Telegram Web Link
Forwarded from BOOK.UZ
🔥Kitobxonlar uchun yana bir qaynoq premyera 🔥

Turkistonni o’rta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa ma’rifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, ozod va farovon jamiyat qurish g’oyalarini ilgari surib shu yo’lda kurashgan Jadid bobolarimizning tanlangan asarlari "Yangi asr avlodi" nashriyoti tomonidan siz aziz kitobxonlar uchun to’plam holatida chop etildi!

Abdulhamid Choʻlpon «Qor qoʻynidagi lola»
13 000 soʻm

Abdulla Avloniy «Turkiy guliston»
13 000 soʻm

Hamza Hakimzoda Niyoziy «Zaharli hayot»
15 000 soʻm

Abdurauf Fitrat «Oila yoki oilani boshqarish tartiblari»
15 000 soʻm

Toʻplam narxi : 56 000 soʻm

Buyurtma berish:
@bookuzbot /+998712300050

📚 @bookuzbekistan
Forwarded from The Bookfather
​​#tavsiya #yangikitoblar

Bookuzdan yangı 7 kitob

Barchaga sevimli bo'lgan "Yangi asr avlodi" nashriyotida rang-barang janr va muqovadagi kitoblar chiqishda davom etmoqda.
Suratdagi kitoblarni yaqindagina poytaxtdan olib keldim. Endi sizlarga qisqacha ma'lumot berib, keraklilarini tavsiya qilmoqchiman

✴️Uillyam Saroyan - Daho

Arman millatiga mansub amerikalik yozuvchi umri davomida barcha janrlarda asar yozgan. Lekin adibning kitoblari o'zbek tilida nashr qilinmagan edi. Nihoyat Saroyanning kichkina hikoyalari tarjima qilindi va chop etildi. Bir nafasda o'qiladigan kitob

✴️Daniel Glattauer - Shimol shamoli shashti

Bu kitob o'zining yangicha yozilish uslubi bilan o'ziga maftun etdi. Varaqlab ko'rsangiz sms xabarlardan iborat maktublarga ko'zingiz tushadi. Kimdir bu asarni E.Shafaqning 40 qoida asariga o'xshatgan edi...

✴️Viktor Gyugo - Parij Bibi Maryam ibodatxonasi

Fransuz romantizmi namoyondasi Viktor Gyugo o'z davrining yirik yozuvchisi edi. U barcha asarlarini zamonasidagi siyosiy voqealarga aks-sado sifatida yaratadi. Mazkur romani ham tarixiylik va siyosiylik darajasi bilan o'quvchilarga yoqadi deb o'ylayman

✴️Nabi Jaloliddin - Cho'lpon

O'zbek adiblarining hayoti haqida doimo hujjatli kitoblar ko'p o'qirdik. Endi esa ularning siymosini badiiy polotnoda ham ko'rishga muvaffaq bo'lyapmiz. Muallif Nabi Jaloliddin ko'p izlanishlardan so'ng Cho'lpon haqida roman-dilogiya yozib, kitobxonlarga taqdim qilmoqda. Otilgan jadidlarimiz haqidagi roman meniyam qiziqtirib qo'ydi...

✴️Shin Kyon Suk - Onamni asra

Bu yozuvchi hali o'zbek kitobxoniga notanish. Ammo uning tarjimoni R.Ahmedova (Soyabon ostidagi ayol)ni ko'pchilik yaxshi taniydi. Butunlay yangi va o'qib ko'rishga arziydi deb o'ylayman

✴️Jon Steynbek - Javohir

Nobel mukofoti sovrindori, Amerikalik Jon Steynbekning "Sichqonlar va odamlar", "U paytlari urush bor edi" nomli kitoblari o'zbekchada nashr qilingan edi. "Javohir" esa uchinchisi bo'ldi. Steynbek kitoblari tan olingan klassikalardan. O'qishga tavsiya qiladigan yozuvchim...

✴️Psixologiya - Insoniyatning bugungi ahvoli

Adabiyot va falsafa, adabiyot va psixologiya, bularning barchasini E.Fromm, A.Shopengauer, X.Freyd, K.Yung, J.Oruell, B.Rassel kabi daholar birlashtirib turadi. XX asr kishisini tahlil va talqin qilgan bu shaxslarning ma'ruzalari, maqolalari bir kitobga jamlangani quvonarli holat. Bu faylasuf va psixologlardan kitobxonlar ko'p narsa olishadi

@timur_books
Sirli va huzunga toʻla hikoya...

📚 Kutubxonadagi voqealar bilan boshlanib, hikoyalar ichida hikoya qilingan asarni oʻqidingizmi?!

Istanbulning afsonaviy oshiqlari qissasi – "Dam". Kitobdagi nomsiz kitob hikoyasini sizga tavsiya etamiz!

Muqova: yumshoq
Narxi: 45,000 so‘m

🚚 O'zbekiston bo‘ylab yetkazib beramiz.

☎️ Telefon: +998916036599
📲 Telegram: @bookuzbek_andijon

@bookuz_andijon
«Oltin silsila» – «Sahihul Buxoriy»

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf va tarjimonlar guruhi

«Oltin silsila» Islom dinining ikkinchi asosiy manbasi bo‘lmish moʻtabar hadis to‘plamlarining o‘zbekcha tarjimasidir. Siz unda Islom olamida eng moʻtabar sanalgan hadis kitoblari orqali oxir zamon Payg‘ambari Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo‘lgan hadislarning aksar va asosiy qismi bilan oshno bo‘lasiz, ajdodlarimiz qoldirgan, asrlar osha asrab­ avaylab kelingan bu buyuk ilmiy meros bilan yaqindan tanishasiz.

Narxi: 1,070,000 so‘m

🚚 O'zbekiston bo‘ylab yetkazib beramiz.

☎️ Telefon: +998916036599
📲 Telegram: @bookuzbek_andijon

@bookuz_andijon
📖Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir.

Demokrit

@bookuz_andijon
Forwarded from BOOK.UZ
🔥#Eslatma

Ertaga 14:00 da

Uzoq yillar eʼlon qilinmagan qoralamalar, oshkor etilishiga har tomondan to‘siqlar boʻlgan asarlar muallifi, jurnalist, mohir qalamkash va hassos Karim Bahriyevning "Betoqat" 1-2 "Soʻz erkinligi haqida soʻz" 1-2 publitsistik kitoblari taqdimotida barchangizni kutib qolamiz!

Taqdimot kuni yozuvchiga o‘zingizni qiziqtirgan savollarni berish, muallifdan dastxat olishingiz mumkin!

❗️Uchrashuvga kelolmaydigan kitobxonlar, xavotir olmang! Muallif dastxati tushirilgan kitobga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz www.book.uz sayti yoki www.tg-me.com/bookuzbek profili orqali bu istagingizni amalga oshirishingiz mumkin. 😊

📆 15-may
Soat 14:00da
📍 Qatortol ko'chasi 60, Parus ko'ngilochar markazi yonida

📚 @bookuzbekistan — kitobxonlar tanlovi!
Mazkur asar qiyinchiliklar va murakkab vaziyatlar bilan yuzlashib, chiqish yo‘lini topolmayotganlarga yechimlar taklif qiladi. Hayotdan zavqlanib yashash, shukr qilish, ertangi kunga katta umidlar bog‘lashga chorlaydi. Kutilmagan burilishlarga boy psixologik asar mutolaasi qalbingizdan joy olishiga ishonamiz.

Gulseren Bug'dayjio'glu,
📕"Hayotga qayt"

Narxi: 48 000

🚚 O'zbekiston bo‘ylab yetkazib beramiz.

☎️ Telefon: +998916036599
📲 Telegram: @bookuzbek_andijon

@bookuz_andijon
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Mukoshafatul qulub"

"Qalblar kashfiyoti" deb nomlangan ushbu kitobda Allohga doim itoatda, qo‘rquv va zikrda, sevgi-muhabbatda bo‘lish fazilatlari haqida yozilgan. Shu bilan birga, kitob Nabiy alayhissalomning umri kabi ibratli bo‘lgan so‘nggi kunlari va vafotlarini bayon etish bilan yakunlangan.

Unda keltirilgan maʼlumotlar barcha uchun manfaatli bo‘lishiga ishonamiz!

Narxi: 90.000 so'm

🚚 O'zbekiston bo‘ylab yetkazib beramiz.

Andijon shahri bo'ylab yetkazib berish BEPUL!

Tel: +998916036599
Telegram orqali xarid: www.tg-me.com/bookuzbek_andijon

@bookuz_andijon —baxt ulashuvchi online kitob do‘koningiz
🔥PREMYERA🔥

📘”Taxtlar oʻyini”

«Taxtlar o'yini» 90 milliondan ortiq nusxada chop etilgan va dunyoning 49 tiliga tarjima qilingan. Asarning o'zbekcha tarjimasi esa bu tillarning elliginchisi bo’ldi. Tarjima bu borada O'rta Osiyo davlatlari orasida birinchi, turkiy tillar orasida esa ikkinchi til sifatida maydonga chiqdi.
Dunyo bo'ylab «Taxtlar o'yini» asarining millionlab muxlislari bor.
Asarning shuhrat topishida bir-biridan qiziqarli syujetlar liniyasi, takrorlanmas xarakter darajasiga ko’tarilgan obrazlar va epik asarlarga xos mukammallik muhim ahamiyat kasb etadi.

👤 Muallif: Jorj R.R Martin
📘 Muqovasi: Qattiq
💰 Narxi: 189.000 soʻm

🚚 O'zbekiston bo‘ylab yetkazib beramiz.

Andijon shahri bo'ylab yetkazib berish BEPUL!

Tel: +998916036599
Telegram orqali xarid: www.tg-me.com/bookuzbek_andijon

@bookuz_andijon
Forwarded from BOOK.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Tez kunda «Turkiston Rossiya va Xitoy oraligʻida» kitobi haqida YouTube kanalimizda gaplashamiz!

Ungacha kitob bilan tanishib turing!

@bookuzbekistan
2024/05/20 01:21:16
Back to Top
HTML Embed Code: