Telegram Web Link
🔹 6–7-oktabr kunlari Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Ichki ishlar vaziri kubogi” uchun sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqada viloyatdagi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari jamoalari faol ishtirok etishdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan o‘yinlar yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
🏐 Erkaklar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin – Buxoro davlat universiteti jamoasi
🥈 2-o‘rin – Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi
🥉 3-o‘rin – Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi
🏐 Ayollar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin – Buxoro davlat universiteti jamoasi
🥈 2-o‘rin – Buxoro innovatsiyalar jamoasi
🥉 3-o‘rin – Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti jamoasi
🎉 Barcha g‘olib va sovrindor sportchi qizlarimiz hamda yigitlarimizni samimiy tabriklaymiz! Ularga kelgusidagi musobaqalarda yanada yuksak natijalar tilaymiz! 💪🏆

▫️▫️▫️

📞 Ma'lumot uchun: +998652205545
🌐 Web-saytimiz: www.bimu.uz
📍 Manzil: Buxoro shahri, Namozgoh ko'chasi, 112

🌐 Telegram |🌐 Instagram  |🌐 YouTube
14🔥5🤩2
Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universitetida, joriy yilning 14-15 oktabr kunlari, "Tibbiyot va ta’lim sifatini oshirishda innovatsiyalarning o‘rni, muammolari" mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tadi.

⚡️ Konferensiyada tibbiyot va ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama etiladi.

Barchangizni ushbu konferensiyada kutib qolamiz!

▫️▫️▫️

📞 Telefon: +998652205545
🌐 Web-saytimiz: www.bimu.uz
📍 Manzil: Buxoro shahri, Namozgoh ko'chasi, 112

🌐 Telegram |🌐 Instagram  |🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3🔥1👏1🤩1😍1
🔵 Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universitetida ochiq muloqot tashkil etildi.

Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universitetida Yoshlar va tashkiliy ishlar bo‘yicha prorektor T.T. Odinayev universitet talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

🗣 Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, ta’lim jarayonidagi takliflar, shuningdek, universitetdagi ijtimoiy hayotni yanada jonlantirishga oid g‘oyalarini bildirdilar.

🤝 Prorektor T.T. Odinayev talabalar bilan samimiy suhbat olib borib, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi va har bir fikr universitet rahbariyati tomonidan e’tiborga olinishi ta’kidlandi.

🌟 Tadbir yoshlar bilan ochiq muloqot muhitini shakllantirish, ularning faolligini oshirish va universitetda ijobiy o‘zgarishlarga turtki bo‘lishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

▫️▫️▫️

📞 Ma'lumot uchun: +998652205545
🌐 Web-saytimiz: www.bimu.uz
📍 Manzil: Buxoro shahri, Namozgoh ko'chasi, 112

🌐 Telegram |🌐 Instagram  |🌐 YouTube
5👍2
Joriy yilning 14-oktabr kuni, Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universitetida, "Tibbiyot va Ta'lim sifatini oshirishda innovatsiyalarning o'rni, muammolari" mavzusidagi Respublika ilmiy va amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi!

⚡️Ushbu konferensiyada sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, taʼlim jarayonini zamonaviy standartlar asosida tashkil qilish, ilm-fanni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish orqali, nafaqat yuqori malakali kadrlar tayyorlash, balki, jamiyat salomatligi va barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi yechimlar yaratish borasida muzokaralar olib borildi.

▫️▫️▫️

📞 Telefon: +998652205545
🌐 Web-saytimiz: www.bimu.uz
📍 Manzil: Buxoro shahri, Namozgoh ko'chasi, 112

🌐 Telegram |🌐 Instagram  |🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3👍1👏1🤩1💯1
Forwarded from Бобохусенов Шохрух Аллабердиевич
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 Тиббиёт талабалари учун махсус янгилик!

🎓 MEDICAL ENGLISH + USMLE
Бухорода илк бор ҳақиқий тиббий инглиз тили ва халқаро сертификатлар бир дастурда!

🩺 Дарслар икки мутахассис томонидан олиб борилади:
👨‍🏫 Инглиз тили устози — IELTS ва Medical English бўйича тажрибали ўқитувчи
👨‍⚕️ Тиббиёт бўйича инструктор USMLE бўйича мутахассис

📚 Сиз нима ўрганасиз?
Тиббий терминология ва клиник инглиз тили
IELTS учун академик тайёргарлик
USMLE / PLAB асослари
Тиббий суҳбатлар, ёзма ишлар, реал касаллик ҳолатлари

📍 Манзил:
Туркистон Тиббиёт Техникуми, Мулжал, Карвон бозори рупарасида

📞 Боғланиш учун: +998 90 613 77 33

@ShokhrukhBobokhusenov

📅 Жойлар сони чекланган!
Шошилинг халқаро йўналишда ўқиш ва ишлашни хоҳловчи талабалар учун!
🟦🟦🟦
“Buxoro viloyati IIB boshlig‘i kubogi” sohiblari aniqlandi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi voleybol musobaqalari o‘z yakuniga yetdi. “Viloyat IIB boshlig‘i kubogi” uchun kechgan ushbu bellashuvlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, do‘stlik va sport ruhini yanada kuchaytirdi.

Musobaqaning asosiy maqsadi yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularni sportga keng jalb qilish, jamoaviylik va g‘alabaga intilish fazilatlarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Bellashuvlar davomida jamoalar o‘zining yuqori sport mahorati, jismoniy tayyorgarligi va bir-biriga bo‘lgan ishonchi bilan tomoshabinlarga unutilmas lahzalar tuhfa etdilar. Har bir o‘yin halollik, do‘stlik va sport ruhidagi kurash asosida o‘tdi.

🏆 Musobaqa natijalari quyidagicha:

Qizlar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Buxoro davlat universiteti jamoasi;
🥈 2-o‘rin — Buxoro innovatsiyalar universiteti jamoasi;
🥉 3-o‘rin — Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot instituti jamoasi.

Tantanali yakuniy marosimda g‘olib va sovrindor jamoalarga “Viloyat IIB boshlig‘i kubogi”, faxriy diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur sport tadbiri yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lom raqobat va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, voleybol sportini Buxoro viloyatida yanada ommalashtirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

💎 “Viloyat IIB boshlig‘i kubogi” musobaqalari Buxoro yoshlari hayotida sportni, sog‘lom raqobatni va jamoaviy g‘alabani ulug‘lovchi yorqin voqea sifatida tarixda qoladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏94🏆3
2025/10/22 03:01:55
Back to Top
HTML Embed Code: