Telegram Web Link
Forwarded from BOOK.UZ
😎 Kutilgan kitoblardan biri, "Yangi asr kutubxonasi" ruknida navbatdagi klassik roman sotuvda!

📘 Viktor Gyugo, «Parij Bibi Maryam ibodatxonasi»

1831-yilda dunyo yuzini ko'rgan «Parij Bibi Maryam ibodatxonasi» romani o'sha yilning o'zidayoq yetti marta qayta nashr etilgani bu asarning Fransiya ijtimoiy va ma'naviy hayotida ulkan voqea sifatida muhrlanganidan dalolat beradi.

Yozuvchi tarixiy voqealar silsilasi orqali keskin va o'zgaruvchan davr manzarasini aks ettirarkan, unda barcha davrlarga xos umuminsoniy g'oyalarni, oddiy inson qismati, uning haq-huquq va erkinligini tarannum etadi, hukmdor tabaqa vakillari va dindorlarning g'ayriinsoniy qilmishlarini fosh qiladi, bir so'z bilan aytganda, ezgulik va yovuzlik kurashini yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlaydi.

Tarjimon: Bahodir Umarov

📇 Yangi asr avlodi
📘 Qattiq muqova, 592 bet
💴 60 ming so’m

🌎 Yetkazib berish xizmati bor. Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050

📚@bookuzbekistan
Forwarded from BOOK.UZ
#Premyera🔥

Asli Sanjar, «HARAM»

Bir muhabbat afsonasi

Amerikalik bo'lgan Asli Sanjar turk yigiti bilan turmush qurgach, turk tili va madaniyatini o'rganishga kirishadi. Shu asnosida, Usmonli imperiyasi ayollari hayot tarziga qiziqib qoladi. Kitoblardagi sharqona ayol obrazi bilan Usmonlilar davridan meros qolgan haqiqiy turk ayoli o'rtasidagi nomuvofiqlik muallifning e'tiborini tortadi va shu mavzuda izlanishga kirishadi. Izlanishlari natijasi o'laroq, bir nechta kitoblar yozadi.

Haram romanida yozuvchi saroy kanizagi Didanur va istanbullik xonim Jamila taqdiri asosida Usmonli ayollarining qadr-qimmati, taqdir kechmishlariga nazar tashlaydi. Kitobxon o'g'irlangan cherkes qiz bilan qayg'uli suhbat quradi. voqealar rivoji o'quvchini goh darg'azab, goh mahzunlikka giriftor qiladi.

📇 Yangi asr avlodi
📝 Ilhom Salimov tarjimasi
📘 Yumshoq muqova, 224 bet
💴 60 ming so’m

🌎 Yetkazib berish xizmati bor. Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050

@bookuzbekistan
Forwarded from BOOK.UZ
📣 Tarix va yaqin o'tmishimizda sodir bo'lgan voqelikni tiklash, bu haqda zamon kishisi va kelajak avlodga ibrat bo‘ladigan kechmish qissalari muallifi, sermahsul ijodkor Baxtiyor Abdug'afurning sotuvdagi kitoblari.

«Sulton Jaloliddin Manguberdi» 1-kitob — sarkarda Manguberdining bolaligidan tortib, uning harbiy yurishlariga qadar so'zlaydi.
57 000 s.

«Madaminbek. Qonli gullar vodiysi» — Turkiston alg'ov-dalg'ov voqealar girdobida qolgan, mustaqillik harakatlari namoyandasi Madaminbekning qahramonlik qissasi.
52 000 s.

«Uzbechka» — Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, snayper qiz Jamila Qodirovaning kechmishi.
60 000 s.

«Kazbek. Osiyo arsloni» — Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, osiyo bahodiri Mamadali Topvoldiyev qismati.
59 000 s.

🕯 Zamonaviy o'zbek yozuvchisi Baxtiyor Abdug'afurning asarlarini o'qiganmisiz?

Aytgancha, «Sulton Jaloliddin Manguberdi» asarining 2-kitobini kutayotganlar bormi, izohda + belgisini qoldiring. 😇

Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050

📚@bookuzbekistan
Forwarded from BOOK.UZ
📣 Amerikalik yozuvchi, notiq Yasmin Mujohid ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali «Reclaim Your Heart» asari o'zbek tiliga tarjima qilingani haqida ma'lumot berdi.

🧕 Muallif haqida: Yasnima Mujohid Misrda tug'ilgan, hozirgi kunda AQSHning Texas shtatidagi «Al Mag'rib» institutida pedagog va ma'ruzachi. Ayni payda institutning birinchi ayol pedagogi sanaladi. Shuningdek, shaxs kamoloti, ruhoniyat hamda psixologiya bo'yicha mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, muallifning ushbu asari o'zbek tiliga o'girilib, «Yangi asr avlodi» nashriyoti tomonidan 2023-yilda chop etilgandi. Tarjimon Odilxon Orifjonov

🔝 Asar hozirgi kunda eng ko'p o'qilayotgan kitoblardan biri bo'lib turibdi. BOOK.UZ'ning oylik TOP20 ro'yxatidan bir necha bor o'rin oldi.

📚@bookuzbekistan
Forwarded from BOOK.UZ
🔥Navbatdagi premyera🔥

Oʻtkir hikoyanavis sifatida dunyoga tanigan yozuvchi

📘Uilyam Saroyan, «DAHO»
hikoyalar toʻplami ilk bor oʻzbek tilida sotuvda

Kelib chiqishi arman millatiga mansub taniqli amerikalik yozuvchi Uilyam Saroyan oʻnga yaqin roman va bir yarim mingdan ortiq hikoyalar muallifi boʻlib u nasrning turli janrlariga murojaat qilgan bo'lsa-da, oʻtkir hikoyanavis sifatida dunyoga tanildi. Hikoyalarining tili achchiq, uslubi quruq, qisqa, biroq hayotga o'ziga xos rakursdan qaraydi. Uning qahramonlari sodda odamlar, oddiy mehnatkash, zamonasining baxtiqaro farzandlari, biroq adib ular haqida iliq, hamdard va umid bilan yozgani boisidan kishi ko'ngliga yaqin. Uilyam Saroyan hikoyalari ilk bor oʻzbek tilida chop etilmoqda.

📇 Yangi asr avlodi
📝 Alisher Fayzullaev tarjimasi
📘 Yumshoq muqova, 112 bet
💴 18 ming so’m

🌎 Yetkazib berish xizmati bor. Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050

📚@bookuzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from BOOK.UZ
#TOP20

🔥
BOOK.UZ kitob doʻkonimizda mart oyi bo'yicha eng ko'p sotilgan TOP20 kitoblar ro'yxati.

1. «Sivilizatsiyalar to'qnashuvi»
2. «Qiyomat»
3. «Lolazor»
4. «Qalbingni isloh qil»
5. «Turkiston Rossiya va Xitoy oraligʻida»
6. «Baxt - Allohga ishonmoqdir»
7. «Chahoryorlar. To'rt buyuk xalifa»
8. «Ichindagi ichindadur»
9. «Da Vinchi siri»
10. «If qal'asi mahbusi» (1-2)
11. «Jazosir tarbiya» (2)
12. «Savdogarlar ustozi» (1)
13. «Ona tarbiyasi»
14. «Gulliverning sayohatlari»
15. «Qo'zichoqlar sukunati»
16. «Cho'lpon» (1-2)
17. «Quyosh qoraymas»
18. «Abadiyat qonuni»
19. «Siyosatnoma»
20. «Ming quyosh shu'lasi»

Siz ushbu kitoblarning qay biri bilan tanishib chiqqansiz yoki rejalashtirmoqchisiz?

Buyurtma berish:
Sayt: Book.uz
Telegram : @bookuzbot
Tel: +998712300050

📚 @bookuzbekistan — kitobxonlar tanlovi
🎨"Dorian Greyning portreti"

O‘tgan asrda kitobxonlar uni adolatli jazoga tortilgan, vasvasaga berilgan gunohkor deb e’tirof etdilar.

Bugungi kun o‘quvchisi esa Dorian Greyni butun borlig‘ini, qalbini, ruhini abadiy yoshlik uchun qurbon qilgan takabbur, ayni paytda nochor va zaif qahramon sifatida tanidilar.

Kiborlar oilasida dunyoga kelgan, onameros husni tavajjuh egasi bo‘lgan Dorian baxtli-saodatli yashashi uchun yetarlicha imkoniyatga ega bo‘lgani holda taqdirning beshafqat hukmi bilan yuzma-yuz keldi.

«Go‘zal narsaning ortida hamisha biron bir fojia yashirinib yotadi. Eng kamsuqum, eng arzimas bir gulning gullashi uchun ham dunyolar to‘lg‘oq azobini boshdan kechirmoqlari zarur», deydi asar qahramonlaridan biri.

Darhaqiqat, Dorian Greyning go‘zal siymosi ortida ham ul­­kan fojia yashirinadi: qalb o‘ladi, ruh mangu yo‘qoladi. Iflos ishratxonalar, davomiy maishatlar, o‘g‘rilik, jamiyatdagi qalang‘i-qasang‘ilarning qabihligi endi uning xayolida go‘zallikka, bunday razolatlar esa doimiy ehtiyojga aylanadi.

Oskar Uayld adabiyotga ana shunday murakkab tabiatli qahramon timsolini olib kirdi va u orqali inson xohish-istaklarining chegarasini, hayotiy muvozanatning buzilishi qanday oqibatlarga olib kelishini yuksak badiiy mahorat bilan ko‘rsatib berdi. Va asar millionlar qalbini zabt etdi, Dorian Grey obrazi esa kitobxon qayd daftariga bitildi.

Tarjimon: Ozod Sharafiddinov
Narxi: 45,000 so'm

🚕 Butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud.

☎️Tel: +998916036599
👨‍💻Telegram: @bookuzbek_andijon

👉🕊 @bookuz_andijon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📙 «Shimol shamoli shashti»

Avstriyalik mashhur adib va jurnalist Daniel Glattauerning «Shimol shamoli shashti» romani dastlab 2006-yilda chop etilgan va kitobxonlar orasida qo'lma-qo'l o'qilgan. O'tgan vaqt ichida roman nafaqat nemis tilida muloqot qiluvchi xalqlarning sevimli kitobiga aylandi, balki butun dunyoda keng ommalashdi.

Buning sababini tilshunos Diter Vunderlix, yozuvchi ushbu asarida inson aql-zakovatining nechog'lik chegara bilmas ekanini bemisl so'z tanlash qobiliyati orqali namoyish eta oldi, deya izohlaydi. Bir so'z bilan aytganda, «Shimol shamoli shashti - sehrli maktublar guldastasidir.

Ishonchimiz komilki, aziz kitobxon romanni mutolaa qilish davomida bu asar muhabbatning ilohiy tuyg'u ekanini anglash uchun eng yaxshi vositaligini tushunadi.

👤 Muallif: Daniel Glattauer
📘 Muqovasi: Yumshoq
💰 Narxi: 28.000 so'm

🚚 O'zbekiston bo‘ylab yetkazib beramiz.

Andijon shahri bo'ylab yetkazib berish BEPUL!

Tel: +998916036599
Telegram orqali xarid: @bookuzbek_andijon

@bookuz_andijon
2024/05/10 19:34:56
Back to Top
HTML Embed Code: