Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zsanoatqurilishbank Aloqa markazi faoliyatida sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari o’rganilmoqda

Bu haqda joriy yilning 4-iyun kuni AOKAda O‘zsanoatqurilishbank tizimida telemarketing va telefon orqali sotuv faoliyatiga bag‘ishlab o’tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Brifingda O‘zsanoatqurilishbank tizimidagi transformatsiya doirasida bank Aloqa markazi bugungi kunda mijozlar savollariga javob berish hamda bank mahsulot va xizmatlari haqida ma’lumot taqdim etish bilan chegaralanmay bank mahsulot va xizmatlarini sotish bilan ham shug‘ullanayotgani qayd etildi.

O‘tgan yili Aloqa markazi tomonidan 90 mingdan ziyod qo‘ng‘iroqlar qayta ishlangan bo’lsa, ularning 10 foizi bank mahsulotlarini xarid qilgan. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya qilinganlik ko‘rsatkichi (CSAT indeksi) 95 foizga yetkazildi.

Markaz faoliyatida sun’iy intellektni qo‘llash bo‘yicha ham o‘rganishlar olib borilmoqda. Chat-botlar va ovozli yordamchilardan foydalanish sinov bosqichidan o‘tmoqda.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzsanoatqurilishbank taʼsisligida “Moliyaviy texnologiyalar” kompaniyasi tashkil etiladi
 
2024-yilning 4-iyun kuni Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan “Zamonaviy kommunikatsiyalar” MCHJ bilan hamkorlikda muassasa taʼsisligida “Moliyaviy texnologiyalar” kompaniyasini tashkil qilish boʻyicha memorandum imzolandi.

Kompaniya faoliyati bank tizimdagi IT sohasining quyidagi yoʻnalishlarni rivojlantirishga qaratiladi:

- dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqish
- mobil texnologiyalarni joriy etish
- sunʼiy intellekt yordamida ish tashkil qilish
- robotlashtirilgan jarayonlarini yoʻlga qoʻyish.

“Zamonaviy kommunikatsiyalar” MCHJ bilan biometrika yordamida xavfsizlikni taʼminlash, bulutli texnologiyalar va startap loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan ham tajriba almashiladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzsanoatqurilishbank yangi startaplarni qoʻllab-quvvatlaydi

2024-yilning 4-iyun kuni Oʻzsanoatqurilishbank va “Uzcard ventures” venchur fondi oʻrtasida yangi startaplarni qoʻllab-quvvatlash va yuqori texnologiyali loyihalarga sarmoya jalb qilishga qaratilgan hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.

Mamlakatimizda startap-ekotizimini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada qulay ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar yaratilgan.

Memorandum startap loyihalar tashabbuskorlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini oshirish barobarida, bank va venchur fondlardan malakali maslahat xizmatlari olishiga keng yoʻl ochadi.

Ushbu hamkorlik, shuningdek, Oʻzbekistonda venchur ekotizimini rivojlantirish, xususan, innovatsiyalarni moliya sektoriga integratsiya qilgan holda, startap loyihalarni jadal qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa, yosh tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Oʻzsanoatqurilishbank Turkiyaning “Aktif Yatirim Bankasi A.S.” bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Bugun Turkiya Savdo-sanoat palatalari va tovar birjalari Ittifoqida Oʻzbekiston va Turkiya hukumati vakillari ishtirokida Oʻzbek–Turk biznes-forumi boʻlib oʻtdi.

Tadbir doirasida Oʻzsanoatqurilishbank va Turkiyaning eng yirik xususiy banklardan biri va oʻzining innovatsion va fintex mahsulotlari bilan mashhur “Aktif Yatirim Bankasi A.S.” oʻrtasida umumiy qiymati 40 mln dollarlik mablagʻlarni jalb qilish yuzasidan Hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Mablagʻlar savdoni moliyalashtirish, kichik va oʻrta biznes vakillarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.

Bundan tashqari, Oʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekiston va Turkiya biznes hamkorlar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun sharoitlar va qulayliklar yaratish maqsadida “Aktif Yatirim Bankasi A.S.”da korrespondentlik hisob raqamini ochish yuzasidan kelishuvga erishildi.
O'zsanoatqurilishbank eng mustahkam kiberxavfsizlikka ega tijorat banki deb topildi

Markaziy bank “CERT-CBU” kiberxavfsizlik markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib boruvchi tijorat banklari hamda to‘lov tashkilotlarida kiberxavfsizlik ta’minlanganlik holati o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, 2024-yil I choragi bo‘yicha tijorat banklari hamda to‘lov tashkilotlari o'rtasida O'zsanoatqurilishbank jami 99,2 ball to'plagan holda end yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Kiberxavfsizlik markazi tomonidan davlat va xoʼjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot va kiberxavfsizlikning taʼminlanganligi holati bo’yicha e’lon qilingan reytingida ham O’zsanoatqurilishbank tijorat banklari orasida eng yaxshi natijani qayd etgan edi.
Hurmatli mijozlar!

Sizlarga “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisiga murojaat qilishning qulay usulini taqdim etamiz.

✉️ Siz bankimiz ofislarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalaringiz, shuningdek, bank mahsulotlari va xizmatlariga oid taklif va mulohazalaringizni [email protected] elektron pochtasi hamda https://www.tg-me.com/SQB_Raisgamurojaat_bot manzilidagi maxsus telegram botga yuborishingiz mumkin.

❗️Eslatib o‘tamiz, anonim hamda mazmuni to‘liq yoritilmagan yoki zarur maʼlumotlar ko‘rsatilmagan murojaatlarga javob berilmaydi. Xabarni yuborishdan oldin ismingiz, manzilingiz va telefon raqamingiz to‘liq kiritilganligini tekshiring.

____

Уважаемые клиенты!

Воспользуйтесь удобным способом связаться с Председателем Правления АКБ «Узпромстройбанк".

✉️ Направляйте свои отзывы по вопросам качества обслуживания в офисах нашего банка, а также предложения и комментарии о линейке банковских продуктов и услуг на электронную почту [email protected] или в телеграм-бот https://www.tg-me.com/SQB_Raisgamurojaat_bot.

❗️Обращаем внимание, что анонимные или неполные запросы не будут рассмотрены. При отправлении письма обязательно указывайте ваше полное имя, адрес и номер телефона для связи.
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga koʻra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga toʻgʻri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga koʻchiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallamiz_bankirlari

Mahalla — bugungi islohotlarning markaziy va hal qiluvchi bo'g'ini! Odamlar hayoti, turmush farovonligini yaxshilash va kambag'allikka qarshi kurashishdagi eng oldingi saf! Shuni faxr bilan aytamizki, bugun bu safda jamoamiz a'zolari - qadrdon bankirlarimiz ham bor!

Ijodiy jamoamiz esa ularning kayfiyati, o'y-tashvishlari, rejalari bilan qiziqdi. E'tiboringizga qariyb 3 soat davom etgan suhbatning eng qizg'in lahzalarini havola etamiz.
⚡️2024-yil 13-iyun kuni o'tkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining yigʻilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Markaziy bank matbuot kotibining yozishicha, mazkur qarorning tafsilotlari tez orada ma'lum qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Корея Республикаси Президенти Юн Сок Ёль ўртасида бўлиб ўтган самарали музокаралар якунлари бўйича икки томонлама ҳужжатларнинг салмоқли тўплами қабул қилинди.

Давлат раҳбарлари Алоҳида стратегик шерикликни янада чуқурлаштириш ва ҳар томонлама кенгайтириш тўғрисидаги Қўшма баёнотни имзоладилар.

По итогам состоявшихся плодотворных переговоров между Президентом Республики Узбекистан Шавкатом Мирзиёевым и Президентом Корейской Республики Юн Сок Ёлем принят солидный пакет двусторонних документов.

Главы государств подписали Совместное заявление о дальнейшем углублении и всестороннем расширении особого стратегического партнерства.

#Mirziyoyev #tashrif #JanubiyKoreya #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2025/07/05 10:31:37
Back to Top
HTML Embed Code: