Abdurauf Fitrat
"Fitrat 1937 yili taniqli o'zbek yozuvchilari orasida birinchi bo'lib hibsga olindi. Sovet matbuoti shoir hibslanmasdan oldinoq uning "xalq dushmani", "millatchi", "aksilinqilobchi" ekanligi haqida jar soldi. Fitrat NKVD tutqunxonasida yotgan kezlarida esa matbuot sahifalari uni fosh etuvchi materiallar bilan to'lib-toshdi.
Xalqning bu buyuk farzandi 1938-yil 4-oktabrida Toshkentdagi qatlgohlarning birida otib tashlanganidan keyin esa uning nomini hatto tilga olish ham o'ta xatarli bo'ldi. Shoirning qo'lyozma va bosma asarlari 1937 yilning olamshumul gulxanlarida yonib kul bo'ldi."
"Fitrat fojiasi"📚
@bookgeek_uz

Bugun jiyanimga kitob olib berish bahonasida Chorsuga borgan edim. Kitob do'konlari yoni ancha o'zgarib ketibdi. O'tirish uchun o'rindiqlar qo'yilibdi yo'llarga. Buni ko'rib, xursand bo'ldim^^ chunki doim borganimda, o'rindiqlarga ehtiyoj tug'ilar edi😄
Yangi kitoblar ko'payib ketibdi. Oxirgi bor 5 oycha avval borgan edim. 5 oy mobaynida ancha yangi kitoblar nashr etilinibdi. Bunisi esa ko'zlarni yana-da quvnatdi. Shu vaqt ichida buncha kitob chiqishi, odatiy hol emas. O'zgarishlar katta. "O'zimga kitob olmayman" deb borib, baribir uch kitob olib qaytdim.
Faqatgina "Qamar" do'koniga kirdim. Qolganlariga kira olmadim. Yana ko'plab rus tilidagi kitoblar ham sotuvga chiqibdi. Ayniqsa bolalar uchun diniy kitoblar, payg'ambarlar haqidagi kitoblar juda go'zal tarzda ishlangan. Oila mavzusida ham, bola psixologiyasi yana boshqa mavzularda ham tanlov kengayibdi. Bu holatlar insonni juda xursand qiladi. Bardavom bo'lsin!

Kitoblarning lotin yoki kirill alifbosida bo'lishi mavzusida fikrlaringiz qanday?
Bugun 9 yoshlik jiyanim bilan kitob tanlayotib, unga olib bermoqchi bo'lganim, yoki qiziqayotgani ko'p kitoblar kirill alifbosida ekaniga e'tibor qaratdim. Kirillda ham o'qiy oladi, ammo qiynalib. Biror kitobga qiziqib ichini ko'rmoqda, so'ng kirillda ekanini ko'riboq joyiga qo'ymoqda.
Shundan so'ng o'ylanib qoldim, qolganlar bu mavzuda qanday fikrda? Omma uchun qaysi biri qulay? va ayniqsa bolalar uchun.

"Ba'zilar dinning "O'qi" amrini faqatgina erkaklarga oid deb tushunadilar va, "Ko'p bilgan ayolni tili chiqadi, nafsi kattalashadi, eriga bo'yin egmaydi, ushlab turish qiyinlashadi" deb o'ylaydilar. Bu mavzuni bilib, noto'g'ri talqin qiluvchi din dushmanlari bo'lgani holda, o'qigan ayoldan qo'rqadigan johil musulmonlar ham bordir.
Avval shuni aytish kerakki, bu kabi fikrlash xatodir. Uni dinga oid bir joyi yo'qdir. Dinimiz bilgan bilan bilmaganni bir tutmaydi. Jaholat qorong'ulik, ilm esa nur va oydinlikdir. Johil inson jamiyatning eng buyuk balosidir. Qaysi vijdon bu sifatlarni erkakka loyiq ko'rmay turib, ayolga loyiq ko'radi?"
•Erkin tarjima
~ Kitobda ayollarga oid eng kerakli masalalar bilan bir qatorda, erkaklar uchun ham yuzlanmalar mavjud. Ayollar uchun maxsus fiqhiy masalalarni ham oson tilda yoritib berilgan. Bizni o'zbek tildagi "Baxtiyor oila" kitobi ila deyarli bir xil^^

•Sinan Yağmur
•Kerbela (Hz. Hüseyin)
Karbalo hodisasi deyilsa, musulmonlar hayoliga mahzunlik kuni keladi. Ya'ni u kunda, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam "Jannatdagi rayhonim" deganlari nevaralarining, ayanchli holda o'ldirilmish kuni.
Kitob badiiy uslubda, go'yo hazrati Husayn tillaridan yozilgan. O'zi bu hodisa fitnali bo'lib, o'rganish chog'ida ancha nozik harakatda bo'lmoq lozim. Shuningdek, kitobda ham biroz bo'rttirilgan yerlari yo'q emas. Umumiy olganda yaxshi. Lekin yetarli ma'lumotni ola bilmaganim, kutganimdek bo'lmagani va aniq faktlardan ko'ra, hissiyotga berilib yozilgani shaxsan menga to'g'ri kelmadi^^

•Shukrullo
•Kafansiz ko'milganlar
Kitobni bir necha marotaba mutolaa qilganman. Har mutolaamda ko'zimni yoshga to'ldiruvchi, achchiq kulgu baxsh etuvchi asar. Asarning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, yozuvchi qalamni o'z hayot hikoyasiga asoslanib tebratgan.
Kitobda aynan qatag'on yillaridagi holatlar aks etgan bo'lib, ziyoli qatlamni ham, eng oddiy aholini ham qanchalar kulguli tuxmat-u ig'volar ila turmalarga tiqilgani, har gapni yuz marotaba o'ylab so'zlangani, o'z uyida ham emin-erkin yashab bo'lmagani so'zlanadi.
Toshkent ko'chalarida ochlikdan va sovuqdan qotib o'lib qoladigan to'p-to'p o'liklar... har kun ularni, o'liklarni yig'ib olishga chiqadigan katta ulovlar... hech bularni tasavvur qilib ko'rganmisiz? aynan o'sha darxon yo'lida odamlarning, kichik bolachalarning ochlikdan o'lib yotganini? Bir burdagina non qanchalar e'tiborli bo'lgan paytlarni...
Har bir o'zbek o'qishi kerak bo'lgan kitoblardan biri deyman. Tarixni o'rganib ibrat olinadi, oldinga olg'a harakat qilinadi. Qancha ziyolilarning surgun qilinishi, ilmiy ishlar qilishi o'rniga qamoqlarda azoblanib, bavl qiluvchi idishlarni tozalaab o'tirishini bilish alamli... Kitob har bir o'quvchisiga yoqadi degan umiddaman. Va albatta, ko'zlaridan yoshni oqizmay qo'ymaydi.

"Dinga bo'lgan befarqlik xalq uchun juda xavfli kasallikka aylanishi mumkin. Yengiltak yoshlar va bema'ni liberal ziyolilarning aytishicha, dinsizlik erkin fikrning ko'rinishi ekanligi aytishmoqda va ular juda katta xatoga yo'l qo'yishmoqda.
Aslida, dinsizlik ma'naviy qashshoq va kasal bir ruhiy holatning belgisi va xalqning ma'naviy qadriyatlarining yo'qligi belgisidir.
Buning oqibatida odamlar hayvonlar hissiyotlari asiriga aylanadi, ma'naviyatini yo'qotadi, axloqsizlik, egoizm, o'g'rilik va hissiy buzilishlar boshlanadi."
• "Oq nilufarlar yurtida" kitobidan.
Bu kitob, Finlandiyadagi ta'lim holati qanday ekani, qay uslubda yaxshi natijalarga erishilgani haqida so'zlaydi. Tepadagi so'zlar, "Men dindor (diniy) inson emasman" deya ta'kidlab o'tgan, Snelmanga tegishli. U gapi davomida ruhoniylarga yuzlanar ekan, mana shu gaplarni ham qo'shimcha qiladi: "Qalblarida Xudoga ishonchi bo'lmagan xalqning najoti yo'qdir."

•Sulton Salohiddin
•Yavuz Bahodiro'g'li
Kitobda Sulton Salohiddin boshchiligidagi janglar, Quddusni fath etilishi, Nasroniy hukmdorlari va xalqning holati, o'sha paytdagi musulmonlarning holati ta'riflanadi. Bu tarixiy roman bo'lib, o'quvchini zeriktirib qo'ymaydi.
Salib urushlari qanday kechganini o'qir ekansiz, nasroniylarning musulmonlarga qilgan tajovuz, zulmlaridan yoqa ushlaysiz. Musulmonlardan Quddus olingan mahal, ularni bittalab qiynab o'ldirishgan, ko'chalar o'liklarning boshlariga to'lib ketgan edi, deya ta'riflanadi ko'p manbaalarda.
Lekin Musulmonlar tomonidan yana Quddus fath etilar ekan, qanday holat yuz berdi? Musulmonlar ham xalqni shunday ayovsiz o'limga mahkum etdilarmi? Quddus fath etilgandan so'ng, ko'plab insonlar o'z istagi ila Islomni qabul qiladi. Farzandining musulmonlar kabi, xususan Salohiddin kabi mard, bir so'zlik bo'lishini istashadi. Salohiddin ayyubiy, mohir sarkarda, sardor bo'lishiga qaramay, yaxshigina ilm ixlosmandi ham edi.
Undagi qat'iyat, mardlik, odob, iroda va yana ko'plab xususiyatlardan insonlar o'rnak olsa arziydi. Ko'pincha "Salohiddiy Ayyubiydek farzand tarbiya qilaman" deb aytishadi ikki jins vakili ham. Lekin unday insonni tarbiya etish uchun, avval o'zimizni tarbiya ettikmi? degan savol qiynaydi o'rganganimiz sari. Bu kitobni o'qishdan avval yoki keyin, albatta Ahmad Muhammad Tursunning, Salohiddiy Ayyubiy haqlaridagi kichik kitoblarini mutolaa qiling.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hech bir go'zal narsaga osonlikcha erishib bo'lmaydi. Har holatning o'ziga yarasha qiyinchiliklari mavjud. Biror maqsadimizga erishish ham, orzularimizning amalga oshishi ham ma'lum mashaqqat va harakatni kutadi bizdan.
Turli qiyinchiliklarga duch kelar ekanmiz, ko'pchiligimiz ana shu yerida yengilib qolamiz. Go'zal orzular, tunlari uxlamay harakat qilishni, o'z ustida ishlash-u, rivojlanishni, va eng asosiysi g'ozal sabrni talab etadi. Ana shu sinovlardan o'tib olsak, marra bizniki💕

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha Samarqandga sayohat qilgan edik. O'shandan biroz lavhalar🙃
Tashrifimiz go'zal holda kechdi✨
Tashrifimiz go'zal holda kechdi✨