Johillar bilan yashab bo'lmasligining eng katta sababi - ular yonidagilarga faqat azob beradilar, xolos.

@boredpandablog
#haqida

Apokalipsis

Vahiy kitobi Yangi Ahd (Xristian Injili)ning yakuniy kitobi yana shunday nomlanadi. Apokalipsis atamasi ilohiy sirlarning oshkor etilishini anglatadi.

Unga doimo to'rt otliq hamroh bo'ladi: oq otdagi O‘lat, qizil otdagi Urush, qora otdagi Ochlik va rangpar otda O‘lim. Qoida tariqasida, har bir chavandozlar ushbu qat'iy ketma-ketlikda paydo bo'ladi.

Yuqorida rassom Viktor Vasnetsovning, "Apokalipsis jangchilari" (1887) kartinasi.

@boredpandablog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kinonews

Simba
ning otasi Mufasaning yoshligi haqida hikoya qiluvchi “Qirol Sher: Mufasa” prikvelining birinchi tizeri chiqdi.

premyera 20-dekabr.

@boredpandablog
Bored Panda
#kinonews O'zbek kinoprokatida bir hafta ichida 1.3 milliard so'm yig'gan kino Qirg‘izistonlik rejissyor Ruslan Akunning “Jannat onalar oyog‘i ostida” filmi Toshkentda namoyish etilganidan so‘ng bir hafta ichida 1,3 milliard so‘m yig‘ibdi. Bu haqda filmning…
Aytishlaricha, xitga aylangan Qirg‘izistonlik rejissyor Ruslan Akunning “Jannat onalar oyog‘i ostida” filmining "piratskiy varianti" O'zbekiston kinoteatrlarida namoyish etila boshlaganidan ko'p o'tmay tarmoqlarga chiqarib yuborilibdi. O'zim guvohi bo'ldim.

Katta qiziqishga sabab bo'layotgan shu va shu kabi filmlarni sifatsiz formatda ko'rib, o'zimizni yerga urmaylik. Balki hamma qatori kinoteatrga tushib, ijodkorlar mehnatini hurmat qilaylik va bu huquqlar buzilishiga befarq emasligimizni ko'rsataylik.

@boredpandablog
🇺🇿O'zbekiston Olimpiya terma jamoasini bugungi tarixiy g'alaba bilan chin dildan tabriklaymiz! 👍😎

Ilk bor Olimpiya o'yinlariga chiqdik. Qoyil, yoshlar o'ta ishonchli va chiroyli o'ynashdi. Kelajakdan umid katta! Molodes!

@boredpandablog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu harbiy ko'rikni manashu vazani ishlab chiqargan odam bemalol o'z mahsuloti reklamasi sifatida ishlatsa bo'larkan😂

@boredpandablog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugundan mehnat ta'tilidaman o'rtoqlar...😁
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#news
SpaceX kosmik parvozlar uchun joy bron qilishni boshladi

2024-yildan boshlab Yer atrofida, 2025-yildan XKSga, keyinroq esa Oy va Marsga parvoz qilish mumkin. Narxlar hozircha ko'rsatilmagan. Shu yerdan bron qiseyizlar bo'ladi.

Yerdan surish uchun yaxshi imkoniyat:)

@boredpandablog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolalikda “Kulol va xurmacha”filmini sevib tomosha qilar edim. Syujeti, aktyorlar jamoasi va albatta sauntreklari darhaqiqat mukammal film.

@insusambil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#premyera #serial

Afsonaviy braziliyalik poygachi Ayrton Sennaning hayoti va faoliyati haqidagi "Senna" badiiy serialining birinchi treyleri.

Videoning bugungi premyerasi tasodifiy emas.

Bundan roppa-rosa 30 yil avval, 1994-yil 1-may kuni Italiyaning Imola shahridagi trassada, Tamburello burilishida Senna halokatga uchraydi. Shifokorlar poygachini qutqarib qolisholmaydi.

“Senna” seriali bu yil Netflix’da chiqadi.

@boredpandablog
Adashib koʻzim qandaydir seriallar-u “Otalar soʻzi” stayl telefilmlarga tushib qoladi-da, ekranda boʻlayotgan pornoga asabim chidamaydi. Bugunam shunaqa boʻldi — nonushta payti asabiylashib, oʻrnimdan turib, dahlizda ozgina u yer-bu yerga yurvoldim, tinchlantiruvchi dori-pori ichvoldim.

Xullas, bir yigit ishlamay, uyda oʻtiribdi. Tirikchilik uchun xotini vayn olishni boshlaydi. Mashhur boʻlib ketib, oilani boqa boshlaydi. Ammo muammolar boshlanadi — uyni yigʻishtirishga vaqti yoʻq, ovqat qilishga vaqti yoʻq. Qaynonasi norozi boʻladi, bloger boʻlib ketib, menga monti qippermadi, koʻchadan zakaz qildi deb; eri xafa boʻladi, uy yigʻishtirilmagan, ovqat qilinmagan, tamom ajrashaman deb.

Eng mayda maishiy muammolarni olamshumul darajaga koʻtarib, fojiaga aylantirib, yosh oilani ajrashish darajasiga olib borish, shu bahona zamonaviy turmush tarzini tepkilab oʻtish qaysi aqlsiz ssenaristning xayoliga keldi? Shu zamonaviy kasblar ortidan tirikchilik qilib yurgan telekanal nega bunaqa treshni suratga olishga pul ajratyapti?

Yuqorida tasvirlangan syujetda menga kelin jabrdiyda boʻlib koʻrindi — oʻzi xohlagan kasb bilan shugʻullana olmaydi, mayda-chuyda maishiy ishlarni bajarishga majburan bogʻlab qoʻyilgan, undan foydaliroq ish qilayotganiyam qoʻykalla erining koʻziga koʻrinmaydi (boʻlmasa oʻzi xotinining orqasidan yashab yuribdi). Qaynona abyuzer, er oʻqimagan chalasavod abyuzer qilib tasvirlangan (lekin kinochilarning gʻoyasi boʻyicha negadir ijobiy qahramonlar hisoblanadi).

Munday olib qaraganda, jamiyatimizda koʻp uchraydigan oila modeli tasvirlanyapti bunday kino-seriallarda. Faqat dekonstruksiya qilinmayapti, balki “hammasi aslida shunaqa boʻlishi kerak, bari toʻgʻri” degan messij berilyapti. Aslida bunaqa boʻlishi kerak emas. Bu xato, eskirgan oila modeli. Ayol blogerlik yoki boshqa kasbdan keltirayotgan foydasi uyda monti qilgani ketkizgan vaqtidan bir necha oʻn baravar samaraliroq, foydaliroq. Qolaversa, ayol monti qilishni bilishi shart, boʻlmasa oila buziladi degan ahmoqona qarashlarni targʻib qilish gʻirt buzgʻunchilikdir. XXI asrda yashayapmiz, imkoniyati boʻlsa, umuman uy ishini qilmasin, buyurtma qilsin, ishchi yollasin, vaqtini samaraliroq sarflasin, oʻzini realizatsiya qilsin. Ayollarni uy ishiga bogʻlab qoʻyilgan qul qilib tasvirlash aslida hech qanaqa oilaviy qadriyat ham emas, maʼnaviyat ham emas, shunchaki qoloqlik, hayotni, zamonni, insonni tushunmaslikdir.

Asanov Eldar

@boredpandablog
Kuni kecha ikki afsonaviy animatorlarning ijodini tomosha qildim.
Ajoyib! Batafsil yozaymi?

@boredpandablog
IT-mutaxassisi Microsoft'da 22 yillik ish faoliyatidan so'ng, qishloq xo'jaligiga o'tibdi - hozir uning g'oz fermasi bor.

Baxt oddiylikda deb shuni aytishsa kerak:)

@boredpandablog
Tungi Marg'ilon go'zal ekan!

@boredpandablog
2024/05/04 00:30:31
Back to Top
HTML Embed Code: