Telegram Web Link
Tramp Xitoydan boshqa barcha davlatlarga qo’yilgan bojlarga 90 kunlik tanaffus e’lon qildi. Xitoyga esa tariflarni yanada oshirdi: 125 foiz.

Yangilik ortidan aksiyalar narxi osmonga sapchidi.

@bmamadiev
“Apple” Tramp bojlari kuchga kirishi arafasida Hindistondagi zavodidan charter reyslar orqali AQShga 600 tonna “iPhone” olib kiribdi. Bu 1,5 millionta telefon degani.

Baribir, “iPhone”larning 85 foizi Xitoyda ishlab chiqariladi va yangi tartibga ko’ra, ular AQShga kirishi uchun 125 foiz boj to’lashi kerak.

@bmamadiev
Xitoy AQSh mollariga bojni 125 foizga oshirdi. AQSh Xitoy tovarlariga qo’ygan tarif esa, avval xabar berilganidek, 125 foiz emas, balki 145 foizga chiqqani ma’lum bo’ldi.

@bmamadiev
O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligi rahbari senator Alisher Sa'dullayev boshchiligidagi delegatsiya AQShda bo'lib turibdi. Mehmonlar bilan "MahallaUSA" jamiyatining Nyu-York shahridagi "ZiyoArt" o'quv markazida uchrashdik.

Alisher Sa'dullayevni ish faoliyati, ko'plab foydali loyihalari orqali yaxshi taniyman, lekin shaxsan uchrashmagan edim.

Samimiyligi yoqdi. Qo'l ostidagi jamoasi bilan ham, begonalar bilan ham ochiq, samimiy gaplashar ekan. Fikrlashi, ravon muloqot qila olishi diqqatimni tortdi. Yoshlar va ta'lim bo'yicha O'zbekistonda qilayotgan ishlari haqida gapirib berdi. Axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalar haqida ham suhbatlashdik.

Umuman, Yoshlar ishlari agentligi "Ibrat farzandlari", "Mutolaa", "Bek va Lola" kabi juda ibratli va foydali loyihalarni yo'lga qo'yganini yaxshi bilsangiz kerak. Bilmasangiz, shu loyihalar bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilaman. Professional va sifatli ishlashyapti.

Shunday loyihalar bardavom bo'lishini va ko'payishini tilab qolaman.

Aytgancha, doim jamiyat uchun kuyib-pishib yuradigan, mana shunday tadbirlarni o'tkazishdan charchamaydigan "MahallaUSA" jamiyati rahbari Abdumalik aka Ahmedovga alohida rahmat!

@bmamadiev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Tesla Model Y" avtomobili shahar ichida 18 daqiqalik manzilga to'liq mustaqil harakatlangan holda yetib bordi. Ya'ni, uni avtonom rejimga o'tkazib, faqat kuzatib bordim, xolos.

"Stop" va svetoforlarda to'xtash, odam va boshqa mashinalarni o'tkazib yuborish kabi turli vaziyatlarda odam haydovchidek silliq harakat qildi. Xavfli vaziyatlar, nazoratni qo'lga olishimni talab qiladigan holatlar yuz bermadi.

5-6 yilda barcha yangi avtomobillar to'liq avtonom harakatlanishga o'tsa kerak. Allaqachon, AQShning bir nechta shtatlarida haydovchisiz taksilar ish boshlagan. "Tesla" ham shu bozorga kirishga harakat qilyapti.

Ushbu avtonom sayohatimizni videoga muhrladim. Uning bir qismini yuqorida tomosha qilishingiz mumkin. Qiziqqanlar bo'lsa, balki ko'rar deb, to'liq videoni YouTube kanalimga joylab qo'ydim.

@bmamadiev
Saudiya Arabistonida 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo kubogi final o'yini juda qiziq kechdi. 2 o'yinchi kam bo'lib o'ynashiga qaramay, O'zbekiston mezbon Saudiya Arabistonini 2:0 hisobida yengib, irodali g'alabaga erishdi.

Hasanov kiritgan 2-gol, menimcha, turnirning eng yaxshi goli bo'lishga arziydi.

G'alaba muborak! Kubok muborak, azizlar!

@bmamadiev
Bugun 2026-yil uchun topshirilgan "Grin karta" lotereya dasturi natijalari e'lon qilinadi.

Toshkent vaqti bilan 3-may 21:00 dan boshlab quyidagi manzil orqali natijalarni bilishingiz mumkin:

https://dvprogram.state.gov/

Javobni olish uchun ariza topshirilganda berilgan tasdiq raqami (Confirmation Number), familiya (Last/Family Name) va tug'ilgan yilingiz (Year of Birth) haqidagi ma'lumotlar kerak bo'ladi.

Agar "Grin karta" yutgan bo'lsangiz, ekranda chiqqan xat quyidagi gap bilan boshlanadi:

"You have been randomly selected for further processing in the Diversity Immigrant Visa Program for the fiscal year 2026".

Tarjimasi:

“2026-moliyaviy yil uchun Turli millatlarga mansub immigratsion vizalar dasturida arizangizni ko'rib chiqishni davom ettiirsh uchun siz tasodifiy yo'l bilan tanlab olindingiz”.


Agar yutmagan bo'lsangiz, quyidagi qisqa xat chiqadi:

"Based on the information provided, the Entry HAS NOT BEEN SELECTED for further processing for the Electronic Diversity Visa Program at this time".

Tarjimasi:

"Taqdim etilgan ma'lumotlar asosida bu ariza Elektron Turli millatlarga mansub viza dasturida qatnashish uchun TANLAB OLINMAGAN".

Bu yil g'olib bo’lganlarga viza 2026-yilda beriladi.

Hammaga omad yor bo'lsin! Oramizda yutganlar bo'lsa, xabar bering.

@bmamadiev
AQSh va Xitoy import bojlarini kamaytirish bo’yicha 90 kunlik kelishuvga erishdi. Xitoy tovarlariga qo’yilgan bojlar 30 foizga, AQSh mollariga qo’yilgan tarif esa 10 foizga tushirildi. 90 kun ichida doimiy kelishuvga erishish kutilyapti.

Moliya bozorlari bu yangilikni olqishlar bilan kutib oldi: birjalarda narxlar osmonga sapchimoqda.

@bmamadiev
"Bitcoin" kriptovalyutasi narxi bugun yangi rekord o'rnatdi. U 110 000 dollarlik marrani ilk bor kesib o'tdi.

Bir oy avval ham "bitcoin" narxi 76 ming dollar atrofida edi. Uning narxi oldinda hali yana ko'p o'sadi va tushadi. Yaqin orada barqarorlashib, faqat o'sib boradi, deyish ham xato.

Lekin shunisi haqiqatga yaqinki, uzoq muddatda u faqat o'sib boradi. Bu, asosan, bozorda "bitcoin"lar soni, ya'ni taklif kamligi va uning miqdorini sun'iy ravishda hech kim ko'paytira olmasligi bilan bog'liq.

Bu haqda bundan 5 yil oldin, "bitcoin" narxi 15 ming dollarlik paytida ham yozgan ekanman.

@bmamadiev
O’tgan 10 yilda “bitcoin” narxining yillik o’rtacha o’sishi 84% ni tashkil qilgan. Oxirgi besh yilda esa 64%.

Agar bundan keyin yillik o’sish o’rtacha 30% bo’lsa, 2033-yilda “bitcoin”ning narxi 1 000 000 dollarga yetar ekan. Agar o’sish 50% bo’lsa, 5 yildan keyin, 2030-yilda bir millionlik marrani kesib o’tadi.

@bmamadiev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yozga bir hafta qoldi. Nyu-Yorkda hamma kurtka kiyib yuribdi.

@bmamadiev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Manxettenning (Nyu-York) Nyu-Jersidan ko’rinishi. Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlarini o’rtada Xadson daryosi ajratib turadi. Nyu-Jersida yashab, ishlash uchun Nyu-Yorkka qatnaydiganlar ko’p. Jumladan, men ham shular qatoridaman.

Video ishdan qaytishda avtobusda olindi. Avtobus daryo ostidan o’tadigan tunnel orqali qatnaydi.

@bmamadiev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oilaviy muammolar hamma joyda, hammada bo’ladi.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Vyetnamda samolyotdan tushish arafasida xotinidan tarsaki yebdi.

@bmamadiev
Amerikada bugundan xorijda ishlab chiqarilgan po’latga qo’yilgan boj 50% ga oshdi.

Bundan maqsad o’sha eski gap: mahalliy kompaniyalarni qo’llab-quvvatlash va ularni bankrot bo’lishdan asrash.

Bu, albatta, AQShdagi po’lat ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning hamyonini semirtiradi. Lekin boshqa barcha uchun - po’lat sotib oluvchilar uchun xarajatni oshiradi.

Amerikada po’lat ishlab chiqarish sohasidagi bitta ishchiga po’lat iste’mol qiluvchi sohada 80 ta ishchi to’g’ri kelar ekan.

Ya’ni, bitta odamni himoya qilish uchun 80 barobar ko’p boshqa odamlarga zarar yetkazilmoqda.

@bmamadiev
2025-yil 5-iyun - O'zbekiston futboli uchun tarixiy kun. Shu kuni Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) qarshi safarda bo'ladigan o'yin O'zbekistonni ilk bor futbol bo'yicha jahon chempionatiga olib chiqishi mumkin.

O'yindan keyin yuz beradigan ehtimoliy natija va raqamlarni tahlil qilamiz.

1. O'zbekiston yutdi - jahon chempionatiga chiqamiz.
2. Natija durang bo'ldi - jahon chempionatiga chiqamiz.
3. O'zbekiston yutqazdi - ochkolar bo'yicha hanuz BAAdan oldinda bo'lamiz, ammo jahon chempionatiga chiqish ehtimoli keyingi o'yinlar taqdiriga bog'liq bo'lib qoladi.

Endi O'zbekiston BAAga yutqazgan taqdirda hosil bo'ladigan vaziyatni tahlil qilamiz. Bu holatda O'zbekiston jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishi uchun oxirgi o'yinlar quyidagi natijalar bilan tugashi kerak.

1. Agar so'nggi o'yinda Qatarni yutsa, O'zbekiston jahon chempionatiga chiqadi.
2. Agar so'nggi o'yinda Qatar bilan durang o'ynasa, O'zbekiston jahon chempionatiga chiqishi uchun BAA oxirgi o'yinida Qirg'izistonga yutqazishi yoki durang yuz berishi kerak.

Agar BAA O'zbekistonni ham, Qirg'izistonni ham yutsa, O'zbekistondan ochkorlar bo'yicha o'zib ketadi va chempionat uchun o'rinni tortib oladi. Bu holatda O'zbekiston uchun chempionatga to'g'ridan to'g'ri chiqishning yagona yo'li - so'nggi o'yinda Qatarni yengish. Bu holatda durang kifoya qilmaydi.

Xullas, hozirgi ssenariy har tomonlama O'zbekiston jahon chempionatiga chiqishini osonlashtirish uchun tuzilgandek. Bunday yaxshi imkoniyatni qo'ldan boy berish sensatsion omadsizlik bo'lsa kerak.

"ChatGPT"ning bashorat qilishicha, ertaga natija 1:1 yoki O'zbekiston hisobiga 1:0 bo'ladi. Sizningcha, natija qanday bo'ladi? 😃

@bmamadiev
2025/06/27 09:58:29
Back to Top
HTML Embed Code: