Telegram Web Link
Kecha bir video ko‘rib qoldim.

Avtomobil ustalari ham AI integratsiyasi bilan tadbirkorlik qilishmoqda.

"Sun'iy intellekt orqali o‘zingiz pul ishlab ko‘rdingizmi?"

Man: Yo‘q, hozircha yo‘q. Lekin uni texnologiyalarini o‘rgandim, zo‘r narsalar qilishni bilaman.

Tadbirkor: Ha, hozir mashinalarga AI integratsiyasini obuna yo‘li bilan sotyapmiz. Savdo ancha tezlashdi.

@botirziyatov
Ilon Mask 1995-yilda Stenford universitetida aspiranturaga qabul qilingan bo‘lsa ham, o‘qishni boshlamay, qisqa vaqt ichida o‘qishni tashlab, ukasi Kimbal bilan Zip2 kompaniyasini tuzdi.
Keyinchalik, Zip2 kompaniyasi 1999-yilda taxminan 307 million dollarga sotilgan

@botirziyatov
TechCrunch Disrupt 2024 konferensiyasining birinchi kunida Vinod Khosla "Sun'iy intellektning kelajagini ko'rish uchun o'tmishga nazar solish" mavzusida qilgan ma'ruzasining sakkizta asosiy fikrlari:

🟢 Mutaxassislarning bashoratlari ko‘pincha xato. Ular ko‘pincha kechagi voqealarni bugungi kundan turib tushuntirish orqali o‘z maqomlarini saqlab qolishadi - bu mutaxassislarning bashoratlariga juda ishonmaslik kerakligi haqida.

🟢 Yirik texnologik o‘zgarishlar hech qachon katta kompaniya yoki tashkilotlardan kelmaydi. Innovatsiya yangi muammolarni ko‘ra oladigan va yangi yechimlarni topa oladigan odamlardan keladi - innovatsiyaning manbalari haqida.

🟢 Innovatsiya kichik muammolarni hal qilishdan ko‘ra, butunlay yangi muammo va yechimlarni aniqlashdir. Bu esa haqiqiy o‘zgarishlarga olib keladi - innovatsiyaning mohiyati haqida.

🟢 "Tajribali odamlardan 'bu mumkinmi?' deb so‘rashdan ko‘ra, bugun nima o‘zgardi va hozir buni qilish mumkinmi?’ deb so‘rash muhim. Fikrlashda birinchi tamoyillarga tayanish va eski qarashlarni qayta ko‘rib chiqish kerak - startap haqida.

🟢 Ko‘p narsalar qiyin, lekin eng muhim vazifa — sizni harakatda ushlab turadigan va qiziqtiradigan bir muammoni topish. Shuning uchun muvaffaqiyatdan ko‘ra, o‘sha maqsadni sevishingiz kerak - tadbirkorlik haqida.

🟢 Yaqin kelajakda AI va robotlar tufayli bazi inson mehnati deyarli bepul bo‘lishi mumkin. Shunda iqtisodiyotda katta o‘sishni ko‘ramiz - AI ning mehnat va iqtisodiyotga ta'siri haqida.

🟢 Men keyingi 25 yil ichida termoyadro sintezi ko'pchilik shaharlardagi energetika tizimlarini almashtiradi deb ishonaman. Bu haqiqatga yaqin, chunki texnologiya rivojlanib, iqtisodiy jihatdan ham imkoniyatlar ochilmoqda - texnologiya rivojlanishi haqida

🟢 Har bir mamlakat turli xil tanlovlar qiladi. Bu asosan texnologik emas, balki ijtimoiy tanlovlar bo'ladi - AI rivojlanishining ijtimoiy ta'siri haqida.

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Python GitHub’da eng ommabop dasturlash tiliga aylandi, JavaScriptni ortda qoldirdi.

Bunga sun’iy intellekt (AI) texnologiyalariga bo‘lgan katta talab sabab bo‘lgan.

GitHubning yillik “Octoverse” hisobotida:

Hisobotda aytilishicha, AI bilan bog‘liq loyihalar soni o‘tgan yil davomida sezilarli o‘sgan. Hindiston, Germaniya, Yaponiya va Singapur kabi mamlakatlardan ko‘plab dasturchilar AI dasturlariga hissa qo‘shishmoqda.
Dunyoning turli burchaklaridan yangi dasturchilar GitHubga qo‘shilib, ochiq kodli loyihalarda ishtirok etishni boshlashgan.

@botirziyatov
Bir dasturchi internetda shunday yozadi:

Yaqinda trendga ergashib, AI yordamida rasm yasaydigan sayt qildim.
Lekin o‘zim ham undan foydalanmayman, foydalanuvchilarga nima taklif qilishni bilmayman, reklama qilishga esa umuman ishonchim yo‘q.

Keyin o‘ylab qoldim: eng yaxshi narsa o‘z muammoyimni hal qiladigan mahsulot qilish ekan.

@botirziyatov
Yakkaxon asoschilar loyihalaridan 1 daqiqalik yangiliklar!

Creator Hunter — Bu YouTube, TikTok va Instagramdagi eng yaxshi kontent qiluvchilarning bazasi.
Hozirda bu loyiha $7 000 daromad olib keladi.

Indesignify — bu AI ilova xonalarni dizayn qilishni osonlashtiradi. U xonalarni bezash, yangi dizayn g‘oyalarini taklif qilish va turli joylarning ko‘rinishini oldindan ko‘rsatib beradi. Bu ilova hozirda har oy $3.2K daromad keltirmoqda.

Flux Pro AI —AI tasvir generatori bir oydan kam vaqtda $800 MRR ga yetdi.

Hypertxt — AI maqola yozuvchi vositasi hozirda $2.9K oylik daromad olib kelmoqda. U 6 oy ichida $1K daromadga yetgan edi.

@botirziyatov
☺️Qo‘shimcha ish qilishni orzu qiladiganlar uchun qiziq maqola:

🟠O‘tgan yili Olly bot deb nomlangan shaxsiy yordamchi ilovasini ishlab chiqdim,
uni iMessage va SMS orqali ishlatish mumkin.
natijada foydalanuvchilar soni tabiiy ravishda oshib bordi,
Uni turli bepul joylarda targ‘ib qilib reklama qildim, va bir oyda 35 ming yangi foydalanuvchiga ega bo‘ldim 🔥.

O‘sha paytda ilovadan foydalanish bepul edi

Har oyda 50% o‘sish sur'atini ko‘rib, men foydalanuvchilarni to‘lov evaziga daromad olish uchun tayyor deb o‘yladim.

Doimiy ishlab turadigan ishimdan ketdim,
Asta sekin bepul xizmatlar doirasini kamaytirish orqali foydalanuvchilardan to‘lov olishga urindim.
Natijada, haftalik faol foydalanuvchilar soni 70 mingdan 9 mingga tushib ketdi,
to‘lov evaziga olinadigan foydalanuvchilar soni 400 dan ortiq emas edi (oyiga 4 dollar).

Yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish uchun men to‘lov summalarini doimiy ravishda pasaytira boshladim,
lekin o‘sish sur'ati avvalgidandan 10 barobar kam bo‘ldi,
bepul xizmatlarni cheklash esa foydalanuvchilar o‘sishiga jiddiy ta'sir ko‘rsatdi.

Biroq, men bir oz shoshildim...

🟠Bunga tadbirkor Levelsio so‘zlari:
tajribamga ko‘ra, bepul foydalanuvchilar va to‘lov evaziga olinadigan foydalanuvchilar orasidagi farq taxminan 1000 barobar.

Har kim 100,000 nafar bepul foydalanuvchiga ega bo‘lishi mumkin
Lekin ularni to‘lov evaziga olinadigan foydalanuvchilarga aylantirish uchun, siz sonlarni taxminan 1000 ga bo‘lishingiz kerak,

so‘ngra sizda faqat 100 ta to‘lov evaziga olinadigan foydalanuvchi qoladi...

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ChatGPT AI qidiruv tizimi hozircha "Google raqibi" bo'la olmaydi: Kalit so'zlar bilan qidiruv ishonchsiz

Jurnalist Maxwell Zeff ChatGPT Search ni bir kun davomida asosiy qidiruv tizimi sifatida ishlatib ko'rdi va tezda Google'ga qaytdi.
Uning xulosalari: 👇
https://giglink.uz/p/5516833

@botirziyatov
Savol bor edi.

Misol uchun, veb-sayt ishga tushgandan so‘ng, reytingga ega bo‘lish uchun tashqi havolalar (backlink) kerak bo‘ladi.

O‘zbekistonda ko‘proq backlink ga ega bo‘lish uchun, kim qanday yo‘l tutgan ?

Negadir ko‘pgina saytlar hamkorlik qilishni xohlashmaydi, yoki ular siz bilan qayta aloqaga chiqmaydi.

@botirziyatov
«O‘rtahol qatlam» so‘zi endi avvalgidek farovon hayotni emas, balki kundalik muammolar bilan yashovchi odamlarni anglatmoqda.

Internetda shunday yozishadi:
Amerikada «O‘rtahol qatlam» o‘z ma'nosini o‘zgartirmoqda.
Ilgari «O‘rtahol» deganda yetarli mablag‘ga ega bo‘lib, investitsiya qila oladigan, doimiy ishi, uyi, mashinasi, oilasi va pensiya jamg‘armasi bo‘lgan odamlar tushunilardi.

«O‘rtahol qatlam» hayoti endi xavotirli.

Sizning ishingiz bor, lekin uni istalgan paytda yo‘qotib qo‘yishingiz mumkin.
Siz uy sotib ololmaysiz, pensiya uchun jamg‘arma qilishga qurbingiz yetmaydi, kundalik to‘lovlarni amalga oshirishning o‘ziyoq sizni qiynab qo‘yadi.

Bu Amerikaning yangi normal holati.
Bank sohasida ishlaydigan do‘stimning aytishicha, uning ko‘pchilik mijozlarining ijara to‘lovlarini to‘lagandan keyin hisoblarida atigi bir necha yuz dollar qoladi.

@botirziyatov
#1 Loyihaga qanday qilib investitsiyalarni jalb qiladi?

Bu yuzlab investorlar bilan ko'rishib gaplashgan xitoylik tadbirkorning xulosalari.

Muloqot uslubi:

• Asosiy qoida oddiy: “O‘zingizni kamtarin tuting, lekin haddan tashqari kamtarlikka ham berilmang.”

• Investorlar oldida qaysidir ma'noda o‘zingizni ishonchli va qat'iyatli ko‘rsatsangiz yaxshi.

• Investorlarning puli borligi uchun ularga ortiqcha ehtirom ko‘rsatishingiz shart emas. Ular aqlli va dadil odamlarni qadrlashadi – o‘ta kamtar bo‘lsangiz, ular sizni yetarlicha baholamay qo‘yishadi.

• Lekin, haddan tashqari mag‘rurlanib ketmang, aks holda sizni sanoat va investorlarni hurmat qilmaydigan odam deb qabul qilishlari mumkin va bu investitsiya olish imkoniyatini kamaytiradi.

@botirziyatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ochiq kodli ekranni yozib olish plagini – Screenity

Videolarni MP4, GIF yoki WEBM formatlarida eksport qilish mumkin.
Oddiy, lekin tez va funksiyalarga boy loyiha.
GitHub sahifasi:
https://github.com/alyssaxuu/screenity

Nima uchun dasturchilar bazi loyihalarni ochiq kodli qilib chiqarishadi ?
Mani g‘oyamni va kodimni o‘g‘irlavoladi degan fikr nega ularda yo‘q ?

@botirziyatov
Generativ modellar ichida nima bor: Yandex Uzbekistan tomonidan Computer Vision Week onlayn-intensivi

2024-yil 25-noyabrda Yandex Uzbekistan tomonidan oʻtkaziladigan Computer Vision Week bepul onlayn-intensivi* boshlanadi. Yandex mutaxassislari koʻplab vizual xizmatlarning asosini tashkil etuvchi generativ modellar haqida soʻzlab beradilar va ularni yaratish boʻyicha tajribalari bilan boʻlishadilar.

Intensiv dasturi maxsus ravishda kompyuter koʻrish boʻyicha bazaviy bilimlarga ega ML-ishlab chiquvchilar va talabalar uchun ishlab chiqilgan boʻlib, ular diffuzion modellar va zamonaviy tasvirlar generatsiyasiga yondashuvlar haqida bilishni xohlaydilar.

5 kun davomida ishtirokchilar 7 ta prezentatsiya va 4 ta vorkshopda qatnashish imkoniga ega boʻladilar. Prezentatsiyalar efirlari ish kunlari soat 20:00 da boʻlib oʻtadi. Efir davomida chat orqali savol berish imkoni bor — savollarga real vaqtda javob beriladi. Intensiv rus tilida oʻtkaziladi.

Barcha ishtirokchilarga prezentatsiyalar va vorkshoplar yozuvlari taqdim etiladi va intensiv tugaganidan soʻng ularga kirish imkoni qoladi. Onlayn-intensivga roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://cvweek.yandex.com/uz. Roʻyxatdan oʻtish 25-noyabrda soat 01:59 da yopiladi.

*taʼlim dasturi emas.
Millionlar: Boylikmi yoki mas'uliyat yukimi?

ingliz tilini o‘rgatuvchi sun'iy intellekt startapining asoschilaridan biri startap uchun $2,5 million mablag‘ jalb qilgan,

U twitterda ushbu postni bo‘lishgan:

Men Y Combinator startapining asoschilaridan biriman va loyiham uchun $2,5 million mablag' jalb qildim. Ammo aslida hayotim ko'pchilik kutganidan boshqacha:

- San-Fransiskoda ishlayotgan oddiy dasturchi darajasida oylik olaman.

- Ijarani kamroq to‘lash uchun ikki xonali kvartirada do'stim bilan turaman
- Dabdabali ofisim ham yo‘q.
- Mashinam ham yo‘q.

Jalb qilingan mablag‘ meni boy qilib qo‘ymadi va dabdabali hayot bermadi – bu shunchaki katta mas'uliyat va uzoq yillar davomida mehnat qilishni talab qiladigan yo‘lning boshlanishi, xolos.

@botirziyatov
Bazida shunaqa tuyuladi:
Marketing – bu shunchaki vosita, xolos.

Lekin Marketing kerak, chunki u mahsulotni ko‘proq odamlarga yetkazadi.

Aslida ko‘p narsa – bu o‘ziga xos va haqiqatan ham foydali mahsulot yoki xizmatdir.

Agar mahsulot qaysidir odamlarning muammosini hal qilsa va ularning birinchi tanloviga aylansa, u tezda ommalashadi.

Marketing zo‘r bo‘lib, buyog‘i chatoq bo‘lsa. shuncha harakat ham ko‘pga bormay tugaydi.

@botirziyatov
Boykot qilyapsizmi?

boykotqildim.com saytini tashkil qilinganiga 1 yildan oshibdi

Boykot qilish kerak bo'lgan narsalar juda ko'p. Eng ommaboplarini sizlarga taqdim qildik. Lekin ular biz o'ylagandan ko'proq.

Men faqat ishonchli o'zimizni yoki Turkiya mahsulotlarini sotib olishga harakat qilaman doim. Kunlik hayotimda faqat kerakli narsalarni bilib olganman. Imkon boricha men uchun yangi narsalarni olmayman. Bu cho'ntakka ham foydali

Iphone olmayman, KFC dan xarid qilmayman

Sizlarga ham shu maslahatni beraman. Ozroq narsa xarid qilaylik. Muhimi buni to'xtatmaslik kerak.

Nafs masalasi buyog'i

G'azodagi, umuman butun dunyodagi musulmonlarga qilinayotgan zulmlarni ko'ryapsizmi?

Biz kuchli bo'lishimiz kerak. Ilm oling, amal qiling. Bu qiyin lekin musulmonlar o'lyapti. Kuch topishimiz shart
Tez va oson ishlaydigan Onlayn daftarcha, yozuvlaringizni yaratish va ulashish juda sodda. Ro‘yxatdan o‘tish shart emas!

hypernotepad.com

@botirziyatov
Ba’zi noto‘g‘ri tushunchalar haqida:

1. Moda ortidan quvmang.
Dasturlashda 20 yil oldin C++ bo'lsa, bugun Rust mashhur. Bularni o'rganmasangiz, orqada qolayotgandek his qilishingiz mumkin.
Ammo Faqat texnologiyani bilish zo'r mutaxassis degani emas. Asosiysi, bilim va tushunchalarni oshirish.

2. Ortiqcha xavotirlar
Oxirgi trendlarni bilmasangiz, ortda qolayotgandek tuyulishi mumkin,
lekin bu keraksiz stress ekan. Asosiy maqsad – o‘z yo‘lingizni topishku. Boshqalarga taqlid qilib, o‘z yo‘lingizni yo‘qotmang.

@botirziyatov
Forwarded from UPLIFT | Javlon Otaqulov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
UPLIFT jamoasi tomonidan tashkil qilinayotgan, 2024-yilning eng katta va so'nggi seminarimizda bepul ishtirok eting!


↗️ Mavzu: Aksiyalar bilan halol treydingda xatolar, strategiyalar, va tezkor natija

🗓 Qachon: 23-24-noyabr

💻 Qayerda: Onlayn jonli efirda

Seminarda qatnashish uchun quyidagi kanalga qo'shiling:
👉 https://www.tg-me.com/+NGJqzakkNUI2YjZi

Bu videoni treydingga qiziqib yurgan tanishlaringizga ham yuborib qo'ying~


↗️ @upliftuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 14:16:52
Back to Top
HTML Embed Code: