Telegram Web Link
#Kitob_va_mutolaa_haftaligi
Kitob – bizning do‘stimiz

2025-yil 2–12-sentabr kunlari davom etayotgan “Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida Chilonzor tumani 202-maktabida Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda "Kitob bizning do`stimiz" nomli tadbir tashkil etildi.

Tadbirni maktabning direktor o‘rinbosari M. Hodjayeva ochib berib, yoshlarni kitob mutolaasiga kengroq jalb qilish, ularning tafakkurini boyitishda kitobning o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

📖 Tadbir davomida kutubxona mutaxassislari tomonidan o‘quvchilarga kutubxona fondiga yangi kelib tushgan adabiyotlar haqida maʼlumot berildi, turli mavzudagi kitoblar tanishtirildi. Tadbir qiziqarli savol-javoblar, maqol va tez aytishlarga boy bo'ldi. Eng faol qatnashganlarga esa esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi – o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish va uni yanada rivojlantirishdan iborat.
👍15👏1
Ochiq eshiklar kuni – Kutubxonada

#Kitob_va_mutolaa_haftaligi
2025-yil 5-sentabr kuni “Bilim” axborot-kutubxona markazida “Ochiq eshiklar kuni – Kutubxonada” tadbiri doirasida Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan Harbiy musiqa akademik litseyining 6 A -sinf o‘quvchilari tashrif buyurishdi.

📖 Tadbir davomida o‘quvchilar uchun kutubxona bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Ekskursiya jarayonida o‘quvchilar kutubxona xazinasidagi yangi kitoblar bilan yaqindan tanishtirildi. Ularga kitoblarning mazmun-mundarijasi haqida qisqacha ma’lumot berilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniyati yaratildi.
Shuningdek, kutubxona mutaxassislari o‘quvchilarga elektron resurslar, raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari va tartibi haqida ma’lumot berildi.
Ekskursiyadan asosiy maqsadi – o‘quvchilarni kutubxona bilan yaqindan tanishtirish, ularda kitob o‘qishga mehr uyg‘otish va raqamli bilimlardan foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iboratdir.
👍11👏2
#Kitob_va_mutolaa_haftaligi
Ochiq eshiklar kunining navbatdagi mehmoni Harbiy musiqa akademik litseyining 6 B sinf o’quvchilari bo’ldi.
Ekskursiyadan katta tassurot olgan o’quvchilar shanba yakshanba kuni kutubxonaga tashrif buyurib kitob o’qish istagini bildirdi.

Ochiq eshiklar kuni davom etadi. Siz ham tashrif buyuring !
Bilimlar javohirlari bilan birma bir tanishib chiqing.
👍14👏1
#Kitob_va_mutolaa_haftaligi
"BILIM" axborot-kutubxona markazida kutubxonada ochiq eshiklar kuni davom etmoqda.

Kitob va mutolaa haftaligi doirasida Respublikamiz bo`ylab barcha kutubxonalarda Ochiq eshiklar kuni bo`lib o`tmoqda. Bu esa kutubxonaga yangi nigoh bilan qarash, uning imkoniyatlari va faoliyatini kengroq tanishtirish zamin yaratadi. Endi kutubxona faqat kitob saqlanadigan joy emas, balki zamonaviy bilim va madaniyat markazi sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Navbatdagi kutubxona bo`ylab sayohat “Artel” hususiy maktab o‘quvchilari uchun uyushtirildi. Ular kutubxonaning barcha bo‘limlari bilan tanishib, uning tuzilmasi va foydalanish qoidalari haqida batafsil ma’lumot oldilar.

Shuningdek, “O‘qish – eng yaxshi ta’lim” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ochiq eshiklar kuni kutubxonaning ahamiyatini yanada oshirishga, yangi o‘quvchilarni jalb qilishga xizmat qiladi. Bu – bilimga, ma’rifatga qaratilgan muhim qadamdir.
👍13👏2🎉1
2025/10/25 10:17:01
Back to Top
HTML Embed Code: