Telegram Web Link
#nazm

Biz hali qaytamiz bu manzillarga,
birda yomg‘ir bo‘lib,
birda qor bo‘lib.
Men kuzak shaklinda qaytaman qaytsam,
Sen qaytsang qaytasan gulbahor bo‘lib.

Biz hali qaytamiz, takror va takror
aytilur biz suygan forsiy qo‘shiqlar.
Shunda yo‘limizga g‘ov bo‘lmas zinhor
tizzamizdan quyi baland to‘siqlar.

Biz hali qaytamiz,
qaytamiz ishon,
qaytadi bizlarni tark etgan yoshlik.
O‘shanda ko‘zimdan tomib turar jon,
o‘shanda qalbingdan haydalar g‘ashlik.

Biz hali qaytamiz,
xayrlashish yo‘q,
ungacha sog‘inchni yopinib yurgin.
Sen axir kuchlisan, to kelgunimcha
ko‘nglingni bir o‘zing ko‘tarib turgin.

Biz hali qaytamiz bu manzillarga,
gohida yo‘q bo‘lib,
goho bor bo‘lib.
Men yomg‘ir shaklinda qaytaman qaytsam,
Sen qaytsang qaytasan oppoq qor bo‘lib...

Orifjon Komil

@boqiy_darbadarr
13❤‍🔥3🕊2💔2😍1
#nimadir

Magistraturaga hujjat topshirdim hozirgina. Adabiyotshunoslik: o‘zbek adabiyoti yo‘nalishiga. Kiramanmi yo‘qmi bilmadim. Juda umid ham qilmayapman. Lekin baribir topshirmay keyin bekor qildim degandan ko‘ra topshirib ko‘ray dedim.

Mutolaada Stefan Sveygning “Qalb besabrligi” asari. Judayam yoqyapti. Sveyg yaxshi yozuvchiykan)

@boqiy_darbadarr
26👏3🤩2🐳1
Symphony 5
Frederic Shopen
❤‍🔥52💔2🔥1
Secret Love
Sulton Ali
© Sultonali Rahmatov

Bu bastakor haqida bilmagan, musiqalarini eshitmagan o‘zbek kam. Esimda, 4-5 sinfligimda amaki akalarimning telefonlarida aynan shu musiqani eshitib qolganim, ohangga maftun bo‘lganim. So‘raganimda esa Sultonali bu degan javobni olgandim. Sultonali... Keyinchalik ham bu odamning ko‘plab musiqalarini tingladim. Kuylar yuragimga oqib kirdi, ne bir ajiyb-u, ne bir kadarli tuyg‘ularni his ettirdi.

Endi u yo‘q. Vafot etdi bugun. Aniqrog‘i bir necha soat avval. Endi xayolchan nigohlar, sehrli qo‘llar yo‘q, endi jahonga bo‘ylashgudek o‘zbek bastakori yo‘q.

Lekin uning musiqalari yuraklarda qoldi. Joyingiz jannatda bo‘lsin, Moestro.

@boqiy_darbadarr
12😢9❤‍🔥2🔥2💔1
Assalom Ozbekiston
Sultonali Rahmatov
❤‍🔥7😢52😁2🦄2🤣1
#nimadir

Pulning borligi ham, yo‘qligi ham insonni har narsaga qodir qiladi.

***

Pul – bor bo‘lgan paytda baxt unda emas deb, yo‘q bo‘lganda esa barcha umid-u ilinjlar borib taqaladigan narsa.

@boqiy_darbadarr
💯2213❤‍🔥6🔥21👏1💔1
Qaytmoq– yaxshi. Boradigan manziling bo'lsa)

Avval fotiha to'y ishlari bilan, so'ngra esa telefonim bilan bog‘liq muammolar sabab kanal va kitobdan uzoqlashdim. Akkauntimga boshqa telefondan ham kira olmadim. Faqat yaqinlarim bilan bog‘lana oldim xolos. Telefonim tuzalishida ham o‘sha insonlarning yordami katta.

Kanalim ham ancha chang bosibdi. Endi davom etamiz, shu yerdaman.

Barchangizga hurmat bilan Mohichehra

@boqiy_darbadarr
17❤‍🔥8🥰7💘3🔥2👏2🕊2🤩1😍1🐳1
#nimadir

Hammasidan ham yurakka qiyin.
Baribir yurakka qiyin...

@boqiy_darbadarr
💯114😁3❤‍🔥11👏1🕊1💔1💘1
​​#nimadir

Yaqinda “mondat” e’lon qilinganiga men ham 5 yil avvalgi javob varaqamni joylagim keldi.

2020-yil. Biz abituriyentlar ayni bosib o‘qishimiz kerak palla karantin boshlandi. Kamiga filologiyaning ikkinchi fani yanvar oyi oxirida ingliz tiliga almashgan. Qancha xafaliklar, endi ingliz tiliga ulguramanmi, o‘zi umuman o‘qishga kiramanmi degan xavotirlar. Chunki shu paytgacha ikkinchi blogimiz tarix edi. Men 1,5 yil davomi yotvolib tarix o‘qigandim. Endi esa mehnatlarim havoga uchgandi. Ona tili ustozimning daldasi bilan ingliz tilini ham boshladim. 1-fevraldan to karantin e’lon qilinguncha o‘qidim. Ya’ni 15-martga qadar. Karantinda ingliz tilini onlayn tarzda umuman o‘rgana olmadim. Shunday qilib vaqt ham o‘tdi. Maktabni esa bitiruv oqshomi va davlat imtihonisiz tugatgan birinchi avlod biz bo‘ldik.

Balim chiqqan kuni ancha xafa bo‘lganman. Uydagilarga ham kira olmayman deganman. Lekin baribir umidsizlik va umid bilan natijani kutardim. Nihoyat o‘sha kun keldi va men hech kutmagan joyimga o‘qishga kirgandim. Umuman olganda esa bitta qanot bilan manzilga qo‘ngandim va ortiq talaba edim. Bunga Allohning menga nasib etgan qadari sifatida qaradim. Ustozim va ko‘plab do‘stlarim, albatta, meni Toshkentda o‘qiydi deb o‘ylashardi. O‘zimning ham niyatim shu edi. Lekin taqdir bu.

4 yil o‘tdi. Go‘zal kunlarni yashadim. Eng yaxshi do‘stlarni, ustozlarni topdim. Bitirdim. Ishlayapman. Birin-ketin sertifikatlar oldim. Shaxsiy hayotim ham, kariyeram ham joy-joyida ketyapti. Va endi aminmanki, hech bir ish bejiz emas. Harakat qildim, taqdir ham menga ataganini berdi.

Hozir abituriyentlarga havas qilaman. Chunki ularda sertifikatlarni qatorlashtirib muddatidan avval ham talaba bo‘lish imkoni bor. Milliy sertifikatning eng past “C” darajasi ham kamida 20+ ballni beradi. Bizning paytda bunaqa narsalar xayollarda ham yo‘q edi. Yillar o‘tib shunday bo‘ladi deyishsa aniq og‘zimiz ochilgan bo‘lardi)

@boqiy_darbadarr
24🥰4🔥3🐳2👏1
​​#nimadir

Doim o‘qib, o‘z ustida ishlab, bilimini o‘zi uchun isbotlab yurgan odam o‘qimay qolsa g‘alati bo‘ladi. Nima desam ekan, o‘zini hammadan ortda qolgandek, maishiylashib ketgandek, befoydadek his qila boshlaydi.

Yoz–qishloqda ish eng qaynaydigan fasl. Shunday qilib yozimning 1,5 oyi ana shu his bilan o‘tdi menda. Banka yopish, idish-tovoq yuvish, kuniga ikki mahal hovli supurish-u suv sepish degandek... Ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Ayniqsa mendek oilaning katta farzandi bo‘lganlarga yanayam ko‘proq mas’uliyat tushadi odatda.

Tuzuk-quruq kitob ham o‘qiy olmadim. Men jismoniy faol bo‘lsamda, izlanmay qolsam, hech yo‘q badiiy kitob o‘qimay qolsam g‘irt nofaol hayotni yashayapman deb hisoblayman. Motivatsiyamni, orzularimni yo‘qotib qo‘yaman.

Kuni kecha esa men yana ilmga qaytdim. Sohamni yanayam chuqur o‘rganishga bel bog‘ladim va bu bilan o‘zimni judayam baxtiyor sezyapman. Kuz uchun ham bir qancha rejalarni ko‘zlaganman. Jim turib ish qiling, natijasi shovqin bo'lsin deyisharmidi?! Xullas, o‘xshasa bu yerda, albatta, bo‘lishaman.

Alloh barchamizning ilmimizni ziyoda qilsin. Bu yo‘lda sobitqadam qilsin. Sizlarni yaxshi ko‘raman)

@boqiy_darbadarr
208❤‍🔥5🔥4👏2😍2🍓2🕊1💘1
#nazm

Gina

Negadir sen meni yo’qlamay qo’yding,
Es-hushing qaytadan qaytdi joyiga.
Ertalab, tush payti, oqshomda to’yding,
Qayroqlar sayramas qalbing soyida.

Negadir mensiz ham yashashing mumkin,
Ko’zing qarmog’ida tindi havasim.
Aslida ko’ksingni tebratgan to’lqin,
Fahming yetarmikin…
Rashku arazim.

Sen go’yo baxtlisan, topganday nurni,
Mug’ambir oshyonda yupanching borday...
Shunda ham yuzingda (ochay bir sirni)
Tilamchi ko’zlarim so’zlari borday.

Beshbattar bo’lmaydi… bundan ziyoda,
Hapqirib ketaman…
Sochlaring isi -
Dimoqqa urilar iffor, ziyoday,
Uyilib, yurakka taqalib, to’zib…

Sevgilim, sen meni yo’qlamay qo’yding…

Abduvali Qutbiddin

@boqiy_darbadarr
11💔3❤‍🔥11😍1
Mavi Işıklar | Ankara Rüzgarı
Başka Bir Gökyüzü
Önce biraz gülecek,
Kalbe umut katacak...
👏53🕊2❤‍🔥1🐳1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nazm

Nogoh salqin keldi avgust so‘ngida,
Yomg‘ir yog‘ib o‘tdi bugun ertalab.
Ertalab – sabrning ko‘zi o‘ngida
Men sening ismingni aytdim erkalab.

Nogahon o‘zgarish etdimi ta’sir,
Yo salqin xotirang yetdi – bilmadim:
Ko‘nglimni ertalab etmadim tahrir –
Erkalab ismingni aytdim. Yig‘ladim.

Tushundim – taqdiring ishin yuritgan 
Beyurak royishlar haqlidir, haqli.
O‘yladim: – Albatta, meni unutgan!
Albatta, baxtlidir! Albatta, baxtli!

Asli bu mung nechun? Taqdir hal bo‘lgan.
Umrdan necha kun qoldi? Bilmadim.
Sensiz o‘lmog‘imga qismatim ko‘ngan...       
Baribir yig‘ladim.

Usmon Azim
🎙 Mohichehra A’zam

***
Avgustni men aynan shu she’r uchun yashayman, aynan shu she’r uchun kutaman...

@boqiy_darbadarr
14🥰6❤‍🔥3🔥2😁1🤩1🕊1🐳1
2025/10/19 21:04:47
Back to Top
HTML Embed Code: