“Fitch Ratings” O‘zsanoatqurilishbank reytingini tasdiqladi: istiqboli “Barqaror”

Xalqaro yetakchi reyting kompaniyalardan biri – “Fitch Ratings” O‘zsanoatqurilishbank kredit reytingi mamlakatning “BB-” suveren reytingi darajasida ekanligini tasdiqlab, istiqboli “Barqaror” deya baholadi.

Ushbu reyting bank biznesining sezilarli darajada kengayib, rivojlanganini, shuningdek aktivlari barqaror o‘sayotganini ifodalaydi.

“Fitch Ratings” xulosasida bank mamlakatdagi muhim strategik sohalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash barobarida, xususiylashtirishdan oldingi faoliyatini samarali diversifikatsiya qilib, kichik va o‘rta biznes hamda chakana kreditlash yo‘nalishidagi faoliyatini rivojlantirib borayotgani e’tirof etilgan.

SQB Yangiliklari
👍6
#sarhisob

Oʼzsanoatqurilishbank 2023 yilni qanday yakunlamoqda?

2023 yil tugashiga sanoqli kunlar qoldi. Biz yakunlanayotgan yilda SQB hayotida yuz bergan eng muhim va yorqin lahzalarni yana bir bor eslashga qaror qildik.

Bugun yilboshi – yanvar oyini eslaymiz

📆 O’zsanoatqurilishbankda Yoshlar ishlari agentligi direktori, O’zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📆 Oʻzsanoatqurilishbank komplayens nazorati xizmati xodimlari Buyuk Britaniyaning Xalqaro komplayens assosiatsiyasi (International compliance association – ICA) sertifikatiga ega boʻldi.

📆 Fitch Ratings O'zsanoatqurilishbankning uzoq muddatli kredit reytingini barqaror prognoz bilan “BB-” darajasida tasdiqladi.

📆 MasterCard xalqaro to'lov tizimi SQBni "Moneysend pul o'tkazmalarining O'zbekistonda birinchi ishga tushirilishi" nominatsiyasida mukofot bilan taqdirladi.

📆 Oʼzsanoatqurilishbank – axborot va kiberxavfsizlikning taʼminlanganligi holati boʼyicha respublikada yetakchi tijorat banki deb topildi.

📆 O’zsanoatqurilishbank “Rost24”tahririyati tomonidan o'tkazilgan "Yil tanlovi-2022"da "2022 yilda OAV e’tiborini qozongan bank" deya e'tirof etildi.

📆 30-yanvar kuni Oʻzsanoatqurilishbank va Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) oʻrtasida qiymati 400 ming yevroga teng texnik koʻmaklashuv boʻyicha bitim imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

SQB Yangiliklari
👍62
#sarhisob

Oʼzsanoatqurilishbank 2023 yilni qanday yakunlamoqda?

2023 yil tugashiga sanoqli kunlar qoldi. Biz yakunlanayotgan yilda SQB hayotida yuz bergan eng muhim va yorqin lahzalarni yana bir bor eslashga qaror qildik.

Bugun fevral oyida SQB hayotiga muhrlangan voqealarni eslaymiz:

📆“S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi Oʻzsanoatqurilishbank kredit reytingini ВВ- darajada “Barqaror” prognoz bilan tasdiqladi.

📆Oʻzsanoatqurilishbank tizimida “Zakovat” intellektual oʻyinining ilk mavsumi start oldi.

📆O'zsanoatqurilishbank Xorazm mintaqaviy bank xizmatlar ofisi Markaziy bank Xorazm viloyat Bosh boshqarmasi tomonidan 2022 yilda "Xalqaro pul o'tkazmalari" bo'yicha xizmat ko'rsatishda eng faol bank deb topildi.

📆Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisi binosida quyosh panellari oʻrnatildi.

📆20-fevral kuni Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Navoiy viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Yanvar oyidagi voqealar shu yerda

SQB Yangiliklari
👏31
#sarhisob

Oʼzsanoatqurilishbank 2023 yilni qanday yakunlamoqda?

2023 yil tugashiga sanoqli kunlar qoldi. Biz yakunlanayotgan yilda SQB hayotida yuz bergan eng muhim va yorqin lahzalarni yana bir bor eslashga qaror qildik.

Nihoyasiga yetayotgan yilning mart oyi ham Bank faoliyatida qator yangiliklar bilan tarixga muhrlangan:

📆 Oʻzsanoatqurilishbank, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda salohiyatli tadbirkorlardan iborat delegatsiya Ispaniya Qirolligida boʻlib, qator kelishuvlarga erishildi.

📆 Poytaxtimizda ilk bor Oʼzsanoatqurilishbank hamda “Oʼzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tashabbusi bilan xalqaro Tabiiy tosh biznes sammiti boʼlib oʼtdi.

📆 Oʼzsanoatqurilishbank tomonidan “Oʼzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan hamkorlikda Jizzax politexnika instituti qoshida “Tadbirkorlar maktabi” oʼquv markazining Jizzax filiali tashkil etildi.

📆 Oʼzsanoatqurilishbank tashabbusi bilan poytaxtimizdagi Anhor istirohat bog'ida Navro'z Party o’tkazildi.

📆 Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

📆 Samarqandda “SQB Zakovat”ning navbatdagi turi oʻtkazildi.

📆 Prezident Shavkat Mirziyoev "Аsakabank" va "Oʼzsanoatqurilishbank" kapitaliga xorijiy investitsiyalar jalb etish boʼyicha taqdimot bilan tanishdi.

📆 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan e'lon qilingan 2022 yil yakunlari boʼyicha Ochiqlik indeksida Oʼzsanoatqurilishbank eng yetakchi bank deb topildi.

📆 30-mart kuni Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.

Yanvar oyidagi voqealar shu yerda
Fevral oyidagi voqealar shu yerda

SQB Yangiliklari
👍2
Oʻzsanoatqurilishbank Turkiya banklari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
 
2023 yilning 25-26-dekabr kunlari Anqara shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Turkiya biznes-forumi va Hukumatlararo komissiyasining yigʻilishi doirasida Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan xorijiy hamkorlar bilan umumiy qiymati 130 mln. dollarlik bitimlar imzolandi.

Hukumatlararo komissiyaning yigʻilishi yakunlari boʻyicha Oʻzsanoatqurilishbank Turk Eksimbanki bilan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga qaratilgan qiymati 60 mln. dollarlik kredit liniyasini jalb qilish boʻyicha hamkorlik bitimi imzolagan boʻlsa, biznes-forum doirasida “Citibank A.S.” Turkiya ofisi bilan 2024-yil uchun hamkorlik kelishuvi, shu jumladan qiymati 70 mln. dollarlik kredit liniyasini jalb qilish boʻyicha kelishuvga erishdi.

Mablagʻlar respublikamizda kichik va oʻrta biznes sohasidagi subyektlarning savdo va investitsion loyihalarini moliyalashtirish, qurilish materiallari va elektrotexnika sanoatlarida loyihalarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.
👍141
Avval xabar berganimizdek, 2023 yilning 25-26-dekabr kunlari Anqara shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Turkiya biznes-forumi va Hukumatlararo komissiyasining yigʻilishi doirasida Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan xorijiy hamkorlar bilan umumiy qiymati 130 mln. dollarlik bitimlar imzolandi.

Turkiyalik hamkorlar bilan erishilgan mazkur kelishuvlar xorijiy ommaviy axborot vositalari tomonidan ham keng yoritildi.

SQB Yangiliklari
👍71🤔1💯1
O‘zsanoatqurilishbank – "Visa Awards-2023" tanlovining “Eng yaxshi kredit karta emitenti” nominatsiyasi sovrindori

Visa xalqaro toʻlov tizimi, an'anaga muvofiq, eng yaxshi koʻrsatkichlarga erishgan banklar nomini e'lon qildi.

Unga ko'ra, O'zsanoatqurilishbank “Eng yaxshi kredit karta emitenti” nominatsiyasini qo'lga kiritdi.

__

Узпромстройбанк – «Лучший эмитент кредитных карт» по версии "Visa Awards - 2023"

Международная платежная система Visa, подводя итоги года в Узбекистане, по традиции, объявила лауреатов премии "Visa Awards-2023" среди банков-партнеров.

На церемонии награждения "Visa Awards-2023", Узпромстройбанк удостоен почетной награды в номинации "Лучший эмитент кредитных карт".
👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida Yangi yil bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Bank rahbariyati, xodimlari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etgan tadbirda yakunlanayotgan yilda Bank tomonidan erishilgan natijalar va kelgusi yil rejalari haqida soʻz yuritildi.

Yaqinda bir qator ijtimoiy tarmoqlarda oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi faoliyat yuritgan tijorat banki” hamda “Tijorat banklarining 2023 yilda eng yaxshi faoliyat yuritgan MOBIL ILOVАSI” soʻrovnomalarida O'zsanoatruqilishbank birinchilikni qoʻlga kiritgani munosabati bilan jamoatchilik faoli, bloger Rasul Kusherbayev tomonidan Bank rahbariyatiga estalik sovgʻalari topshirildi.

Tadbir doirasida, shuningdek, 2023-yil davomida eng yaxshi natijalarni qayd etgan hududiy tarmoqlar hamda xodimlar Bank boshqaruvi tomonidan ragʻbatlantirildi.

SQB Yangiliklari
👏10👍42🤔1
Forwarded from Rasul Kusherbayev
Йилнинг энг яхши тижорат банки ва мобил иловаси эгаларини табриклаб келдик.

Янги йил олдидан ижтимоий тармоқларда сўровнома ўтказган эдик.

☑️ Овоз берган иштирокчиларнинг фикрига кўра, "Йилнинг энг яхши фаолият юритган ТИЖОРАТ БАНКИ" бўйича:

1- ўрин: "Ўзсаноатқурилишбанк";
2-ўрин:" Инвест финанс банк";
3-ўрин: "Туронбанк" эгаллади.

☑️Овоз берган иштирокчиларнинг фикрига кўра, "Тижорат банкларининг 2023 йилда энг яхши фаолият юритган МОБИЛ ИЛОВАСИ" бўйича:

1- ўрин: "Joyda";
2-ўрин:" InfinBank";
3-ўрин: "MyTuron" эгаллади.

Барча банкларимизга йил давомида истеъмолчиларнинг ишончини қозониш йўлида янада катта зафарлар ёр бўлишини тилаб қоламиз!

👉 @r_kusherbayev
👍10😍61
2025/07/08 19:29:03
Back to Top
HTML Embed Code: