Telegram Web Link
#hadya

Bugun haqida bizning sovg‘alarimiz gapirsin)

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥234🔥4😢1
#nimadir

–Bugün bir çay içelim mi?
–İçelim.
–Çaylar benden, manzarası senden olsun. Olmaz mı?

***

–Jonga tegdi bari nima qilamiz?
–Choy quy. Boshidan boshlaymiz)

@boqiy_darbadarr
20❤‍🔥11🔥2😢2
Forwarded from Baxt hidi…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yuragi kuyuklar uchun icharman…

@mahzunizm
💔16🔥3
#nazm

Derazamga uriladi qor,
Jaranglaydi jarangsiz kumush,
Derazamga uriladi qor,
Qor singari oppoq bo‘ldi tush.

Bir ajoyib qor yog‘ar bu kech.
Uchib tushar mening yonimga...
Men-ku seni o‘ylamasman hech,
Sen tushasan ammo yodimga...

Rauf Parfi

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥1310😢8🔥7💔2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tarjima

Go‘zal bir joyga ketarkan, u ham yoningda bo‘lishini istaysan.
O‘zingni yaxshi his qilarkan, u ham ko‘rsaydi deysan.
Sevgan bir musiqangni tinglarkan, unga ham yubormoq istaysan.
Yaxshi ovqat pishirarkan, u ham totishini istaysan.
Sevmoq budir.
Vaqting ortganda eslamoq emas.


@boqiy_darbadarr
20❤‍🔥8🔥3
​​#mutolaa

Insonlar “Anal Haq” demoqni buyuklikka da’vo deb tushunadi. Aslida esa “Men bandaman” demoqni shunday iddao deyish mumkin. Anal Haq, ya’ni men Haqman deyish kamtarlikning oliy namunasidir. Men bandaman, degan kishi o‘zi va Allohning borlig‘ini ayro tutadi. Men Haqman degan odam esa o‘zini hisobdan chiqaradi. Anal Haq, ya’ni men yo‘qman, hammasi faqat Udir. Allohdan boshqa hech kimning borlig‘i yo‘q. Men hechman, yo‘qman. Bundan ortiq kamtarlik bo‘lurmi? Avom shuni tushunmayapti.

Ichindagi ichindadur.

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥10🔥9😢2
Ortiqcha gap-so‘zga, uzundan-uzoq yoziqlarga ne hojat?!

Bayramingiz muborak, qizlarim.💞 Butun yer kurrasining baxtiga yaxshiki bormiz. “Ipsiz dunyo–betartib dunyo”,–deyilardi bir mashhur filmda. Yo‘q, ayollarsiz dunyo nafaqat betartib, balki mazmunsiz ham bo‘lardi. Hammangizga suyukli va aziz bo‘lib yurishni tilayman:)

Cheksiz hurmat bilan Mohichehra

@boqiy_darbadarr
2❤‍🔥3411🔥4
#nazm

Sen so‘rama, men ham aytmayin
Kuragimni singanini qars.
Shovqin solma, men uyg‘otmayin,
Yuragimda yotar bir yo‘lbars.

Baland bir o‘t yongan ichimni,
Men sovitib yashashim kerak.
O‘z-o‘zimga sarflab kuchimni,
Men ovutib yashashim kerak.

Ayol o‘tib borar, sho‘x yurib,
Shamollarda soch yoygan ayol.
Ich-ichida yo‘lbars o‘kirib
Sirtdan mayin jilmaygan ayol.

Halima Xudoyberdiyeva

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥17🔥54😢2
"Ayol, men qoshingda mangu go‘dakman!"

Shodmonqul Salomning yuqoridagi satri o‘lguday yoqadi. Har takrorlaganimda so‘lagim oqib ketguday bo‘ladi. Chunki o‘zim ayollar yonida rostakam go‘dakka aylanib qolaman. Ataylab emas, tabiiy shunday kechadi jarayon, ya’ni hozirgi holatimdan go‘dakka evrila boshlayman ko‘zlariga termulib. Tizzasida yotgim, sochlarini o‘ynagim, alla aytib ber, deya xarxasha qilgim kelaveradi. Bu balki erkalikdandir, lekin agar erkalik bo‘lganda doim hammaga shunday qilgan, ko‘ringan bo‘lardim. Ko‘nglim tushgan go‘zal qarshisida shunday bolaga o‘xshab qolaman faqat. Kim nima desa desin, Tangri erkaklarni pala-partish, ayollarni esa mehr bilan, zavqlanib yaratgan!..
Qo‘pol, shafqatsizligim ham chin. Baribir go‘dakka aylanishim bilan tarqaydi bu qo‘rs fe’l. Keyin qarshimda o‘tirgan ayol qulog‘iga mayin shivalayotgan bahor yomg‘iridek shivirlayman:
AYOL, MEN QOSHINGDA MANGU GO‘DAKMAN!

Jontemir

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥225🔥3💔2
#nazm

Kuz yoysa ham yoʻllarga xazon,
Qor koʻmsa ham borliqni butun,
Koʻklam kelib ursa ham xandon,
Eshigingdan oʻtarman bir kun.

Sochlaringga tushsa hamki oq,
Peshanangni bossa ham ajin,
Kirganda ham gavdamga titroq,
Eshigingdan oʻtarman bir kun.

Mayli, shunda tanimasang ham,
Yoki desang koʻrmayin turqin,
Yoshim yutib, boshim qilib xam
Eshigingdan oʻtarman bir kun.

Meni demay yumsang ham koʻzing,
Xonang qolsa zulmatga tutqun,
Xotirangga sham boʻlib oʻzim,
Eshigingdan oʻtarman bir kun.

Vaqtim yetib chiqsa bu jonim,
Dardlarimga yasalsa yakun,
Qabristonga tobut uzra jim
Eshigingdan oʻtarman bir kun.

Omon Matjon

@boqiy_darbadarr
12🔥6💔4❤‍🔥2😢2
#nimadir

Dars qilib, ishlab charchash ham baxt aslida. Bekorchilikdan Xudo asrasin. Hamma yaramas ishlar va yomon xayollar, gunohlar bekorchilikdan kelib chiqadi.

Umuman olib qaraganda menga mazza – ishim bor, darslarim bor, maqsadlarim bor, sevimli insonlarim yonimda, uyim bor, kitoblarim bor, bilimim, kelajakdan ko'pdan ko'p umidlarim va harakatim bor. Birovning dilini og‘ritishga, g‘iybat, fisq-fasod, hasad qilishga esa vaqtim ham, xohishim ham yo‘q. Aslida odamga ko'p narsa kerak emas, do‘stlar.

Aytgancha, xayrli tun)

@boqiy_darbadarr
🔥28❤‍🔥1817
...Va o‘zim ro‘zador,
Visoling iftor.
❤‍🔥3712🔥2
#tarjima

Hech narsani keyinga qoldirma

Keyin qahva soviydi,
Keyin havasing tark etar,
Keyin kun kechaga aylanadi,
Keyin insonlar ulg‘ayadi,
Keyin insonlar keksayadi,
Keyin hayot o‘tib ketar,
Keyin fursat borligida qilmaganlaring uchun afsuslanasan.

@boqiy_darbadarr
😢25💔8❤‍🔥7🔥53
#nimadir

Real hayotida baxtli, xotirjam, suhbatlashadigan, uni tinglaydigan odamlari bo‘lgan inson tarmoqlardan panoh izlamay qoladi :)

@boqiy_darbadarr
1❤‍🔥35🔥137💔5
​​#taqriz

📌Jeyn Osten–Emma

Jeyn Ostenni o‘zbek kitobxoni “Andisha va g‘urur” asari orqali taniydi. Eng kamida filmini ko‘rgansiz. Ushbu seriyada chiqqan barcha kitoblarning bosh qahramoni ayollar bo‘lganidek Emmada ham shunday.

21 yoshli, kattakon bir qasrning bekasi bu qiz qaysar, erka bo‘lsa ham tuyg‘ulari samimiy. U onasidan erta yetim qolgach tarbiyachisi va otasi qo‘lida kattakon Xartfild qasrida tarbiya topadi. Tarbiyachisi ham turmushga chiqib ketgach Emma hech qachon turmush qurmaslikka va hamisha otasi yonida bo‘lishga o‘ziga so‘z beradi.

Jeyn Osten qizlarning eng nozik tuyg‘ularini bu kitobda maroq va biroz yumor bilan tasvirlagan. Bilasiz, ayollar hamisha bir-biriga ta’sir o‘tkazib kelgan. Hayotda ham dugonalar bir-birining gapiga kirib turmush qurgani, yo ajrashgani, kiyim tanlagani, qayerlargadir borish-bormaslikni hal qilganini juda ko‘p ko‘rasiz. Xullas, odatiy ayol hech qachon boshqa ayoldan maslahat olmasdan qadam tashlamaydi. Emma ham shunday. Dugonasiga ta’sirini o‘tkazishga urinib ko‘plab qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydi. Muhimi xatoni anglab kerakli xulosa chiqara olish.

XVII asr ingliz qishloqlaridagi bir qadar sokin hayot meni o‘ziga rom etdi. Ajoyib, romantik bir filmni tomosha qilayotgandek o‘qidim asarni. Syujet ba’zan haddan tashqari zeriktiruvchi bo‘lsa ham davr muhitini bemalol his qildirdi.

Ortiqcha o‘ylantirmaydi, allambalo ramziy ma’nolar tashimagan, haddan tashqari ulug‘ g‘oyalari ham yo‘q. Lekin yoqimli roman. Tavsiya qilaman.

Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥125🔥3😍1💔1
#nazm

FAQAT BIZ BIRGAMIZ

Bir kuni daraxtni tark etar yaproq,
Yalang‘och novdalar titrar asabiy.
Visol oqibati hijrondir, biroq
Faqat biz birgamiz, jonim, abadiy!

Bir kuni o‘zanin tashlaydi daryo,
Sahrolar gul bo‘lar, vodiylar sahro.
Yelkamdan ketmaydi xush bo‘ying aslo,
Faqat biz birgamiz, jonim, abadiy!

Bir kuni yulduzlar uchar poyma-poy,
Sayyoralar topar o‘zga joydan joy.
Bir kuni Zaminni tashlab ketar Oy,
Faqat biz birgamiz, jonim, abadiy!

Bir kuni o‘zidan tonar Kun, ayon,
Lahzada ruh bilan vidolashar jon.
Faqat sen ketmaysan mendan hech qachon!
Faqat biz birgamiz, jonim, abadiy!

Iqbol  MIRZO

@boqiy_darbadarr
1❤‍🔥2013🔥4😢3💔2🐳1
#nazm

Mendan nima qolar:
Ikki misra she’r,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni o‘ylayman
O‘zimdan ko‘proq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizgaldoq!

Muhammad Yusuf

P/s. Bugun shunday joyga bordik:)

@boqiy_darbadarr
1❤‍🔥418🔥5💔2
2025/10/21 19:40:50
Back to Top
HTML Embed Code: