Telegram Web Link
Community manager - bu qanday kasb va men bu pozitsiyada ishlab nimalarni bilib oldim?

Texnomart'ga ishga kirishdan oldin, community manager nima ish qiladi deb so’rashkanda, uning asosiy vazifasi facebook, instagram va telegram ijtimoiy tarmoqlarida javob berish deb aytgan bo'lar edim.

Darhaqiqat, community manager'ning brend yaratishda ro’li ancha katta ekan. Keling, birgalikda Community manager'ning asli qanday vazifani bajarish kerakligini bilib olamiz, biladiganlar bo'lsa, eslab olamiz.

Asosiy vazifasi: brendga sodiq mijozlar bazasini yaratishda yordam berish.

Qanday qilib?

Mijozlar bilan hamjamiyat yaratildi (masalan telegram guruhi). Unda siz foydalanuvchilarga nafaqat mahsulotni sotasiz, shuningdek mahsulot bilan ishlashni o'rgatasiz, balki ularga qimmatli ma'lumotlarni ham berasiz, odamlarni qiziqishlariga ko'ra birlashtirasiz va shunchaki muloqot qilasiz.

Sodiq mijozlar nega kerak?

Sodiq mijozlar kompaniyaga qiziqishi yo'q mijozlarga qaraganda brendga ko'proq foyda beradi. Ular har doim sizga foydali fikr-mulohazalarni bildiradilar, dardlari va muammolari haqida aytib berishadi, ijtimoiy tarmoqlaringizga obuna bo'lishadi va do'stlariga tavsiya qilishadi. Bundan tashqari, sodiq mijoz sizning raqobatchilaringizga kamroq murojaat qiladi.

Community manager kasbi haqida qisqacha ma’lumotga ham ega bo’ldik :)

@bolajak_marketer
👍151
Yaxshi marketing direktori bo'lish uchun har xil foydali manbalarni o'qib turish kerak deyishadi. Keling, ular bilan birma-bir tanishib boramiz

Foydali manbalardan biri: vc.ru

Bu kichik, o'rta va yirik kompaniyalarning tadbirkorlari va yuqori malakali mutaxassislari uchun asosiy platformalardan biridir. Bu yerda siz asosiy yangiliklar, fikrlar, sharhlarni bilib olishingiz mumkin.

Oxirgi o'qigan maqolam:

Skyeng boshqaruvchi hamkori Aleksandr Laryanovskiy o'z karierasining boshida vazifarni qanday taqsimlashni bilmas edi. Bu nimaga olib keldi va u buni qanday o'rgandi - shaxsiy tajribasi bilan o'rtoqlashadi.

Maqolaga havola.

Siz qanday foydali manbalarni taklif qilasiz? Izohlarda qoldiring 👇

@bolajak_marketer
👍102
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ikki yil oldin agar shu rolikni qo'yib berishganida edi, "2-3 ta odam ishtirokida olingan rolik bo’lsa kerak. Zo’r olishibti" degan bo’lardim.

Aslida bu kabi professional roliklarni olish jarayonida bir necha komandalar ishtirok etadi, ya'ni Production studiya, Kreativ agentligi, mijoz va hokazo.

Natijada shunday ajoyib roliklar tayyorlanadi! Baho bering 😍

Oddiy marketing manager ko’zi bilan marketing olami haqida - @bolajak_marketer
🔥12👍10👏1
Rejasiz daraxtzor — changalzor. 🌳

Ishonch bilan aytolamanki, kunlik, haftalik, oylik va yillik reja tuzish marketolog uchun juda muhim bosqichlardan biri. Nega reja tuzish kerak? 🧐

Bunday odat sizga vaqtni boshqarishga va xotirjamlikni tarbiyalashga imkon beradi. Reja tuzganingizdan so'ng, siz osonlikcha kuningizni tashkil qila olasiz, global muammolarga e'tibor qaratasiz, vazifalarni ularning muhimliligiga qarab taqsimlaysiz.

Masalan, to'y marosimini kelgusi yilga mo'ljalladingiz va jadvalingizga kiritdingiz. Ushbu muddatga asoslanib, barcha to'y bilan bog'lik ishlarni deadline bilan, kunlarga bo'lib tashladingiz. Endi siz har kuni tongda uyg'onganingizda, qachonga nima tayyor bo'lish kerakligini bilasiz va bu haqida boshqa o'ylamaysiz.

@bolajak_marketer
👍9👎1🔥1👏1
Faqat menda xorijlik muxlislar bormi? 😂
👍7
Sun'iy intellekt dizayn hududiga birinchi qadamini qo'ydi.

Cosmopolitan jurnalining yangi sonining muqovasi Dall-E 2 neyron tarmog'i tomonidan tayyorlandi.

20 soniyada 🔥

@bolajak_marketer
👍7
DALL-E sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan tasvirni qarshi oling!

Matn so'rovi quyidagicha edi: Future marketer

Dizaynerlarni ishdan bo'shatishga hali erta ekan 🙂
😢4
Forwarded from Dildora Bakhtiyarovna | Blog (Dıldora Bakhtíyarovna)
Marketingga oid eng oddiy ta'rif

Ba'zi insonlar marketingni reklama, brendlash yoki boshqa noaniq tushuncha deb o'ylaydi. Garchi bularning barchasi marketingga bog'liq bo'lsa ham, marketingning o'zi emas.

Sizga hayotingizda uchratgan eng oddiy va jargonlardan xoli marketing haqidagi ta'rifni aytaman:

Agar sizning shahringizga sirkchilar kelayotgan bo'lsa va siz "Shanba kuni ko'rgazmalar maydonida sirk bo'lib o'tadi", deb e'lon bersangiz, bu – Reklama.

Agar siz katta filning orqasiga o'sha yozuvni yopishtirib butun shahar bo'ylab aylantirib yursangiz, bu – Promotion.

Agar fil shahar hokimining gulbog'idan o'tib bog'ni payhon qilsa va bu haqda mahalliy nashrlar yozib chiqsa, bu – Ommalashtirish.
Agar hokim bu jarayonni bilib qolib, hazilga olib ketsa yoki boshqacha munosabat bildirsa, bu – jamoatchilik bilan aloqa ya'ni PR.

Agar shahar aholisi sirkka borsa, siz ularga ko'ngilochar ko'chma do'konlarni ko'rsatsangiz, ular shu do'konchalarda pul sarflab vaqtini juda maroqli o'tkazishi mumkinligini tushuntirsangiz, savollariga javob bersangiz va oxir-oqibat, ular sirkda juda ko'p pul sarflasa, bu – Sotuv.

Agar yuqoridagilarning barchasini rejalashtirsangiz, bu – Marketing.

Ha, juda oddiy, marketing – o'zingiz istagan odamlarning siz haqingizda bilishi, sizni yaxshi ko'rishi, sizga ishonishiga erishib, ularni mijozga aylantirish strategiyasidir.

Marketing bilan bog'laydigan barcha harakatlar esa marketing taktikasi deyiladi

Allan Dib - "Bir varaqli Marketing reja" kitobidan 🌊
👍11🔥3
BILLBOARD TANLAB OLISHNING TO‘RT SIRI 🎯

Orientatsiya

Bilbord qaysi tomondan yaxshiroq o'qiladi? Ko'pgina hollarda, haydovchining o'ng qo'lidagi reklama taxtasi mashinaga yaqinroq, shuning uchun uni o'qish osonroq.

Yo'lga noto'g'ri burchak ostida joylashtirilgan yoki juda baland yoki past joylashtirilgan reklama taxtalaridan ma'lumotlarni o'qish qiyin bo'lishi mumkin.

Aloqa

Yo'lovchilar reklama taxtasini deyarli o'tib ketguncha ko'rmasa, aloqa davomiyligi xabarni o'qish uchun juda qisqa bo'lishi mumkin. Ushbu mantiqdan kelib chiqqan holda, chorrahalardagi bilbordlar avtomobillar svetofor yoki taqiqlovchi belgilarda to‘xtagani uchun ma’lumotlarni o‘qish uchun ko‘proq vaqt beradi.

Yo'lda transport zichligi qanchalik baland bo'lsa, reklama xabari shunchalik ko'p kontaktlarni oladi. Tashqi reklama operatorlari buni tushunishadi va ular bu haqda so'ralishini bilishadi. Ular har bir reklama tuzilmasi uchun tasdiqlangan trafik ma'lumotlarini taqdim etishi mumkin.

Ko'rinish

Billboard oldida turgan daraxtlar, yorug'lik ustunlari, simlar, binolar yoki boshqa reklama inshootlari kabi to'siqlarga e'tibor bering. Ba'zida to'siqlar mavsumiydir. Barglar daraxtlardan tushganda, billboard yaxshi ko'rinadi. Ammo bahor keladi va uni deyarli butunlay barglar bilan yashirish mumkin.

Ko'rinish borasida yana bir omil: ba'zi bilbordlar yoritilgan. Kechqurun yoritilmagan reklama tuzilmalari hech qanday qiymatga ega emas. Shuni ham yodda tutingki, barcha reklama taxtalari bir xil soat davomida yoritilmaydi. Tashqi reklama operatori bilan ularning inventarizatsiyasi qancha vaqt qoplanganligini tekshiring.

Atrof muhit

Atrofdagi bilbordlar qancha kam bo'lsa, sizning bilbordingiz shunchalik ko'p ajralib turadi. Bu erda yana bir nechta qo'shimcha omillarni hisobga olish kerak:

- Ushbu yo'lda kim ko'proq sayohat qiladi? Muhim - bular asosan sayyohlar yoki mahalliy aholi. Agar xabar mahalliy aholiga qaratilgan bo'lsa, ularni kundalik yo'nalishlari bo'ylab joylashtirish kerak.

- Bu yerda kim yashaydi va ishlaydi? Agar joy yirik ish beruvchiga yaqin boʻlsa yoki maktab/universitet kabi tirbandlik koʻp boʻlgan joy boʻlsa, bu auditoriya demografiyasiga xalaqit berishi mumkin.

@bolajak_marketer
👍9
Ishonchli hamkorlar bilan uzoq muddatli munosabat o’rnating 🤝

Har bir sohada bo'lgani kabi marketingda ham doimo sizga hamkorlar kerak bo'ladi.

Ammo ularni tanlashda albatta eng ishonchlisini tanlang. Marketing menejerga doimo qandaydir bannerlar, futbolkalar, skretch karta va hokazolarni chop etish kerak bo'ladi.

Shunday vaqtda sizda sinalgan va ishonchli hamkorlar bo'lsa, siz ham vaqtingiz ham naqdingizni tejaysiz.

Shunday ekan, atrofingizga doimo ishonchli va professional hamkorlarni yig'ing.

Bir inson aytganidek: Yaxshi hamkor bilan yetarsan murodga, yomon hamkor bilan qolarsan uyatga!

@bolajak_marketer
👍12👏1
Bo’lajak marketolog
Ishonchli hamkorlar bilan uzoq muddatli munosabat o’rnating 🤝 Har bir sohada bo'lgani kabi marketingda ham doimo sizga hamkorlar kerak bo'ladi. Ammo ularni tanlashda albatta eng ishonchlisini tanlang. Marketing menejerga doimo qandaydir bannerlar, futbolkalar…
Nafaqat ishda, balki hayotda ham ishonchli "hamkorlar" kerak. Masalan, sartarosh.

Mening sartaroshim kech payt 23:00 da bo'lsa ham ishlashga tayyor. Bemalol, o'zimga qulay payt borishim mumkin.

Hafta xulosasi: o'zingizni ishonchli hamkorlar bilan o'rab oling 🤝
👍62👏2🔥1
Mentor'ning marketing menejeri hayotidagi o'rni 👨‍🏫

Bugun murabbiy, zamonaviy tilda aytganda «mentor»ning marketing manager hayotidagi o'rni haqida gaplashamiz.

Murabbiy - bu katta hayotiy va kasbiy tajribaga ega bo'lgan, bilim va javoblar manbai. U ilhomlantiradi, o'z tarbiyachisiga shaxsiy va professional hayotida rivojlanishiga yordam beradi.

Marketing sohasiga endigina kirganlar uchun nega mentor kerak? Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib foydalarini aytaman:

⁃ Aniq, to'g'ri yo'l. Mentor sizni qobiliyatlaringizni bilgan holda aniq karyera yo'li bilan birga hayot yo'lingizni ham chizib beradi.
⁃ O’zingizga bo’lgan ishonchni kuchaytirib, jiddiy qarorlarni qabul qilishni o'rgatadi.
⁃ Barcha yutuq va mag'lubiyatlaringizni muhokama qilib to’g’ri xulosa chiqarishga yordam beradi.

Marketing sohasini murabbiy bilan o’rgansangiz, X2 tezlikda tajriba oshib boradi.

@bolajak_marketer
👍5🔥42
Hissiy charchash haqida judayam qisqacha. 🙂

(эмоциональное выгорание)

Hissiy charchash o’zi nima?

Bu hissiy va jismoniy energiyani yo'qotish jarayoni. Oddiy qilib aytganda - kuch va ishlash istagi yo’qligi.

Bu kasallik emas, balki psixologik va jismoniy muammolar majmuasi.

Hissiy charchashning belgilari qanday?

Charchoq yoki kuchsizni his qilish. Loyihalar bilan shug‘ullanish istagi yoqolishi.

Agar siz Maslach testidan o'tsangiz, qanchalik “kuyganingizni” tushunishingiz mumkin.

Hissiy charchoqni qanday yengish mumkin?

Hayotingizni yaxshi tomonga o'zgartiring: dam oling, ishni o'zgartiring, jadval tuzing, ovqatlanish, surunkali kasalliklardan xalos bo'ling.

O’zingizni asrang 💪

@bolajak_marketer
👍13🔥1
Rahbar "OK" degani bahona emas!

Ba'zida rahbariyat tomonidan topshiriq berilganda, uni bajarasiz va rahbar tomonidan tasdiqlanganidan so'ng, uni amalga oshirasiz.

Lekin ozgina vaqt o'tgach rahbar yoki kompaniyadagi boshqa inson o'sha vazifadagi xatoni topib, sizga aytadi.

Diqqat! Shunday vaziyatda "Bu meni aybim emas, rahbar "OK" degan edilar" deb qutulaman deb o'ylasangiz, adashasiz.

Sababi, bu vazifaga siz mas'ulsiz. Ya'ni, vazifa siznikimi, demak xato ham sizniki. Uni tan oling va boshqalardan ayb izlamang!

Rahbar va umuman jamoa bilan ishlaganda shunday "nozik" nuqtalarga e'tibor bersangiz, zarar qilmaydi 😉

@bolajak_marketer
😢3🔥2
Agar krizis bo’lsa, kompaniyalar birinchi bo’lib marketing xarajatlarini qisqartirishadi.

Nega? Aksariyat rahbarlar marketing bilan umumiy daromad o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rmaydilar. Marketing faoliyatini samaradorligini isbotlash uchun ko'pincha aniq raqamlar talab etiladi. Lekin raqamlarni qayerdan olish mumkin?

Mark Jeffri marketing samaradorligini qanday o'lchashni "Ma'lumotlarga asoslangan marketing. Hamma bilishi kerak bo'lgan 15-ta ko'rsatkich" kitobida misollar bilan batafsil so'zlab beradi va buning uchun 15-ta asosiy ko'rsatkichdan foydalanishni taklif qiladi.

Keyingi 15-ta post aynan shu mavzuda bo’ladi, ya'ni barcha 15 asosiy ko’rsatkichlarni o’rganib chiqamiz.

@bolajak_marketer obuna bo'lishni unutmang!
👍9🤔2🔥1
Boshlaymiz! Birinchi ko'rsatkich — xabardorlik.

Eng birinchi ko'rsatkich - bu iste'molchilarning brend haqida xabardorligi.

Bu nima degani?

Oddiy tilda aytganda, bu iste'molchining mahsulotni sotib olishdan oldin kompaniyani eslab qolish qobiliyati sifatida tavsiflanadi.

Misol: Smartfon so'zini eshitganda siz birinchi qanday kompaniya haqida o'ylagan bo'lsangiz, siz o'sha brenddan ko'proq xabardorsiz.

U qanday shakllanadi?

Balki, sizga darrov "Reklama bersak bo'ldida" degan fikr kelgandir. Ammo bu ish faqatgina reklama bilan yakunlanmaydi. Ya'ni sizning brendingiz filmlarda, videoroliklarda, reklamalarda, turli tadbirlarda va, albatta, OAV'da muntazam ravishda o'zini ko'rsatishi kerak bo'ladi.

Xabardorlik qanday o'lchanadi?

Buning asosiy 3 ta savol bor:

1. Sizning ehtiyojingizni qondira oladigan asosiy mahsulotlarni ayting? (misol: oziq-ovqat xarid qilish)
2. Ushbu kategoriyani eshitganingizda eng birinchi qaysi brend xayolingizga keldi? (korzinka)
3. Shu kategoriya bo'yicha yana qanday brendlarni bilasiz? (makro, HAVAS)

Xabardorlik ko'rsatkichini qanday o'lchaymiz?

Yuqoridagi savollarni iste'molchilarimizga beramiz. So'ng quyidagicha hisoblaymiz:

Xabardorlik ko'rsatkichi = (Brendingizdan xabardorlar soni/Umumiy so’rovnomada o’tgan iste'molchilar soni) * 100%.

Bunday so'rovnomalarni sizning maqsadli auditoriyangiz yig'ilgan saytlarda, joylarda yoki telefon qo'ng'iroqlari orqali o'tkazishingiz mumkin.

Bundan tashqari...

Brend taniqliligini uning sayti yoki ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar sonidan ham bilib olishingiz mumkin.

@bolajak_marketer
👍175🔥2
Davom etamiz! Ikkinchi ko'rsatkich — Test Drive (Mahsulotni sinovdan o'tkazish)

Ya'ni ushbu ko'rsatkich mahsulotingizni sotuvdan avval sinovdan o'tkazishga va uning imkoniyatlarini to'g'ri baholashga yordam beradi.

Bu nima degani?

Oddiygina tushuntirsam, mahsulotingizni mijozga sotishdan avval undan foydalanib ko'rish uchun uni mijozga taqdim etasiz. Mijoz uni ishlatib yoki ta'tib ko'rib, sotib olish yoki olmaslikka qaror qabul qiladi.

Misol: Hyundai Sonata avtomobilini xarid qilishingizdan oldin sizga uni test-drive uchun taqdim etishadi. Vaholangki, test-drive’dan o’tgan mijoz xarid qilish ehtimoli oshadi.

Qanday o'lchaymiz?

Iste’molchi testdan o‘tgandan so‘ng xaridlar darajasini baholash ko‘rsatkichi =
(mahsulotni sinovdan o’tkazib xarid qilganlar soni / umumiy uni sinab ko'rgan iste'molchilar soni) x 100%.

Bundan tashqari...

Test Drive mahsulot kelajakda sotilish ehtimolini oshiradi. Ammo shuni unutmangki, sinovdan so'ng mijozlar uni xarid qilgunga qadar turli mahsulotlar uchun turli vaqt talab etiladi.

Savollar bo'lsa, izohlarda qoldirishingiz mumkin. Birgalikda javob topamiz 😉

@bolajak_marketer
👍20🔥4
Uchinchi ko'rsatkich — Qaytib ketish ko’rsatkichi.

Ya'ni ushbu ko'rsatkich qancha mijoz ma'lum vaqt ichida sizdan xarid qilishni to'xtatganini ko'rsatadi.

Bu nima degani?

Mijozlar sizdan ma'lum vaqt mahsulot xarid qilib, so'ng biror sabab tufayli sizdan xarid qilmay qo'yishadi. Siz ularni vaqtida hisoblab bormasangiz, asta sekinlik bilan sodiq mijozlarni yo'qotasiz.

Misol: Siz o’yinchoqlar sotasiz. Har oy mahsulot xarid qiladigan mijozlaringiz bor. Biroz vaqt o'tgach ular kamaya boshladi. Siz bu ko'rsatkichni hisoblab borsangiz, mijozlar nega kamayganini aniqlaysiz va eng kamida ularni bir qismini yoki barchasini qaytarishingiz mumkin.

Qanday o'lchaymiz?

QK = (Ma'lum vaqt ichida xaridni to'xtatgan mijozlar soni / o'sha vaqtdagi umumiy mijozlar soni) * 100%

Bundan tashqari...

Kompaniyalar doimo ushbu ko'rsatkichni minimallashtirish uchun turli sodiqlik dasturlari, cashback, chegirma va bonuslardan foydalanishadi. Sababi bu ko'rsatkich qanchalik kichik bo'lsa, sizda foyda shuncha ko'pligini anglatadi.

Savollar bo'lsa, izohlarda qoldirishingiz mumkin. Birgalikda javob topamiz 😉

@bolajak_marketer
👍21🔥6
Kichik savol

Kanalimizga joylangan 3 ta ko'rsatkichni tushuna oldingizmi? Izohlar yo'qligi uchun biroz xavotirdaman 🙂

P.S.: Agar ko’rsatkichlarni yanada soddaroq tilda ta'riflab berish kerak bo'lsa, aytavering.
👍19
Mijozlarning qoniqish darajasi (CSAT) - "Oltin" marketing ko'rsatkichi.

Xabardorlik va sadoqat o'zaro bog'liq: sadoqat - bu xabardorlikning natijasidir. Agar CSAT vaqt o'tishi bilan ortib ketsa, bu yaxshi, agar u pasaysa, yomon.

Baholash 5 ballik tizimda amalga oshiriladi. Faqat 4 yoki 5 ball berganlar to'liq qoniqarli sodiq mijozlar ("targ’ibotchilar") deb hisoblanadi.

Qanday o'lchaymiz?

Umumlashtirilgan CSAT balini formuladan foydalanib hisoblash mumkin:

CSAT = (di / dS) x 100%,

bu erda CSAT - mijozlarning qoniqishi, di - mahsulotni tavsiya qilishga tayyor bo'lgan mijozlar soni, dS - ishtirokchilarning umumiy soni.

Qanday ko’rsatkich yaxshi?

76,5% - bu G'arb kompaniyalari uchun o'rtacha CSAT qiymati. Bundan yuqori bo'lsa - quvonish uchun sabab, Kichik bo’lsa - 🥲

Qiziq malumot

Qaror qabul qilish uchun potensial mijoz 5-6 ta ijobiy tavsiyalarni olishi kerak deb ishoniladi. Har bir "targ’ibotchi" o'rtacha 3 dan 4 tagacha shunday tavsiyalar beradi, har bir "qoniqmagan mijoz» o'rtacha 4-6 ta salbiy sharh berishi mumkin. Shu bilan birga, ta'sir kuchi bo'yicha bitta salbiy tavsiya beshta ijobiy tavsiyadan oshadi.

Bo’lajak marketologlar bilan bo’lishing 📲

@bolajak_marketer
👍153🔥2😢1
2025/10/27 04:31:54
Back to Top
HTML Embed Code: