Telegram Web Link
📌 Hayotimdagi unutilmas xabar.

Ustozim telefon qilib, shunday dedilar:
“Rektorimiz universitetdagi eng faol har-bir fakultetdan 5 nafar va univeristet bo’yicha 45 nafar 4-kurs talabani diplom bilan taqdirlamoqda. Siz ham ular orasidasiz.”

Universitetimizda 9 ta fakultet bor. Har birida 600 nafarga yaqin bitiruvchi. Ya’ni umumiy hisobda 5400 dan ortiq 4-kurs talaba.

Va men — o‘sha 45 nafardan biriman.

Bu diplom nafaqat mening, balki ota-onam, ustozlarim va orzularimga ishonib yurgan barcha azizlarimning yutug‘i.
Bu diplom men uchun e’tirof emas – bu yana-da katta mas’uliyat.


Endi bu kuchimni boshqalar uchun, mening ortimdan kelayotgan yoshlarga ilhom bo‘lish uchun sarflayman.
Yaqinda boshlanayotgan yangi loyiham — aynan shu yo‘nalishda!


📌 Ishoning, orzu qilganlar va harakat qilganlar albatta e’tibor topadi.

Hamma havas qilganlarga shunaqa saralar ichida eng sarasi bo’lib yurish nasib qilsin 🤲


#TalabaHayoti #5400Ichidan1 #Bitiruv2025 #MotivatsionPost

‼️ Ovozli chatni imtihonlarim tugagandan so’ng tashkil qilaman, bu degani siz Grantga qiziqadigan 10ta do’stizni kanalga taklif qilib, ovozli chatga bepul qushilishiz mumkin

Savollar bo’lsa commentga yozib qoldiring ⬇️
@blogdilshoda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥16🤩10😍5👍3🔥3
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
1🔥13🤩7😍7
#yoshlar_maslahat_guruhi #poytaxtdeputatlari

❗️ Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


📌 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzurida tashkil etilgan Yoshlar maslahat guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi.

🗞 Yig‘ilishda guruh a’zolari hamda deputat Jamila Shermuhammadova ishtirok etdilar. Unda guruhning vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari va kelgusidagi faoliyat rejasi muhokama qilindi.

🚩 Ma’lumot uchun: Guruh “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6- va 24-moddalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 26-fevraldagi KQ–102-V-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

🔁 Qarorga asosan, maslahat guruhi faoliyatining quyidagi asosiy yo‘nalishlari belgilangan:

🟢 Yoshlarga oid davlat siyosati doirasidagi islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash;

🟢 “Tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida qonunchilik hujjatlarini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish;

🟢 Xalq deputatlari Kengashi doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda muhokamalar va nazorat-tahlil tadbirlarida qatnashish;

🟢 Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularning manfaatlariga xizmat qiluvchi tadbirlarni tashkil etish;

🟢 Yoshlar muammolarini aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.


📣 Shuningdek, maslahat guruhi a’zolarini Kengash deputatlariga “ustoz-shogird” tamoyili asosida biriktirish, yoshlarning doimiy komissiyalar faoliyatiga jalb qilinishini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

✍️ Yig‘ilishda yoshlar manfaatlariga xizmat qiluvchi forumlar, seminarlar, ochiq muloqotlar, ijodiy kechalar, musobaqalar va boshqa jamoatchilik tadbirlarini tashkil etish rejalari muhokama qilindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🤩5🔥3😍3
Bugun shu yerda bo'laman 😍

Videolarni esa Instagram istoriyamga joylab boraman ⤵️
https://www.instagram.com/blog_dilshoda?igsh=YTlsOXJlajRhdXZn

In Sha Allah hamma jarayonlarni yoritib borishga harakat qilaman ❤️‍🔥 sizlar esa reaksiya va likelar bilan podderjka qilib tursaylar bas

@blogdilshoda
3🤩7👍4🔥4
Shunaqa fikrlar o'qisam xursand bo'lib, energiyalarim oshib ketadi 💌 Sizga ham kanalim yoqadimi

Ha aytgancha, Namanganga yetib keldim va grantlarga oid bepul ovozli chatni boshlayman tez orada 🔥 ovozli chatni kutayotganlar bormi?

@blogdilshoda
@top_scholar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12🤩7👍5❤‍🔥2
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi
#yoshlar_maslahat_guruhi #poytaxtdeputatlari ❗️ Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 📌 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzurida tashkil etilgan Yoshlar maslahat guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi. …
TOSHKENT SHAHRIDAGI XALQ DEPUTATLARI KENGASHI QOSHIDAGI YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A'ZOSI ETIB SAYLANDIM!

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qaroriga binoan, Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zosi etib saylandim. Bu - shaxsiy mas'uliyat bilan birga yoshlar ovozi va tashabbusining ifodasidir.

Endi yoshlardan chiqqan g'oya va muammolarni bevosita menga yetkazish orqali ularni Kengash darajasida ko'tarish imkoniyati mavjud. Bu - "tengdosh-tengdoshga" tamoyiliga asoslangan ishtirok shaklidir.

Yoshlar siyosiy, ijtimoiy, ta'lim, madaniyat va sport kabi sohalarda o'z fikrlarini bildirishi mumkin. Men esa bu fikrlarni deputatlar va komissiyalar bilan muhokama qilib, ilgari surishga harakat qilaman.

Yoshlar maslahat guruhi maslahatgoh bo'lish bilan birga, amaliy ishlar uchun maydon hamdir - forumlar, musobaqalar, ochiq muloqotlar bizni kutmoqda.

Aziz yoshlar, men sizning ovozingiz bo'lishga tayyorman. Fikringiz bo'lsa, bildiring biz uni harakatga aylantiramiz!

@blogdilshoda
2❤‍🔥19👍4🔥4🤩4😍2
2025/10/27 08:18:49
Back to Top
HTML Embed Code: