Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Basalt Uzbekistan” klasteri asoschisi, “Shuhrat” medali sohibi - Turg’un Kuchkunov #bugunning_fikri loyihasining navbatdagi mehmoni.

To’liq intervyuni tez kunda YouTubedagi “SQB media” kanalida ko’rishingiz mumkin.
Korrupsiya – jamiyat rivojiga tahdid soluvchi, tashkilotlar uchun katta yoʻqotishlarga olib keluvchi, insoniyatning esa, huquq va erkinliklarini poymol qiluvchi illatdir.

Unutmang, korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga jazo muqarrar!
O‘zsanoatqurilishbank va Global yashil o‘sish instituti (Global Green Growth Institute – GGGI) o‘rtasida “yashil” investitsiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Unga ko‘ra, GGGI bankning moliyaviy imkoniyatini kengaytirib, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish mexanizmini yaratishga ko‘maklashadi.

Xalqaro institut tomonidan jalb qilinadigan mablag‘lar hududdagi fermer xo‘jaliklar hamda agrosanoat tarmog‘idagi kichik va o‘rta biznes subyektlari loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

SQB Yangiliklari
#kunraqami

Bankers.uz nashri Oʼzbekiston banklarining 2024 yil 1-chorakdagi moliyaviy natijalarini tahlil qildi. Unga koʼra, Oʼzsanoatqurilishbank koʼrsatkichlari keskin oʼzgargan.

Jumladan, bankning sof foydasi oʼtgan yilning shu davriga nisbatan 99,2 foizga oshib, roʼyxatdagi pozitsiyasini 4 pogʼonaga oshirishga muvaffaq boʼlgan.

SQB Yangiliklari
Davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda ishtirok eting!

Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning mart-aprel oylarida “E-anticor.uz” elektron platformasida davlat tashkilotlar tomonidan o‘z faoliyatidagi funksiyalarda korrupsiyaviy xavflarni aniqlash ishlari amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, 7 mingdan ortiq funksiyalarda korrupsiyaviy xavflar “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalarda baholandi va Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri loyihasi (Reyestr loyihasi) shakllantirildi.

Reyestr loyihasi Agentlik tomonidan jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun "E-antikorrupsiya" elektron tizimiga joylashtirildi.

Keng jamoatchilik ushbu havola orqali davlat tashkilotlari tomonidan funksiyalardagi korrupsiyaviy xavflar qay darajada xolis baholanganligi, qanchalik samarali va manzilli choralar belgilanganligi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yuborish imkoniga ega.

Agentlik va jamoatchilik tomonidan berilgan takliflar asosida davlat tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlari shakllantirilib, davlat tashkiloti birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadi va yil yakuniga qadar belgilangan choralar amalga oshiriladi.
——————————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zsanoatqurilishbank mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo’yicha o’tkazilgan tanlovda g’olib deb topildi.

Tanlov davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi tashkilotlar o’rtasida, “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi boʻyicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish, iqlim oʻzgarishining mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga taʼsiri” shiori ostida oʻtkazildi.

Quvonarlisi, Respublika koʻrik-tanlovining Toshkent shahar bosqichida “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Xodimlar va tashkiliy rivojlantirish departamenti, Mehnatni muhofaza qilish xizmati mutaxassislari biryo’la 2 ta yo’nalishda:

⭐️ “Eng yaxshi yosh mutaxassis”

⭐️ “Eng yaxshi vakil” nominatsiyalarida g’olib deb e’tirof etildi.

Ma’lumot uchun, O’zsanoatqurilishbank bu kabi tanovlarda qatorasiga 3 yildan buyon g’olib va sovrindorlar qatoridan joy olib keladi.
Joriy yilning 26-aprel kuni Jizzax viloyati Forish tumanida “O‘zsanoatqurilishbank” va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “Bazalt asosli mahsulotlarni iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘llash samaradorligi” mavzusida xalqaro forum o‘tkaziladi.

Forumda yirik buyurtmachilar, qurilish korxonalari, loyihalash institutlari va boshqa manfaatdor vazirlik, idoralar vakillari, mahalliy va xorijiy ishbilarmonlar, shuningdek, Janubiy Koreya, Italiya, Chexiya, Turkiya, Rossiya kabi davlatlardan mutaxassislar ishtirok etadi.

Forum dasturiga ko‘ra ishtirokchilar O‘zbekistonda bazalt asosida innovatsion qurilish materiallari ishlab chiqarish holati va istiqbollari, mahsulot sifati va xususiyatlari hamda bu boradagi jahon standartlari, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan izlanishlar va yangiliklar, ilg‘or texnologiya va uskunalar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladilar.

SQB Yangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan 28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlab mehnat muhofazasi yo‘nalishi bo‘yicha tadbir tashkillashtirildi.

Tadbirda bank tizimidagi barcha BXO/BXMlar faol qatnashib sovrinli o’rinlar uchun qizgin kurashdilar.

Bank bosh ofisida g‘oliblarni taqdirlash marosimi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent shahar Kengashi a‘zolari ishtirokida ko’tarinki ruhda o’tkazildi.

Faxrli o‘rin egalariga qimmatbaho va esdalik sovg’alari ulashildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

Jizzax viloyati Forish tumanidagi “Bazalt Uzbekistan” klasterida “Bazalt asosli mahsulotlarni iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘llash samaradorligi” mavzusida xalqaro forum boshlandi.

Forumda yirik buyurtmachilar, qurilish korxonalari, loyihalash institutlari va boshqa manfaatdor vazirlik, idoralar vakillari, mahalliy va xorijiy ishbilarmonlar, shuningdek, Janubiy Koreya, Italiya, Chexiya, Turkiya, Rossiya kabi davlatlardan mutaxassislar ishtirok etmoqda.

SQB Yangiliklari
Forwarded from SQB
🔥 Yangi yaratilgan ish o’rinlari - sizdan, past foizli kreditlar esa - bizdan!

💫 "TADBIRKORGA KO’MAK"
1 000 000 AQSh dollari ekvivalentigacha, muddati 5 yilgacha:
500 tadan 1000 tagacha va undan ortiq yangi ish oʻrinlari tashkil etilganda:
xorijiy valyutada – yillik 8%;
milliy valyutada – yillik 18%;
100 tadan 500 tagacha yangi ish oʻrinlari tashkil etilganda:
xorijiy valyutada – 11%;
milliy valyutada – 22%;
50 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrinlari tashkil etilganda:
xorijiy valyutada – 11,5%;
milliy valyutada – yillik 23%;
20 tadan 50 tagacha yangi ish oʻrinlari tashkil etilganda:
xorijiy valyutada – yillik 12%;
milliy valyutada – yillik 24%;
10 tadan 20 tagacha yangi ish oʻrinlari tashkil etilganda:
xorijiy valyutada – 12,5%;
milliy valyutada – yillik 25%;
5 tadan 10 tagacha yangi ish oʻrinlari tashkil etilganda:
xorijiy valyutada – yillik 13%;
milliy valyutada – yillik 26%.

📌 Kreditdan foydalanish davrida ish o’rinlari kamaytirilsa - imtiyozli foiz stavkasi tijoriy qiymatga qaytariladi. Yaratilgan ish o’rni bo’yicha ma’lumotlar ish haqqi loyihasi doirasida shakllantiriladi.

📝 Hoziroq arizangizni sqb.uz saytida yoki bankimizning eng yaqin ofisida qoldiring. Batafsil ma’lumot 1180 raqami orqali.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zsanoatqurilishbank va “O‘zbekneftgaz” AJning komplayens tuzilmalari xodimlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda xalqaro komplayens yo‘nalishining zamonaviy jihatlari, xususan, moliyaviy sanksiyalar xatarlarini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar, shuningdek xalqaro moliya institutlari hamda nobank tashkilotlar faoliyati yuzasidan fikr almashildi.

Bankning sanksiyaviy komplayens yo‘nalishida foydalanilayotgan texnologiyalari bo‘yicha tajribasi o‘rganildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bazalt - Oʻzbekistonning yangi “oltini”

Jahon bozoriga oʻzining yuqori sifatli oltini bilan dong taratgan Oʻzbekiston zaminidan ahamiyatiga koʻra ushbu qimmatbaho maʼdandan kam boʻlmagan bazalt toshi oʻzimizda qayta ishlanib, sanoatning deyarli barcha tarmoqlari uchun innovatsion materiallar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

Jizzax viloyati Forish tumanidagi “Bazalt Uzbekistan” klasterida “Bazalt asosli mahsulotlarni iqtisodiyotning turli sohalarida qoʻllash samaradorligi” mavzusida oʻtkazilgan xalqaro forum ishtirokchilari ushbu maʼdan hech shubhasiz, Oʻzbekiston oltini singari talabi yuqori mahsulot boʻlishini taʼkidladilar.

SQB Yangiliklari
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
📢 30 апрель, сешанба куни АОКАда ўтказилиши режалаштирилган брифинглар:

😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: Кадастр хизматлари юзасидан аҳолидан келиб тушган мурожаатлар
⚫️Вақти: 12:00
⚫️Иштирок этади: Неъмат Атамуратов, Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари
😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: "Ўзсаноатқурилишбанк"АТБ томонидан тадбиркорлар таклифларини ўрганиш, бизнесини ривожлантиришда юзага келаётган муаммоларни ҳал қилиш бўйича амалга оширилаётган ишлар
⚫️Вақти: 14:00
⚫️Иштирок этади: Беҳзод Бозоров, Банк ахборот хизмати раҳбари
😉😉😉😉😉

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallamiz_tadbirkorlari

Halol mehnat ortidan kelgan rohat, bedor tunlar ortidan topilgan halovat. Taqdir sinovlarini imkoniyatlarga aylantira olgan tadbirkor ayol taqdiri.

O’zsanoatqurilishbank Media markazi “Mahallamiz tadbirkorlari” loyihasining navbatdagi sonida shu haqda hikoya qilamiz.

SQB Yangiliklari
2025/07/05 19:08:43
Back to Top
HTML Embed Code: