Joriy yilning 14-oktabr kuni, Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universitetida, "Tibbiyot va Ta'lim sifatini oshirishda innovatsiyalarning o'rni, muammolari" mavzusidagi Respublika ilmiy va amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi!

⚡️Ushbu konferensiyada sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, taʼlim jarayonini zamonaviy standartlar asosida tashkil qilish, ilm-fanni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish orqali, nafaqat yuqori malakali kadrlar tayyorlash, balki, jamiyat salomatligi va barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi yechimlar yaratish borasida muzokaralar olib borildi.

▫️▫️▫️

📞 Telefon: +998652205545
🌐 Web-saytimiz: www.bimu.uz
📍 Manzil: Buxoro shahri, Namozgoh ko'chasi, 112

🌐 Telegram |🌐 Instagram  |🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3👍1👏1🤩1💯1
Forwarded from Бобохусенов Шохрух Аллабердиевич
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 Тиббиёт талабалари учун махсус янгилик!

🎓 MEDICAL ENGLISH + USMLE
Бухорода илк бор ҳақиқий тиббий инглиз тили ва халқаро сертификатлар бир дастурда!

🩺 Дарслар икки мутахассис томонидан олиб борилади:
👨‍🏫 Инглиз тили устози — IELTS ва Medical English бўйича тажрибали ўқитувчи
👨‍⚕️ Тиббиёт бўйича инструктор USMLE бўйича мутахассис

📚 Сиз нима ўрганасиз?
Тиббий терминология ва клиник инглиз тили
IELTS учун академик тайёргарлик
USMLE / PLAB асослари
Тиббий суҳбатлар, ёзма ишлар, реал касаллик ҳолатлари

📍 Манзил:
Туркистон Тиббиёт Техникуми, Мулжал, Карвон бозори рупарасида

📞 Боғланиш учун: +998 90 613 77 33

@ShokhrukhBobokhusenov

📅 Жойлар сони чекланган!
Шошилинг халқаро йўналишда ўқиш ва ишлашни хоҳловчи талабалар учун!
🟦🟦🟦
“Buxoro viloyati IIB boshlig‘i kubogi” sohiblari aniqlandi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi voleybol musobaqalari o‘z yakuniga yetdi. “Viloyat IIB boshlig‘i kubogi” uchun kechgan ushbu bellashuvlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, do‘stlik va sport ruhini yanada kuchaytirdi.

Musobaqaning asosiy maqsadi yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularni sportga keng jalb qilish, jamoaviylik va g‘alabaga intilish fazilatlarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Bellashuvlar davomida jamoalar o‘zining yuqori sport mahorati, jismoniy tayyorgarligi va bir-biriga bo‘lgan ishonchi bilan tomoshabinlarga unutilmas lahzalar tuhfa etdilar. Har bir o‘yin halollik, do‘stlik va sport ruhidagi kurash asosida o‘tdi.

🏆 Musobaqa natijalari quyidagicha:

Qizlar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Buxoro davlat universiteti jamoasi;
🥈 2-o‘rin — Buxoro innovatsiyalar universiteti jamoasi;
🥉 3-o‘rin — Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot instituti jamoasi.

Tantanali yakuniy marosimda g‘olib va sovrindor jamoalarga “Viloyat IIB boshlig‘i kubogi”, faxriy diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur sport tadbiri yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lom raqobat va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, voleybol sportini Buxoro viloyatida yanada ommalashtirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

💎 “Viloyat IIB boshlig‘i kubogi” musobaqalari Buxoro yoshlari hayotida sportni, sog‘lom raqobatni va jamoaviy g‘alabani ulug‘lovchi yorqin voqea sifatida tarixda qoladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏94🏆3
🧠 E’LON!

Buxoro Innovatsion Ta’lim va Tibbiyot Universitetida “Yosh olimlar ilmiy kengashi”ga qabul boshlandi!

Agar sizning:
O‘qishdagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yaxshi va a'lo bo‘lsa;
🌍 Respublika va xalqaro miqyosidagi olimpiada, tanlov hamda konferensiyalarda faol ishtirok etgan bo‘lsangiz;
💡 Ilmiy ishlaringiz yoki Start-Up g‘oyalaringiz mavjud bo‘lsa —
Sizni ilmiy kengash a’zoligiga taklif etamiz!

🔬 Yosh olimlar kengashi — bu sizga ilmiy izlanishlaringizni rivojlantirish, loyihalaringizni amalga oshirish va iqtidorli talabalar bilan hamkorlik qilish imkonini beradi.

📅 Qabul muddati: 01.11.2025 gacha
📍 Arizalar: Universitetning Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limiga yoki @Botirxon_Baxodurov ga topshiriladi.
📞: +998997027650

🎯 Ilm-fan yo‘lida yangi g‘oyalar sizdan boshlanadi!

▫️▫️▫️

📞 Ma'lumot uchun: +998652205545
🌐 Web-saytimiz: www.bimu.uz
📍 Manzil: Buxoro shahri, Namozgoh ko'chasi, 112

🌐 Telegram|🌐 Instagram|🌐 YouTube
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida, Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universitetining talaba-yoshlari òrtasida, sportning "Mini futbol" turi bòyicha 2- bosqich fakultetlararo musobaqa bòlib òtmoqda!

▫️▫️▫️

📞 Telefon: +998652205545
🌐 Web-saytimiz: www.bimu.uz
📍 Manzil: Buxoro shahri, Namozgoh ko'chasi, 112

🌐 Telegram |🌐 Instagram  |🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1🔥1👏1🤩1
🟦🟦🟦
Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universitetida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi!

Bugun, 20-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universitetida “Ona tilim, buyuklikda eng baland tog’san!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda mehmonlar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar o‘zbek tilining tarixiy ahamiyati, milliy qadriyatlarimizni asrashdagi o‘rni va uning jahon miqyosida nufuzini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashdilar.

Shuningdek, talabalar tomonidan o‘zbek tiliga bag‘ishlangan she’rlar, sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar hamda kechaga ko’tarinki ruh berish uchun raqslar ham namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida O‘zbek tili — millatimiz g‘ururi, xalqimiz iftixori ekani, uni e’zozlash har birimizning burchimiz ekani ta’kidlandi.

📍Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti
📅 20-oktyabr, 2025-yil
✈️📷
#O‘zbekTiliKuni #DavlatTili #BITMU #BuxoroUniversiteti #TilBayrami #Ma’naviyat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍1
2025/10/21 11:27:28
Back to Top
HTML Embed Code: