Telegram Web Link
❗️Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʼzgarishsiz qoldirdi

2024 yil 14 martda Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoldi.

Markaziy bank boshqaruvi iqtisodiyotda talab va taklif mutanosibligiga erishish boʼyicha noaniqliklar va inflyatsiyani oshiruvchi kutilmalarning saqlanib qolayotganligini inobatga olib hamda inflyatsiyaning 5 foizlik targetigacha pasaytirish uchun zarur pul-kredit sharoitlarini taʼminlash maqsadida asosiy stavkani oʼzgarishsiz qoldirish toʼgʼrisida qaror qabul qildi.

Umumiy inflyatsiya yil boshidan pasayib, fevral oyida 8,3 foizni tashkil etdi. Biroq, soʼnggi oylarda yuqori talab va bir qator tartibga solinadigan narx va tariflarning oshishi fonida xizmatlar inflyatsiyasi tezlashishi kuzatildi. Bundan tashqari, aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari deyarli oʼzgarishsiz, yuqoriligicha qolmoqda.

Joriy yil oxiriga inflyatsiya 8-9 foizlik prognoz diapazoni doirasida shakllanishi kutilmoqda. Prognoz davrida tartibga solinadigan narxlar oʼzgarishi va ularning inflyatsion kutilmalarga taʼsiri boʼyicha noaniqliklar saqlanib qolmoqda.

Press-reliz

SQB Yangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live
#press_tur

Jurnalist va blogerlar Navoiy viloyatidagi vodorod peroksidi ishlab chiqaruvchi “Uzbekistan hydrogen peroxide” korxonasi faoliyati bilan tanishmoqda.

MDH hududida yagona hisoblangan ushbu zavod O’zsanoatqurilishbank tomonidan moliyalashtirilgan.

SQB Yangiliklari
“Oʼzsanoatqurilishbank” АTB balansidagi mol-mulklarni “E-auksion” orqali kreditga va boʼlib toʼlash sharti asosida sotib olishni taklif qiladi:

🔵 Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Chilonzor-30 - Rangli metallarga ishlov berish uskunalari 16 mlrd 560 mln soʼm. Toʼlov usuli: 3 yil muddatga, 35% boshlangʼich toʼlov (batafsil)

🔵 Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yetti Chinor koʼchasi, 60-uy - Mehmonxona binosi 13 mlrd 617 mln soʼm. Toʼlov usuli: 4 yil muddatga, 25% boshlangʼich toʼlov (batafsil)

🔵 Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Moyqoʼrgʼon koʼchasi, 276-277-uy - Turar joy 6 mlrd 325 mln soʼm. Toʼlov usuli: 100% toʼlov (batafsil)

🔵 Toshkent viloyati, Boʼstonliq tumani, Qoronqul Chinor bogʼi, Bush koʼchasi, 10-12-uy - Uy-joy (dacha) 4 mlrd 045 mln soʼm. Toʼlov usuli: 3 yil muddatga, 30% boshlangʼich toʼlov (batafsil)

🔵 Toshkent viloyati, Oʼrta Chirchiq tumani, Guliston MFY - xizmat koʼrsatish binosi 2 mlrd 269 mln soʼm. Toʼlov usuli: 3 yil muddatga, 30% boshlangʼich toʼlov (batafsil)

Kredit yoki bo'lib to'lash orqali sotilayotgan mulklarning to'liq ro'yxati bilan shu yerda tanishing,
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Obod yurtning obod banklari

Umumxalq hashari Oʻzsanoatqurilishbankda ham katta uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda.

SQB Yangiliklari
Forwarded from Bank va Mijoz
ЎзСҚБ томонидан тақдим этилаётган микроқарзнинг энг юқори миқдори 100 млн сўмгача оширилди.

Микроқарз шартлари:

иш ҳақи лойиҳаси доирасида банк мижозлари учун:
– 12 ойга йиллик 29%;
– 24 ойга йиллик 30%;
– 36 ойга йиллик 31%;
– 48 ойга йиллик 32%;

расмий ва норасмий даромадга эга жисмоний шахслар учун:
– 12 ойга йиллик 31%;
– 24 ойга йиллик 32%;
– 36 ойга йиллик 33%;
– 48 ойга йиллик 34%;

Микроқарз миқдоридан келиб чиқиб, кафиллик, суғурта полиси ёки ликвидлик гарови таъминоти асосида ажратилади.

❗️Микроқарз банк офислари ва joyda иловаси орқали расмийлаштирилиши мумкин.

👉 Батафсил.

@bankmijoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Avval xabar berganimizdek, O'zsanoatqurilishbank tomonidan jurnalist va blogerlar uchun Navoiy viloyatida navbatdagi press-tur tashkil etildi. Unda ishtirokchilar MDH davlatlarida yagona hisoblangan vodorod peroksidi ishlab chiqaruvchi “Uzbekistan hydrogen peroxide” korxonasi faoliyati bilan tanishtirildi.

Berilgan ma'lumotlarga ko'ra korxona joriy yilda o'z faoliyatini boshlagan hamda 3,5 gektar maydonda joylashgan. Ishlab chiqarish jarayonlari esa to'liq Hindiston texnologiyalari asosida tashkil etilgan. Zavod yiliga 28 ming tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bunda 50 dan ziyod mahalliy aholining bandligi ta'minlangan.

Ayni vaqtda tayyor mahsulotning yarmi ichki bozoga qolgan qismi esa MDH va Yevropa mamlakatlariga eksport qilinmoqda. Eksportdan joriy yil kutilayotgan tushum esa - 5 mln. AQSH dollariga teng.

Press-tur davomida ishtirokchilar ishlab chiqarish va eksport jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi. Ular o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi.

Bank Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from SQB
Aziz doʼstlar!

🌸 Sizlarni bahorgi tengkunlik kuni – Navro‘z bayrami bilan chin dildan tabriklaymiz!

☀️ Ushbu nurli bayramning bahorgi iliqliklari har bir xonadonga quvonch, baxt va ahillik olib kelsin, qalblarni yangi umidlarga to‘ldirsin!

🌸 Tinchlik, totuvlik, sog‘lik, baxt va farovonlik tilaymiz!
____

Дорогие друзья!

🌸 От всей души поздравляем вас с праздником Навруз – днем весеннего равноденствия!

☀️ Пусть весеннее тепло этого солнечного праздника принесет радость, счастье и гармонию в каждый дом, наполняя сердца новыми надеждами!

🌸 Мира вам, согласия, здоровья, счастья и благополучия!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli mijozlar!

Endilikda Siz “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisiga telegram boti orqali ham murojaat qilishingiz mumkin.

Bankimiz ofislarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalaringiz, shuningdek, bank mahsulotlari va xizmatlariga oid taklif va mulohazalaringizni [email protected] elektron manzili bilan birga https://www.tg-me.com/SQB_Raisgamurojaat_bot manzilidagi maxsus telegram botga ham yuborishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, anonim hamda mazmuni to‘liq yoritilmagan yoki zarur ma’lumotlar ko‘rsatilmagan murojaatlarga javob berilmaydi. Xabarni yuborishdan oldin ismingiz, manzilingiz va telefon raqamingiz to‘liq kiritilganligini tekshiring.
⭕️⭕️⭕️

Diqqat, firibgarlardan ogoh bo‘ling!
 
Firibgarlar ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank nomidan [email protected], [email protected] kabi elektron pochta manzillari orqali yolg‘on ma’lumotlar yuborayotgani aniqlandi.

⌨️Ular aldov yo‘li bilan odamlarning shaxsiy ma’lumotlarini olib, bank kartalari va boshqa hisobraqamlaridan pul mablag‘larini o‘zlashtirishni maqsad qilgan.

⌨️Firibgarlar, shuningdek, noma’lum telefon raqamlardan qo‘ng‘iroq qilib o‘zini bank xodimi sifatida tanishtirib, kreditlar taklif etmoqda.

⌨️Afsuski, bir nechta mijozlar bunday tuzoqqa tushib, pullaridan ayrilgan.
 
Hurmatli hamyurtlar, qadrli mijozlar!

Sizlardan quyidagi qoidalarga amal qilishni so’raymiz:

🧑‍💻Bank nomidan chiqqan har qanday axborot almashish kanallari (elektron pochta manzili, telefon raqami, telegram bot va boshqalar)ni qat’iy tekshiring. Ularni bank rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarida keltirilgan ma’lumotlar bilan solishtiring.

🔐 O‘zini bank xodimi deb tanishtirayotgan notanish shaxslarga zinhor shaxsiy va kartangizga oid ma’lumotlarni ochiqlamang!

🔐 Telefon raqamingizga SMS xabar orqali kelib tushgan tasdiqlash kodini hech kimga ayta ko‘rmang!

🔐 O‘zgalarga kartangiz rasmini jo‘natmang! Oldi-sotdi yoki pul o‘tkazmalari amaliyotlarida kartangizdagi 16 raqamli sonni taqdim etish kifoya. Kartangizdagi amal qilish muddati esa, doim sir saqlanishi zarurdir.
 
Bank rasmiy sayti va aloqa kanallari:

🌐 Bank rasmiy sayti: sqb.uz
🆔 Elektron pochta: [email protected]
📱Aloqa markazi: 1180
✈️ Telegram boti: sqbchat_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zsanoatqurilishbankda xayriya ko’rgazmasi o'tkazildi

28-mart kuni O’zsanoatqurilishbank Bosh ofisida Markaziy bank, SQB hamda “Sen kuchlisan” loyihasi hamkorligida onkologik va gematologik kasalikka chalingan bolajonlar uchun xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida bolajonlar tomonidan chizilgan suratlarning kimoshdi savdolari ham o’tkazildi. Unda yig’ilgan mablag’lar esa O’zbekistonda onkologiyaga chalingan bolalar o’rtasida o’lim ko’rsatkichlarini pasaytirishga sarflanadi.

SQB Yangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlar maktabining hududiy filiallarida oʼquv mashgʼulotlari qizgʼin davom etmoqda

“Tadbirkorlar maktabi” oʼquv markazining hududiy filiallarida ayni paytda 120dan ortiq tinglovchilar tahsil olmoqda.

Bugungi kunda Markazning Jizzax, Nukus, Urganch, Samarqand, Fargʼona filiallarida mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda xorijiy professor-oʼqituvchilar jalb qilingan. Mashgʼulotlar Germaniya, Turkiya, Vengriya va Ispaniya taʼlim dasturlari asosida olib borilmoqda.

Joriy mavsum tinglovchilari uchun oʼz hududlaridagi “Bazalt” klasteri, “Vero group”, “Nukus polimer”, “Ekokerama” kabi ishlab chiqarish korxonalarida amaliy mashgʼulotlar oʼtkazish belgilangan.

Eslatib oʼtamiz, hozirgi kunda Tadbirkorlar maktabiga qabul davom etmoqda.

Ularda taʼlim olish va loyihalarni qoʼllab-quvvatlash – mutlaqo BEPUL.

Oʼquv markazi rasmiy sayti: business-assistant.uz
Аloqa markazi: +998 71 254 92 01
O‘zsanoatqurilishbank tizimida moliya-bank sohasida birinchilardan bo‘lib ESG va barqaror rivojlanish siyosati tasdiqlandi. Bu bilan bank global ekologik va ijtimoiy dasturlarni yanada faol qo‘llab-quvvatlashga kirishdi.

Bankning ESG va barqaror rivojlanish siyosati yurtimizda “yashil” loyihalarni faol ravishda moliyalashtirish va shu asosda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan unumli foydalanish, atrof-muhitga tarqaladigan salbiy chiqindilarni kamaytirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Siyosatga ko‘ra, ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi umumjahon miqyosda kuzatilayotgan global muammolar yechimi o‘rganilib, ular bankning yaqin va uzoq muddatli barqaror rivoji yo‘lida keng qo‘llaniladi.

SQB Yangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1-aprel kuni O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida “Ustoz-shogird” loyihasiga start berildi.

Loyihaga ko‘ra, ustoz, avvalo, yoshlar ongiga milliy qadriyatlarimizni singdirishga alohida e’tibor qaratadi. Xususan, oila, ota-ona, farzandlar, ustozlar bilan munosabatlarning shaxs kamolotidagi ahamiyatini ochib berishi, eng muhimi, bu borada murabbiyning o‘zi namuna bo‘la olishi belgilangan.

Qolaversa, bankda bilim va malaka oshirish sohasini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlanishni ta’minlash, yangi ishga qabul qilingan xodimlar o‘rtasida moslashuv jarayonini kuchaytirish ham loyihaning ustuvor maqsadlaridan sanaladi.

SQB Yangiliklari
Xalqaro e'tirof: O'zsanoatqurilishbank brendi O'zbekistondagi eng qimmat brendlardan biri!

Brand Finance xalqaro agentligi "2024-yilda O'zbekistonning eng qimmat brendlari" reytingini e'lon qildi. Unga ko'ra, O'zsanoatqurilishbank O'zbekistondagi eng qimmat kompaniyalar orasida ikkinchi, tijorat banklari o'rtasida birinchi deb topildi.

Agentlik ekspertlari O'zsanoatqurilishbank brendini 122 million AQSH dollari deb baholagan.

O'zbekistonning yetakchi kompaniyalari to'g'risidagi ma'lumotlar O'zbekiston innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan taqdim etilgan bo'lib, mazkur reyting mahalliy kompaniyalar, shu jumladan, O'zsanoatqurilishbankning xalqaro biznes hamjamiyatida yanada keng tanilishi, investiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

SQB Yangiliklari
O‘zsanoatqurilishbank o‘z energiya siyosatini ishlab chiqdi

Xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan O‘zsanoatqurilishbank Energiya siyosati bank mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan loyihalarning energiya samaradorligini oshirish, issiqxona gazlari hamda global isish tezligini kamaytirishga qaratilgan.

Hujjatda Bankning o’z infratuzilmalarida ham tabiatga zarar yetkazadigan omillarni kamaytirish ko’zda tutilgan. Jumladan, Bankning barcha bino va inshootlarini loyihalash, rekonstruksiya qilish, qurish va jihozlashda sertifikatlangan energiya tejovchi texnologiya va uskunalardan foydalanish, bank energiya menejmenti tizimini ISO 50001 sertifikati talablariga muvofiqlashtirish belgilandi.

SQB Yangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SQB "yashil" faollari yana bitta bog' yaratdilar

Yunusobod tumanidagi “Barhayot” mahallasi hududida 5 sotix maydonda O‘zsanoatqurilishbank xodimlari 200 tup olcha ko‘chati ekishdi.

SQB Yangiliklari
2025/07/06 22:37:46
Back to Top
HTML Embed Code: