Telegram Web Link
Suv tejovchi texnologiyalar zamon talabi. Ko'rgazmali seminar davomida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-250-son qaroriga muvofiq mamlakatimizda mavjud suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, ularning behuda sarflanishining oldini olish bo'yicha iste'molchilarning huquqiy ongini va madaniyatini oshirish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanida kengaytirilgan ko'rgazmali seminar bo'lib o'tdi.

Mazkur seminarda O'zbekiston Respublikasi Suv ho'jaligi vaziri SH.Xamraev, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari SH.Teshaev, Beruniy tumani hokimi I.Xidirov, sohaga aloqador Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati mas'ullari ishtirok etdi. Ko'rgazmali seminar Beruniy tumani Maxtumquli ovul fuqarolar yig'ini hududidagi “Durdibaev Tajimurod” fermer xo'jaligining maydonlarida bo'lib o'tdi. Seminar davomida soha vakillari tomonidan suv tejovchi texnologiyalarni qo'llash bo'yicha tavsiyalar berildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi tumanlarida 2019-2024 yillar davomida 56 ming 275 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilindi, jumladan 21 ming 220 gektar maydonda tomchilatib sug'orish, 5 ming 522 gektar maydonda yomg'irlatib sug'orish, 614 gektar maydonda diskret sug'orish, 27 ming 658 gektar maydonda egiluvchan quvurlar yordamida sug'orish va 1261 gektar maydonda egatga plyonka to'shab sug'orish texnologiyalari joriy qilindi. Shuningdek 146 ming 698 gektar maydonda yorlarni lazerli tekislagichlar yordamida tekislash ishlari olib borildi. Bu o'z navbatida suv miqdorlarini iqtisod qilish va mavjud suv resurslaridan samarali foydalanib, xosildorlikni oshirishga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda.

Lekin bu ko'rsatkichlar bugungi kunda sug'oriladigan 515 ming gektarning bor-yo'g'i 11% ni tashkil qiladi. 2025-yilda 74 ming 890 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, jumladan 3900 gektar maydonda tomchilatib, 1900 gektar maydonda yomg'irlatib, 600 gektar maydonda diskret sug'orish, 6090 gektarda egiluvchan quvurlar yordamida sug'orish, 400 gektarda egatga plyonka to'shab sug'orish hamda 62 ming gektar maydonda yerlarni lazerli tekislagichlar yordamida tekislash ishlari rejalashtirildi.

Amalda bugungi kunga 1803 gektar maydonlarda yomg'irlatib sug'orish, 2912 gektar maydonlarda tomchilatib sug'orish, 6129 gektar maydonda egiluvchan quvurlar yordamida sug'orish, 2118 gektar maydonda egatga plyonka to'shab sug'orish ishlari va 62 ming 185 gektar maydonda yerlarni lazerli tekislash, jami 75 ming 222 gektar maydonda suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy qilindi. Suvdan samarali foydalanish natijasida qishloq xo'jaligida unumdorlikni va hosildorlikni oshirishga qaratilgan amaliy ishlar davom etadi.


Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🤖Veb sayt📱YouTube  | 📱 Instagram | 👥 Facebook | 📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AWÍL HAYALLARÍ HÁMIYShE ITIBARDA
👍5
Qaraqalpaqstan paxta tapsırıw rejesin orınladı

Qaraqalpaqstan Respublikası paxtakeshleri 2025-jıl zúrááti ushın mámleketke paxta tapsırıw boyınsha belgilengen rejeni tolıq orınlap, joqarı nátiyjege eristi.

2025-jılǵı paxta tapsırıw máwsiminde respublika boyınsha 315 mıń 200 tonna paxta tapsırıw rejelestirilgen edi. Jankúyerlik penen miynet etken paxtakeshler bul kórsetkishti 315 mıń 345 tonna etip tapsırıw arqalı 100 procent dárejede orınladı.

Bul jetiskenlik Qaraqalpaqstan Respublikası fermerleri, diyqanları, klaster kárxanaları jámáátleri, suwshılar, mexanizatorlar hám barlıq awıl hám suw xojalıǵı tarawı xızmetkerleriniń miynetleriniń nátiyjesi bolıp esaplanadı.

Hár qanday hawa rayında da kúni-túni miynet etip, paxta atızlarında jankúyerlik kórsetken barlıq paxtakeshler hám taraw xızmetkerleri ózleriniń mashaqatlı miynetleri menen bul úlken nátiyjege úlesin qostı.

Álbette, úyilgen qırman elimizdiń ekonomikasın bekkemlewge, sanaattı bunnan bılay da rawajlandırıwǵa hám  jańa quwatlıqlardı jaratıwǵa xızmet etedi.
___
Qoraqalpog‘iston paxta topshirish rejasini bajardi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi paxtakorlari 2025 yil hosili uchun davlatga paxta topshirish bo‘yicha belgilangan rejani to‘liq bajarib, yuqori natijaga erishdi.

2025 yilgi paxta topshirish mavsumida respublika bo‘yicha 315 ming 200 tonna paxta topshirish rejalashtirilgan edi. Jonbozlik ko‘rsatib mehnat qilgan paxtakorlar bu ko‘rsatkichni 315 ming 345 tonna qilib topshirish orqali 100 foizga bajardi.

Bu yutuq Qoraqalpog‘iston Respublikasi fermerlari, dehqonlari, klaster korxonalari jamoalari, suvchilar, mexanizatorlar hamda barcha qishloq va suv xo‘jaligi sohasi xodimlarining mehnatlari samarasidir.

Har qanday ob-havoda ham tunu kun mehnat qilib, paxta dalalarida jonbozlik ko‘rsatgan barcha paxtakorlar va soha xodimlari o‘zlarining mashaqqatli mehnatlari bilan ushbu ulkan natijaga hissa qo‘shdilar.

Albatta, to'plangan xirmon yurtimiz iqtisodiyotini mustahkamlashga, sanoatni yanada rivojlantirishga va yangi quvvatlarni ishga tushirishga xizmat qiladi.


Kanalǵa aǵza bolıw: @joqargikenes
👍3👏2🔥1
Ichki ishlar bo'limlari o'rtasida “Xotira turniri” voleybol musobaqasi bo'lib o'tdi

25-oktyabr mamlakatimizda yana bir fidoiy soha xodimlari, ya'ni “Ichki ishlar xodimlari kuni” keng nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan Beruniy tumanida ichki ishlar tizimida xizmat qilib, o'z vazifasini bajarish chog'ida vafot etgan xodimlar xotirasiga bag'ishlangan voleybol musobaqasi bo'lib o'tdi. Musobaqani Beruniy tumani IIB boshlig'i Q.Uzaqbaev ochib berdi va xizmat vazifasi vaqtida vafot etgan ichki ishlar xodimlarining xotirasi abadiy qolishi, mard va jasur o'g'lonlarni tarbiyalab, voyaga yetkazgani uchun ularning ota-onalariga o'z minnatdorligini bildirdi.

Xotira turniri musobaqasi shiddatli o'yinlarga boy bo'ldi. Yakuniy natijalarga ko'ra faxrli 1-o'rinni Beruniy tumani IIB, 2-o'rinni vazirlikning ikkinchi mintaqaviy hudud, tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi hamda 3-o'rinni Amudaryo tumani IIB xodimlari egalladi. G'olib jamoalar Markaz boshlig'ining qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandi.
-----
Ishki isler bólimleri arasında "Eslew turniri" voleybol jarısı bolıp ótti

25-oktyabr mámleketimizde jáne bir pidayı taraw xızmetkerleri, yaǵnıy "Ishki isler xızmetkerleri kúni" keńnen belgilenedi. Usı sáne múnásibeti menen Beruniy rayonında ishki isler sistemasında xızmet etip, óz wazıypasın orınlaw waqtında qaytıs bolǵan xızmetkerlerdiń esteligine baǵıshlanǵan voleybol jarısı bolıp ótti. Jarıstı Beruniy rayonı IIB baslıǵı Q.Uzaqbaev ashıp berdi hám xızmet wazıypası waqtında qaytıs bolǵan ishki isler xızmetkerleriniń esteligi máńgi qalıwı, márt hám batır ullardı tárbiyalap, kamalǵa keltirgeni ushın olardıń ata-analarına óz minnetdarshılıǵın bildirdi.

Eslew turniri jarısı qızǵın oyınlarǵa bay boldı. Juwmaqlawshı nátiyjeler boyınsha sıylı 1-orındı Beruniy rayonı IIB, 2-orındı ministrliktiń ekinshi regionallıq aymaǵı, operativ wazıypalardı orınlawshı mobilizaciyalıq otryadı hám 3-orındı Ámiwdárya rayonı IIB xızmetkerleri ieledi. Jeńimpaz komandalar Oray baslıǵınıń bahalı sawǵaları menen sıylıqlandı.


Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🤖Veb sayt📱YouTube  | 📱 Instagram | 👥 Facebook | 📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/11/08 03:40:57
Back to Top
HTML Embed Code: