Telegram Web Link
Bugun biz kutubxonachilik sohasiga umrini bag‘ishlagan, fidoyiligi va sadoqati bilan el-yurtimiz e’tiborini qozongan inson –Toshkent shahar “BILIM” axborot-kutubxona markazi direktori Hafiza Qo`ldoshevnani muborak 65 yoshli yubileylari bilan samimiy tabriklaymiz! 🎉

Hafiza Qo`ldoshevna kutubxona sohasida 45 yil davomida tinimsiz mehnat qilib, minglab kitobxonlarga ilm ziyosi, ma’naviy boylik va ma’rifat eshiklarini ochib berdi.

📖U kishi kutubxona ishini zamon talablari asosida rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va yosh avlodni kitobga oshno etishda beqiyos hissa qo‘shib kelmoqda. O‘zining halolligi, mehribonligi va fidoyiligi bilan nafaqat hamkasblariga, balki jamiyatimizga ham ibratdir.

Hafiza Qo`ldoshevna– kasbiga sadoqatli rahbar, fidoyi ustoz, mehribon ona va jamiyat uchun chin ma’noda ma’naviyat targ‘ibotchisi.

🙏 Biz ularga mustahkam sog‘lik, bardavom baxt, oilaviy farovonlik va yana ko‘plab yutuqlar tilaymiz.
👍10🔥3👏1🎉1
#Kutubxona_OAV_nigohida
#Tabrik

Муратова, Винера. Руководитель, чьё вдохновление ведёт к победам : к юбилею Х. Каримовой : [О директоре информационно-библиотечном центре "Билим" г. Ташкента Х. Каримовой] / В. Муратова // Учитель Узбекистана. - 2025. - 1 октября

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻

Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayti | Twitter| Bilim Audio | Manzilimiz
👍12🔥1👏1
#Kutubxona_OAV_nigohida
#Tabrik
Doniyarova, Matluba. O'z kasbiga sadoqatli o'zbek ayoli : [Toshkent shahar "Bilim" AKM direktori H. Karimova haqida] / M. Doniyarova // Ma'rifat. - 2025. - 30 sentyabr

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻

Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayti | Twitter| Bilim Audio | Manzilimiz
👍11🔥1👏1
📢 "Siyosiy-ma’rifat soati"

🟢 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tuman, shahar hokimliklari, tashkilot va korxona xodimlari uchun navbatdagi
"Siyosiy-maʼrifat soati" tashkil etildi.

✔️ 2025-yil 3-oktabr kuni  Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "Siyosiy ma'rifat soati"ni  tomosha qilishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻

Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayti | Twitter| Bilim Audio | Manzilimiz
👍8👏1
#Yangi_adabiyotlar

Hurmatli kitobxonlar!
Diqqatingiz markaziga Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazi fondiga kelgan yangi adabiyotlarni havola etamiz. Kitoblarni mutolaa qilish uchun, kutubxonamizga tashrif buyurishingiz hamda obuna bo'lishingiz kifoya!

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻

Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayti | Twitter| Bilim Audio | Manzilimiz
👍6🔥3👏1
Tarixning noma’lum sahifalari” to‘plamining 12-kitobi taqdimoti

2025-yil 3-oktabr kuni Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi, Chilonzor tuman oqila ayollar harakati a’zolari hamda O‘zbekiston Davlat jahon tillar universiteti hamkorligida “Tarixning noma’lum sahifalari" to‘plami 12-kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotni “Bilim” AKM direktori H. Karimova ochib berdi. So‘ngra Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M. Zikrullayev kirish so‘zi bilan davom ettirdi.

Tadbir davomida kitob haqida Muzey ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori B. Irzayev, hamda muzey katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori M. Darmonova batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir yakunida mehmonlar tomonidan “Bilim” AKMga ushbu kitobning bir nechta nusxasi sovg‘a qilindi. Shuningdek, “Bilim” AKM rahbariyati tomonidan Muzey rahbariyatiga tashakkurnoma taqdim etildi.
👍8🔥1👏1🎉1
#Yangi_adabiyotlar

Hurmatli kitobxonlar!
Diqqatingiz markaziga Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazi fondiga kelgan yangi adabiyotlarni havola etamiz. Kitoblarni mutolaa qilish uchun, kutubxonamizga tashrif buyurishingiz hamda obuna bo'lishingiz kifoya!

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻

Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayti | Twitter| Bilim Audio | Manzilimiz
👍7👏1

👍6🔥1👏1
2025-yil 3-oktabr kuni Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazida O'zbekiston Davlat jahon tillar universiteti bilan hamkorlikda "Ma'rifatli yosh-barkamol kelajak" nomli tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda "Bilim" AKM direktori H.Karimova:
- Ma’rifat degani bu shunchaki bilim emas — bu inson qalbining nuridir. Ma’rifat bu – yurakka yo‘l topgan, ongni uyg‘otgan, fikrni poklagan, jamiyatni yuksaltirgan eng buyuk kuchdir. Ma’rifatli yosh esa – Vatan kelajagini yelkalarida ko‘tara oladigan barkamol avloddir, Aziz yoshlik vakillari!
Unutmang: siz ilmli bo‘lsangiz, yurtimiz kuchli bo‘ladi. Siz tarbiyali bo‘lsangiz, jamiyatimiz sog‘lom bo‘ladi. Siz or-nomusli bo‘lsangiz, Vatanimiz obro‘li bo‘ladi. Shunday ekan, o‘qishdan, izlanishdan, ustozlardan saboq olishdan, milliy qadriyatlarni asrab-avaylashdan charchamang!

degan mazmunli fikrlari talaba yoshlar ilm olishlari uchun yana bir turtki bo'ldi. Tadbir so'nggida talabalar kutubxona fondi bo'ylab ekskursiya qilishdi va kutubxonaga a'zo bo'lishdi.
👍6🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tarix_sanalarda

Po‘lat Saidqosimov 1931-yil 8-oktabr kuni Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan. 1954— 57-yillar H.Olimjon nomidagi Samarqand teatrida, 1957-yildan Hamza (hozirgi O‘zbek milliy akademik drama) teatrida aktyor bo‘lib ishlagan.

Po‘lat Saidqosimov teatr sahnasida Po‘lat (O.Yoqubov, “Yurak yonmog‘i kerak”), Abdullatif (“Mirzo Ulug‘bek”), Salimboyvachcha (Oybek, ”Qutlug‘ qon”), va boshqalar; telefilmda Otaqo‘zi (“Diyonat”), Mirzakarimboy (“Qutlug‘ qon”), Muhammad chatoq (“Girdob”), Cherkashin (“Ichkuyov”), To‘g‘onbek (“Alisher Navoiy”) , Abdullatif (“Ulug‘bek xazinasi ) kabi bir qancha rollarni ijro etgan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston xalq artisti unvoni, «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan. Po‘lat Saidqosimov 88 yoshida vafot etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻

Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayti | Twitter| Bilim Audio | Manzilimiz
👍6🔥2
#Kutubxona_OAV_nigohida

Хуррамова, Х. Ахборот-кутубхона фаолиятида каталоглаштиришнинг самарадорлиги / Х. Хуррамова, К. Бабаева // Образование наука и жизни. – 2025. – № 66-3. – Б. 346-350.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻

Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayti | Twitter| Bilim Audio | Manzilimiz
🔥8👍2
2025/10/25 07:22:02
Back to Top
HTML Embed Code: