Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzsanoatqurilishbank moliyaviy koʻmagida Jizzax viloyatida meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan yangi korxona faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

🏭 Bugun Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida “BMB Agro Plus” korxonasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda berilgan maʼlumotlarga koʻra, loyihaning umumiy qiymati 34,6 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Bank krediti evaziga Belgiya, Avstriya, Italiya, Turkiya va Xitoy davlatlarining yetakchi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar olib kelib oʻrnatilgan. Bu ishlarning natijasida 400 nafar mahalliy aholining bandligi taʼminlanib, yiliga 21 ming tonna mahsulotni birlamchi qayta ishlanash, ularni quritish natijasida 12,5 ming tonna hamda 5 ming tonna pyure, jem, tomat va boshqalar uchun homashyo ishlab chiqarish, shuningdek, 50 ming tonna dukkakli mahsulotlarni saralash va yana 1500 tonna mahsulotni shok va akustika usulda muzlatish rejalashtirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
To’yga-to’yona bilan!

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan yangi korxona ochildi.


ℹ️ Yiliga 40 ming tonnadan ortiq meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash imkoniyatiga ega bo’lgan “BMB Agro plus” korxonasi “BMB Holding” hamda O’zsanoatqurilishbankning moliyaviy resurslari evaziga bunyod etildi.

Loyiha ikki bosqichdan iborat boʻlib, birinchi bosqichda meva-sabzavotlarni birlamchi chuqur qayta ishlash, xususan, murabbo, konserva, pyure va pasta kabi chuqur qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarish hamda quritish, ikkinchi bosqichda esa sublimatsion usulda quritish, shok va akustika usulda muzlatish jarayonlarini yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilgan. Shuningdek, loyiha doirasida 400 dan ortiq ish oʻrinlari yaratiladi.

👉 Korxonaning to’liq imkoniyatlari bilan navbatdagi reportajimizda batafsil tanishishingiz mumkin.
Aziz vatandoshlar!

Sizni eng ulugʻ, eng aziz bayram Vatanimiz Mustaqilligining 33 yilligi bilan muborakbod etamiz!

Har bir kuningiz xursandchilik, samimiyat va yangi yutuqlarga boy boʻlsin, oliyjanob ishlaringiz va saʼy-harakatlaringiz jonajon Oʻzbekistonimiz gullab-yashnashi yoʻlida xizmat qilaversin!

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

Bank Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍎 Qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar uchun 1 000 000 AQSh dollari ekvivalentigacha kredit!

🍏 Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirishga hamda aylanma mablag’larni to’ldirishga mo’ljallangan “YETISHTIRISHDAN-EKSPORTGACHA“ krediti:

🍋 muddati - 18 oygacha;
🍓 imtiyozli davr - 6 oygacha.

📝 Batafsil ma’lumot 1180 raqami orqali.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FARGʻONADA ELEKTROTEXNIKA ISHLAB CHIQARISHGA IXTISOSLASHGAN TEXNOPARK QURILISHI BOSHLANDI
 
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi hamda Oʻzsanoatqurilishbank hamkorligida quriladigan texnopark hududi 10 gektarni tashkil etadi. Binolar qurilib, tayyor holga keltirilgach, sanoat ipotekasi shartlarida kredit hisobiga tadbirkorlarga berilishi belgilangan.

Kelgusida ushbu korxonalarga mol-mulk va foyda soligʻidan 50 foizgacha imtiyoz berilishi ham koʻzda tutilgan.

Birinchi bosqichda 25 mln dollarga teng 4 ta loyihalar paketi shakllantirilgan. Ular orasida dunyo avtomobilsozlik sanoatiga elektronika qismlarini yetkazib beruvchi Turkiyaning “DAIICHI Electronic” kompaniyasi ham bor.
O‘zbekiston tijorat banklari orasida birinchilardan bo‘lib O‘zsanoatqurilishbank binosiga EDGE sertifikati taqdim etildi.

“HPBS B.V” tadqiqot va atrof-muhit muhandisligi markazi (Niderlandiya) tomonidan Bank binolari qirqtasining EDGE talablariga mosligi o‘rganildi. Dastlabki baholash ishlari va uning yakuni bo‘yicha taqdim etilgan texnik xulosalar asosida Bank binolari EDGE auditidan o‘tkazildi. Natijada Bank binolaridan biri EDGE sertifikatiga loyiq topildi.

Bank binosini sertifikatlash jarayonida elektr energiya sarfi 23 foizga, suvdan foydalanish 24 foizga va qurilish materiallarining uglerod isi 100 foizga kamaytirildi. Ish jarayonida 320 tonnadan ziyod zararli gaz chiqishining oldi olindi.

Hozirda Bankning qolgan binolarini EDGE standarti talablariga muvofiqlashtirish va sertifikatsiyalash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan EDGE standarti rivojlanayotgan mamlakatlarda “yashil” va barqaror binolarni yaratishni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zsanoatqurilishbank sun’iy intellekt bilan ishlovchi ChatGPT chat botini ishga tushirdi
 
Chat bot bank tizimidagi kunlik vazifalar, xususan, mijozlar bilan muloqotni avtomatlashtirish imkoniyatini yaratdi:

mijozlarning so‘rovlari qisqa muddatda ko‘rib chiqilmoqda;

mijozlardan bank mahsulotlari haqida takliflar olishi ta’minlandi.
Yaqin istiqbolda ChatGPT yordamida biznes jarayonlarni optimallashtirish ko‘zda tutilgan.

Chat bot, shuningdek, bank xodimlariga murakkab masalalarni qisqa fursatda hal qilish imkonini beradi. Mijozlar ehtiyojlarini tahlil qilib, ularga individual xizmat ko‘rsatishni yangi bosqichga olib chiqadi.
Forwarded from Xushnudbek.uz
TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

✔️Kredit miqdori: 1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).

✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.

✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% — 2024-yil 10-sentyabr holatiga);
👩‍🎓qizlar uchun - foizsiz (0%);

✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

✔️Kimlarga beriladi:

faqat kunduzgi taʼlim shakliga
bakalavr (shu jumladan ikkinchi mutaxassislik) yoki magistrga
to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan
yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.

✔️Quyidagilarga berilmaydi:

super-kontrakt uchun;
sirtqi;
kechki;
masofaviy;
maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi.

✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy

oliy;
o‘rta maxsus;
professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari
yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi.

Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi.

HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi.

✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas).

✔️Kimlarga kafillik talab etilmaydi: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.

✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin.

✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ariza;
b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
d) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
e) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa);
f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.

✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi.

✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli.

✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuborish ham mumkin:

1) https://talim-krediti.mf.uz sayti;
2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677).

Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
🏆 O’zsanoatqurilishbank “Oltin chinor” milliy mukofoti bilan taqdirlandi

Mukofot Uzbekistan’s club, Progressiv islohotlar markazi hamda CARE CSR konsalting kompaniyasining ekspertlar guruhi tomonidan tashkil etildi va unda 300 dan ziyod ishtirokchi qatnashdi. Quvonarlisi, O’zsanoatqurilishbank “Tadbirkorlar maktabi” loyihasi bilan “Oltin chinor” mukofotiga loyiq deb topildi.

Ma’lumot uchun, “Oltin chinor” Uzbekistan’s club tomonidan yangi ta’sis etilgan, korporativ-ijtimoiy mas’uliyat bo’yicha milliy mukofot hisoblanadi. Bankning “Tadbirkorlar maktabi” loyihasi esa, qurilish materiallari ishlab chiqarishda tashabbuskor tadbirkorlarning sohadagi malaka darajasini muntazam oshirib borish, ilg‘or arxitektura va dizaynerlik tamoyillariga asoslangan “kelajak materiallari” nomenklaturasini kengaytirish hamda ishlab chiqarishda xalqaro standartlarni keng joriy etish maqsadida tinlovchilar uchun respublika bo’ylab, bepul tashkil tashkil qilingan o’quv markazi hisoblanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zsanoatqurilishbank “ESG Business” jurnalining nufuzli mukofotlariga sazovor bo‘ldi

Singapurda “ESG Business” jurnali tomonidan ESG sohasida barqaror va innovatsion amaliyotlar hamda tashabbuslarni namoyish etgan tashkilotlar taqdirlandi. O‘zsanoatqurilishbank biryo‘la ikkita mukofotga sazovor bo‘ldi.

Jumladan, O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etganlik uchun mukofot neft va gaz sohasiga oid loyiha uchun berilgan bo‘lsa, mamlakat sanoatida energiya samaradorligini ta’minlaganlik uchun mukofotga qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmog‘idagi loyiha munosib ko‘rildi.

Taqdirlash marosimida bankning ESG tamoyillari asosidagi faoliyati tabiiy resurslarni tejash va ekologik barqarorlikni ta’minlash bilan bir qatorda ilg‘or texnologiyalarni faol o‘zlashtirish, mahsulot tannarxini pasaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratib, ishchi-xodimlar uchun raqobatbardosh ish haqi taklif etish kabi muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga yechimiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ta'limga tikilgan sarmoya — eng yaxshi investitsiya!

O'zsanoatqurilishbank moliyaviy ko'magida faoliyatini boshlagan "Diplomat International school"ning ikkinchi filialiga birgalikda sayohat qilamiz.

ℹ️ Joriy yilda maktab bitiruvchilarining 90 foizi mahalliy va xorijiy oliy oʻquv yurtlari talabaligiga qabul qilingan.

Bu ko'rsatkichga qanday erishildi?

Sabablar yetarlicha, batafsil navbatdagi reportajimizda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxdan – AQShgacha, o’zbek “qizil oltini”ga dunyo o’z eshiklarini ochmoqda!

ℹ️ Ma’lumki, zaʼfaron – dunyodagi eng qimmat va noyob ziravorlardan biri boʻlib, qoʻllanilish sohalarining koʻpligi, yetishtirish va ishlab chiqarish jarayonlarining murakkabligi, salomatlik uchun foydali xususiyatlari hamda
qiymati yuqoriligi nuqtai nazardan “qizil oltin” deya eʼtirof etiladi.


SQB moliyaviy ko’magida Jizzax viloyatining Baxmal tumanida faoliyati yo’lga qo’yilgan yangi korxona ham za’faronni quritish va qayta ishlash, tayyor mahsulotni shu yerning o’zidan eksportga yo’naltirish imkoniyatiga ega.

Loyihaning umumiy qiymati 120 mln. yevroni tashkil etadi. Korxonada doimiy 140 nafar, mavsumiy esa 50 mingga yaqin aholining bandligi ta’minlanadi.

Bir biznes tarixi, uning bugungi rivoji, mahsulot yetishtirish, ekin maydonlarida qo’llanilayotgan nou-xaular, shuningdek, eksport geografiyasidagi o’ziga xos yangiliklar bilan navbatdagi reportajimizda tanishasiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zekspomarkaz”da boshlangan “Banks & Business Expo2024” xalqaro ko‘rgazmasida O'zsanoatqurilishbank ham faol ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazmada mahalliy moliya muassasalari qatorida xalqaro moliya tashkilotlari, shuningdek, Yevropa va Osiyo mintaqasidagi kompaniyalar jumladan, banklarning innovatsion mahsulotlari, xizmatlari namoyish etiladi.

Tadbirda banklar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati, sohaga investorlarni jalb etish chora-tadbirlari, eng yangi texnologiya va ishlanmalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Ma'lumot uchun, ko'rgazma joriy yilning 17-oktyabriga qadar majmuaning 4-pavilyonida, soat 10:00 dan 18:00 gacha bo'lib o'tadi.

Barchani SQB pavilyonida kutib qolamiz!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangilangan mobil ilova, jismoniy shaxslar uchun islomiy moliyalashtirish

“Banks&Business Expo2024”da O’zsanoatqurilishbank ko'plab yangiliklar bilan o'rtoqlashdi.

Tafsilotlar SQB Media maxsus reportajida.
Bugun, 21-oktyabr kuni biz Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligini nishonlamoqdamiz. Bu tarixiy sana — milliy tilimizga boʻlgan hurmat va iftixorning ramzi!

35 yil oldin, 1989-yilning 21-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan Oʻzbek tili davlat tili maqomiga ega boʻldi. Bu kun xalqimiz uchun katta bayram, tilimizga boʻlgan gʻurur va iftixorning ifodasidir.

Oʻzbek tili — boy va goʻzal til, milliy madaniyatimizning asosi, xalqimizning tarixi, urf-odatlari va qadriyatlarini oʻzida mujassamlashtirgan bebaho xazina. Davlat tili maqomiga ega boʻlishi bilan Oʻzbek tili rivoji uchun yangi davr boshlandi.

Bugungi kunda Oʻzbek tili barcha sohalarda, taʼlim, madaniyat, ilm-fan, davlat boshqaruvi va ommaviy axborot vositalarida faol qoʻllaniladi. Uning rivojiga boʻlgan eʼtibor kundan-kun ortib bormoqda.

Oʻzbek tilining rivoji uchun harakat qiluvchi barcha kishilarni, tilimizning boyligini asrab-avaylashga hissa qoʻshayotgan barcha vatandoshlarimizni bu muborak kun bilan chin dildan tabriklaymiz!

Bizning tilimiz — bizning maʼnaviyatimiz, bizning gʻururimiz! Uni asraylik, rivojlantiraylik va kelajak avlodlarga meros qoldiraylik!
Forwarded from SQB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tabiatni muhofaza qilishga tugmachani bosish orqali o’z hissangizni qo’shing:

🌳 Ko’chatlarni ekish va parvarish qilish
♻️ Atrof-muhitni tozalash loyihalarini amalga oshirish
💧 Toza ichimlik suvini tejash
🐾 Flora va faunani saqlashga

Sizning har bir to’lovingiz ozoda va yashil sayyoraga qadamdir! Keling, birgalikda dunyoni yaxshi tomonga o’zgartiraylik!

#Ekologiya #TabiatniAsrash

———

Сделай свой вклад в сохранение природы! Нажми на кнопку и помоги нам:

🌳 Сажать и ухаживать за деревьями
♻️ Реализовывать проекты по очистке окружающей среды
💧 Экономить чистую питьевую воду
🐾 Сохранять флору и фауну

Каждый ваш платеж — это шаг к чистой и зеленой планете! Давайте вместе изменим мир к лучшему!

#Экология #СохранимПрироду
2025/07/04 14:33:02
Back to Top
HTML Embed Code: